FactStellar
1.34K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
Mavzu: Qadimgi shaharlar

10. Bu shahar miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kul ostida qolib, saqlanib qolgan holatda arxeologlar tomonidan topilgan. Bu qaysi shahar?

20. Bu yunon shahrining aholisi spartaliklar tomonidan har doim kam baholangan bo‘lsa-da, ularning harbiy qobiliyatlari Sokratning shogirdlari tomonidan e’tirof etilgan. Bu qaysi shahar?

30. Bu shahar Rim imperiyasining eng muhim portlaridan biri bo‘lib, Ostiya nomi bilan mashhur edi. Ammo aslida u qanday daryoning og‘zida joylashgan?

40. Afsonaga ko‘ra, bu shaharni qadimgi yunon qahramoni Kadm asos solgan. Bu shahar keyinchalik Oidipus haqida mashhur tragediyalarga sahna bo‘lgan. Bu qaysi shahar?

50: Bu boy va hashamatli yunon shahri krоtonliklar tomonidan bosib olingan. Strabonning yozishicha, ular daryoni shaharga burib yuborgan va u cho‘kib ketgan. Garchi bu shaharning aholisi odatda sustkash deb tasvirlansa-da, Filеt ismli yosh yigit 41-Olimpiadada mushtlashuv jangida g‘olib chiqqan. Bu shahar nomini ayting.

Javoblar kommentariyaga!

Muallif: ChatGPT))
Yana ChatGPT dan topib kemayla)))
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri eng zo'r fantastik dunyoni yaratgan?

Joan Rouling - Garri Potter dunyosi
Klayv Stepls Lyuis - Narniya saltanati dunyosi
Jon Ronald Ruyel Tolkin - Uzuklar hukmdori dunyosi
.
Aktyorning mahorati shu darajada kuchli bo'lishi kerakki aynan o'zi oynagan rol uni kinoni tark etishga majbur qilishi kerak.

Jek Glison "Taxtlar o'yini" serialida Joffrey Barateon (Lannister) rolini o'ynagan aktyor o'zining rolini shu darajada zo'r o'ynaganki, muxlislar real hayotdaham uni heyt qilishdan to'xtashmagan va bu uni yosh, kelajagi porloq kinoyulduz holida kino sanʼatini tark etishga majbur qilgan.
👍4
Jamshid aka: Bo'ldi rasmga oboldim endi bemalol nafas olaver😂😂
🤪5🗿2
O'yindan soʻng o'zingiz bilan olib kelgan narsalarni bugungi navbatchilik paketiga solib olib chiqib ketishingizni so'rab qolamiz)
😁2
Our Dead Poet's Society🔥🔥🫠🫠
👍42
Brothers from another mothers.
🔥42🥰2🕊2👍1
"Qorindagi kapalak" iborasi (inglizchasiga mos: "butterflies in the stomach") — bu odam hayajonlanganda, asabiylashganda yoki sevgi tuyg‘ularini boshdan kechirayotganda paydo bo‘ladigan g‘alati, “qichishganday” yoki “uchayotgan” hisni tasvirlovchi metaforik ifodadir.
Bu ibora odatda quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Imtihon, sahnaga chiqish, yoki muhim uchrashuvdan oldin asabiy holatni ifodalash uchun;
Biror kishiga nisbatan sevgi yoki romantik hislar uyg‘onganida;
Kutilmagan, muhim voqealar arafasida hayajon yoki qo‘rquvni bildiradi.

Masalan: “U bilan birinchi marta uchrashayotganimda qorindagi kapalaklar uchib yurardi.”
👍31
Forwarded from Mirjalol Boymurodov
Chet ellik talaba bizning ta’lim tizimimiz haqida:

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi – shunchaki dahshat. Bu yerga kelmang (hindistonlik 1-kurs talabasi tajribasi va shikoyati)

Men Hindistondanman, 2025-yil fevralida Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga (TTA) 1-kursga o‘qishga kirdim. Rostini aytsam, bu joy yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagandim — arzon kontrakt, chet elda MBBS, yaxshi muhit va hokazolar. Lekin bu butunlay noto‘g‘ri fikr bo‘lib chiqdi. Bu yerda ta’lim sifati ayniqsa biz, xorijiy talabalar uchun, juda past darajada.

