FactStellar
1.34K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
#happybirthday

Vilgelm Steynits (1836–1900) — tarixdagi birinchi rasmiy shaxmat jahon chempioni. U 1886-yilda Iogann Sukertortni mag‘lub etib, shaxmat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Ammo uning eng katta yutug‘i faqat g‘alabalar emas — balki shaxmatga ilmiy yondashuvni olib kirganidadir.

Steynits pozitsion o‘yin g‘oyalarini ilgari surdi:

Har bir yurish ortida mantiq bo‘lishi kerak

Markaziy maydonni nazorat qilish muhim

Zaxira yurishlarni rejalashtirish — g‘alabaning kaliti


Unga qadar ko‘pchilik shaxmatni faqat hujumkorlik sifatida ko‘rgan bo‘lsa, Steynits pozitsion, sabrli va hisob-kitobli o‘yin uslubini joriy etdi.

U AQShga ko‘chib o‘tgan va faoliyatining katta qismini Nyu-Yorkda o‘tkazgan. 1894-yilda Emanuel Laskerga Jahon chempuonligini boy bergan, ammo uning ta’siri hanuzgacha saqlanib qolgan.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentga boraman🔥🔥🔥
👏42❤‍🔥1
La Casa De Papel - Bella...
Music Revolution Lyrics
Bizni Toshkentga borishimizga sababchi🔥🔥
1❤‍🔥1👏1
Allohga Shukur - Bugun anchadan beri niyat qilib yurgan orzuyimga yetkazdi. Intellektual haftalik saralashidan o'tdik. Institut jamoamiz har safar IH va IO da yaxshi baholanardi lekin hech omad kelib saralashdan o'ta olishmasdi. Jamoa 2022-yil tashkil topgan bo'lsa, men 2024-yil kuzda qabul qilinganman. 2023-yil o'qishga kirdim va Zakovatda qatnashishni boshladim. Alloh meni Ibtido jamoasidagilar bilan tanishtirdi va bu hayotimdagi Alloh taqdim etgan eng yaxshi sovg'alardan biri bo'ldi. Ularning orzusi IH va IO meniyam orzuyimga aylandi. 2023-yil IO finali NamDU va JIDU finalini ko'rganim esimda. Jo'rabek aka Mehmonovni yig'laganlari meni yanayam qiziqishimni orttirgan edi. Terma tarkibga olinib saralashdan o'tib respublikaga borishni rosa hohlardim. 2024-yil tarkibga kirdim va birinchi marta IO saralashida qatnashdim. Chiqolmaganimiz menga qattiq ta'sir qilgandi. Lekin Allohning rejalari bor va bugungi kunni bizga atab qo'ygan ekan. 🔥🔥❤️❤️

Allohga shukur🫠❤️
7🔥1
Bugun birinchi tur savollarini Saidakrom aka Rasulev o'qidilar va uni mahoratiga shunchaki gap yo'q. Javobni aytib bermas ekanlar xolos. 🔥🔥❤️
👍72
More than a Team.. 🔥❤️❤️
21❤‍🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Una mattina mi son svegliato
O bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao
Una mattina mi son svegliato
Eo ho trovato l'invasor
🇮🇹🇮🇹
🔥5
🌟2020-yil 7-iyun kuni tarixda ilk bor shunday voqea yuz berdi: bir inson nafaqat ochiq koinotga chiqqan, balki Mariana botig‘i – ya'ni Yer sayyorasining eng chuqur nuqtasiga ham tushgan birinchi odamga aylandi. Bu inson — Ketrin Sallivan, amerikalik geolog, astronaut va okeanolog.
💡
Tug‘ilgan yili: 1951, AQSh

Kasbi: Geolog, NASA astronavti, okeanograf


1984-yil: Sullivan NASA tomonidan kosmosga uchgan birinchi amerikalik ayol astronavtlaridan biri bo‘ldi🦋. U “Challenger” kemasi orqali kosmosga parvoz qilgan va ochiq fazoda yurishni amalga oshirgan birinchi amerikalik ayol sifatida tarixga kirgan.

