FactStellar
1.35K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
FactStellar
Edvard Tich - xalq orasida Qorasoqol (Blackbeard) nomi bilan mashhur. U o‘zining dahshatli qiyofasi va qo‘rquv uyg‘otuvchi uslubi bilan butun Atlantika bo‘ylab dahshat sochgan. Qorasoqol Karib dengizi va Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab ko‘plab…
Ha, bu oʻsha Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmidagi Qorasoqol nomi bilan mashhur boʻlgan Edvard Tich ismli qaroqchi. Faqat haqiqiy hayotda u sehrli kuchga ega boʻlmagan..
FactStellar
Sentyabrda 2 yil boʻladi. Sizdachi?
Kimda nechi yil?
Plants vs Zombies kompyuter oʻyinida muz yotqizuvchi mashinani minib, bobsleychi zombilarning harakatlanishi uchun sharoit yaratib beradigan zombining nomi 1901-yil tugʻilgan inson familiyasidan bir harfga farq qiladi.

Savol: Oʻsha zombining nomini yozib bering.
Forwarded from Убайдуллоҳ
Zombini
Javob: Zomboni
Izoh: Bunday nom berilishiga sabab bu Frenk Zamboni - ya'ni Ice Resurfacer ixtirochisi
Frenk Zamboni — Amerikalik ixtirochi. U o‘zining amaliy aqli va muammoni hal qilishga bo‘lgan yondashuvi bilan bugungi muz sportlari olamiga katta hissa qo‘shgan.

Zamboni AQSHning Yuta shtatida, 1901-yilda tug‘ilgan. Oilasi bilan Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgach, u yerda akasi bilan muz ishlab chiqarish fabrikasini boshqaradi. 1940-yillarda ular “Iceland” nomli yopiq muz maydonini ochishadi. Ammo bu yerda asosiy muammo: muz yuzasini doimiy silliqlashtirish edi.

Zamboni bu muammoni avtomatlashtirishga qaror qiladi. 1949-yilda u ilk muz yangilovchi mashinasi (Ice Resurfacer)ni yaratdi. Ushbu qurilma muz sathini tozalaydi, tekislaydi va suv purkab, uni qayta muzlatadi — bularning barchasi bitta mashinada, bitta odam tomonidan boshqariladi.

Avvallari bu ish uchun 5 kishi 90 daqiqa vaqt sarflardi. Endi esa bitta odam 10-15 daqiqada maydonni yangilab qo‘yadi. Bu sport maydonlarida vaqt va kuchni tejashda ulkan ixtiro edi.

Plants vs Zombies oʻyinida yoʻlni muzlatuvchi zombi Zomboni deb ataladi.
3🥰1
FactStellar
Photo
Shu kungacha Plants vs Zombies oʻynagan boʻlsam anu mashina ustidagi harfni N deb oʻylardim Z ekan bu😂😂
😁31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mem

Sovchilikka borganingda qizning uydagilarining qizini senga tanishtirishi😂😂
😁91
Namangan shahar 1-Ixtisoslashtirilgan maktab internati jamoasi Urfon Shouda ajoyib comeback amalga oshirib turnirning final bosqichiga yoʻl olishdi.🔥🔥 Gap yoʻq ukalar.🔥🔥
🔥15💋1
Namangan_Zakovat_klubi_1_liga_8_tur_Yodgorbek_Ohunov_savollari_.docx
719.9 KB
100 foiz mualliflik emas.
😁10
1
#thoughts

Ertaga yozgi mavsumning soʻnggi turi. Oʻtgan yili deyarli shu payti klub koordinatori Dilshod aka meni klubda ilk tashkil topgan va nomdor jamoalardan biri Kapitoliy jamoasiga taklif qilgandi. Professional ligadagi faoliyatim boshlanganiga atigi ikki mavsum boʻlgandi. Dastlab oʻylagandim rosa meni u jamoaga foydam tegadimi, axir endi 2 mavsum boʻldi faoliyatim boshlanganiga deb. Oxiri Kuzgi mavsumni Kapitoliy jamoasida boshladim. Va mana oradan 1 yil vaqt oʻtdi deyarli. Kapitoliy jamoasi bilan ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechirdik, unutilmas voqealar sodir boʻldi. Bu jamoadagi faoliyat men uchun ham Zakovatda ham haqiqiy hayot uchun kerakli insonlardan kerakli maslahatlarni olishimga imkon berdi. Ajoyib bir yil uchun jamoa a'zolariga raxmat. Eng katta minnatdorchiligim esa albatta jamoamiz sardori Dilshod akaga. Undan koʻp narsalarni oʻrgandim. Hayotimda koʻrgan eng chestniy insonlardan biri. Xuddi akamdek. Barchasi uchun raxmat. Men hali Kapitoliy jamoasiga qaytaman. Avvalgidanda kuchliroq boʻlib.


Kuzgi mavsumdan esa meni Ibtido jamoasi bilan yangi sarguzashtlar kutmoqda. Zakovatdagi Oliy maqsadimizni amalga oshirishimiz kerak va bu yoʻlda bizni qiyinchiliklar va albatta sarguzashtlar kutmoqda.!

Adashgan oʻgʻil ota makoniga qaytmoqda!
1👍1
Ertaga Namangan Zakovat klubi yonadi.

Pentagon va Alif jamoasi orasidagi farq 1 ochko. Alif oldinda. Agar ertaga Pentagon jamoasi 1 oʻrin olib, Alif 2-oʻrinni olsa Alif va Pentagonning barcha natijalari tenglashadi. Kim mavsum davomida 1-2 oʻrinni koʻproq olganu va qolgan balo battar statistikaham eng qizigʻi tenglashadi. Bunaqasi hali boʻlmagan.
🔥4
Alif va Pentagon so‘nggi tur oldidan statistika

📊 Alif jamoasi:
• 1-o‘rinlar: 4 ta
• 2-o‘rinlar: 3 ta
• 3-o‘rinlar: 1 ta
• Navbatchilik: 1 ta

📊 Pentagon jamoasi:
• 1-o‘rinlar: 3 ta
• 2-o‘rinlar: 4 ta
• 3-o‘rinlar: 1 ta
• Navbatchilik: 1 ta

Agar so‘nggi turda Pentagon jamoasi 1-o‘rinni, Alif esa 2-o‘rinni olsa, barcha ko‘rsatkichlar mutlaqo tenglashadi.

Bunday holatda qoidaga ko‘ra mavsum davomida topilgan savollar soni hisobga olinadi:

Alif — 207 ta to’g’ri javob
Pentagon — 206 ta to’g’ri javob

Savollarda ham atigi 1 ta farq! Demak yakuniy turda Pentagon bir ball farqi bilan 1-o‘rinni oladigan bo‘lsa, “Oltin savol” guvohi bo‘lamiz.

@ShavkatbekShokirovblogi
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi Oltin savollar! Chempionlikni hal qilgan!
1👍31🌚1
Duplet.

1. Armiyaga borib, xizmatini boshlagan askar 2011-yilda chiqarilishi boshlangan mashhur manbaadagi bir jumlani yodga oladi.

Savol: Oʻsha jumlani yozib bering.

2. Armiyada xizmatini yakunlangan askar 2011-yilda chiqarilishi boshlangan mashhur manbaadagi bir jumlani yodga oladi.

Savol: Oʻsha jumlani yozib bering.