Farkhod - AI PM
2.42K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
⚡️ Content manager qidirilmoqda

Kichik loyiha boshlaganmiz. Bizga ilovalarni ekranini yozib olib, ularni tartiblab, keyin platformaga yuklaydigan content manager kerak.

Nima qilish kerak:
Mobil ilova aytiladi va qayerlarini video qilib saqlash kerak vazifa beriladi. Shu vazifa asosida telefon ekranini yozib olib, yozib olingan videolarni ozroq qayta ishlab va uni yuklash kerak bo‘ladi.

Sharoit:
- Xohlagan joydan ishlasa bo‘ladi. Toshkentda bo‘lsangiz, vaqti vaqti bilan ko‘rishib turamiz.

Kimni qidiryapmiz:
- Mas’uliyatli kishi. O‘zi aytgan vaqtda ishni taqdim etsin;
- Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari bo‘lishi kerak;
- Haftasiga 5 kun, 3-4 soatdan vaqt ajrata olishi kerak.

Nega men va sherigim bilan ishlash kerak:
- Loyihani 2 kishi qilyapmiz. Fintex, dizayn va marketing sohasida tajribamiz ancha bor. Kelajak ishlaringiz uchun, bizdan bilim va tajriba olishingiz mumkin;
- Hamkorlik ikki tarafga ham manfaatli bo‘lishi tarafdorimiz, sizga yangi bilim va ko‘nikma bersak, juda xursand bo‘lamiz;
- Biz bilan hamkorlik qilib, yangi instrumentlar va soft skillarni oshirishingizga ishonchim komil.

Oylik:
- Hozircha 1,5mln-2mln, tajribali inson uchun kam oylik tuyilishi mumkin, lekin biz junior va endi yo‘lini boshlagan yoshlarni qidiryapmiz.
- O‘zimiz qanday ishlash kerak, katta kompaniyalarda nimalarga e’tibor qiladi kabi ko‘nikmalarni o‘rgatamiz.

O‘tgan safar video montajer qidirgan edik, sizlarga rahmat. Ajoyib yigit topdik, hozirgacha hamkorlik qilyapmiz.

➡️ Kichik forma https://forms.gle/Krs7wJt5xuiDPVuU6

Do‘stingiz, yosh qarindoshingiz, ukangiz, jiyaningiz bilan bo'lishsangiz, kimgadir yordam qilgan bo‘lasiz.

Rahmat.

@farkhod_com
👍101
World Usability Day Toshkent

Demak, rus-tilida 'Usability test' mavzusini yoritaman. Dokladim usability testni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali bo'ladi. Kanalimda qiziq joylarini, o'zbek tilida ham yuklayman.

📅 7-dekabr (shanba),10:30–15:00
📍 C-Space Yunusabad (Ahmad Donish, 20A)

Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘ting https://t.me/itcomuzbot

P.s. Tadbir xaqida qo'shimcha ma'lumot kommentda.

-------

@farkhod_com
👍103
Chet-el bilan ishlaydigan frilanserlar bormi?

Assalomu alaykum!
Bilasiz Buyuk Britaniyani fintex kompaniyasida ishlayman.

Xayolimda, chet-el bilan ishlaydigan mahalliy frilanserlarni, pul o'tkazmalarida pul tejashga yordam qila olamiz.

Agar hozirgi kunda, chet-ellik buyurtmachilar bilan ishlab kelayotgan dasturchi, dizayner va umuman axborot texnologiya sohasida bo‘lsangiz, keling 30 daqiqa online qo‘ng‘iroq qilaylik. Shu bahonada netvorking ham bo‘ladi.

Bu havola orqali kalendarimda 30 daqiqa vaqt bron qilish mumkin https://cal.com/farkhod/30min-networking-with-farkhod yoki sharh qoldiring, o'zim aloqaga chiqaman.

Chet-el bilan ishlaydigan tanishlaringiz bilan postni bo‘lishishni so‘rab qolaman.

Kuningiz xayrli o'tsin!