Birinchidan, o‘qituvchilar deyarli ingliz tilida gaplashishmaydi. Hazillashmayapman — go‘yoki Google Translate’dan o‘qiyotgandek, g‘alati mumtoz gaplar qilishadi. Biz qanday qilib tibbiyot o‘rganamiz, agar o‘qituvchini tushunmasak? Ular bizni 4 SOAT ingliz tili darslariga tiqib qo‘yishadi — aka, men bu yerga alifbo o‘rganishga kelmaganman-ku, anatomiyani o‘rganishga kelganman! Anatomiyadan 1 soat 20 daqiqa dars bo‘ladi, lekin u ham kulgili. Ular hech nima o‘qitmaydi. O‘qituvchi keladi, darslikni ko‘rsatadi, va “mana mavzu, o‘rganinglar”, deb chiqib ketadi. Ba’zida: “keyingi dars onlayn bo‘ladi” deyishadi, lekin albatta — hech qanday onlayn dars bo‘lmaydi. Biz asosan o‘zimiz mustaqil o‘qimoqdamiz, ular esa oylik olib, istagan paytlarida yo‘qolishadi.

Keyin dekan bor. Bu odam to‘liq telba. Doim soqolimiz haqida gapiraveradi, “vazirlik qoidalari” deb. Lekin, aka, tinchlaning — soqolim imtihonlardan yiqitmayapti-ku! U dekanning o‘zi ham befoyda — muammolarni hal qilmaydi. Talabalar yotoqxonasi esa qulab tushyapti. Ayniqsa hind talabalar uchun. Yotoqxonadagi hojatxonalar oyda bir marta tozalanadi — omadimiz kelsa. Hamma joyda mog‘or, suv oqib ketgan, quvurlar sinib yotibdi. Har haftada kimdir qizamiq (kor) bilan kasallanadi. Ularning “aqlli” yechimi — bizni navbatga qo‘yib, ixtiyoriy vaksina qilishadi, xuddi hayvon bozorga olib kelingandek. Bu yerda gigiyena degan narsa yo‘q.

Darslar shu darajada yomonki, qayerdan boshlashni bilmayman. O‘qituvchilar kelishsa ham, faqat slaydlardan o‘qib berishadi yoki “o‘zinglar o‘rganinglar” deyishadi. Qanday qilib yaxshi shifokor bo‘lishimiz kerak, agar hech narsa o‘rgatishmasa? Imtihonlar esa to‘liq spektakl. Ularga kerakli 50 ta savolli PDF fayl berishadi, yodlab olamiz, keyin kompyuterda test topshiramiz. Savollar deyarli to‘liq PDF’dan. Faqat yod olish, boshqa hech narsa. Bilim yo‘q, tushunish yo‘q. Oson deyishingiz mumkin, lekin ma’no yo‘q. Men bu yerga faqat yodlab olish uchun kelmaganman — haqiqiy tibbiyot o‘rganish uchun kelganman. Bu joy esa yarmi pishgan “shifokorlar”ni ishlab chiqaradigan zavodga o‘xshaydi. Bu “shou”ni Hindiston Tibbiyot Kengashi qanday qilib tan olgan? Kimdir bu joyni tekshirishi kerak.

@FURAN_EDU
🔥5
Absolute Cinemaaaaa..!

Inter 4:3 Barcelona Agg (7:6)
Abdulaziz bratishka yorvoribdi 10-savolda.

Juda tirishqoq. Ertalab 5 da boʻlsayam telefon qilardi nimadir savolni topolmasa. Bola 2011-yil)
спортивный чгк
Voice message
Ukamiz Abdulazizxon ajoyib performance qilibdi🔥🔥

U 14 yoshda - men o'zim tanigan, bilgan 14 yoshli bolalardan fikrlashi va dunyoqarashi ancha keng.

Malades uka gap yo'q! 🔥🔥
🔥8👍1
Chortoqlik akamiz Davlatillo akadan sovg'a.

