Farkhod - AI PM
2.43K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
🇺🇿 ’Content manager’ topildi. Statistika.

Loyiham uchun o‘tgan oy content menejer qidirgan edim.

Ozgina statistika:
- Jami 18 kishi ariza qoldirgan;
- Shulardan 10 kishiga 1 soatlik sinov vazifa berdim;
- 10 kishiga sinov ish bergan bo‘lsam, 4 kishi xatimni o‘qidi lekin javob bermadi va 2 kishi qilaman dedi-yu lekin hech bo‘lmasa qila olmaymiz deb ham yozishmadi;
- Sinov ishni 4 kishi qildi. Yigitlarga rahmat katta. Shu bahonada yangi tanishlar orttirdim.
- 1 kishi bilan ishni boshladik. U yigit sinov vazifani 120%ga qilib yubordi. Aytilmagan joylarini ham e’tibor bilan bajarilgan.

Hayotda ham shunday, boshqalardan ajralish uchun ishni 100% emas, 120% qilish kerak.

Kelishuvga qo‘shimcha sifatida zimmamga haftasiga 1 soat ustozlikni ham oldim. Vakansiyada aytilgan edi, ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi deb.

Hammaga yana bir bor rahmat!

-------

🇷🇺 Контент-менеджер найден. Статистика.

В прошлом месяце я искал контент-менеджера для своего проекта.

Немного статистики:
- Всего подали заявку 18 человек.
- 10 из них я дал тестовое задание которое можно выполнить за 1 час.
- Из этих 10: 4 человека прочитали мое сообщение, но не ответили.
- 2 человека сказали, что сделают, но даже не сообщили, что не справились.
- Тестовое задание выполнили 4 человека. Спасибо им большое, благодаря этому я приобрел новых знакомых.

В итоге мы начали работать с одним кандидатом. Он выполнил тестовое на 120%, внимательно проработав даже то, что не было указано.

В жизни так же – чтобы выделяться, нужно делать не на 100%, а на 120%.

В качестве дополнительного условия я взял на себя обязательство проводить 1 час наставничества в неделю.

Еще раз всем спасибо!

@farkhod_com
1👍282
🇺🇿 Mahsulot menejeriman. 30-kun.

Dizayndan mahsulotni boshqarishga o‘tdim. Birinchi 30 kun haqida fikrimni bo‘lishmoqchiman. 

Nimalar o'zgardi:

- Onlayn qo‘ng‘iroqlar soni taxminan 70%ga ko‘paydi;

- Figmani faqat dizayn yechimlar ko‘rish uchun ochyapman. Juda qiziq his. Komponent-u UI chizish kerak emas;

- Rahbariyat bilan tez-tez uchrashuvlar;

- Mahsulotga chuqur kirib borganim sari, dizaynda qanchalik kichik muammolar ichida yurganini sezyapman;

- Ishda ko‘proq qolib ketyapman lekin bundan charchash yoq. Aksincha, yangi narsalarni o‘rganayotganim kuch beryapti;

- Sun’iy idroklarni yana ham ko'proq ishlata boshladim. Katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklayman va menga xulosa beradi, ingliz tilidagi hujjatlarni to‘g‘ri yozishga va brainstrom qilishga dastgoh.

Menga yoqyapti. Dizayndan charchagan edim. 

Keyingi postda, nega dizayndan mahsulot menejerlikka o‘tganim haqida yozaman. 

-------

@farkhod_com
2👍56😁1
🇺🇿 Uskuna sotganim haqida – marketing, xatolar va Gentra

2021-yilda o‘rtog‘im bilan Xitoydan sement qoplagich uskuna olib kelib sotganmiz. Bir tomonda Farhod – raqamli mahsulot dizayneri, ikkinchi tomonda esa Xitoydan uskuna import qiluvchi tadbirkor.

Marketing strategiyam:
- 2 soatda WordPressda www.dozator.uz saytini qurdim.
- YouTubega videolar joylab, reklamalar tayyorladim.
Natijada – uskuna sotish zo‘r ketdi.

Taxminan 1-1,5 yilda yaxshi foyda ko‘rdik va men bu ish orqali Gentra sotib oldim. E'tiborli joyi, bu ishga haftasiga 2-3 soat vaqt sarflaganman.

