Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
3.8K subscribers
10.2K photos
568 videos
9 files
2.47K links
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Veb-sayt: www.farkengash.uz
Facebook: facebook.com/kengashrasmiy
Youtube: youtube.com/@farkengash
instagram: instagram.com/far_kengash/
E-Pochta: far-kengash@umail.uz

Murojaat uchun: @kotibiyatfar_bot
Download Telegram
Xotira muqaddas 🇺🇿

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi barcha yurtdoshlarimizni 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

🗓Bu ulugʻ sana xalqimizning tinchligi, yurtimiz ravnaqi va bugungi osoyishta hayot yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etish kunidir.

🚩 Ayniqsa, urush va mehnat faxriylari, moʻtabar nuroniylarimizning hayot yoʻli, matonati va fidoyiligi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabidir.

🦅 Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka va yurtimizga tinchlik tilaymiz.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz | Telegram | Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
🇺🇿O'tgan hafta davomida viloyat Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest

🗓 4-may kuni
✔️ Aholi murojaatlari doimo e’tibor markazida. Navbatdagi murojaat xalq deputatlari viloyat Kengashining bosh yuriskonsulti tomonidan atroflicha o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masalalar huquqiy jihatdan tahlil qilindi.

🗓 5-may kuni
✔️ Xalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan viloyat Kengashi deputati SH.G'aniyevaning 5-Beruniy saylov okrugi hududida viloyat Kengashi kotibiyat mudiri SH.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Pirmatov, Farg'ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri SH.Kamolovlar tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

🗓 6-may kuni
✔️ Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari, tuman, shahar Kengashi kotibiyatlari mudirlari va bosh mutaxassislari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
✔️ Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashiga Qo‘qon shahar 11-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Manzur Djavdatovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Qo‘qon shahar “Shirin” MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗓 7-may kuni
✔️ Viloyat prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
✔️ Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi raisi X.Komilov hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan Margʻilon shahridagi muammolar oʻrganildi.

🗓 8-may kuni
✔️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov boshchiligida Farg‘ona shahrida transport vositalarining harakatlanish tezligi me’yorlarini belgilash tartibi yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
✔️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati Z.Raxmonovning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz | Telegram | Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 12–15 may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi

🗓 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi 12–15 may kunlari ish rejasiga bir necha doimiy komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish, saylov okruglarida faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarni o‘rganish, jumladan, infrastruktura, xizmat ko‘rsatish sohalarida oʻrganishlar o‘tkazish masalalari kiritilgan.

📌 Shuningdek mahalliy Kengashlarning faoliyatiga koʻmaklashish, deputatlik so‘rovlari yuborish kabi masalalar ham ish rejasidan o'rin egallagan.

🔼 Batafsil rasmda 🔼

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz | Telegram | Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
🔵 O'rganishlar davom etmoqda

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev hamda Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashevlar tomonidan Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinika binosida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ishlarning sifati hamda shartnoma va loyiha hujjatlariga muvofiqligi tahlil qilindi.

📍 Mazkur obyekt 2025-yil “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 1,355 mlrd so‘m mablag‘ evaziga “Zamon qurilish ta’mir” MCHJ tomonidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan.

➡️ Shuningdek, kislorod qurilmasi uchun 2026-yil 2-fevral kuni 630 mln so‘mlik alohida shartnoma tuzilgan bo‘lib, CBO-20 PSA Oxygen Generator (Xitoy) yetkazib berilishi rejalashtirilgan, biroq hozirgi kunga qadar qurilma yetib kelmagan.

📌 Mazkur holat yuzasidan Sh.Karimov tomonidan muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan bog‘lanilib, yetkazib berish muddatlari aniq belgilab berildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz | Telegram | Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
📊 Qurilish ishlari deputatlar nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev, Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashev va tuman Kengashi deputati J.Yuldashevlar deputatlik nazorati tadbirlari doirasida “Katta Minglar” MFY hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

📍 41-DMTTda 90 o‘rinli yangi bino qurilishi davom etmoqda. Tender natijasiga ko‘ra “VODIY YUKSAK OMAD TA’MIR” MCHJ g‘olib deb topilib, 3 mlrd 558 mln so‘mlik shartnoma asosida ishlar olib borilmoqda. Hozirda g‘isht terish ishlari bajarilmoqda.

📍 56-DMTT 120 o‘rinli yangi bino “MIRHAUSSTROY” MCHJ tomonidan 4 mlrd 592 mln so‘m qiymatda qurilmoqda. Hozirda g‘isht terish va birinchi qavatda styajka ishlari davom etmoqda.

🏠 Deputatlar nazorati ostida olib borilayotgan ushbu loyihalar yakunida hududda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i kengayib, bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

🇺🇿
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz | Telegram | Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🙏1