Kecha Oʻzbekiston chempionatida Zakovatda oʻynalgan savollardan kimga qaysi savol yoqdi?
Menga shaxsan Dastroʻmoli Dasturxonday savoli rosa yoqdi. Variantimizni yozib bervorgandan keyin Akbar aka toʻgʻri javobga 61-soniyada yetib bordi..

Rixard Zorge (1895–1944) — sovet harbiy razvedkachisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. Aytishlaricha, aynan u Germaniyaning SSSRga hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida Moskvaga birinchi boʻlib xabar bergan.
U eng koʻp 1933 yildan 1941 yilgacha Yaponiyadagi xizmati bilan mashhur. Zorge yashirin ravishda nemis jurnalisti sifatida ishlagan. Uning ishining maqsadi Yaponiya va SSSR oʻrtasida urush chiqishining oldini olish edi, va u bu vazifani ajoyib tarzda bajardi. Bu Sovet Ittifoqiga qoʻshimcha qoʻshinlarni gʻarbga oʻtkazish imkonini berdi.
Yaponiya hukumati Zorge va uning yordamchilarini josuslik aybi bilan hibsga oladi. 1943 yilda Rixard oʻlim jazosiga hukm qilinadi, bir yildan keyin esa osib oʻldiriladi.

❤1
Камера обскура (Camera obscura — лот. «қоронғу хона») — объект тасвирини олиш имконини берувчи энг содда оптик қурилма. Камера обскура қурилмасини биринчи бўлиб Х асрда араб олими Ибн ал-Хайсам Қуёшни кузатиш учун яратган деб ҳисобланади.
Қурилма олдинги деворида кичик тешикчаси бўлган ёруғлик ўтказмайдиган қутидан иборат. Бирор-бир предметдан чиқиб, тешик орқали ўтаётган ёруғлик нурлари камеранинг қарама-қарши деворида ўша предметнинг тескари тасвирини ҳосил қилади.
Тадқиқотчиларнинг тахмин қилишича, Уйғониш даврининг реалистик суратлари фақатгина камера обскура ёрдамида чизилган бўлиши мумкин. Бундан ташқари, шу йўл билан олинган кўзгу акси ўша давр полотноларида чапақайлар сонининг ортишига олиб келган.

Ассоциациялар:
«Камера обскура» (1932) — Владимир Набоков романи
оптика, тескари тасвир
ёруғлик ёки унинг йўқлиги
қоронғу хона
Ренессанс даври рассомлари
чапақай (левша)
❤1
Касабланка - Майкл Кёртис режиссёрлигида 1942 йилда суратга олинган фильм. Асосий ролларни Хамфри Богарт ва Ингрид Бергман ижро этган.
Воқеалар Иккинчи жаҳон уруши бошларида содир бўлади. Фильм Марокашнинг Касабла́нка шаҳридаги қимор клуби эгаси — америкалик Рик Блейн ҳақида ҳикоя қилади. Рик шаҳарга турмуш ўртоғи — антифашистик қаршилик курашчиси Виктор Ласло билан келган собиқ севгилиси Илзани учратади. Уларга АҚШга чиқиб кетиш учун ҳужжатлар керак, чунки у ерда Ласло нацистларга қарши курашни давом эттириши мумкин. Сюжет бурч ва туйғу ўртасида танлов қилишга мажбур бўлган инсоннинг ички зиддиятига қаратилган.
Фильм премьераси Касабланкага қўшинлар туширилиб, шаҳар фашистлардан озод қилинган реал воқеаларга мослаштирилган. Кейинги йили ўша ерда иттифоқчи давлатлар раҳбарлари — Рузвельт ва Черчилл учрашуви бўлиб ўтган.
Ассоциациялар:
Иккинчи жаҳон уруши
Касабланка — Марокашдаги шаҳар
"Оқ уй" — "Casablanca" сўзининг испанчадан таржимаси
«Менимча, бу ажойиб дўстликнинг бошланиши бўлади» — фильмдаги машҳур ибора
«Оскар» мукофоти (1944) — «Энг яхши фильм», «Энг яхши режиссёр» ва «Энг яхши мослаштирилган сценарий» номинацияларида

