Farg'ona viloyat kutubxonasi
1.9K subscribers
4.45K photos
383 videos
58 files
1.12K links
📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚
📘Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
📰Yangiliklar
🎁Aksiya va tanlovlar

Murojaat: @Fergana_library_bot
Download Telegram
Aziz Qayumov nomidagi "Ona tili va adabiyot" to'garagining navbatdagi mashg'uloti.

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti Dilshodjon Turdaliyev

Mavzu: ertaklar

mashg'ulotni ko'rish
"Speaking clubi" a’zolarining navbatdagi mashg‘uloti “Insondagi yaxshi va yomon xislatlar” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.

Biz sizga shunday imkoniyatni hadya etamiz. Ishoning, bizga qo‘shilganlar kam bo‘lmaydi. Kutubxonangiz kafil 😉
Milliy g‘oya har birimiz uchun muqaddas bo‘lib, u turli qarash va fikrga ega ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning maqsad-manfaatlarini o‘zida mujassam etgan. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo totuvlik, Dinlararo bag‘rikenglik... Bu qadriyatlar bugun har bir vatandoshimizning qalbi va ongiga tobora chuqurroq singib bormoqda.

Milliy g‘oya turkumidagi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlardan dars beruvchi professor-o‘qituvchilar, maktab, kollej, lisey, institut, universitetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, mahalla maslahatchilari, ma’naviyat targ‘ibot tizimi malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari, xodimlari, targ‘ibotchilar, tadqiqotchilar, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Dunyo shodliklari yig'ilsa birdan, bola kulgusiga teng kelolmas hech ham. 😊
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi “Ona va bola” klubining bu galgi ishtirokchilari Farg‘ona shahar 38-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bo‘ldilar.
Mashg‘ulot davomida bolalarni kutubxonaga, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida, kitob yaratilishi, kutubxona va undagi mavjud bolalar adabiyotlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, bolajonlarga xotira mustahkamlash mashg‘ulotlari, sehrli maydoncha bolalarini zukkoliklarini rivojlantiruvchi o'yinlar o‘tkazildi.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan Farg‘ona shahridagi “Businka” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyalanuvchilari uchun suhbat tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida bolalarni kutubxonaga, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida, kitob yaratilishi, kutubxona va undagi mavjud bolalar adabiyotlari haqida ma’lumot berildi.
Mo‘minjon Yo‘ldoshevning "Qutlug‘ qadam yoxud yangi O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning jozibadorligi" nomli kitobi iqtisod fanlari doktori, professor Yusufjon Dodoboyev tomonidan viloyat axborot-kutubxona markaziga taqdim etildi.

Mazkur ilmiy-ommabop risolada Mustaqil O'zbekistonda keyingi yillarda, xususan, 2017-2021-yillar mobaynida muvaffaqiyatli suratda amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar va ularning salmoqli natijalari, bu tarixiy islohotlarning xalqimiz turmush darajasi va sifatini oshirish borasida qanchalar muhim ahamiyat kasb etayotgani aniq fakt-raqamlar va ommaviy axborot vositalari materiallari asosida yoritib berilgan.

Risola qishloq xo'jalik va sanoat hodimlari, yangi shakllanayotgan klaster tizimi fidoyilari, iqtisodchilar, pedagog-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, boshqaruv sohalari hodimlari, ma'naviyat targ'ibotchilari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
Forwarded from natlib.uz
NAVBATDAGI O'QUV KURSLARI YAKUNLANDI

2022-yil 1-5-avgust kunlari Farg‘ona viloyat, tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun O'zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Respublika axborot-kutubxona markazi malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etdi.
Malaka oshirish kurslari yakunida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva tinglovchilar bilan dars jarayonlari, ularning sohaga oid taklif va taassurotlari haqida suhbatlashib, sertifikatlarni topshirdi.