-------

@farkhod_com
👍104😁3
PHP kod “yozdim”

Qiziq davrlarda yashayapmiz. Loyiham Wordpress CMS’da ishlaydi va ozroq o‘zgarish qilish kerak bo‘ldi. Har doimgidek tanish bilish va frilans birjalariga murojaat qildim. Taxminan $100 atrofida qilib beramiz deyishdi. Sezib turibman, ish oson lekin kod yozishni bilmayman aks xolda o‘zim qilib tashlar edim. Startap qiladigan odam uchun har tiyin loyihaga ta’sir qiladi.

Bundoq esimga ChatGPT keldi. Shu jonivor kod yozishini bilar edi va skeptik qarash bilan kod yozishni so‘radim.

ChatGPT bilan 3 soat ichida birga kodni yozib tashladik. Xatoliklarni ham birga tekshirdik. E qoyil! Xohlagancha o‘zgarishlar aytdim, hammasini qildi. Tok ochdi, tushlikka chiqib kelay, internetim ishlamay qoldi demadi.

2025-yilda, kodni sun’iy idrok bilan yozishni o‘rganish reja qilib qo‘ydim. Kichik loyihalar uchun no-code va low-code instrumentlarni bilish qo‘shimcha ko‘nikma beradi. Loyihani dasturchisiz MVP darajasiga keltirishni o‘rganmoqchiman.

Nodir Khalilov ham dizayner kodni yozishi haqida yaxshi post chiqardi.

Yangi instrumentlarni o‘rganasiz yoki bozor sizni siqib chiqaradi.

-------

@farkhod_com
👍28😁2
🇺🇿 Slack, Figma, Perplexity va boshqalarni Figmada dizayn fayli qanaqa tashkil qilingan ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, sneakpeek.design’ga marhamat. Havola referallik, qanaqadir afzalliklar berar ekan.

O‘rganing va yangiliklarni kompaniyalaringga tatbiq eting. Yangi o‘rgangan tajribani kommentda bo‘lishsangiz, juda xursand bo‘laman.

🇷🇺 sneakpeek.design (ссылка реферальная)
Смотрим как организованы дизайн-файлы в таких компаниях, как Slack, Figma, Perplexity и другие.

Делитесь в комментариях, что нового узнали.

-------

@farkhod_com
👍119
2024-yil sarhisobi

📒 O‘qigan kitoblarim:
- Continuous Discovery Habits (70%)
- Sapiens (46%)
- Inspired (100%)
- The Lean Startup (100%)
- Creativity, Inc (53%)
Bir vaqtni o‘zida 2-3 ta kitob o‘qiyman. Yoqmasa oxirgacha olib bormayman, demak hozir vaqti emas deb qo‘yaman.

✏️ Postlar:
- 52 ta post Telegram’da;
- 0 ta Medium’da.

📢 Konferensiyada chiqishlar: 5ta

⚡️ Loyiham:
- Bir yil davomida qurilgan MVP ishga tushdi. MVP uchun bu juda katta muddat lekin asosiy ish joyim ham bor, dam olish kunlari qilingan loyiha;
- 3 marta sarmoya jalb qilish harakati bo‘ldi, muvaffaqiyatsiz. Kerakli dars olindi;
- 20 ga yaqin foydalanuvchilar bilan gaplashib, ehtiyojlarini chuqur o‘rgandik;
- Sotish harakati bo‘ldi, hozircha bu ham muvaffaqiyatsiz; 
- O‘rganilgan tajriba va bilim, 1 yil pullik kursda o‘qib ham olish imkoni yoq deb o‘ylayman;
- 2025-yilda loyiham ustidan ishni davom etaman.

🗺️ Yangi davlatlar: 1 ta (Hindiston),

👶 Farzandlarim soni: o‘sha o‘sha, o‘zgarish yoq.

🏃 Yugurish: 
-Afsuski oxirgi marta sentyabrda oyida yugurgan edim. Juda ham niyat qilaman, yanvar oyida oyog‘imni reabilitatsiyasi tugab yana yugurishga qaytishni.