Xatolar va saboqlar

- O‘zimizga raqobatchi yaratib qo‘ydik. Xitoydan Toshkentga yetkazib beruvchi kompaniya yopildi, ikkinchisiga o‘tdik. Keyin bilsak, u Toshkentda uskuna sotuvchi ekan. Biz ishlab chiqaruvchining kontaktini berib qo‘ydik… va u biz qancha sotayotganimizni bilib oldi. Oxir-oqibat, o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilishni boshladi.

- Sotishni o‘rgandim. Mahsulotni sotishda ustuvor jihatlarni to‘g‘ri taqdim etish san’at ekan.

Foydalanuvchi bilan intervyu – eng katta qurol. Xaridorlar nimani istashini tushunish va aynan shu narsani sotish – eng katta yutuqlarimdan biri bo‘ldi.

Misol uchun:
- “Uskunani sotib olsangiz, uni ishga tushirib beramiz.” - mijozlarda uskunani ishga tushira olmasligi haqida qo'rquv bor edi, bu ishni o'zimizga oldik.

- “Mana sizga uskunani joylashtirish uchun 2-3 ta texnik reja.” - Uskuna sotib oladi, uni qanday joylash kerak, qayerda pul tejash mumkin tayyor g'oya ham berar edik.

Bu ishni davom ettirganimda, balki ko‘proq pul ishlagan bo‘lardim. Lekin raqamli mahsulotlar orasida yursam o‘zimni baxtli his qilaman.

P.s. Gentra qora emas :)

-------

🇷🇺 Как я продавал оборудование – маркетинг, ошибки и Gentra

В 2021 году мы с другом привезли из Китая оборудование для упаковки цемента и начали его продавать. С одной стороны – Фарход, цифровой продуктовый дизайнер, с другой – предприниматель, импортирующий технику из Китая.

Моя маркетинговая стратегия
– За 2 часа сделал сайт на WordPress – www.dozator.uz.
– Подготовил рекламу и выложил видео на YouTube.
– В итоге продажи пошли отлично.
За 1–1,5 года мы хорошо заработали и на выручку я купил себе Gentra(автомобиль). Стоит обратить внимание, что я тратил на это 2–3 часа времени.

Ошибки и выводы

– Создали себе конкурента. Первая логистическая компания, с которой мы работали, закрылась, пришлось перейти к другой. Оказалось, что она сама продает оборудование в Ташкенте. Мы передали контакт нашего производителя, и они узнали объемы наших продаж. В итоге начали возить товар напрямую.

– Умение правильно подать преимущества продукта – это искусство.

– Интервью с клиентами – лучший инструмент. Важно понимать, что именно нужно покупателю, и продавать это.
Например:
- Покупателю не просто продаёшь оборудование, а предлагаешь пусконаладочные работы.
- Предлагаешь готовую схему по размещению оборудования.

Если бы продолжил этим заниматься, возможно, заработал бы больше. Но в цифровых продуктах мне комфортнее.

-------

@farkhod_com
👍28😁164
​​🇺🇿 Yangi kitob o’qishni boshladim

Alan Klementni “When Coffee and Kale Compete” (Когда кофе и капуста конкуренты) kitobni o‘qishni boshladim. Kitob o‘sha mashhur JTBD (Job to Be Done) freymvorkiga boshqa nazar. Internetda “The Mom Test”dan keyin bu kitob o‘qish haqida yozilgan.

Kitobni o‘qib bo‘lib taassurotlarimni yozaman. Oldimda turgan maqsad - odamlarni psixologiyasini chuqurroq tushunish, nega aynan biron xizmatni ishlatadi va ikkinchisini yoq.

Ha aytgancha, bu meni ingliz tilida beshinchi kitobim. Ungacha faqat ruschada kitob o‘qiganman.

Ro‘yxat:

- Solving Product Design Exercises: Questions & Answers
- Inspired
- The Lean Startup
- Continuous Discovery Habbit

Kitoblarni hammasini Amazon Kindle’da o‘qiyman. Qog‘oz kitob menga noqulay.

Keyingi postda, qanday qilib ingliz tilida kitob o‘qishni boshlaganim va qiyinchiliklar haqida yozaman.

