FactStellar
1.35K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarini boshqatdan boshlaymiz..
Rene Fransua Armand "Syulli" Pryudomm 1839-1907- yillarda yashab ijod qilgan fransuz shoiri. U 1901-yilda Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan ilk inson sifatida tarixda qolgan.


Parijda tavallud topgan Pryudomm dastlab injenerlikka oʻqigan biroq u yoʻnalishini falsafaga oʻzgartiradi keyinchalik she'riyatga oʻtadi.


2 yoshligida otasidan ayrilgan Pryudomm onasi bilan togʻasining uyiga koʻchib oʻtadi. Maktabda Uning klassik adabiyot va matematikaga qiziqishi yuqori edi. U Bonapart Litseyiga qatnashni boshlaydi biroq uning koʻzidagi muammo unga halal beradi. U Creusot regionidagi Schneider gʻildirak quymachilik sexida ishlash davomida notarius offisida huquqshunoslik boʻyicha oʻqishni boshlaydi. Conference La Bruyère (talabalar jamiyati) tomonidan uning dastlabki she'rlarining ijobiy qabul qilinishi uni adabiy faoliyatini boshlashga undaydi.


Uning birinchi toʻplami "Stances et Poemes"(1865) fransuz adabiy tanqidchisi Saint-Beuve tomonidan maqtovga sazovor boʻlgan. Ushbu toʻplam uning eng mashhur poemasi boʻlgan "Le vase brise" ni oʻz ichiga olgan. U toʻsatdan boshlangan Fransiya-Prussiya urushidan oldin oʻzining koʻplab sheʼrlarini nashr ettirgan. U "Impressions de la guerre" (1872) va "Frans" (1874) kitoblarida muhokama qilgan bu urush uning sog'lig'iga bir umrlik zarar yetkazdi. Faoliyati davomida Pryudomm asta-sekin o'zining birinchi kitoblarining sentimental uslubidan ko'proq shaxsiy uslubga o'tdi, bu esa Parnas maktabining rasmiyatchiligini falsafiy va ilmiy fanlarga qiziqish bilan birlashtirdi. Uning ilhomlantiruvchilaridan biri aniq Lucretiusning "De rerum natura" asari bo'lib, u kitobni birinchi marta she'rga aylantirgan. Uning falsafasi "La Justice" va "Le Bonheur" asarlarida aks etgan.


Pryudomm oʻzining yuksak idealizm, badiiy mukammallik va yurak va aql fazilatlarining noyob birikmasidan dalolat beruvchi she'riy kompozitsiyalari uchun Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan.


U 1907-yil 6-sentyabrda vafot etgan va "Pere-Lanchaise" qabristoniga dafn etilgan.
Edit Jovanna Gassion - (19-dekabr 1915 - 10-Oktyabr, 1963) - Edit Piaf nomi bilan mashhur boʻlgan fransuz san'atkori. Oʻzining kabaret va zamonaviy shanson janrlaridagi qoʻshiqlari bilan mashhur. U fransiyaning eng buyuk mashhur qoʻshiqchisi va 20-asrning eng mashhur ijrochilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.


Piafning qoʻshiqlari koʻpincha avtobiografik boʻlgan va u sevgi, ayriliq va qaygʻuga ixtisoslashgan torch balladalari va chanson realistelardan iborat edi. Uning eng mashhur qoʻshiqlari sirasiga "La vie en rose" (1946), "Non, je ne regrette rien" (1960), "Hymne á l'amour" (1949), "Milord" (1959), "La foule" (1957), "L'Accordeoniste" (1940) va "Padam, padam" (1951) qoʻshiqlari kiradi.



14 yoshida karyerasini otasi bilan boʻlgan tourlar orqali boshlagan Piafning mashhurligi Natsistlar Germaniyasining Fransiyani istilo qilish davrida koʻtarildi va 1945-yilda uning mualliflik "La Vie en rose" qoʻshigʻi chiqarildi. U 1940-yillarning oxirida Fransiyaning eng mashhur sanʼatkori boʻldi, shuningdek Yevropa, Janubiy Amerika, Aqshga tourlar uyushtirdi va uning mashhurligi uni The Ed Sullivan shousi sari yetakladi.