🚀 2025-yil rejalar:
- Mahsulot dizayndan → Mahsulot menejeriga o‘tish;
- AI instrumentlarni chuqur o‘rganish va umuman o‘zim AI'ni qanday yaratish mumkin, modellarni o‘qitish kabi yangi bilimlarni o‘rganish;
- Loyihamni barcha o‘ylangan mijozlarga sotish, shunda muvaffaqiyat his qilaman;
- Dizayndan ketib, mahsulot menejeri o‘tmoqchiman va dizayndan yig‘ilgan bilimlarni video kurs sifatida yozib qolish, aks xolda ancha yillik tajriba sekin sekin esdan chiqishi mumkin;
- Kamida 3 ta yangi davlatlarga tashrif buyurish;
- Ingliz tilimni yana ham mukammal qilish.

-------

@farkhod_com
2👍30😁75
Product Manager Internship

O‘zbekistonda eng katta fintexlaridan biri Click, Universitet talabalari uchun to‘lanadigan amaliyot e’lon qilibdi. Agar 4-kurs talabasi bo‘lsangiz va ‘Product Management’ yo‘nalishida o‘zingizni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, omadingizni sinab ko‘ring.

Ko‘p yozib o‘tirmayman, batafsil ma’lumot Temur akani kanalida https://t.me/temur_pm_blog/203

-------

@farkhod_com
👍114
Loyihani ishga tushirish bo‘yicha YCombinator darsi bo'ladimi yoki Google UX Research kursimi, hammasida mijozlarlar bilan intervyu qilish muhimligi haqida aytilgan.

Men ham loyihamiz uchun harakat qilaman barcha potensial mijoz bilan tez tez intervyu o‘tkazishga. Hozirgi kunda 20dan ortiq intervyu o‘tkazilgan.

Barcha sharhlarni Whimsicalda yig‘ib, ularni qaysi birini ishga olish kerak ya’ni ustuvorlik bo‘yicha taxlab, dasturchiga talab yozib chiqaman.

Mijozlar bilan to‘g‘ri intervyu qilish uchun har doimgi maslahatim - ’The Mom Test’ kitobi.

-------

@farkhod_com
1👍183
2024-yildagi eng yaxshi kashfiyotlar haqida intervyu ko'rdim. Sizlarga ham maslahat qilaman:

▶️ https://youtu.be/9rhoJzZzGvA?si=ojLeWHSXCVYp6olq

Intervyuda qiziq eshitilgan masalalar:

- Arzon kaloriya sabab, pul kam topadigan xalq qatlami semirib ketyapti. Misol uchun, sifatsiz moy yoki ko‘p shakar iste’mol qilish. Puli bor odam, sport bilan shug'ullanadi, qomatiga e'tibor qiladi, foydali va sifatli ovqatlanadi;

- Mehmonning hikoya qilish ko‘nikmasi juda yoqdi. Kashfiyotni xuddi ’Hollywood’ kinosidek aytib berdi;

- Biotexnologiya va umuman sog‘liqni saqlash sohasida sun’iy idrok chuqur kirib kelayotgani, kashfiyotlar va yechimlar qanchalik tezlashgani haqida qoyil qoldiruvchi yangilik eshitdim.

Aytishingiz mumkin, bu dizayn yoki mahsulotni boshqarish haqida intervyu emas deb. Lekin boshqa yo‘nalishda podkastlarni ko‘rishni yoqtiraman. Sababi, faqat axborot texnologiya atrofida hayot aylanmaydi, boshqa sohalar ham bor. Miyangizdagi neyronlar ko‘rgan ma’lumotni va sizning bor tajribangizni aralashtirib yangi g‘oyalar beradi.

Kuningiz xayrli o‘tsin ☀️

-------

@farkhod_com
👍203
👍7
🇺🇿 Foydalanuvchi fikrini olish yangi usuli o‘zim uchun kashf qildim.

Ishdan tashqari vaqt qilayotgan loyihamda, ro‘yxatdan o‘tish imkoni yo‘q. Foydalanuvchi oddiygina formani to‘ldiradi, bizga xat keladi va o‘zimiz qo‘lda login va parol tayyorlaymiz. MVP bu, bundan hech uyalmayman.

Yaqinda Ozarbayjonlik UX Copywriter formani to‘ldirgan edi. Unga loyiham haqida fikrini olish uchun yangi bir usul qo‘lladim.
 
