FactStellar
1.33K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
#thoughts

O'tgan yili Intellektual haftalikka jamoamiz chiqa olmagandi. Men tarkibda emasdim va tarkibga kirib, shu musobaqada juda hohlardim qatnashishni. Toshkentda, Zakovat arenaga kirib uyerdagi Zakovat atmosferasini his qilishni rosa hohlardim. Intellektual haftalik o'yinlarini onlayn kuzatganman. Shaxsiy o'yin va Breyn Ringni kuzatib, o'zimham javob topib o'tirib bir kun kelib menham shu turnirda qatnashaman deb dilimga tugib qo'ygandim. Mana Allohga shukurki nasib ayladi. Dushanba kuni yo'lga chiqamiz va Seshanbadan "jangga" kirishamiz.

Allohim ilmimizni ziyoda qilgin, yuzimiz yorugʻ bo'lib qaytaylik.
👍8🔥5🕊2🆒1
We arrived "Kings Landing" and settled "the Red Keep".
Kim qaysi OTM tarkibida?
Forwarded from Yodgorbekland
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🔥9
Shaxsiy o'yin chorak finalda yakunlandi.. 😢😭
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurjan Bayniyazov o'zining emotsiyalari va o'yini bilan ajoyib performans namoyish etdi. Faqat yarim finalda omad yetishmadi.. 🔥🔥..

Manba: ZakoWhat
🔥9👍1
Intellektual haftalikda Vodiy jamoalaridan Breyn Ring yo'nalishida Andijon Davlat Universiteti yarim finalda - Toshkent OTMlariga qarshi chiqadi. Jamoaga Omad tilayman ertagalik o'yinda. 🔥🔥.
👍5
Shuningdek Shaxsiy o'yin yo'nalishida Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti ishtirokchisi Otajon aka Iskandarov juda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Unga Ertagalik finalda omad.

Vodiy sharafini esa FarDU jamoasi a'zosi Muhammadamin Xolboboyev himoya qiladi. Ungaham omad🔥🔥
👍7
Muhammadamindan yaxshi performans🔥🔥

G'oliblikni esa Otajon Iskandarov qo'lga kiritdi. 🔥🔥
🔥73
ADU😢💔
💔7
FactStellar
ADU😢💔
ADU - Breyn Ring 3-o'rin sohibi🔥🔥
9
With "Lanka" group🔥🔥🫠
❤‍🔥8👍5
FactStellar
We arrived "Kings Landing" and settled "the Red Keep".
Our trip has just ended. We are going "Winterfell"
🔥6
Forwarded from Svoya igra baza (Исмат Исроилов)
🗣️ Shaxsiy-o'yin guruhiga taklif qilamiz.

📕Guruh haqida qisqacha ma'lumot:

📕Guruh navbatchilik asosida o'yinlar bo'lishiga ixtisoslashtirilgan.📕

📌 Asosiy qoidalar
• Guruhga birinchi navbatda "Shaxsiy-o'yin" savollarini tuza oladigan bilimdonlarni taklif qilamiz.

• Guruhda o'ynalgan barcha savollar baza sifatida kanalga tashlab boriladi.
Baza kanaliga navbatchilikni kamida 2-marta o'tkazgan bilimdonlar qo'shilishlari mumkin!

• Guruhga qoʻshilgach siz navbatchilik roʻyxatining eng soʻnggi pagʻonasiga joylanasiz. Navbatchilik vaqtingiz kelguncha guruhga moslashib turishingiz sabab.
Navbatchilikda 5 ta yangi mavzu o'ynaladi!

◼️Guruhda navbatchilik qilish vaqtlari 18:00 dan 00:00 oraligʻida boʻlib oʻtadi.
Navbatchi oʻyin hisobini olib borishi shart hisoblanadi.

◼️Guruh tartib-qoidalarini buzgan odam guruhdan va bazadan chetlatiladi.

◼️Yangi savollar bilan oʻz ustingizda ishlash hohishi boʻlgan barcha bilimdonlarni "Shaxsiy-o'yin" (своя игра) guruhiga taklif qilib qolamiz.
Guruh a'zolari limiti: 60 kishi

Guruhga qo'shilishni istagan bilimdonlar @DoctorVanGogh manziliga yozishingiz kerak!

Guruh haqida ko'proq bilimdonlar xabar topishi uchun svoyakozavr do'stlarga yuborib qoʻying!
1
For Xana❤️😢😭
👍5💔3😁2
1🔥1
Forwarded from #DeadshoT
Multfilm Quiz uchun.

*Kim qaysi personaj ekanligini komentda yozarsizlar)

@DilshodbekTurdimamatov
3
#from_reading_passage

Bilamizki, Niderlandiyadada asosiy transport vositasi bu velosipedlar hisoblanadi. Bizga mashhur faktga ko'ra, Niderlandiyadagi velosipedlar soni davlatdagi aholi sonidan ko'p miqdorni tashkil qiladi. Xo'sh buning sababi nimada?