-------

🇷🇺 Начал читать новую книгу

Начал читать When Coffee and Kale Compete (Когда кофе и капуста конкуренты) Алана Клемента. Это альтернативный взгляд на известный фреймворк JTBD. В интернете часто советуют читать эту книгу после The Mom Test.

После прочтения поделюсь впечатлениями. Моя цель – глубже понять психологию людей, почему они выбирают один сервис вместо другого.

Кстати, это моя пятая книга на английском. До этого читал только на русском.

Список книг:
Solving Product Design Exercises: Questions & Answers
Inspired
The Lean Startup
Continuous Discovery Habit

Все книги читаю на Amazon Kindle – бумажные книги мне неудобны.

Позже расскажу, как начал читать на английском и с какими сложностями столкнулся.

-------

@farkhod_com
👍175
🇺🇿 Frilansda buyurtmalar kamaydimi? Oddiy lekin samarali usul.

10 yildan ortiq frilans bilan shug‘ullanganman va faqat ijobiy sharh olganman (frilans portfolio).

Esimda, buyurtmasiz kunlar bo‘lar edi. Nima ham deya olaman, frilans hayoti shunaqa. Shunda nima qilganimni bilasizmi?

Eski mijozlarimga yozardim: “Ishlar qanday ketyapti? Yaratgan veb saytim yordam berdimi?” deb.

Birinchidan, mijozni xotirasiga ‘men borman’ deb urug‘ tashlardim. Balki u aynan shu payt dizaynga o‘zgartirish kiritmoqchidir va natijada: “O‘z vaqtida yozding, bir g‘oya bor, dizayn qilib ber,” degan buyurtmani olgan vaqtlarim bo‘lgan.

Ikkinchidan, mijoz mahsulotiga g‘amxo‘rligimni sezar edi. Bu esa men haqimda ijobiy fikr shakllantiradi va kelajakda o‘zi yoki do‘stlari yana menga murojaat qilar edi.

Sinab ko‘ring, balki sizga ham yordam beradi!

-------

🇷🇺 Фриланс. Заказов стало меньше? Простой, но эффективный способ!

Более 10 лет я занимался фрилансом и получал только положительные отзывы (портфолио).

Бывало, что заказов становилось меньше или их вообще не было. Ну что сказать, такая уж фрилансерская жизнь. И знаете, что я делал? 

Я писал своим старым клиентам: «Как идут дела? Помог ли созданный мной сайт твоему бизнесу?»

Во-первых, я напоминал о себе. Возможно, клиент как раз задумывался об изменениях в дизайне, и иногда я получал ответ: «Ты написал вовремя, у меня есть идея, нужно сделать дизайн».

Во-вторых, клиент видел мою заботу о его продукте. Это формировало положительное мнение обо мне, и в будущем он снова ко мне обращался или рекомендовал меня друзьям.

Попробуйте, возможно, вам тоже поможет!

-------

@farkhod_com
👍295😁3
🇺🇿 Nega Oʻzbek fintexlari referral (do’stingni chaqir) dasturidan foydalanmaydi?

Ko‘pchilik O‘zbekiston fintexlari mijozlarni jalb qilish uchun Uzcard va Humo pul o‘tkazmalariga past komissiya yoki cashback taklif qiladi. 

Referral yana bir foydalanuvchi sonini ko’paytirish uchun yana bir qo’shimcha kanal bo’lishi mumkin. P2P o‘tkazmalarida past komissiya bilan birga referral dastur ham taklif qilish mumkin. Do’stini taklif qilgan foydalanuvchiga ham, uning do‘stiga ham pul yoki ilova ichida ishlatiladigan bonuslar bersangiz, mijozlar bazasi tezroq o‘sadi. Undan keyin esa, qulay UX, tezkor qo‘llab-quvvatlash markazi va barqaror ishlaydigan ilova ta’minlasa, yangi foydalanuvchilar qolib, undan foydalanishda davom etadi.

Video yukladim, quyida ilovalarning do’stingni chaqir dasturi qanaqa ishlashini ko’rishingiz mumkin:

- AVO (O’zbekiston)
- TBC (O’zbekiston)
- Monzo (Buyuk Britaniya)
- T-Bank (Rossiya).

