FactStellar
1.35K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Channel created
Mishlen (Michelin) - Xalqaro shinalar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Fransiyaning Klermon-Ferrand shaharchasi Auvergne-Rhones-Alpe tumanida joylashgan. Bridgestone kompaniyasidan keyingi dunyoning 2-darajali yirik shina ishlab chiqaruvchisi, Good Year va Continental dan kattaroq. Shuningdek Mishlen kompaniyasi Kleber shinalar kompaniyasi, Uniroyal-Goodrich Shina kompaniyasi, SASCAR, Bookatable va Camso brendlariga egalik qiladi. Mishlen kompaniyasi shuningdek oʻzining Michelin Guide kitoblar seriyasi va Bibendum deb ataluvchi maskoti bilan mashhur.

Mishlen kompaniyasining bir qancha kashfiyotlari ajratib olsa boʻladigan shinalar, radial shinalar, rezina shinalarga ega metrolar uchun shinalarni oʻz ichiga oladi. Mishlen Samalyotlar, avtomobillar, raketalar, mototsikllar, ogʻir yuk tashuvchi mashinalar va velosipedlar uchun shinalar ishlab chiqaradi.

Kompaniyaga 1889-yil Eduard Mishlen va Andre Mishlen tomonidan asos solingan.
👍1
Eski akkauntda Art va Adabiyot kanallarim ham oʻchib ketganligi uchun Adabiyot va Art haqidagi maʼlumotlar ham ushbu kanalda berib boriladi.
1🤝1
Deyzi Dak - Uolt Disney tomonidan yaratilgan Aqsh mulpersonaji. U katta kipriklarga va tanasining pastki qismida yubkani bildiruvchi mavjlanadigan patli dumga ega antropomorfik oq oʻrdak. Yaratuvchisi Karl Barks. Birinchi marta 1937-yilda Donna Dak, 1940-yilda esa Deyzi Dak sifatida koʻrinish bergan.

Deyzi 1940 va 1954-yillar oraligʻida 11 ta qisqa filmlarda koʻrinish bergan. Mickey's Christmas Carol (1983) va Fantasia 2000 (1999) animatsiyalarida Deyzi asosan ikkinchi darajali personaj boʻlgan faqatgina Donald's Dilemma (1947) animatsiyasidan tashqari.

Deyzi ulkan miqyosda telekranlarda quyidagi animatsiyalar orqali koʻproq paydo boʻldi. Quack Pack (1996), Mickey Mouse Works (1999–2000), House of Mouse (2001–2003), Mickey Mouse Clubhouse (2006–2016), Mickey Mouse (2013–2019), Mickey Mouse Mixed-Up Adventures (2017–2021), The Wonderful World of Mickey Mouse (2020–2023) and Mickey Mouse Funhouse (2021–xozigacha)
Alvar Aalto - (toʻliq ismi Hyugo Alvar Henrik Aalto) - 1898-yil 3-fevralda tugʻilgan finlandiyalik arxitektor va dizayner. Uning ishlari arxitektura, tekstil, mebel va shishadan yasalgan narsalar, shuningdek, haykallar va tasviriy sanʼat namunalarini oʻz ichiga oladi.

Aaltoning dastlabki karyerasi Finlandiyaning 20 asrning birinchi yarmidagi tezkor iqtisodiy oʻsishi va sanoatlashtirilishiga parallel tarzda duch kelgan.

Uning koʻplab mijozlari industrialistlar edi, ularning orasida Ahlström-Gullichsen oilasi uning homiysiga aylangan. 1920-yillardan 1970-yillargacha boʻlgan karerasi, ilk asarning Nordik klassitsizmidan tortib, 1930-yillardagi ratsional xalqaro uslub modernizmigacha, 1940-yillardan boshlab yanada organik modernistik uslubigacha uning ishlarida oʻz aksini topgan.
Fibonachchi - Piza Respublikasidan boʻlgan italiyalik matematik, oʻrta asrlarning eng isteʼdodli Gʻarblik matematigi sifatida eʼtirof etilgan. 1170 -1240-50 yillarda yashagan. Uning Fibonachchi deb atalishi 1838-yilda Fransuz - Italyan tarixchisi Guillaume Libri tomonidan oʻylab topilgan va u filius Bonachchi (Bonachchining ogʻli) ning qisqartmasi hisoblanadi. Biroq, bundan ertaroq 1506 yilda Muqaddas Rim Imperiyasi notariuslarida perizolo uni Leonardo sifatida taʼkidlagan.


