Hayot falsafasi 🍃
66.9K subscribers
4.87K photos
208 videos
2 files
171 links
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi

Cреатор: Моҳинур ))

#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar
Download Telegram
🌙 Agar Alloh kutgan narsangizni o‘sha ondayoq nasib etmasa, o‘zingizga shunday deyishni o‘rganing:

“Mening holatim borasida, Allohning tadbiri qanday bo‘lsa, u men uchun mutlaqo xayrlidir!..”

Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Eri vafot etdi. Kiyimlar javoniga erining libosini ilib qo‘ydi. Sakkiz yildan ko‘proq vaqt davomida o‘sha libos hamyoniga pul solib qo‘yardi. Qachon farzandlaridan birortasi pul so‘rasa, «Otangni cho‘ntagidan olaqol!» derdi. Vafot etgan erining xotirasi uyidan uzilib qolmasligini istardi...

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar Alloh ikki qalbni birlashtirishni hohlasa, ularni birlashtiradi, garchi ularni orasi osmon bilan yerchalik bo’lsa ham💞

اجمل ماقيل في الحب إن الله إذا أراد أن يجمع بين قلبين سيجمع بينهما ولو كان بينهما مداد السماوات والأرض

Bir go’zal jumla bor edi…

Aslida tasodiflar yo’q bu dunyoda, uchrashmadik ikkimiz bekor, Allohning rejalarida, biz bilmaydigan bir hikmat bor….💜

Ex sen qayerda eding-u, men qayerda edim
jannat qalbligim...

© Vuhayba

@falsafasi_hayot 🍃
🌱 Tuni bilan yigʻlamoqdan tamom boʻlib, ertasi kuni hech narsa boʻlmaganday kunni davom ettiradigan mavjudotga “Ayol” deyiladi....

— Elif Şafak

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻 Natijasidan juda koʻp bora foydalanilgan;

Baxtli hayotga olib chiquvchi;

Yoʻllarni ochuvchi;

💰 Rizqni kengaytiruvchi juda kuchli USUL🤲🏻

Tinimsiz 40 kun chin ixlos bilan, eng avval Alloh rizosi uchun, soʻngra orzu-niyatlatingizni aytib "LA ILAHA ILLA ANTA SUBHANAKA INNI KUNTU MINAZ ZOLIMIYN" ni takrorlab yuring. Bu duo Yunus a.s. ning duosi boʻlib, shu duo ila 40 kundan 🐳 Kitning qornidan tirik chiqqanlar! Inshaallah sizga ham manfaatli boʻladi ☺️🤲🏻

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Mardikor bozori.

Domla, bir gap aytsam odamlarga aytsangiz..

Do‘konim oldida ayollar mardikor bozori bor. Ishlagani chiqqan ayollarga rahmim kelib, ba’zan arzimas ishlarni qildirib haqlarini ortig‘i bilan berib, uylaringa boringlar deb, jo‘natib yuboraman.
Yaqinda do‘kon oynalarini artish va tozalash uchun ikki ayolni ishlatdim, ovsinlar ekan.

Ayollarning biri to‘rt kunlik kelinchak ekan.

Nega axir, yangi kelinchak bunday ishlarga chiqadi desam: "To‘ydan qarz bilan chiqdik shunga, qaynam bizni ham ishlashga chiqardilar"- deydi, kelinchak yeg‘lab..
(c) Shokirjon Umarjon

Ps: Biz shunchalik razillashib kettikmi?

@falsafasi_hayot 🍃
☝🏻 Натижасидан жуда кўп бора фойдаланилган;

Бахтли ҳаётга олиб чиқувчи;

Йўлларни очувчи;

💰 Ризқни кенгайтирувчи жуда кучли УСУЛ🤲🏻
🌿 Erkaklardan biri aytadi: “Ayolimga biroz qattiqqo‘llik qilib yuborsam yoki u va men o‘zaro janjallashib qolsak yoki biron muammo ustida tortishib qolsak, jahl bilan tezroq xonadan chiqib ketishga harakat qilaman. Ko‘cha eshigi oldida yetib bormayman hamki, vallohi, ichkariga qaytib undan uzr so‘rab ko‘nglini olish, yarashib olish ishtiyoqi qalbimni to‘ldirib oladi. Bu haqda unga aytib berganimda, u mendan: “Bilasizmi, nega bunday bo‘ladi?” deb so‘radi. Men: “Yo‘q, nimaga ekan?”, dedim. U: “o‘zaro janjalimizdan so‘ng xonadan chiqishingiz bilan men tinmay istig‘for ayta boshlayman. Keyin esa siz kirib kelasiz va uzr-ma’zur aytib, ko‘nglimni ola boshlaysiz” deb javob berdi. Ha birodarlar, (buning sababi) Alloh taolo bayon qilgan ushbu istig‘fordir: “Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchi emas”, Anfol surasi, 33-oyat.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Oila mustahkam boʻlishi uchun ​​muhim tavsiyalar:

AYOLLAR UCHUN:
1. U bilan tortishmang!
2. So‘ziga quloq soling!
3. Ota-onasini hurmat qiling!
4. U doim to‘g‘ri ish qilishini e’tirof qilib turing!
5. Telefonini titmang!
6. Unga taalluqli masalalarni yodda tuting!

