Faridun Shavkatov
78 subscribers
39 photos
49 videos
6 files
24 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Here's more accurate explanation of school system
Can you imagine how greatly structured Uzum? In next 5 years it will be the most successful business in Uzbekistan.

You need to facilitate others hardships. Uzum doing it effectively. It's one of the most concise business system here in Uzbekistan. It mimics Ali Express and Amazon.

And think about all the successful businesses in the world. All of them are well structured. If you want to run successful business think about these.
O'zbekistonda ham odamlar emaildan foydalanganda edi....

Buni kamchilik tushunadi🤫
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoq haqida kamtarona fikrlarim

Nutqimni oz bo'lsada yaxshilash uchun shunaqa audio xabarlar tashlab turaman
Boston University 4.2% acceptance rate.
Open Budgetga bitta passport bilan bir marta ovoz beriladigan qilishibdi😅
Hamma bilan pachakilashib ularning darajasiga tushishdan naf yo'q ekan.

Commentga kirmaslikni o'rganishim kerak yoki boshqalarning gapiga fikr bildirmasligim.
Bog'cha, Maktab, Universitetlar xuddi haqiqiy o'rganish kerak bo'lgan ilmlardan to'sish uchun qilingan sistema emasmikin deb o'ylab qoldim.

Ular o'zimiz xohlagan ishlarimizni qilishdan va muvaffaqiyatga erishishimizdan to'sib qo'ygandek.

Xuddi ularni tugatamiz deb vaqtimizni unga sarflab yuboryapmiz. Ular biz xohlagan narsaga erishtiradi deb ishonib qolib o'zimiz uchun harakat qilmayotgandekmiz.

Kanalda pin qilingan videoni endi yaxshiroq anglayapman shekilli.
Faridun Shavkatov
Bog'cha, Maktab, Universitetlar xuddi haqiqiy o'rganish kerak bo'lgan ilmlardan to'sish uchun qilingan sistema emasmikin deb o'ylab qoldim. Ular o'zimiz xohlagan ishlarimizni qilishdan va muvaffaqiyatga erishishimizdan to'sib qo'ygandek. Xuddi ularni tugatamiz…
Bu gap bilan bizga bunday o'quv maskanlari kerak emas demoqchi emasman. Lekin hamma ham bu yagona najot yo'li deb qaramasligi va ozgina to'xtab o'zi qayerga ketayotganini aniqlab olishi darkor.

Aslida maktab va universitetlar juda zo'r joy faqat sistemasi xato yo'lgan qo'yilgan (aslida shunday bo'lishini xohlashgan). Maktabda yozish, o'qish, balki chizish va ba'zi umumiy ma'lumotlarni 11 yil sarf qilib o'qish isrof deb o'ylayman. Shu videoda yanada yaxshiroq tushuntirib berilgan.

Men Luke Belmarni videolarini ko'rib turaman. Uning fikricha Homeschooling eng yaxshi variant. Men ham bunga 100% qo'shilaman. Yana xususiy maktablarni ham yaxshiroq. Lekin bizdagi xususiy maktablar ham davlatniki bilan bir xil sistemada ishlaydi faqat darsdan keyingi mashg'ulotlar qo'shilgan hamda yaxshiroq muhit bor. Bizda Homeschooling yo'q, xususiy maktablar nisbatan yaxshiroq.
Eid Mubarak
Yuziga urmang

Barchamiz doimo xato qilib kelganmiz. Faqat shu yo'l bilan tajribamiz oshgan. Bizda kimdir xato qilsa qolgan hamma uning ustidan kulishga tushadi. Qachonki biz shu holatga tushsak bizga ham xuddi shunday qilishadi.

Ancha oldin qilgan xatolarni eslatish xatolari eslatilgan kishini ko'ngliga tegadi. Shu bilan birga orangizda bo'lgan aloqalarga yomon ta'sir qilishi mumkin. Har doim o'tib ketgan ishlarni eslayversangiz o'z qadringizni tushirasiz. Qachonki sizni ham yuzizga o'z qilmishlaringizni urganda esa yoqmay qoladi.

@faridunshavkatovs
Futbol

Sizni hatto tanimaydigan, sizga na dunyo na oxiratda foydasi tegmaydigan o'yinchilar va ularning jamoasi uchun buncha kuyinishingiz to'g'ri emas. Ba'zi holatlarda ular sabab do'stlar bir-birlaridan voz kechishadi. Qancha million pullar qimorda boy beriladi. Xullas futbolni shunchaki zavqlanish uchun ko'rgan ma'qul

@faridunshavkatovs
Nega men 100% grant yutish uchun kafolat beraman

Aslida juda kam universitetlar 100% berishi aniq, lekin minimum IELTS 6.5, SAT 1350+ va GPA 5 bo'lsa full-tuition scholarship yutish mumkin.