Piaf ijod qilishda davom etdi, 1963-yil oʻlimidan bir necha oy oldin Parij Olimpiya Zalida bir necha konsertlar berdi. Uning soʻnggi qoʻshigʻi boʻlgan "L'Homme de Berlin" 1963-yil aprelida eri tomonidan yozib olindi. Uning oʻlimidan soʻng koʻplab hujjatli film va kinofilmlar Fransiya madaniyatining namunasi sifatida yaratildi.
Qushqoʻnmas, kafsha — murakkabguldoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda bir yillik oq Q., bir yoki ikki yillik shishkin Q.i yoki tuyaquyruq, ikki yoki koʻp yillik boʻyalgan Q. kabi turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismi sershox, serbarg. Barglari seret, uzunchoq nashtarsimon, chetlari tikanli. Gullari mayda, naysimon, och sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi urugʻcha. Oʻqildizi tuproqqa juda chuqur kiradi. Iyun—iyulda gullaydi, avgust—sentabrda mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 16—25° da koʻka-radi. Lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzor, ariq boʻylarida uchraydi.
Alfons Bertilyon - (1853 yil 22 aprel - 1914 yil 13 fevral) fransuz politsiyachisi va biometrik tadqiqotchi bo'lib, u huquqni muhofaza qilish organlariga antropometriya antropologik usulini qo'llagan, jismoniy o'lchovlarga asoslangan identifikatsiya tizimini yaratgan.

Antropometriya jinoyatchilarni shaxsini aniqlash uchun politsiya tomonidan foydalanilgan birinchi ilmiy tizim hisoblanadi. Bundan oldin jinoyatchilarning shaxsi ismi yoki rasmi orqali aniqlangan. Bu metod oxir oqibat barmoq izi yordamida aniqlash tizimiga almashtirilgan.

Bertilyon, shuningdek Magshot usulining ham asoschisi hisoblanadi. Jinoyatchilarni suratga olish 1840-yillarda fotografiya ixtiro qilinganidan bir necha yil o'tgach boshlangan, ammo Bertillon bu jarayonni faqat 1888 yilda standartlashtirgan.

Uning dalillari Alfred Dreyfusni mashhur Dreyfus ishi bo'yicha noto'g'ri hukm qilish uchun ishlatilgan.


FactStellar
👍2
Tina Tyorner - (asl ismi Anna Mey Bullok) 1939-yilda Tennessi shtatida tug‘ilgan. U Tenessi shtatidagi maktab xor jamoasida qoʻshiq aytishni oʻrgangan. Oradan vaqt o‘tib 16 yoshli xonanda Sent-Luisda musiqachi Ayk Tyornerni o‘zining Kings of Rhythm guruhida vokalchi sifatida qabul qilishga ko‘ndirgan. Ansambli ilgari ayol vokalsiz ijro etgan Ayk Tyornerning so‘zlariga ko‘ra, u Bullokning uni eshitish taklifini uzoq vaqt rad etgan, biroq Kings of Rhythm chiqishlaridagi tanaffus paytida u barabanchidan mikrofonni olib, Bi Bi Kingning You know I love you qo‘shig‘ini kuylagan. Uning ovozidan hayratga tushgan Ayk Tyorner qizni guruhga olib borgan, u bilan uchrasha boshlagan va unga nafaqat Tina Tyorner taxallusini bergan, balki agar u guruhni tark etsa, ism boshqa qo‘shiqchiga o‘tkazilishi haqida ogohlantirgan.Ayk va Tina Tyornerning A Fool in Love nomli birinchi taronasi 1960-yilda chiqarilgan va AQSHdagi chartlarda eng yaxshi 30 ta musiqa ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqolani toʻliq oʻqish uchun havola.
Sikstin kapellasi - Vatikanda joylashgan sobiq uy cherkovi bo‘lib, 1473–1481-yillarda arxitektor Jorj de Dolchi tomonidan Rim papasi Siksta IV topshirig‘i bilan qurilgan, shuning uchun ham tarixiy obidaga uning nomi berilgan. Kapella devorlari 1481–1483-yillarda Sandro Botichelli, Pinturikko va boshqa rassom-haykaltaroshlar ishlagan san’at asarlari bilan bezatilgan. Lorenso Medichi va papa o‘rtasida ittifoq paydo bo‘lganidan keyin florensiyalik rassomlar Rimga taklif etilib, o‘sha yillarda umbriyalik rassomlar bilan hamkorlikda Kapella devorlariga jilo berilgan.