ERKAKLAR UCHUN:
1. Ayolingizga pul bering!
2. Doimo unga pul berib turing!
3. Pul berishni unutmang!
4. Beradigan pulingizni berishni yoddan chiqarmang!
5. So‘ramasidan turib pul bering!
6. Unga pulim yo‘q, demang!
7. Pul berishni to‘xtatmang!

#ozgina_tabassum ☺️🙃

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Inson doim bir qalbga muhtoj...
Sizni sizdan koʻproq tushunadigan, oʻzingizdan koʻproq qayg'uradigan, mehr beradigan..!

🌿 Inson insonga muhtoj..!
Yelkasiga boshingizni qoʻyib dunyoni unitadigan, qoʻllariga qoʻlingizni berib hotirjamlik tuyadigan, koʻzlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj..!

🌿 Ket deganda keladigan, jahil qilsangiz kuldiradigan, kulganingizda qayg'usini unitadigan, butun dunyoni faqat siz deb biladigan bir insonga muhtoj..!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Hech kutmagandim!..
— Labbay, dedim. Kichik o‘g‘li ekan. O‘ziga velosiped olib berishimni so‘radi.
— Xo‘p bo‘ladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan so‘radim:
— Meni kimligimni bilasanmi?
Bolakay shunday javob berdi:
— Yo‘q, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib o‘tirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan:
— «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring bo‘lsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman».

(Tarjima)

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Xitoyda qimmatbaho mashina egasi yonilg‘i quyilganidan keyin pulni ishchiga berish o‘rniga uni yerga tashlab yuborgan. Bunday hurmatsizlikdan esa ayol yig‘lab yuborgan...

Ushbu video chiqqandan so‘ng, Xitoyning barcha yonilg‘i quyish shoxobchalari ushbu avtomobilga yonilg‘i quymaslikka qaror qilishibdi. Jamiyat mana shunday birlasha olsagina inson amalda qadr topadi.

Fikrning qolganini siz davom ettiring...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Mehr-muhabbat...

Bir yil avval internet tarmog‘ida tarqalgan chap tomondagi surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qalblarini larzaga solgan edi. Unda saratondan aziyat chekayotgan 2 yoshli bolakay va unga g‘amxo‘rlik qilayotgan opasi tasvirlangan.

O‘ng tomondagi suratga qarang.
Yaqinda e’lon qilingan videoda ularning onasi tomonidan dard ortda qolgani aytildi. Allohning mo‘jizasini ko‘ringki, kasalmand bolakay bir yil ichida kasallikni yengib, oyoqqa turib ketdi. Mehr-muhabbat har qanday dardga malham ekanini isbot qilgan opaning ko‘zlarida esa g‘alaba nashidasi barq urib turibdi.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Iltimos pul-pul deb o'zingizni o'tga, cho'g'ga urmang! Pulga qiziqmang birodarlar. Pul odamni buzadi, oqibatni buzadi. Odamgarchilikdan chiqaradi. Ishoning, bu pullar sizga kerak emas. Ularni menga bering. Men ularni qanday yoʻq qilishni juda yaxshi bilaman... 😁


Yana ozgina tabassum 🙃

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 — “Katta boʻlganingda kim boʻlasan?” deb soʻrardilar.
— “Oʻqituvchi boʻlaman”, “Doktor boʻlaman ” derdik. “Baxtli boʻlaman!” demasdik hech. Chunki bola edik... Bolalikda hamma narsa baxt edi...!

@falsafasi_hayot 🕊
🌿- Iltimos menga moʻjiza degan doringizdan bir dona berib yuboring, - kichkinagina qizchaning bu so‘zlari dori sotuvchi ayolni taajjubga soldi.
- Qanaqa dorini aytyapsan? - so‘radi u.
- Ukam og‘ir yotibdi. Onam esa uni faqat Allohning moʻjizasi qutqara oladi deyaptilar. Dadamda esa, bu dorini sotib olish uchun pul yo‘q. O‘zimni ozgina yiqqanim bor edi. Iltimos, bir dona bo‘lsa xam ana shu doringizdan bering!
- Qizaloq, aytyapman-ku bunday dori yo‘q, sotilmaydi.
- Iltimos, pulini to‘layman, yetmasa ertaga keltirib beraman. Bir dona bo‘lsahxam "Allohning moʻjizasi"dan bera qoling!
Shu payt eshikdan yaxshi kiyingan, ko‘zoynakli xaridor kirib keldi. U qizchani so‘nggi so‘zlarini eshitishga ulgirgan edi.
- Qizalog‘im, qanday moʻjizani aytayapsan? - deya so‘radi u.
- Bilmadim. Menga shunday deb atalgan dori judayam kerak. Ukam operasiya stolida, ammo otam kerakli pulni topib bera olmayaptilar. Ularning aytishicha, "Allohning moʻjizasi"gina ukajonimni asrab qolar ekan. Narxi qimmat bo‘lsa ham uni sotib olardim, - dedi qizaloq ko‘zlaridagi yoshni artib.
- Xo‘sh, yoningda qancha puling bor? - deb so‘radi haligi kishi.
- O‘n yarim rupiya!
- Meni ukangning yoniga olib bora olasanmi? Unga qanday moʻjiza kerakligini bilmoqchi edim.
Bu kishi Erondagi mashhur doktor Ashrafiy edi. U bolani ko‘rdi-da, operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun buyruq berdi.

