FactStellar
1.35K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Tim Reybyornning yozishicha U falokat vaqtida shahar tashqarisida bo'lgan. Reybyorn yana shuni ta'kidlaydiki U falokat haqida eshitishi bilanoq shaharga qaytgan va uyerda jabr ko'rganlarga yordam bergan. Keyinchalik bunaqa holatlarni oldini oluvchi qonunlar ham chiqargan.

Savol: Uning kim ekanligini yozib bering.
Denis Kazanskiy Ispaniya terma jamoasining uslubi antifutbolga o'xshab ko'rinishi mumkinligini ta'kidlar ekan, Ispaniya termasining o'yin uslubiga o'zgartirish kiritib o'ziga xos neologizm yasaydi.

Savol: Ushbu neologizmni yozib bering
ChatGPT White Walker va 7 qirolikkning eng buyuk ritsari Ser Barristan Selmy o'rtasidagi jang tasvirini yaratib berdi.

Sizningcha kim g'olib bo'lgan bo'lardi? 👀
Muhammadsharif Soʻfizoda (1869–1937) - Maʼrifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir.1893–1898-yillarda Qoʻqonda yashadi va madrasada taʼlim oldi.

Soʻfizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning „Gʻubor dardu alam“, „Oʻray“ kabi lirik gʻazallari, „Dakaning“, „Bedanang“ kabi hajviyalari, maʼrifat haqidagi „Oʻqing onalar“, „Gazeta toʻgʻrisida“, „Vatan“, „Xonimlar isminda“ kabi qator sheʼrlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida oʻziga xos yoʻllanma boʻldi.
Uning sheʼrlari „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoyi Turkiston“, „Sadoyi Fargʻona“ gazetalarida muntazam chiqib turgan.

Soʻfizoda 1893-yilda ona shahri Chustda boyonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi sheʼrlari uchun „badasl“, „beadab“, „dahriy“ deb ayblanadi. Shoir o’z vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda istiqomat qilishga majbur bo’ladi.

U 1937-yilda xalq dushmani sifatida qamaladi va sho'ro hukumati tomonidan o'ldiriladi.
👍21
Tasviriy sanʼatga oshufta qalblar uchun!

https://t.me/ibtidoart
1
Greyzerlar - Ushbu submadaniyat 1950-yillarning o‘rtalarida AQShda shakllangan va o‘smirlar hamda yosh erkaklar orasida keng tarqalgan. U Greyzer deb ataluvchi ijtimoiy guruhni ifodalaydi, ular o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari, xulq-atvori va madaniyatga qarshi qaratilgan hayot tarzi bilan tanilgan. Atama “grease” — moy so‘zidan olingan bo‘lib, bu ularning boshiga moy surtib orqaga taralgan soch turmaklariga ishora qiladi.

Ushbu harakat asosan ishchi sinf yoshlari, ko‘pincha ispan-amerikalik, italyan-amerikalik yoki boshqa immigrant oilalardan chiqqanlar orasida rivojlangan. Ular jamiyatning rasmiy qoidalariga bo‘ysunmasdan, o‘z shaxsiy qadr-qimmatini himoya qilgan, jamiyatdan ajralgan, ammo o‘zaro birlikda harakat qilgan.

Greyzerlar o‘zlarini tashqi ko‘rinish orqali ifodalagan: charm kurtkalar, oq futbolkalar, ko‘p hollarda mototsikl va Rock and Roll musiqasiga oshno bo‘lgan. Ular o‘z jismoniy ko‘rinishlarini jamiyatdan farq qilish va norozilik ramziga aylantirgan.
3
Penemyunde (nemis- Peenemünde) – raketa tarixining boshlanish nuqtasi!

Boltiq dengizidagi Uzedom orolida joylashgan tinch va sokin baliqchilar qishlog‘i bir paytlar insoniyat tarixidagi eng muhim texnologik sakrashlarga guvoh bo‘lgan.

Bu yerda Ikkinchi jahon urushi paytida nemis olimlari, jumladan mashhur muhandis Verner fon Braun, ilk raketa sinovlarini o‘tkazgan. Aynan shu yerda V-2 raketalari yaratilib, keyinchalik insonni Oyga olib boradigan texnologiyalarga asos solindi.