🍃2020-yilgi Mariana botig‘i ekspeditsiyasi🍃

💭Ketrin Sallivan “Limiting Factor” nomli maxsus chuqur suvga tushuvchi kemada Mariana botig‘ining eng chuqur nuqtasi – Challenger Deep (chuqurligi ~10,925 metr) ga tushdi.

🗓Bu ekspeditsiyada u bilan birga mashhur chuqur suv tadqiqotchisi Viktor Veskovo ham bo‘lgan.

Bu hodisa bilan Sallivan insoniyat tarixida birinchi bo‘lib kosmosda va eng chuqur okeanda bo‘lgan yagona inson bo‘ldi.

Ketrin Sallivan bu tarixiy voqea orqali insonning ilmiy va texnologik imkoniyatlarini amalda ko‘rsatdi. Uning safari quyidagi jihatlar bilan alohida ahamiyatga ega:

Ayollar ilm-fanda qanday yetakchi rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatdi.

Yerning eng yuqori (koinot) va eng past (Mariana) nuqtalariga borgan yagona inson sifatida ikki chekka chegarani egalladi.

Bu holat ilm, jasorat va inson qudratining chin ramziga aylandi.

Qiziqarli faktlar:

Mariana botig‘i — Tinch okeanidagi eng chuqur joy, Everest tog‘ini teskari qo‘ysangiz ham suv ostida qoladi.

Kathryn Sullivan 68 yoshda bo‘lgan paytida bu safarni amalga oshirgan — bu ham yosh chegarasi borasida ijobiy ilhom manbai.

Ilm-fan chegaralarni tan olmaydi. Kathryn Sullivan bunga yorqin misoldir. U bizga shuni ko‘rsatdiki, agar inson istasa — yulduzlarga ham, okean tubiga ham yetishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🐳1
https://t.me/y_svoyak

Bugundan yangi mavzu va savollar tashlashni boshlayman. Shaxsiy o'yin yaxshi baza bo'la oladi.

Go qo'shilamiz
👍3
Kabbadi - Janubiy Osiyo davlatlarida mashhur boʻlgan o'yin hisoblanadi. O'yinda 7 kishidan iborat 2 ta jamoa bellashadi. O'yinda hujum qilayotgan jamoaning bir o'yinchisi maydonning raqib jamoa tarafiga himoyachilarga teginish uchun o'tadi va 30 soniya ichida o'z hududiga qaytishi kerak boʻladi.

Bangladesh davlatining milliy sporti hisoblanadi va Hindistonda Kriketdan keyin eng koʻp ko'riluvchi sport hisoblanadi.

O'yin Janubiy Osiyo davlatlarining turli hududlarida har xil nomlarga ega. Misol uchun: Hindistonning Maharashtra, Karnataka va Kerali shtatlarida kommonti, ha-du-du, G'arbiy Hindistonda ha-do-do, G'arbiy Bengaliya va Bangladeshda baibalaa, Panjob regionida hu-tu-tu
Sharqiy Hindistonda chadakudu, Janubiy Hindistonda kapardi, Shri Lankada chakgudu

Kabbadi Tamilcha Kai Pidi so'zlari qo'shilishidan hosil bo'lgan bo'lib qo'lda tut degan maʼnoni anglatadi.
Qaniydi Dadam tirik bo'lganda
Xozirgi holatimda yordam bergan bo'lardi... 😢😭🥹🥹
💔10😢5
Shuncha harakat qigan, orzu qigan musobaqaga borolmasam.. 😢😭🥹
💔8😐1
Serial, Kinolarni asl original tilida ko'rish kerakligini yana bir bor anglab yetdim.
💯8
"Jeopardy!" — bu mashhur amerikalik intellektual teleo‘yin bo‘lib, birinchi marta 1964-yilda efirga uzatilgan. O‘yinning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

O‘yinchilar savollarga javob bermaydi, balki javoblarga savol shaklida javob berishadi.
Masalan: Javobda: "Bu inson Amerikani 1492-yilda kashf qilgan deyilsa o'yinchilar "Bu inson kim? deya javobga savol bilan murojaat qilishadi.