Fibonachchi gʻarbda Hind - Arab raqam sistemasini oʻzining 1202-yildagi Liber Abaci (Hisoblash kitobi) nomli asari orqali ommalashtirdi va Yevropaga oʻzining Liber Abaci asarida misol sifatida foydalangan Fibonachchi raqamlari ketma ketligini tanitdi.
Daron Ajemogʻlu - Turkiya va Amerikalik iqtisodchi. 1967-yilda tugʻilgan. 1993-yildan beri Massauchusets Institute of Technology(MIT) da iqtisod fanidan dars beradi. U 2005-yilda Jon Bates Klark medalini va yaqindagina 2024-yilgi iqtisod boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

U Istanbulda arman oilasida tugʻilgan, 1989-yilda U University Of York universitetida bakalavr diplomini va 1992-yilda London School of Economicsda PHD darajasini oladi. MIT ning Iqtisodiyot Departamentiga qoʻshilishdan avval u London School of Economicsda 1 yil maʼruza darslari oʻtgan. U 2005-yilda Bates Klark medali bilan taqdirlanadi.

Ajemogʻlu oʻzining siyosiy iqtisodiyotdagi ishlari bilan tanilgan. U juda koʻp ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi, ularning koʻpini u oʻzining azaliy hamkasblari Simon Jonson va Jeyms Alan Robinsonlar bilan birgalikda yozgan. Robinson bilan U birgalikda Economic Origins of Dictatorship (2006) va Mamlakatlar tanazzuli sabablari (Why Nations Fail - 2012) kitoblari muallifi hisoblanadi.
Mashaqqatlar ila yulduzlar tomon -
Per Aspera ad Astra


Tarjima qilib oʻtirmadim oʻqib qoʻyaverasizlar)
Juzeppe Archimboldo - Italiyalik Renessans davri rassomi, oʻzining inson bosh qismini turli xil meva va sabzavotlar, gullar, kitoblar va baliqlar bilan tasvirlagan kartinalari orqali mashhur. Shuningdek U Vena va Pragadagi 3 ta Muqaddas Rim Imperatorlarini portretlarini chizgan. Shuningdek u oʻz ishlarida diniy mavzular va yovvoyi hayvonlarni saqlaydigan zooparklardagi rangli ekzotik hayvonlar chizmalarini yaratgan. U grotesk kompozitsiyalarini bildiradigan mevalar, hayvonlar yoki koʻplab jonsiz obyektlarni odam shakliga oʻzgartirgan.

Natyurmort portretlari qisman qirollik oilasini hayratda qoldirish uchun mo'ljallangan edi, ammo tanqidchilar ular Uyg'onish davri neo-platonizmi yoki boshqa intellektual oqimlar bilan qanchalik jiddiy shug'ullanganligi haqida taxmin qilishadi.

Rassom 1527-1593-yillarda yashab, ijod qilgan. Uning bizga mashhur boʻlgan kartinalari bu albatta 4 ta yil fasllari kartinalari hisoblanadi.
Monmartr - Parijning shimolida joylashgan tepalikdagi 18-tuman. U 130 metr baland va Rive Droite daryosining bir qismi bo'lgan atrofdagi hududga o'z nomini beradi.
Monmartr birinchi navbatda o'zining badiiy tarixi, cho'qqisidagi oq gumbazli Basilica of Sacre-Coeur ibodatxonasi va tungi klublar okrugi bilan mashhur.

19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Belle Epoque davri davomida Monmartrda koʻplab rassomlar jumladan Amedeo Modilyani, Klod Mone, Pyer-Ogyust Renuar, Edgar Dega, Henri Tuluza-Lotrek, Syuzen Valadon, Pit Mondrian, Pablo Pikasso, Kamil Pissarro va Vinsent van Gog kabi rassomlar yashab ijod qilgan va oʻzlarining studiyalariga ega boʻlganlar.