Men aytdim - mana senga 7 kun mahsulotimizga bepul to‘liq kirish huquqi, agar 30 kungacha cho‘zmoqchi bo‘lsang, menga mahsulotimiz haqida fikr ber dedim.

7 kundan keyin fikr va g‘oyalar bilan qaytib keldi!

Davom etaman bu usulni qo‘llashni.

-------

🇷🇺 Открыл для себя новый способ получения обратной связи.

В моем проекте, который я делаю после работы, пока нет возможности регистрации для всех желающих. Пользователь просто заполняет форму, мы получаем письмо и вручную генерируем логин и пароль. Это MVP, и мне за него не стыдно.

Недавно UX-копирайтер из Азербайджана оставила заявку. Мне было очень важно узнать мнение пользователя, поэтому я решил поэкспериментировать.

Я предложил: вот тебе 7 дней полного бесплатного доступа к сервису, а если хочешь продлить доступ до 30 дней — дай отзыв о нашем продукте.

Через 7 дней она вернулась с мыслями и идеями. Спасибо ей большое!

Буду продолжать использовать этот метод.

-------

@farkhod_com
1👍231
🇺🇿 ’Content manager’ topildi. Statistika.

Loyiham uchun o‘tgan oy content menejer qidirgan edim.

Ozgina statistika:
- Jami 18 kishi ariza qoldirgan;
- Shulardan 10 kishiga 1 soatlik sinov vazifa berdim;
- 10 kishiga sinov ish bergan bo‘lsam, 4 kishi xatimni o‘qidi lekin javob bermadi va 2 kishi qilaman dedi-yu lekin hech bo‘lmasa qila olmaymiz deb ham yozishmadi;
- Sinov ishni 4 kishi qildi. Yigitlarga rahmat katta. Shu bahonada yangi tanishlar orttirdim.
- 1 kishi bilan ishni boshladik. U yigit sinov vazifani 120%ga qilib yubordi. Aytilmagan joylarini ham e’tibor bilan bajarilgan.

Hayotda ham shunday, boshqalardan ajralish uchun ishni 100% emas, 120% qilish kerak.

Kelishuvga qo‘shimcha sifatida zimmamga haftasiga 1 soat ustozlikni ham oldim. Vakansiyada aytilgan edi, ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi deb.

Hammaga yana bir bor rahmat!

-------

🇷🇺 Контент-менеджер найден. Статистика.

В прошлом месяце я искал контент-менеджера для своего проекта.

Немного статистики:
- Всего подали заявку 18 человек.
- 10 из них я дал тестовое задание которое можно выполнить за 1 час.
- Из этих 10: 4 человека прочитали мое сообщение, но не ответили.
- 2 человека сказали, что сделают, но даже не сообщили, что не справились.
- Тестовое задание выполнили 4 человека. Спасибо им большое, благодаря этому я приобрел новых знакомых.

В итоге мы начали работать с одним кандидатом. Он выполнил тестовое на 120%, внимательно проработав даже то, что не было указано.

В жизни так же – чтобы выделяться, нужно делать не на 100%, а на 120%.

В качестве дополнительного условия я взял на себя обязательство проводить 1 час наставничества в неделю.

Еще раз всем спасибо!

@farkhod_com
1👍282
🇺🇿 Mahsulot menejeriman. 30-kun.

Dizayndan mahsulotni boshqarishga o‘tdim. Birinchi 30 kun haqida fikrimni bo‘lishmoqchiman. 

Nimalar o'zgardi:

- Onlayn qo‘ng‘iroqlar soni taxminan 70%ga ko‘paydi;

- Figmani faqat dizayn yechimlar ko‘rish uchun ochyapman. Juda qiziq his. Komponent-u UI chizish kerak emas;

- Rahbariyat bilan tez-tez uchrashuvlar;

- Mahsulotga chuqur kirib borganim sari, dizaynda qanchalik kichik muammolar ichida yurganini sezyapman;

- Ishda ko‘proq qolib ketyapman lekin bundan charchash yoq. Aksincha, yangi narsalarni o‘rganayotganim kuch beryapti;

- Sun’iy idroklarni yana ham ko'proq ishlata boshladim. Katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklayman va menga xulosa beradi, ingliz tilidagi hujjatlarni to‘g‘ri yozishga va brainstrom qilishga dastgoh.