O‘yin Qoidalari:
Har bir bosqichda o‘yinchilar kategoriya va ballar qiymatini tanlaydi (masalan, "Matematika — 200").
To‘g‘ri javob uchun tanlangan ballar o‘yinchiga qo‘shiladi, noto‘g‘ri javob uchun esa ayiriladi.
"Daily Double" va "Final Jeopardy!" maxsus raundlar bo‘lib, o‘yinchilarga pul tikish imkonini beradi.

O‘yinchilar:
Ko‘pincha 3 nafar ishtirokchi bo‘ladi.
Eng ko‘p ball to‘plagan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi va keyingi o‘yinda qatnashishni davom ettiradi.
👍6
Luka Modrich futbolchilik faoliyatini yakunlabdi.

Menimcha Lukani Real Madridni yomon ko'radiganlar ham heyt qilmaydi. O'zining shu yoshigacha stabil o'ynadi, o'zining pozitsiyasidagi boshqa bazi yosh futbolchilardan xatto shu yoshida ham yaxshiroq bo'la oldi. Afsus vaqt shafqatsiz. Har qanday narsaning ibtidosi bo'lganidek intihosi ham bo'ladi. Yoshligimizda bizni chiroyli o'yinlaring bilan zeriktirmaganing uchun raxmat senga afsona. 😢🔥🫡🫡
🔥4👍1🤡1
Ramin Javadi (1974) — nemis-eroniyalik bastakor bo‘lib, u Hans Zimmer maktabidan chiqqan va hozirgi kunda eng iste’dodli kino va serial musiqachilaridan biri hisoblanadi. U "Taxtlar o'yini" seriali uchun ishlagan saundtreklari tufayli muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. "Taxtlar o'yini" serialidagi ishi uchun 2018 va 2020-yillarda Gremmi mukofotiga nomzod boʻlgan. U shuningdek "Taxtlar o'yini"ning prikveli bo'lgan "Ajdar uyi" seriyalarining ham bastakori hisoblanadi.

U "Clash of the Titans", "Pacific Rim", "Warcraft", "A Wrinkle in Time", "Iron Man and Eternals" kabi filmlarga kuy bastalagan. Bundan tashqari u  3 Body ProblemPrison BreakPerson of InterestJack RyanWestworld,  Fallout kabi tv seriyalar va "Medal of Honor", "Gears of War 4", "Gears 5", "System Shock 2" video'yinlariga ham musiqa bastalagan.

Ramin Javadi "Taxtlar o'yini" serialidagi "Ajdar va Bo'ri" epizodi uchun 2018-yilda, "Uzoq Tun" epizodi uchun esa 2019-yilda Emmi mukofotini qo'lga kiritgan.
🔥1
Forwarded from Yodgorbekland
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kreativ kreativ..
😁5
https://t.me/xirolinks

Arab tili va Qur'on o'qish haqida foydali darslik, qo'llanmalarni topish mumkin bo'lgan kanal linklari joylab boriladi
#thoughts

O'tgan yili Intellektual haftalikka jamoamiz chiqa olmagandi. Men tarkibda emasdim va tarkibga kirib, shu musobaqada juda hohlardim qatnashishni. Toshkentda, Zakovat arenaga kirib uyerdagi Zakovat atmosferasini his qilishni rosa hohlardim. Intellektual haftalik o'yinlarini onlayn kuzatganman. Shaxsiy o'yin va Breyn Ringni kuzatib, o'zimham javob topib o'tirib bir kun kelib menham shu turnirda qatnashaman deb dilimga tugib qo'ygandim. Mana Allohga shukurki nasib ayladi. Dushanba kuni yo'lga chiqamiz va Seshanbadan "jangga" kirishamiz.

Allohim ilmimizni ziyoda qilgin, yuzimiz yorugʻ bo'lib qaytaylik.
👍8🔥5🕊2🆒1