Etimologiyasi: Lotincha "Mars tog'i" degan ma'noni anglatuvchi Mons Martis toponimi Merovinglar davrida saqlanib qolgan va Fransuzcha Monmartr ga oʻzgartirilgan.
FactStellar
Photo
Yuriy Dolgorukiy - (1090-1157)
Knyaz Vladimir Monomaxning oltinchi oʻgʻli. Otasining vafotidan soʻng u Rostov-Suzdal knyazligini meros qilib oladi va darhol qalʼalar qurib, oʻz yerining chegaralarini mustahkamlay boshlaydi. Shu asnoda uning hukmronligi davrida dastlab zamonaviy Tver deb atalgan Ksnyatin qalʼasi qad koʻtardi, soʻng birin-ketin Dubna, Yuryev-Polskiy, Dmitrov, Pereslavl-Zalesskiy qalʼalari paydo boʻldi. Moskvaliklar Yuriy Dolgorukiyni Moskva asoschisi sifatida yaxshi biladi.


Yuriy Rostov-Suzdal yerlariga egalik qilgach, oʻz knyazligini kengaytirishga intilib, koʻpincha qarindoshlariga tegishli boʻlgan qoʻshni yerlarga bostirib kirardi. Eng muhim orzusi — Kiyevni egallash edi. U Suzdal shahrini oʻz knyazligining poytaxtiga aylantirdi va otryadini yollanma qipchoq askarlari bilan mustahkamlab, janubga yurish boshladi. Kiyevni 3 marta bosib olgan boʻlsa-da, u yerda uzoq vaqt hukmronlik qilish hech nasib qilmasdi. Shu ambitsiyasi va doimo boshqalarning ishiga aralashavergani uchun uni “Dolgorukiy” deb atay boshlashgan.


1156-yilda Yuriy Kiyev taxtini yana bir bor egallashga muvaffaq boʻldi. Bu safar unga amakisi Vyacheslavning oʻlimi, shuningdek, qipchoqlarning Kiyevga bostirib kirishi bahona boʻldi. U katta qoʻshin bilan Kiyevga yoʻl oladi, yoʻlda Rostislav Smolenskiyning otryadi, shuningdek, Yuriy Dolgorukiyning eski ittifoqchisi — Svyatoslav Olgovich qoʻshini unga qoʻshiladi. Kiyevga yaqinlashgach, knyazlar u yerda hukmronlik qilayotgan Izyaslav Davidovichga taslim boʻlish va taxtni Yuriy Dolgorukiyga topshirish taklifi bilan xat yuboradi. Katta qoʻshinni koʻrgan Izyaslav Yuriy jang qilishdan choʻchiydi va unga xabarchi orqali: “Men Kiyevga oʻzim bormadim, kiyevliklarning oʻzi meni taxtga oʻtqazdi. Kiyev seniki, faqat menga yomonlik qilma”, — degan xabarni yuboradi. Yuriy u bilan yarashadi va Kiyevga gʻalaba bilan kirib boradi.


Knyazlikda fuqarolik nizolarini oldini olish maqsadida qolgan qarindoshlariga merosni taqsimlab beradi va oʻgʻli Glebni Izyaslav Chernigovskiyning qiziga uylantiradi. U 4 oʻgʻlini oʻziga yaqin joyga: Andrey Bogolyubskiyni Vishgorodga, Borisni Turovga, Glebni Pereslavlga va Vasilkani Porosyega joylashtiradi. Endi tinchlik boʻlishi muqarrar edi, biroq bunday boʻlmadi. Kiyev aholisi, ayniqsa, mahalliy boyarlar Yuriy Dolgorukiyni hukmdor sifatida qabul qilishni istamadi. Izyaslav Chernigovskiy unga qarshi qoʻshin toʻplab, urush boshladi. Reja boʻyicha Izyaslavning oʻgʻli Mstislav Kiyevga narigi tomondan yaqinlashishi kerak edi. Biroq kiyevliklar jang qilishni xohlamadi va 1157-yil 10-mayda Yuriy Dolgorukiyni zaharladi. Bu ham yetmagandek, knyazning dafn marosimi kuni uning saroyi va oʻgʻlining mol-mulki talon-toroj qilindi, u bilan birga kelgan Suzdal otryadi esa qirib tashlandi.