Mensa — yuqori intellekt koeffitsientiga (IQ) ega boʻlgan odamlar uchun tashkilot. U 1946-yilda Roland Berill va Lanselot Vayr tomonidan tashkil etilgan.
Mensa Yer aholisining qolgan 98% dan yaxshiroq IQ testlarini topshirgan odamlarni birlashtiradi. Tashkilot aʼzolari oʻz maqsadlarini insoniyat manfaati yoʻlida aql tabiatini tadqiq qilish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish deb bilishadi.
Mensa koʻplab yigʻilishlar, shu jumladan har yillik sammit oʻtkazadi. Tashkilot ishtirokchilar uchun stipendiyalar ajratadi, oʻz adabiyotlarini nashr etadi va iqtidorli bolalar bilan ishlaydi.

Assotsiatsiyalar:
intellektuallar birlashmasi
Dumaloq stol ritsarlari — Mensa lotincha "stol" degan maʼnoni anglatadi
taʼsischilarning "ritsarlarga xos" ismlari — Lanselot va Roland.
👍3
Forwarded from Zakovatshunos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi saralashdan keyin men:
😁9🥰2🔥1
Bagheera kiplingi — sakrovchi o‘rgimchaklar (Salticidae) oilasiga mansub noyob biologik tur. U 1896-yilda Jorj va Elizabet Pekxemlar tomonidan kashf etilgan bo‘lib, nomi R.Kiplingning mashhur asaridagi qora pantera sharafiga qo‘yilgan.
Bu o‘rgimchak dunyodagi mavjud 40 000 dan ortiq turlar orasida yirtqichlikdan voz kechgan yagona "vegetarian" hisoblanadi. U asosan tropik akatsiya daraxtlarining maxsus oqsilli to‘qimalari bilan oziqlanishga moslashgan.
Bagheera kiplingi o‘z hududini himoya qilishda faol bo‘lib, murakkab ijtimoiy xatti-harakatlarni namoyon etadi. Olimlar ushbu turni o‘rgimchaklar evolyutsiyasi va oziqlanish moslashuvini tushunishda muhim tadqiqot obyekti deb bilishadi.

👍2
Yodgorbek Ohunov
Bagheera kiplingi — sakrovchi o‘rgimchaklar (Salticidae) oilasiga mansub noyob biologik tur. U 1896-yilda Jorj va Elizabet Pekxemlar tomonidan kashf etilgan bo‘lib, nomi R.Kiplingning mashhur asaridagi qora pantera sharafiga qo‘yilgan. Bu o‘rgimchak dunyodagi…
Kecha 59-soniyada topib muhim ochko olishimizga sabab boʻldi)
👍2
"Sent-Luis Ruhi" (Spirit of St. Louis) yoki Rayan NYP (inglizcha: \text{New York to Paris} soʻzidan olingan; soʻzma-soʻz tarjimasi — Nyu-York — Parij) — bu "Rayan Eyrlynes" (Ryan Airlines) tomonidan ishlab chiqarilgan, bitta dvigatelli, bir oʻrindiqli samolyot boʻlib, u maxsus Nyu-Yorkdan Parijga yakkaxon, toʻxtovsiz parvoz qilish uchun (5810 km masofaga) moʻljallab yasalgan.
Atlantika orqali parvoz 1927-yil 20–21-may kunlari boʻlib oʻtgan. U Nyu-Yorkning Long-Aylend shahridagi Ruzvelt aerodromidan Parijning Le Burje aerodromiga qadar 33 soat 30 daqiqa davom etgan. Samolyotni amerikalik Charlz Lindberg boshqargan.

⚡1
Xozir Darsda Potok guruhimizdagi yoshi katta aka: Futbolda Ofsayd oʻylab topilgan narsa - ofsayd orqali soqqa qilishadi
Misol Futbolda 4 ta himoyachi 3 ta hujumchi boʻladi - oʻsha himoyachi doim hujumchini qarshi kerak deydi😂😂
Bl hech tushuntirishni iloji boʻmadi))
Futbolni unaqa reelsdan koʻrmaylare)

😁4
https://t.me/ibtidopedia
Shuncha uzoq vaqt oʻylanishdan soʻng kanal faoliyatini qayta tiklashga qaror qildik)