Akani Chortoqda kitob do'koni bor ekan. Har hafta juma kuni Chortoq tumanida trenka bo'ladi. O'sha trenkadagi Shaxsiy o'yinda yutgan odamga aka o'zini kitob do'konidan kitob berarkan. Juma kungi shaxsiy o'yinda men yutgandim hohlagan kitobingizni tanlab olavering dedilar va anchadan beri o'qimoqchi bo'lib yurgan Muqaddima kitobini tanladim.!

Davlatillo akamizni ishlariga Alloh rivoj bersin. 🔥🔥
👍8🔥3
Krematsiya va Krematoriy

Krematsiya — bu inson jasadini dafn qilish o‘rniga uni maxsus pechda yoki ochiq olovda yoqish orqali yo‘q qilish jarayonidir. Bu usul ko‘plab madaniyatlar va dinlarda tan olingan va amalda qo‘llaniladi.

Krematoriy esa — bu krematsiya bajariladigan maxsus bino yoki inshoot. Unda jasadlar maxsus issiqlikka chidamli pechlarda yoqiladi. Krematoriylar odatda jamoat qabristonlari yoki mustaqil xizmat ko‘rsatish muassasalari tarkibida bo‘ladi.
Krematsiya natijasida qoladigan kul, ya'ni krematsiya qoldiqlari, maxsus idishda yaqinlariga topshiriladi yoki belgilangan joyga sepiladi.
1
Jek Kevorkyan – amerikalik shifokor, evtanaziya (o‘z ixtiyori bilan hayotni yakunlash) tarafdori sifatida tanilgan shaxs. U terminal (davolab bo‘lmaydigan) kasallikka chalingan odamlarga og‘riqli o‘lim o‘rniga tinch va nazorat ostida jon berish imkonini bergan.

Uning "Mercitron" deb nomlangan qurilmasi yordamida yuzdan ortiq bemor o‘z hayotini tugatgan.

Kevorkian bu ishni inson huquqi deb bilgan, ammo 1999-yilda qotillikda ayblanib, 8 yil qamoqda o‘tirgan.
2010-yilda u haqda “You Don’t Know Jack” filmi ham suratga olingan, bosh rolni Al Pachino ijro etgan.
Dr. Kevorkyan bugungi kunda ham evtanaziya borasidagi global bahslarning markazida turadi. U hayot emas, o‘lim haqida savollar bergan, ammo maqsadi odamlarning iztirobini kamaytirish edi.
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Breyn ring finali. Oʻsh.
спортивный чгк
👍1
спортивный чгк
Breyn ring finali. Oʻsh. спортивный чгк
Shavkat aka va Sardor akalar - O'zbekiston jamoasi safida🔥
🔥3👏1
#happybirthday

Vilgelm Steynits (1836–1900) — tarixdagi birinchi rasmiy shaxmat jahon chempioni. U 1886-yilda Iogann Sukertortni mag‘lub etib, shaxmat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Ammo uning eng katta yutug‘i faqat g‘alabalar emas — balki shaxmatga ilmiy yondashuvni olib kirganidadir.

Steynits pozitsion o‘yin g‘oyalarini ilgari surdi:

Har bir yurish ortida mantiq bo‘lishi kerak

Markaziy maydonni nazorat qilish muhim

Zaxira yurishlarni rejalashtirish — g‘alabaning kaliti


Unga qadar ko‘pchilik shaxmatni faqat hujumkorlik sifatida ko‘rgan bo‘lsa, Steynits pozitsion, sabrli va hisob-kitobli o‘yin uslubini joriy etdi.

U AQShga ko‘chib o‘tgan va faoliyatining katta qismini Nyu-Yorkda o‘tkazgan. 1894-yilda Emanuel Laskerga Jahon chempuonligini boy bergan, ammo uning ta’siri hanuzgacha saqlanib qolgan.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentga boraman🔥🔥🔥
👏42❤‍🔥1
La Casa De Papel - Bella...
Music Revolution Lyrics
Bizni Toshkentga borishimizga sababchi🔥🔥
1❤‍🔥1👏1