Ko‘rib chiqing, balkim ilhom olasiz. 

O‘zbekiston bozorida bunday dasturlarni ko‘p fintexlarda ko‘rmadim. TBC Bank va AVO Bank referral dasturlariga ega.

Yana kimlarda bor?

-------

🇷🇺 Почему узбекские финтехи не используют реферальные программы?

Большинство узбекских финтехов привлекают клиентов, предлагая низкие комиссии или кэшбэк за переводы через Uzcard и Humo.

Реферальная программа могла бы стать дополнительным каналом для увеличения числа пользователей.

Вместе с низкими комиссиями за P2P-переводы можно предложить бонусы как пригласившему другу, так и новому пользователю - это ускорило бы рост клиентской базы.

А если затем обеспечить удобный UX, оперативную поддержку и стабильную работу приложения, новые клиенты останутся и продолжат пользоваться сервисом.

Я загрузил видео, где можно увидеть, как работают реферальные программы в разных приложениях:

- AVO (Узбекистан)
- TBC (Узбекистан)
- Monzo (Великобритания)
- T-Bank (Россия)

Посмотрите - возможно, найдете вдохновение.

На узбекском рынке такие программы встречаются нечасто. Среди известных примеров — TBC Bank и AVO Bank.

Кто еще использует реферальные программы?

-------

@farkhod_com
👍122
​​🇺🇿 Juda ham xursandman!

4Rize loyihamda zo‘r Python dasturchi bilan hamkorlik qilib kelamiz. Dasturchini asosiy ishi bor, dam olish kunlari yordam beradi. 

Loyiham hozirgacha pul keltirmayapti. Daromad kelishi uchun esa potensial mijozlar yangi imkoniyatlarni qo‘shishni so‘rashmoqda. 

Dasturchiga yozdim, lekin biroz qimmat baholadi. O‘ylab qoldim: nima qilish mumkin? Investor yoq, bu degani dasturchiga ortiqcha pul yo‘q. Undan tashqari, eslasangiz bu yil sun’iy idrok orqali kod yozishni o‘rganishni o‘zimga va’da qilgan edim. Menimcha vaqti keldi dedim.

Katta izlanish qilmasdan Cursor’ni yuklab oldim.

Hozir shokda o‘tiribman! Taxminan $500 baholangan ishni, men 5 soatda Cursor bilan birga qildim.

Boshida juda skeptik qaradim, bor kodni tushunadimi o‘zi deb. Lekin hammasi ajoyib tushundi.

Cursor bilan nimalar qildim:

- Oldin loyihamni Githubdan backend qismini ko‘chirib oldim.
- Cursor'dan bu kodlar nima haqida deb so‘radim. Maqsad o‘zi biron nima tushunishi aniqlash edi. Hammasi aniq aytdi. Qoyil!
- Keyin, kichik o‘zgarish so‘radim, tezda qilib berdi. 
- Yozilgan yangi kodlarni Githubga Cursor bilan yukladik (push) qildik. CI\CD ishlab ketib, kod birdaniga ‘dev’ stendga chiqdi.
- Cursor, Swagger borligini bilib, uni ham inobatga oldi. Frontend dasturchi ishi oson bo‘ladi.

Lekin baribir jiddiy o‘zgarishlar uchun dasturchiga yozaman. Sun’iy intellekt rasvo kodni yozib tashlashidan xavotirdaman.

O‘zim haqimda eslatib o‘tay:

- Mahsulot menejeriman va 10-yil dizayner bo‘lganman;
- Noldan kod yozishni bilmayman lekin kodni ozroq tushunaman;
- Github’da ozroq ishlashni ham bilaman.
- Startapni MVP shaklda keltirish uchun sun’iy idrok katta imkoniyatlar ochmoqda. Bundan foydalanishimiz kerak.

@farkhod_com

-------

🇷🇺 Я очень рад!

В своём проекте 4Rize я сотрудничаю с отличным Python-разработчиком. У него есть основная работа, и он помогает по выходным.

Проект пока не приносит дохода. Но чтобы начать зарабатывать, потенциальные клиенты просят добавить новые возможности.