Lekin IELTS 7+, SAT 1500+ olishga harakat qilish lozim. Bu bilan top va kirish qiyinroq universitetlarga kirish mumkin.

Hozir men full support ya'ni barcha hujjatlarga yordamni taklif qilyapman. Bunda siz uchun alohida plan tuzamiz. Eng avvalo Essaysga focus qilamiz, shu bilan birgalikda Activities ham ko'rib chiqamiz.

Noyabr 1 da ko'plab yaxshi grantlar uchun deadline tugaydi. Lekin tushunmasdan shunchaki topshirsangiz grant yutishingiz qiyin masala. Men esa sizga scholarship yutishga yordam beraman (boshidan hammasini o'rgataman).

Amerika o'xshamay qolishi mumkinligi sababidan boshqa davlatlarni ham ko'rib chiqamiz.

Menga ishonga har bir studentni 1 yili bo'ynimdaligi boisidan iloji boricha o'qishga ketishingizga harakat qilaman va sizdan ham yaxshilab harakat qilishingizni talab qilaman.

@faridunshavkatovs
Nega aynan noyabrgacha test topshirishimiz kerak?

Amerika univeristetlarida ko'pincha scholarshiplar first come first serve ishlaydi. Bu degani kim birinchi apply qilsa o'shanga beriladi.

Ikkinchi sabab ko'pgina grantlarning deadlaynlari Noyabr 1 da tugaydi. Ha ba'zilari Noyabr 15, Dekabr 1 da ham bor. Lekin asosiy deadline shu vaqtda bo'ladi.

Uchinchidan dekabrgacha yana vaqt qoladi, agar ball past chiqil qolsa yana topshirish imkoni bo'ladi. Shunda regularni ham o'tkazib yubormaymiz.

Kanalda yana shunga o'xshash ma'lumotlarni berib boraman. Siz esa kitchani bosib qo'ying🐳

@faridunshavkatovs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchamiz bir vaqtda ikki xil dunyoda mavjudmiz. Biri bu tabiiy, ikkinchisi virtual.

Postlarimni tagiga nega sana va makon yozib qo’yishim haqida so’rashadi. Bu menga postni qaysi davlat va shaharda, qaysi vaqtda yozganimni eslash uchun xotira sifatida xizmat qiladi. Hozirgacha biz xotira sifatida ko’radigan eski fotoalbom yoki bloknotdagi ahamiyati tubdan o’zgarish arafasida.

Bunda sun’iy intellekt o’rni katta bo’ladigandek.

Men hozirda mavjud sun’iy intellekt na’munalarini huddi dastlabki floppy disklarga o’xshataman. Bu postni o’qiyotganlar aksar qismi floppy disk zamonidan keyin tug’ilganlar, uni nima ekanligini bilishmaydi ham 😊 

Floppy disk 1,44Mb hajm ma’lumotni saqlash mumkin bo’lgan disk edi (rasmda). Biz unda operatsion sistemalarni o’rnatar yoki yutsa orqasidan rasm ochiladigan shashka o’yinlarini o’rnatar edik.

Men birinchi olgan kompyuterim diski 100Mb dan iborat edi. Oradan 20 yil o’tib o’tmadi, rivojlanishni qarang.

Ayrim sun’iy intellekt bilan ishlaydigan xizmatlar shunday turi borki, unga siz o’zingiz xohlagan mavzuda va janrda qo’shiq tayyorlab ber desangiz 30-40 sekunnda tayyorlab beryapti.

Men rosa qiziqayotganim matndan video qilib beradigani. Bir kitobni yuklaysiz, kino qilib beradi. Hozir bor shunday AI. Ular rivojlanish darajasi huddi floppy disk kabi.

Men qanday kelajak tasavvur qilaman?

Men virtual olamda ixtiyoriy-majburiy ravishda ancha iz qoldiryapman. Gmail, instagram, youtube, sayohatlar, rasmlar, videolar va muhimi mening fikrlarim bayon etilgan postlar.

Farzand va nabiralarim, hayotimni, yoshligimni, qanday fikrlaganimu, nimalar meni hursand qilganlarini virtual holatda kino sifatida ko’ra oladi. Balki men o’lib ketganimdan keyin ularda men bilan ”suhbat qurish” imkoni ham bo’lishi mumkin. Ular mendan maslahat so’rashlari mumkin bo’ladi.

Bu qanchalik absurd tuyulmasin, bu allaqachon mavjud texnologiya.

Shuning uchun azizlar, yaxshi xotiralar bilan yashash muhim. Fikrlarni yozib borish muhim.

Bek Olimjon
14.04.2024
Frankfurt, Germaniya