Vaqtida yosh Verner o‘zining meva qutisidan yasagan "raketa mashinasini" fitil bilan yoqib yuborgan bo‘lsa, otasi Magnus fon Braun unga Penemyunde yaqinida haqiqiy raketa poligonini qurishni taklif qilgan va bu taklif keyinchalik kelajakni o‘zgartirib yuborgan.

Suratda Penemyunde tarixiy texnologiya muzeyi.
👍31
Taniqli Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etibdi!
😢
😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sulton Ali Rahmatovning eng afsonaviy musiqalaridan biri
🔥2
Edvard Tich - xalq orasida Qorasoqol (Blackbeard) nomi bilan mashhur. U o‘zining dahshatli qiyofasi va qo‘rquv uyg‘otuvchi uslubi bilan butun Atlantika bo‘ylab dahshat sochgan.

Qorasoqol Karib dengizi va Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab ko‘plab savdo kemalariga hujum qilgan. Uning asosiy kemasi — Queen Anne’s Revenge — 40 dan ortiq to‘p bilan qurollangan edi.

U jang paytida soqoliga tutunli fitillar bog‘lab, yonayotgan ko‘rinishda jang maydonida paydo bo‘lardi. Bu uni inson emas, balki jin yoki afsonaviy mavjudotga o‘xshatgan. Aslida esa u kamdan-kam holatlarda qurolli to‘qnashuvga kirardi — odamlar uni ko‘rishi bilan taslim bo‘lishgan!

Qorasoqol kuch emas, psixologik qo‘rquv bilan yenggan. Aynan shuning uchun ham u qaroqchilik tarixida eng yirik va xotirda qoladigan figuralardan biriga aylangan.

Uning hayoti esa uzoq davom etmadi. 1718-yil, Shimoliy Karolina yaqinidagi jangda u halok bo‘ldi. Aytilishicha, o‘limidan keyin ham tanasi o‘z kemasining atrofiga bir necha bor suzib chiqqan...
👍2
FactStellar
Edvard Tich - xalq orasida Qorasoqol (Blackbeard) nomi bilan mashhur. U o‘zining dahshatli qiyofasi va qo‘rquv uyg‘otuvchi uslubi bilan butun Atlantika bo‘ylab dahshat sochgan. Qorasoqol Karib dengizi va Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab ko‘plab…
Ha, bu oʻsha Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmidagi Qorasoqol nomi bilan mashhur boʻlgan Edvard Tich ismli qaroqchi. Faqat haqiqiy hayotda u sehrli kuchga ega boʻlmagan..
FactStellar
Sentyabrda 2 yil boʻladi. Sizdachi?
Kimda nechi yil?
Plants vs Zombies kompyuter oʻyinida muz yotqizuvchi mashinani minib, bobsleychi zombilarning harakatlanishi uchun sharoit yaratib beradigan zombining nomi 1901-yil tugʻilgan inson familiyasidan bir harfga farq qiladi.

Savol: Oʻsha zombining nomini yozib bering.
Forwarded from Убайдуллоҳ
Zombini
Javob: Zomboni
Izoh: Bunday nom berilishiga sabab bu Frenk Zamboni - ya'ni Ice Resurfacer ixtirochisi
Frenk Zamboni — Amerikalik ixtirochi. U o‘zining amaliy aqli va muammoni hal qilishga bo‘lgan yondashuvi bilan bugungi muz sportlari olamiga katta hissa qo‘shgan.

Zamboni AQSHning Yuta shtatida, 1901-yilda tug‘ilgan. Oilasi bilan Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgach, u yerda akasi bilan muz ishlab chiqarish fabrikasini boshqaradi. 1940-yillarda ular “Iceland” nomli yopiq muz maydonini ochishadi. Ammo bu yerda asosiy muammo: muz yuzasini doimiy silliqlashtirish edi.

Zamboni bu muammoni avtomatlashtirishga qaror qiladi. 1949-yilda u ilk muz yangilovchi mashinasi (Ice Resurfacer)ni yaratdi. Ushbu qurilma muz sathini tozalaydi, tekislaydi va suv purkab, uni qayta muzlatadi — bularning barchasi bitta mashinada, bitta odam tomonidan boshqariladi.

Avvallari bu ish uchun 5 kishi 90 daqiqa vaqt sarflardi. Endi esa bitta odam 10-15 daqiqada maydonni yangilab qo‘yadi. Bu sport maydonlarida vaqt va kuchni tejashda ulkan ixtiro edi.

Plants vs Zombies oʻyinida yoʻlni muzlatuvchi zombi Zomboni deb ataladi.
3🥰1