Telegram
IBTIDOPEDIA
𝗡𝗼𝘁 𝗼𝗻𝗹𝘆 𝗳𝗼𝗿 𝘀𝗮𝘃𝗼𝗹𝗹𝗮𝗿, 𝘀𝗶𝘇 𝗮𝗹𝘀𝗼 𝗹𝗲𝗮𝗿𝗻 𝗾𝗶𝘇𝗶𝗾𝗮𝗿𝗹𝗶 𝗳𝗮𝗸𝘁𝗹𝗮𝗿, 𝘃𝗶𝗸𝘁𝗼𝗿𝗶𝗻𝗮𝗹𝗮𝗿. 𝗦𝗶𝘇 𝗯𝗶z 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝘄𝗶𝗹𝗹 𝗻𝗼𝘁 𝗳𝗲𝗲𝗹 𝗯𝗼𝗿𝗲𝗱.
Asosiy owner: IBTIDO jamoasi
Asosiy owner: IBTIDO jamoasi
Zakovat intellektual klubi
Intellektual olimpiada respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar ro‘yxati ❗️ Musobaqaning respublika bosqichi 15-18-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Manashu turnirda qatnashish uchun Zakovatga bundan ikki yil muqaddam kirib kelgandim.
2023-yil oʻqishga kirgan yilim - birinchi kurs paytim. Namangan Davlat Universiteti turnirda fantastik oʻyin koʻrsatgan ayniqsa Breyn Ringda. Breyn Finalini yozma translyatsiyada koʻrganim esimda - Joʻrabek Mehmonovni emotsiyalari shunchaki bezab bergandi turnirni - oʻshanda bu turnir boshqacha hissiyotli boʻlishini tushunib yetgandim.
2024-yil ikkinchi kurslik paytim - Institut terma jamoasiga qabul qilindim. Birinchi IO saralash qatnashishim edi - oʻtolmadik - u savollarga kuchimiz yetmagandi - 1 hafta oʻzimga kelolmaganman.
2025-yil may oyi - Birinchi marta koʻlami olimpiadanikidan kichikroq boʻlgan Intellektual haftalikka chiqdik. Haftalik ham oʻziga yarasha xotiralar qoldirdi.
2025-yil 21-Noyabr. Oʻsha uzoq kutilgan kun. Tarixda ilk bor Intellektual olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdik.
2025-yil Dekabr - ich ichimdan sabrsizlik bilan 15-18 dekabr sanalarini kutyapman..

🔥7⚡2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fahad Al-Otaibi (فهد العتيبي - 1975) — arab dunyosining eng taniqli va eng koʻp muhokama qilinadigan futbol sharhlovchilaridan biri. Uning sharhlari koʻpincha joʻshqinligi va oʻziga xos iboralari bilan ajralib turadi.
U faoliyatini 2000-yillarning boshlarida Saudiya Arabistonidagi telekanallarda ish boshlagan. Uzoq yillar davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik sport kanallari tarmogʻi hisoblangan beIN Sports telekanalida (ilgari Al Jazeera Sports) faoliyat yuritgan.
Uning ovozi ayniqsa gollar kiritilganda yoki oʻyinning hal qiluvchi daqiqalarida keskin koʻtariladi va tomoshabinni oʻyin ichiga tortadi. Ayniqsa uning sharhdagi Ya Ilayhi jumlalari tomoshabinni yanada oʻyin ichiga tortadi.
Uning eng katta xalqaro shuhrat qozonishiga sabablardan yana biri — bu Konami kompaniyasining mashhur futbol oʻyinlari seriyasi eFootball oʻyini (avvalgi PES) uchun uzoq yillar davomida asosiy arab sharhlovchisi boʻlganligidir.
Oramizda manashu sharhlovchini yuklab olgan Efootballchilar bormi?)

https://t.me/touchline_talks
Barchasi Futbol haqida!
Tahlillar, oʻyin oldi fikrlar!
Futbol muxlislari uchun qoʻshilish tavsiya etiladi.
Oʻzimni kanalim)

Argentina 🇦🇷
Senegal 🇸🇳
Oʻzbekiston 🇺🇿
Kyurasao🇨🇼
Kimni taxmini qanday?
Senegal 🇸🇳
Oʻzbekiston 🇺🇿
Kyurasao🇨🇼
Kimni taxmini qanday?
❤1