Yuriy Dolgorukiyning oʻlimi bilan Yaroslavich knyazlarining uchinchi avlod hukmronligi ham tugadi. Ammo uning avlodlari knyazlik chegaralarini mustahkamlash uchun boshlangan siyosatni iloji boricha davom ettirdi, Dolgorukiy davrida boshlangan Moskvadagi islohotlar uni asta-sekin yuksaltirib bordi. Dolgorukiy muayyan diplomatik va harbiy qobiliyatga ega hukmdor edi, ammo tarixga koʻproq Moskva asoschisi sifatidagina kirgan. Bu Yuriy Dolgorukiyning tarix uchun qilgan asosiy xizmati boʻlib, buning uchun minnatdorchilik sifatida shahar markazida unga haykal oʻrnatilgan.
💘1
"Bahodirlar" - Viktor Mixaylovich Vaznetsovning 1881-yildan 1898-yilgacha chizgan kartinasi. Kartinada 3 Bahodir: Dobrinya Nikitich, Ilya Muromets va Alyosha Popovich tasvirlangan. O'rtada, qora otda, Ilya Muromets kafti ostidan uzoqqa qaramoqda va bir qo'lida qahramonning nayzasi va qalqoni, ikkinchisida esa toʻqmoq bor. Chap tomonda, oq otda Dobrinya Nikitich g'ilofidan xazina qilichini olib, har qanday vaqtda jangga kirishga tayyor. O'ng tomonda jigarrang otda Alyosha Popovich qo'lida kamon va o'qlarni ushlab turgan holda tasvirlangan. Ilya va Dobrinya bilan solishtirganda, u yosh va nozik. Alyosha Popovichning yonida kamon oʻqlari solingan xalta bor. Boshqa tomonida uning Gusli musiqa instrumenti bor. Uchta qahramon keng tekislikda, past tepaliklarga aylanib, qurigan o'tlar o'rtasida turishadi va vaqti-vaqti bilan mayda archa daraxtlarini ko'rishadi. Osmon bulutli va xavotirli, bu qahramonlarga tahdid solayotgan xavfni anglatadi.


Kartina 1898-yil 23-aprel kuni chizib yakuniga yetkaziladi va keyin kolleksioner Pavel Tretyakov tomonidan oʻzining galereyasi uchun sotib olinadi.


Bizga mashhur 3 Bahodir multifranshizasida ham ushbu uchovlon tasvirlangan.
🔥1💘1
Pyer Bomarshe - Toʻliq ismi Pyer- Augustin Karon de Bomarshe. 1732-1799-yillarda yashagan fransuz polimati. U hayotining turli vaqtlarida soatsoz, ixtirochi, dramaturg, musiqachi, diplomat, josus, noshir, oʻsimliklarning oʻsishini kuzatuvchi, qurol savdosi, satirist, moliyachi va inqilobchilik bilan shugʻullangan.


Parijlik soatsozning ogʻli boʻlgan Bomarshe Fransuz jamiyati orasida oʻsdi va va qirol Luis XV oilasida musiqa oʻqituvchisi va ixtirochi sifatida nufuzli insonga aylandi. U koʻplab muhim bizness va ijtimoiy aloqalarni yoʻlga qoʻydi, diplomat va josus sifatida muhim rol oʻynadi va koʻplab yomon oqibatlarga olib kelgan va uning obrosiga putur yetkazgan qirollik oilalari oʻrtasidagi urushlardan oldin U juda katta boylikka erishadi.


Amerika mustaqilligining dastlabki fransuz tarafdori bo'lgan Bomarshe Amerika mustaqillik urushi paytida amerikalik isyonchilar nomidan fransuz hukumatini bosh koʻtarishga majbur qilgan. 1778-yilda Fransiya urushga rasman kirishidan bir necha yil oldin Bomarshe fransuz va ispan hukumatlarining isyonchilarga qurol va moliyaviy yordam yetkazib berish uchun yashirin yordamini nazorat qilgan. Bomarshe 1789 yilgi fransuz inqilobining dastlabki bosqichlarida ham ishtirok etgan. Bomarshe oʻzining teatrlashtirilgan asarlari, xususan, uchta Figaro pyesasi bilan mashhur. Ushbu pyesa 3 ta: "Figaroning uylanishi", Sevilyalik "Sartarosh" va "Aybdor Ona" pyesalaridan iborat.
👍1💘1