Menga yoqyapti. Dizayndan charchagan edim. 

Keyingi postda, nega dizayndan mahsulot menejerlikka o‘tganim haqida yozaman. 

-------

@farkhod_com
2👍56😁1
🇺🇿 Uskuna sotganim haqida – marketing, xatolar va Gentra

2021-yilda o‘rtog‘im bilan Xitoydan sement qoplagich uskuna olib kelib sotganmiz. Bir tomonda Farhod – raqamli mahsulot dizayneri, ikkinchi tomonda esa Xitoydan uskuna import qiluvchi tadbirkor.

Marketing strategiyam:
- 2 soatda WordPressda www.dozator.uz saytini qurdim.
- YouTubega videolar joylab, reklamalar tayyorladim.
Natijada – uskuna sotish zo‘r ketdi.

Taxminan 1-1,5 yilda yaxshi foyda ko‘rdik va men bu ish orqali Gentra sotib oldim. E'tiborli joyi, bu ishga haftasiga 2-3 soat vaqt sarflaganman.

Xatolar va saboqlar

- O‘zimizga raqobatchi yaratib qo‘ydik. Xitoydan Toshkentga yetkazib beruvchi kompaniya yopildi, ikkinchisiga o‘tdik. Keyin bilsak, u Toshkentda uskuna sotuvchi ekan. Biz ishlab chiqaruvchining kontaktini berib qo‘ydik… va u biz qancha sotayotganimizni bilib oldi. Oxir-oqibat, o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilishni boshladi.

- Sotishni o‘rgandim. Mahsulotni sotishda ustuvor jihatlarni to‘g‘ri taqdim etish san’at ekan.

Foydalanuvchi bilan intervyu – eng katta qurol. Xaridorlar nimani istashini tushunish va aynan shu narsani sotish – eng katta yutuqlarimdan biri bo‘ldi.

Misol uchun:
- “Uskunani sotib olsangiz, uni ishga tushirib beramiz.” - mijozlarda uskunani ishga tushira olmasligi haqida qo'rquv bor edi, bu ishni o'zimizga oldik.

- “Mana sizga uskunani joylashtirish uchun 2-3 ta texnik reja.” - Uskuna sotib oladi, uni qanday joylash kerak, qayerda pul tejash mumkin tayyor g'oya ham berar edik.

Bu ishni davom ettirganimda, balki ko‘proq pul ishlagan bo‘lardim. Lekin raqamli mahsulotlar orasida yursam o‘zimni baxtli his qilaman.

P.s. Gentra qora emas :)

-------

🇷🇺 Как я продавал оборудование – маркетинг, ошибки и Gentra

В 2021 году мы с другом привезли из Китая оборудование для упаковки цемента и начали его продавать. С одной стороны – Фарход, цифровой продуктовый дизайнер, с другой – предприниматель, импортирующий технику из Китая.

Моя маркетинговая стратегия
– За 2 часа сделал сайт на WordPress – www.dozator.uz.
– Подготовил рекламу и выложил видео на YouTube.
– В итоге продажи пошли отлично.
За 1–1,5 года мы хорошо заработали и на выручку я купил себе Gentra(автомобиль). Стоит обратить внимание, что я тратил на это 2–3 часа времени.

Ошибки и выводы

– Создали себе конкурента. Первая логистическая компания, с которой мы работали, закрылась, пришлось перейти к другой. Оказалось, что она сама продает оборудование в Ташкенте. Мы передали контакт нашего производителя, и они узнали объемы наших продаж. В итоге начали возить товар напрямую.

– Умение правильно подать преимущества продукта – это искусство.

– Интервью с клиентами – лучший инструмент. Важно понимать, что именно нужно покупателю, и продавать это.
Например:
- Покупателю не просто продаёшь оборудование, а предлагаешь пусконаладочные работы.
- Предлагаешь готовую схему по размещению оборудования.

Если бы продолжил этим заниматься, возможно, заработал бы больше. Но в цифровых продуктах мне комфортнее.

-------

@farkhod_com
👍28😁164