FactStellar
1.35K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Zakovat intellektual klubi
Intellektual olimpiada respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar ro‘yxati ❗️Musobaqaning respublika bosqichi 15-18-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Manashu turnirda qatnashish uchun Zakovatga bundan ikki yil muqaddam kirib kelgandim.

2023-yil oʻqishga kirgan yilim - birinchi kurs paytim. Namangan Davlat Universiteti turnirda fantastik oʻyin koʻrsatgan ayniqsa Breyn Ringda. Breyn Finalini yozma translyatsiyada koʻrganim esimda - Joʻrabek Mehmonovni emotsiyalari shunchaki bezab bergandi turnirni - oʻshanda bu turnir boshqacha hissiyotli boʻlishini tushunib yetgandim.

2024-yil ikkinchi kurslik paytim - Institut terma jamoasiga qabul qilindim. Birinchi IO saralash qatnashishim edi - oʻtolmadik - u savollarga kuchimiz yetmagandi - 1 hafta oʻzimga kelolmaganman.

2025-yil may oyi - Birinchi marta koʻlami olimpiadanikidan kichikroq boʻlgan Intellektual haftalikka chiqdik. Haftalik ham oʻziga yarasha xotiralar qoldirdi.

2025-yil 21-Noyabr. Oʻsha uzoq kutilgan kun. Tarixda ilk bor Intellektual olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdik.

2025-yil Dekabr - ich ichimdan sabrsizlik bilan 15-18 dekabr sanalarini kutyapman..
🔥721
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fahad Al-Otaibi (فهد العتيبي - 1975) — arab dunyosining eng taniqli va eng koʻp muhokama qilinadigan futbol sharhlovchilaridan biri. Uning sharhlari koʻpincha joʻshqinligi va oʻziga xos iboralari bilan ajralib turadi.

U faoliyatini 2000-yillarning boshlarida Saudiya Arabistonidagi telekanallarda ish boshlagan. Uzoq yillar davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik sport kanallari tarmogʻi hisoblangan beIN Sports telekanalida (ilgari Al Jazeera Sports) faoliyat yuritgan.

Uning ovozi ayniqsa gollar kiritilganda yoki oʻyinning hal qiluvchi daqiqalarida keskin koʻtariladi va tomoshabinni oʻyin ichiga tortadi. Ayniqsa uning sharhdagi Ya Ilayhi jumlalari tomoshabinni yanada oʻyin ichiga tortadi.

Uning eng katta xalqaro shuhrat qozonishiga sabablardan yana biri — bu Konami kompaniyasining mashhur futbol oʻyinlari seriyasi eFootball oʻyini (avvalgi PES) uchun uzoq yillar davomida asosiy arab sharhlovchisi boʻlganligidir.


Oramizda manashu sharhlovchini yuklab olgan Efootballchilar bormi?)
https://t.me/touchline_talks

Barchasi Futbol haqida!
Tahlillar, oʻyin oldi fikrlar!

Futbol muxlislari uchun qoʻshilish tavsiya etiladi.

Oʻzimni kanalim)
A Raven came from the Citadel. Winter is here)
1
Aslida biz yaxshi odamlarmiz)
😁152
Argentina 🇦🇷
Senegal 🇸🇳
Oʻzbekiston 🇺🇿
Kyurasao🇨🇼

Kimni taxmini qanday?
1
Ronaldoga qarshi maydonga tushamiz)
🔥11😁31
Barcha ishtirokchilar baxtli, baxtsizlari esa oʻzicha baxtsizdir))
😁72
Live stream started
Diyor aka🔥🔥
🔥5
Live stream finished (37 minutes)
Zora Marushich ZB boʻldim uje topolmasam ayb mendami endi.. Oʻzbek futboli koʻrmasligim aybimmi..
😁2
Qatordan qomaylik)

Ha kanal sustlashib qoldi yil oxiriga kelib)
21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatda Kimyodan savol tushib qolganda javobini topsam))
😁6
🎅 Kutib oling 🎅
😀Yangi yil sovgʻasi😀

🏆 50+ Zakovat kanallari bir jildda. Har kunlik yangi faktlar, mualliflik savollari va maʼlumotlarni birinchilardan boʻlib bizning kanallarda oʻqing.

😎Kanallarga obuna bo'lish
😎Kanallarga obuna bo'lish
😎Kanallarga obuna bo'lish
#fakt

Nima sababdan Breaking Bad seriali bosh qahramoni Uolter Uayt oʻziga Hayzenberg taxallusini tanlagan?

Uolter Uayt oʻziga "Heisenberg" taxallusini tanlashi shunchaki tasodif emas. Buning ortida ham personajning ichki olami, ham ilm-fanga oid chuqur ramziy ma’nolar yotadi.
Mana nima uchun aynan shu nom tanlangan:

1. Verner Hayzenberg shaxsi:
Taxallus mashhur nemis fizigi, kvant mexanikasi asoschilaridan biri Verner Hayzenberg (Werner Heisenberg) sharafiga tanlangan. Hayzenberg 1932-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan. U oʻzining "Noaniqlik prinsipi" (Uncertainty Principle) bilan dunyoga tanilgan.