Я написал разработчику, но он немного высоко оценил задачу. Я задумался: что делать? Инвесторов нет, значит, лишних денег на разработку тоже нет.
К тому же, если помните, я обещал себе в этом году научиться писать код с помощью искусственного интеллекта. Кажется, время пришло.

Без долгих поисков скачал Cursor.

Сейчас сижу в шоке! Работу, которую оценили примерно в $500, я сделал за 5 часов вместе с Cursor.

Сначала относился скептически — думал, он вообще понимает, что за код? Но он всё отлично разобрал!

Вот что я сделал с Cursor:

- Сначала скачал backend-часть проекта с Github.
Спросил: «Что делает этот код?» — хотел проверить, вообще что-то понимает или нет. Ответил очень чётко. Впечатлён!
- Попросил внести небольшое изменение — сделал быстро.
- Новый код вместе с ним залили обратно на Github. CI/CD сработал, и изменения сразу вышли на стенд dev.
- Cursor понял, что в проекте есть Swagger, и учёл это. Фронтенд-разработчику теперь будет проще.

Но всё же при серьёзных изменениях я буду писать разработчику. Есть риск, что ИИ может написать некачественный код.

Немного обо мне:

- Я продукт-менеджер, до этого 10 лет работал дизайнером;
- Не умею писать код с нуля, но немного понимаю, что происходит;
- С Github немного знаком.

ИИ открывает огромные возможности для создания MVP. Надо этим пользоваться.

———

@farkhod_com
👍266
Suratga tushirishni juda yoqtiraman. Suratlarga rang berib, uni chiroyli holatga keltirsam dofamin ajraladi. Buni men mikroyutiq deb atayman.

Yuqoridagi suratlarda, Termiz shahrida joylardan Sulton Saodat Maqbarasi.

Barcha suratlarni katta hajmda Unsplash profilimda topish mumkin https://unsplash.com/@farkhod

Aytgancha, WIkipedia’da ham o‘zimni suratimni Sulton Saodat sahifasiga qo‘shib qo‘ydim. Bu birinchi tajribam

-------

@farkhod_com
26👍8
🇺🇿 Yosh bolalarga arzon dofamin

Maktab yoshida 2 ta farzandim bor, biri 6-sinf va ikkinchisi 2-sinf. Ular TikTok, Instagram, Youtube Shorts, Roblox, Minecraft va boshqa arzon dofamindan to‘liq yoki qisman chegaralangan. Ota sifatida o‘zimning tajribam bilan bo‘lishmoqchiman.

🇷🇺 Пост на русском языке

Arzon dofamin nima o‘zi u?

Instagram-u TikTokdan yoki Telegramdan video ko‘rib zavqlanasizmi? Bu o‘sha, organizm tomondan ajratilgan dofamin garmoni. Dofaminni boshqa yo‘l bilan ham olish mumkin:

- Sportda g‘olib bo‘lish;

- Maktabda yaxshi baho olganda, o‘qituvchi maqtovi;

- Qilgan ishingizni odamlar yaxshi deb tan olishi;

- Maqola yozib yaxshi sharhlar olsangiz;

- Shunchaki uy ishlarini qilib bo‘lganda.

Yuqorida aytilgan ishlar yaxshigina kuch va vaqt talab qiladi. Miyamiz esa biladi, shunchaki cho‘ntakdan telefonni chiqarib 10 soniyada dofamin olish mumkin. Ritorik savol - qaysi biri yengil? Shu tariqada dofamin tuzog‘iga osongina tushib qolish mumkin.

Farzandlarim Youtube yoki Roblox o‘yini o‘ynash faqat shanba kun va uy ishlarini qilishadi va o‘zlarini kitobidan parcha o‘qib gapirib berganidan keyin beriladi. Bo‘ldi! Hafta davomida hech qanaqa arzon dofamin yoq. Televizorda multfilm yoki kino ko‘rishi mumkin. Bo‘sh qolganida, kitob o‘qib, rasm chizib va o‘rtoqlari bilan o‘ynashini rag‘batlantiraman.

