13-MAKTAB YOSHLARI
134 subscribers
547 photos
71 videos
1 file
75 links
Ma‘lumotlar va murojaat uchun
@AhrorjonovAbubakir_1009
Tel nomer: 94-394-28-27

@Islomjon_Qayumov_Buvayda
Tel nomer: +998996504135
Download Telegram
#Buvayda_tumani
#Prokuror_kubogi

Buvayda tumanida ‘‘Prokuror kubogi‘‘ juda yuqori kayfiyatda, qiziqarli bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Final baxslarini bevosita tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov kuzatib bordi.  Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlashda so‘z olgan tuman hokimi B.Ibragimov barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab viloyat bosqichida omad va zafarlar tiladi. Musobaqa yakunida g‘oliblar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz! Viloyat bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!

👉@abubakir_1009
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#2_liga

FC BACHKIR vs FC NEFTCHI FARM

Farg‘ona viloyati 2 liga 3-tur o‘yinida FC Bachkir futbol jamoamiz Neftchi FARM jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. O‘yin shiddatli va keskin tarzda bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz ustunligida o'tgan o'yinda 6:0 hisobida g‘alaba qozondik. Dastlabki yirik hisobdagi g‘alaba erishdik.

G‘alaba muborak bo‘lsin!

Keyingi o'yinlarda ham jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

👉@abubakir_1009
Bugun 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqati bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida yoshlar uchun
50 dan ortiq yangi imkoniyat, loyiha va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir tashabbus yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi, tadbirkorlik qilishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishiga ishonaman

Har bir tashabbus e‘lon qilinar ekan katta hayajon bilan birgalikda mas‘uliyatni ham his qilib turdik

Ayniqsa faol tashabbuskor va fidoyi yoshlarning taqdirlangani barchamiz uchun ulkan faxr va kuchli motivatsiya bo‘ldi. Bu e’tibor har bir yoshni yanada faol bo‘lishga, yurt taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga undaydi
Yoshlarga bildirilayotgan bunday yuksak ishonch va e’tibor uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz, yoshlar, bu ishonchni bilimimiz, tashabbuslarimiz va amaliy ishlarimiz bilan oqlaymiz

Buvayda tumani Bachqir mahallasi yoshlar yetakchisi Abubakir Ahrorjonov

👉@abubakir_1009
#Buvayda_tumani
#Voleybol
#IIV_kubogi
#live

Buvayda tumanida  "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o'rtasida "Voleybol" sport turining Ichki ishlar vaziri kubogi uchun tuman bosqichiga start berildi

Sport musobaqasini tuman hokimi B.Ibragimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i SH.Ahmedovlar ochib berdi. O‘z so‘zlarida ‘‘Besh tashabbus olimpiadasi‘‘ barcha yoshlar uchun o'z iqtidorini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat eganligini, shu bilan birgalikda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib,  barcha jamoalarga omad va zafarlar tiladi. O‘yinlar shiddatli tarzda davom etmoqda

Eslatib o'tamiz!
Musobaqa mahallalardagi 16-21 va 22-30 yoshdagi erkaklar va ayollar terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

👉@abubakir_1009