Operasiya ham muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bola ko‘zini ochib muloyim jilmaydi. Ona esa yum-yum yig‘lab shunday dedi:
- Rahmat doktor. Siz tufayli bola tirik qoldi.
- Kechirasiz, - shifokor so‘zida davom etdi. Bu mening ishim emas. Men uni qutqarganim yo‘q. Bu jajji qizaloqning iltojisi asosida qabul bo‘lgan Allohning inoyati, uning moʻjizasi.
- Pulini qanday to‘laymiz? Narxi qancha bo‘ladi?
Jarrox jilmaydi.
- Xech qancha. Havotir olmang puli to‘langan. Bu mening hayotimdagi eng qimmat operasiya.
Onaning ko‘z yoshlari ila otilib chiqqan so‘zlari shu bo‘ldi:
- Raxmat, sizga! Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman.
Bu paytda ona operasiyaning narxi atigi o‘n yarim rupiyaga baholanganidan behabar edi. Alloh esa o‘z moʻjizasini yana bir karra isbotlash uchun shifokorni vosita qilgandi.


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Baxt

(Boʻlgan voqea)
Oʻtgan asrda yashab oʻtgan ulugʻ olim, toʻra buvalarimizdan birining ayoli xunukroq ekan. Bir kuni toʻra buva poshsha ayaga: “Alloh taolo husnu jamolni taqsimlayotganida biroz kech qolgan ekanlarda a, poshsha?” deb kinoya qilibdilar. Shunda ziyrak ayol: “Ha, shunday, begim. Qarasam, naryoqda baxt ulashilayotgan ekan, oʻshani olaman deb, husnga kech qolganman”, deb javob bergan ekan. 🙂
Olim ayolining javobidan mamnun boʻlib, zavqlangan ekan. Bu satrlarda buyuk madaniyatimizning namunasi, sharofatli kishilarga lutf, aqlli kishilarga ibrat bor...!

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Yandeks taksi chaqirdim. Mashina kelib, manzilga yo‘l oldik.
Hayol surib ketayapman. Xaydovchi yoshlari katta odam, mashinani nihoyatda yaxshi boshqarar ekanlar. Ko‘chalarni, odamlarni tomosha qilib, ko‘zim rulga qistirib qo‘yilgan qog‘ozga tushdi. Qarab qo‘yaveraman, qo‘yaveraman. Oxiri qiziqishim ustun kelib so‘radim:

-Amaki, anavi qog‘oz nimaaa?? 👀

-Qaysi? Xaa, bumi? Bu o‘zbekcha so‘zlarni inglizcha tarjimasi.

-Nega??

-Til o‘rganyapman. Chet elliklar ko‘p chiqyapti, yana Amerikagayam ketmoqchiman. Til o‘rgansam yaxshi ish topoliman. O‘zimga foyda.

-Qoyil lekin! Nechchi yoshdasiz, amaki?

-Ellikka kirdim...

50 yoshda ba’zilar "bo‘ldi, xayotimni yarmidan ko‘pini yashab qo‘ydim" deb, oyoq qo‘lni cho‘zvolishadi. Kimdir esa xayotini ikkinchi bahorini kutadi.

Izlanishdan tuxtamaylik, bizni ulkan marralar kutmokda xurmatli xaydovchilar...

Amakiga respekt! Yaxshi niyatlariga yetkazsin🤲

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Alloh bir ishni kechiktirsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Bir ishdan sizni mahrum qilsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Ustingizga balo-ofat tushirsa, faqat yaxshilik uchundir..!
Oʻkinmang..! 🙂 Alloh faqat yaxshilikni ravo koʻradi..!

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Bir kishi aytadi "Allohu Akbar"

Yana bir kishi aytadi : "Laa ilaha illalloh Muhammadur rosululloh"

Yana aytadi : "Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil-aziym"

Yana "Laa ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimin"

Bu kishi 70.000 savobni qo’lga kiritdi va u kishi
"Siz edingiz":) ☺️

@falsafasi_hayot 🍃