1965-yilda Provo nomli tashkilot Amsterdam shahrida bike-sharing (shaharda ma'lum bir joyga velosipedlar qo'yiladi va siz uni minib hohlagan joyingizda qoldirib ketishingiz mumkin) dasturini ishlab chiqadi. Bu loyihaning maqsadi shahar havosining ifloslanishining oldini olish bo'lgan. Tashkilot odamlarni velosipedlardan foydalanishga undovchi broshyuralarni shahar bo'ylab tarqatishgan. Velosipedlar odamlarni jalb qilish maqsadida oq rangga bo'yalgan va shaharning turli joylarida transportga muhtoj bo'lgan insonlar tomonidan foydalanish uchun ochiq qoldirilgan.
Bu loyihani Lud Shimmelpennik (1935-yilda tug'ilgan) ismli inson keng targ'ib qilgan. U bu loyihani shahar konsuliga taqdim qilgan. Uning hisob kitoblariga ko'ra Amsterdam bo'ylab 10.000 ta velosipedlar tarqatilishi kerak bo'lgan. Ma'lum bo'lishicha bu velosipedlar odamlarning jamoat transportiga sarlfagan harajatining atigi 10 foizini tashkil etardi. Shunga qaramasdan Shimmelpennikning loyihasi shahar konsuli tomonidan "Velosipedlar eskilik sarqiti" degan qarash bilan rad qilinadi.

Biroq, Shimmelpennik taslim bo'lmadi. 1990-yillar o'rtalarida undan 2 Daniyalik odam uning loyihasini Kopengagenda sinab ko'rishni so'raydi va bu dunyodagi birinchi katta ko'lamdagi bike-sharing loyihasi bo'ladi. Bu loyiha yangicha ko'rinishda bo'ladi: Siz velosipeddagi maxsus joyga tanga joylashtirasiz va uni avvalgi manziliga qaytarsangiz, siz pulingizni qaytarib olish imkoniga ega bo'lasiz. Bu tizim ishlab chiqilgach, Shimmelpennik bu loyihani yana Amsterdamda sinab ko'rishga qaror qiladi va bu safar Niderlandiya Transport Vazirligi bu loyihaga e'tibor qaratadi. 1999-yilda bu loyiha Amsterdamda rasman faoliyatini boshlaydi. Biroq endi velosipedlar avvalgi loyiha kabi tekin emas edi. Velosipeddagi har bir sayohat 1 gilder (2002-yildan yevroga o'zgartirilgan Niderlandiya pul birligi) ni tashkil qilardi. Gollandiya banki Postbank to'lovlar uchun maxsus kartalar ishlab chiqadi va loyiha 250 ta velosipedlarni 5 ta stansiyaga tarqatish bilan boshlanadi.

Loyiha amalga oshirilgach bir nechta muammolar yuzaga chiqadi. Ulardan biri o'g'irlanishi edi. Odamlar ularni xuddi ilk lohiyadagi kabi hohlagan joyga minib o'sha yerda qoldirib ketilaveradigan velosipedlar deb o'ylardi. Ikkinchi muammo esa Postbankning velosiped uchun juda muhim bo'lgan karta tizimini bekor qilgani bo'ldi chunki bu karta bankka foyda olib kelmadi. Bu loyihani davom ettirish uchun yangi tizim joriy etish kerak bo'lardi lekin biznes hamkor Postbank allaqachon loyihaga bo'lgan qiziqishini yo'qotgandi.

Shimmelpennikning hafsalasi pir bo'ldi biroq bu uzoqqa cho'zilmadi. U 2002-yilda Parij reklama korporatsiyasi bo'lgan JC Decauxdan qo'ng'iroq oladi. Bu korporatsiya Venada bike-sharing loyihasini amalga oshirmoqchi edi. Bu ish silliq kechdi va Venadan keyin bu tizim 2007-yilda Lionda, keyin esa Parijda joriy qilindi. Xozirda Parijdagi bike-sharing loyihasi 20.000 dan ziyod velosipedlarni o'z ichiga oladi va bularning hammasi Shimmelpennik tomonidan modellashtirilgan. "Bu loyiha keng miqyosda tarqalgani juda ajoyib" deydi Shimmelpennik. Biroq u bu loyihadan hech qanday moliyaviy foyda ko'rmadi chunki u o'zining bu loyihasini patentlamadi.

Xozirda Amsterdamda 38 foiz sayohat velosiped orqali amalga oshiriladi. Kopengagen bilan birgalikda Amsterdam dunyodagi eng ko'p velosipeddan foydalanuvchi poytaxtga aylandi.