2. Noaniqlik prinsipi va Uolterning hayoti
Fizikadagi bu prinsipga koʻra, zarrachaning oʻrnini va tezligini bir vaqtning oʻzida aniq bilishning iloji yoʻq. Bu gʻoya serial mazmuniga juda mos keladi:

Ikki tomonlama hayot: Uolter Uayt — ham oddiy maktab oʻqituvchisi, oilaparvar ota, ham shafqatsiz narkobaron. Uni bir vaqtning oʻzida ham "yaxshi", ham "yomon" deb aniq tavsiflash qiyin.

Kutilmagan oʻzgarishlar: Uolterning xatti-harakatlari va uning qayerda ekanligi doimo noaniq boʻlib qoladi.

3. Kuch va obroʻ ramzi:
Uolter Uayt oʻzining oddiy va "omadsiz" oʻqituvchi qiyofasidan qutulishni istaydi.

"Heisenberg" nomi unga:
Intellektual ustunlik: Bu nom uning kimyo va ilm-fan sohasidagi daho ekanligini ta’kidlaydi.

Qoʻrqitish vositasi: Narko olamda oʻzining haqiqiy ismini yashirish va dushmanlari qalbida dahshat uygʻotadigan salobatli nomga ega boʻlish uchun xizmat qiladi.


Uolter bu taxallusni birinchi marta 1-mavsumda, Tuko Salamanka bilan uchrashishdan oldin ishlatadi. Bu uning "yaxshi odam"dan "yovuz qahramon"ga aylanishidagi tub burilish nuqtasi hisoblanadi. Taxallusni kiyganida (koʻpincha oʻsha mashhur shlyapasi bilan), u oʻzining barcha axloqiy prinsiplarini chetga surib, faqat maqsad sari intiladigan shaxsga aylanadi.

"Say my name." — You're Heisenberg.


Uolter Uayt uchun bu ism nafaqat niqob, balki uning ichidagi uzoq vaqt bosib kelingan kuch va nafsning namoyon boʻlishi edi.
3
#offthetopic

Kecha Kinomotografiya olamidagi eng yaxshi seriallardan biri boʻlgan Breaking Badni koʻrib tugatdim. Serial haqiqatda top gap soʻz boʻlishi mumkin emas va bunga ortiqcha toʻxtalmoqchi emasman.
Men toʻxtalmoqchi boʻlgan narsam, bu butun dunyo boʻyicha global savol: Taxtlar oʻyini yoki Breaking Bad?

Taxtlar oʻyini serialini koʻpchilik yakuniy mavsumlariga qarab baho beradi. Voqealar tezlashgan, oxirgi mavsumni reytinglari ham koʻrsatib turadi yaxshi chiqmagan ekanligini. Breaking Badda esa ending eng ideal darajada xattoki Ozymandias epizodi 10/10 reyting olgan. Lekin meni fikrimcha serialni faqat endingga qarab baholamaslik kerak. Taxtlar oʻyinini koʻrgan odam biladi serial kutilmagan voqealarga boyligi, intriga, cliffhangerlar, personajlarni oldindan bilib boʻmaydigan taqdiri (Red Wedding) va boshqa epizodlar meni mixlab qoʻygan. Kechqurun bitta qism koʻrib uxlayman deb ertalab 3 gacha qiziqib koʻrardim. Breaking Bad serialida 2-3 mavsumlar odamni zeriktirib yuborarkan. Buni koʻrgan tanishlar ham aytgan, GOT va BBni koʻrib tugatganlar ham aytgan. Kimga qanaqa bilmadim men BBdan Taxtlar oʻyinini ustun qoʻyaman. Qiziqarlilik jihatdan eng zoʻri Taxtlar oʻyini.

Breaking Bad ilm fan jihatdan, harakter development, life lesson jihatdan GOTdan zoʻr tan olish kerak. Xozirgi kundagi eng dolzarb muammo boʻlgan Giyohvandlikni zararli tomonlari koʻpliginiyam zoʻr ochib bergan. Lekin aytganimdek zerikarli qismlar orada koʻrish ishtiyoqini pastlatib yuboradi.

Nu nima boʻlgandayam lekin bu ikkala masterpieceni tezroq koʻrishni maslahat beraman.
🤡74
«Xirosima soyalari» — bu 1945-yil 6-avgustdagi yadroviy portlashdan so‘ng turli yuzalarda muhrlanib qolgan insonlar va buyumlarning siluetlaridir. Kuchli issiqlik nurlanishi tosh, metall va boshqa materiallarning rangini o‘chirib, och rangli kuyish izlarini qoldirgan. Insonlar turgan yoki buyumlar yotgan joylarda esa yuzaning asl rangi saqlanib qolgan — ularning tanasi yorug‘lik oqimini to‘sib qolgan. Shu tariqa shaharning vayron bo‘lishi va halokatining tilsiz guvohlariga aylangan o‘ziga xos qora siluetlar paydo bo‘lgan
5