Ular Botichelli, Perudjino, Girlandayo va Kozimo Roselli hamda ularning yordamchilari – Pinturikkio, Sinorelli, Bartolomeo della Gatta, Davida Girlandayo, Pyero de Kazimo, Byadjo d'Antonio kabi tasviriy san’at vakillari edi. Rassomlar barpo etgan freskalar soni 16 ta bo‘lib, bizgacha 12 tasi saqlanib qolgan.


FactStellar
Namangan davlat chet tillari instituti Ibtido jamoasi aʼzolarining zakovatga oid maʼlumotlar berib boruvchi kanallari:

@zakovatshunos
NamDCHTI Zakovat klubi koordinatori Ikromjonov Muhammadqodirning jahon adabiyoti, davlatlar va tumanlar etimologiyasi va boshqa Zakovatga oid qiziqarli maʼlumotlar berib boruvchi kanali.

@factstellar
Yodgorbek Ohunovga tegishli bu kanalda siz mashhur shaxslar hayoti va boshqa qiziqarli maʼlumotlardan bahramand boʻlasiz

@requiem_01
Jamoamizning kattasi boʻlgan Islom akaning turli xil faktlar va qiziqarli maʼlumotlar ulashuvchi kanali
Senet - Qadimgi Misrdagi qadimiy oʻyinlardan biri boʻlib, u 30 katakli taxtada 10 yoki 20 ta piyodalar bilan oʻynalgan. Senetning dastlabki timsollari eramizdan avvalgi 2620 yillarga borib taqaladi. Garchi oʻyin 2000 yillik tarixga ega boʻlsada, tarkibiy qismlari jihatdan kichik boʻlib tuyuladi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan turli xil senet taxtalarini, shuningdek, Misr tarixi davomida qabr devorlari va papirus varaqlari kabi joylarda o'ynalgan senet tasvirlarini o'rganish orqali aniqlash mumkin. Biroq, o'yin Rim davridan keyin foydalanishdan chiqib ketdi va uning asl qoidalari faraz mavzusidir.

FactStellar
Abri nayson”- ifodasi fors tilidan kelib chiqqan va she’riyatda, adabiy asarlarda keng qo’llaniladigan poetik iboralardan biridir. So’zma-so’z tarjima qilinganda, “abr” — bulut, “nayson” esa yomg’ir ma’nosini anglatadi. Bu ibora asosan bahor va yomg’irli mavsumlar bilan bog‘liq holda ishlatiladi, chunki yomg‘ir bahor paytida yerga hayot baxsh etuvchi kuch sifatida qabul qilinadi.

“Abri nayson” bu faqat fizik holat emas, balki majoziy ma’noda ham ishlatiladi. Yomg’ir keltiruvchi bulut hayotni, yangilanishni, tozalashni va ba’zan sevgi va hasratni ifodalash uchun qo’llaniladi. Sharqiy poeziyada, ayniqsa fors va o’zbek adabiyotida bu ibora tabiat go’zalligini, yangilanish va umidni ramziy ma’noda tasvirlash uchun ishlatiladi.

Misol tariqasida o’zbek mumtoz she’riyatida bu ifodaning qo’llanilishi:

• Alisher Navoiy asarlarida “abri nayson” yomg’ir olib keladigan bulut sifatida o’simliklarni, bog‘larni va yerlarni jonlantiruvchi kuch sifatida tasvirlanadi.
• Bu obraz inson hayotidagi yangi davrni boshlash, darddan yoki iztirobdan keyingi yangilanish jarayonlarini ifoda etishi mumkin.