Katta farzandim maktabga telefon olib yuradi. Kichik sinf bo‘lganida, qo‘lida soat-telefon ishlatar edi. Kichik o‘g‘limga, hozircha biron uskuna berishga ehtiyoj yoq, o‘zimiz olib borib kelamiz.

Katta farzandimning telefoni - eskiroq iPhone. iPhone’da ‘Screen time’ va ‘Family Apple ID’ juda yaxshi ishlaydi. Misol uchun, xar bir ilova kuniga necha soat ishlashi mumkin, ruxsat berilgan veb saytlar ro‘yxati, ilova o‘rnatish va shunga o‘xshagan kabi narsalarni o‘zimni telefonimdan boshqara olaman. Agar biron ilovaga qo‘shimcha vaqt kerak bo‘lsa, meni telefonimga xabar keladi, ruxsat bersam ishlaydi. Xiaomi Android telefonida buni eplay olmadim. 

Katta farzandimga bir kunda 15 daqiqa Telegramga kirish ruxsat berilgan, Youtube va internet brauzer to‘liq chegaralangan. Xohlar edim brauzerni ochib qo‘yishga lekin dofamin saytlarni tez topib oladi. 

Telegramga kuniga 15 daqiqa ruxsat berilgan sababi, sinfdoshlari bilan qisqa muddat bo‘lsa ham yozishadi, u bu narsa ko‘radi. Ijtimoiy aloqada bo‘lishi, kelajak uchun muhim deb o‘ylayman.

Hozir ChatGPT ham telefonida o‘rnatilgan, darslarni tushunmagan joyini so‘rab turadi. Aytib qo‘yganman, ChatGPT bergan ma’lumot har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin deb.

Bir tomondan qattiq otadek ko‘rinaman lekin bu meni tarbiya yo‘lim. Yosh bolalar xar xil, hammani bir qolipga solib bo‘lmaydi. Men farzandlarimni chegaralash yo‘lini tanladim.

O‘zimni yoshligim esimda. 1999-yil otam Playstation-1 sotib olib berdilar. Kecha-yu kunduz tinmay o‘yin o‘ynar edim. Lekin o‘yinlarni tez oxiriga borib, zerikib qolar edim. Hozirgi o‘yinlar internet bilan bog‘liq bo‘lgani uchun o‘yindan hech chiqib keta olmaysiz, har kuni bellashuv va yangilik bor. Hozirgi o‘yinlarni yana bir mexanikasini sezganman. Agar har kuni o‘yinga kirsa, bal beradi. Farzandim, dada 5 daqiqa o‘yinni ochib bering deydi tez.

Meni fikrim, TikTok, Youtube Shorts, Instargam Reels bu 21-asr narkotigi deb hisoblayman. Farzandlarimiz nimani ko‘ryapti, qaysi ma’lumotni iste’mol qilyapti va qaysi saytda ko‘p vaqt o‘tkazayotganini tekshirish biz ota-onalarni mas’uliyati. 

Meni qiynayotgan savollar:

- Hozir chegara qo‘yganim kelajak uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi?

- TikTok, Youtube Short va shunga o‘xshagan dofamin generatorlarni ko‘p ko‘rish zararini tushuntirish ishlarini olib boraman. Lekin bu yetarlimi?

- ChaGPTni bolalar telefonida bo‘lishi to‘g‘rimi? 

Ota-onalar, tajribangiz bilan bo‘lishing.

Undan tashqari kanalimda faol va yutuqqa erishgan yoshlar ancha ko‘p. Sizlarda qanaqa fikr?

-------

@farkhod_com
👍226
Yakshanba sayohati

Sayohatga Rossiya, Belorussiya va Fransiyada fuqarolari bilan chiqib qoldik va ulardan eshitganlarim:

- O‘zbek tilini hurmat qilinishi va hamma narsani mahalliy tilda bo‘lishi hurmatga sazovor dedi. Misol tariqasi Belorus tilini keltirdi, u tilda deyarli hech kim gaplashmasligi aytdi.

- Tog‘larga sayohat chiqish uchun O’zbekistonda potensial yuqori lekin mahalliy xalq deyarli kam chiqishi haqida aytishdi.

Ha aytgancha, aksariyat vaqt sayohatga https://t.me/MysteriousUZB bilan chiqaman

———

@farkhod_com
1👍2214