Yomg’ir va bulut tabiati haqida ko’p she’rlarda hayotning davriy o’zgarishlari, poklanish va yangilanish motivlari bilan bog’liq bo’lgan tasvirlar uchraydi.



©: Halilullo Muhammadjanov
👏3👍1
Poltergeyst - nemischa polter-taqillatish, geist - ruh soʻzlari qoʻshilishidan hosil boʻlgan mistik va paranormal voqeaning nomi. Poltergeyst aniq mistik mavjudot yoki folklor obraziga bogʻliq emas. Poltergeistlarning faolligi odatda begona shovqinlar (taqillatish, oyoq tovushlari), narsalarning yo'qolishi yoki o'z-o'zidan harakatlanishi va yong'inlar bilan bog'liq.

FactStellar
🔥1
Bangalor - Janubiy Hindistonning Karnataka shtati poytaxti va eng katta shahri. Aholisi 8 milliondan ortiq. Bangalor Hindistonning aholisi eng zich joylashgan shahri hisoblanadi va shu bilan birga shahar kattaligi boʻyicha dunyoda 27-oʻrinda turadi.

Bangalor shaharning kannada tilidagi Bengaluru nomining inglizchalashgan versiyasidir. Bu bugungi kunda Bangalor shahridagi Kodigehalli yaqinidagi qishloqning nomi edi va Kempe Gouda tomonidan 1537 yilda tashkil etilgan paytda shaharni Bangalor deb nomlash uchun foydalanilgan.

FactStellar
👍1
Patsifizm - Militarizm, urush va zoʻravonlikka qarshilik qilishni bildiruvchi atama. Patsifizm atamasi Fransuz tinchlik siyosiy harakati yetakchisi Emil Arno va 1901-yil Glazgodagi Universal tinchlik shartnomasi aktivistlari tomonidan qoʻllangan.

FactStellar
🔥1
Bertran Rassel - (18-may 1872, 2-fevral 1970) - Britaniyalik faylasuf, matematik, mantiq mutaxasisi edi. U mantiq, matematika va Analitik Falsafaning koʻplab sohalariga qiziqqan.

U 20-asrning koʻzga koʻringan mantiq mutaxasisi va oʻzining sheriklari Gottlob Frege, hamkasbi G.E Moore va oʻzining oʻquvchisi Lyudvig Vittgenshteyn bilan birgalikda Analitik Falsafaning asoschisi hisoblanadi. Rassel Moore bilan birga Britaniya Idealizmiga qarshi chiqqan. Rassel oʻzining sobiq ustozi A. N. Whitehead bilan birgalikda klassik mantiq taraqqiyotida muhim bosqich boʻlgan va butun matematikani mantiqqa aylantirishga katta urinish boʻlgan “Principia Mathematica” asarini yozgan. Bundan tashqari uning "Nima uchun odamlar urushadi" va "Nega men Xristian emasman" kabi asarlari ham mavjud.

FactStellar
🔥1
Crowd Surfing - (Kravd Syorfing) - bu konsertlarda tez tez sodir boʻladigan holat boʻlib unda qoʻshiqchi yoki mashhur insonni muxlislar boshi uzra koʻtarib qoʻlma qoʻl boshqa muxlislarga uzata boshlaydi. Dastlabki Crowd Surfinglar 1970-yilda Cincinatti Pop Festivalida Iggy Pop taxallusi ostida ijod qilgan Jeyms Nyuell Osterberg JR va 1980-yilda Peter Gabrielning "Games Without Frontiers" performansida sodir boʻlgan.

FactStellar
👍2
Beyker Strit (Baker Street) - Vestminster shahrining Merilboun (Marylbone) tumanidagi koʻchasi. Koʻcha 18 asrda qurilgan va asoschisi Uilyam Beyker nomiga qoʻyilgan. Hudud dastlab yuqori klass odamlar uchun yashash joyi edi biroq xozirda savdo tashkilotlari tomonidan band qilingan.

Koʻchaning uzunligi 0.97 km boʻlib Park roaddan boshlanib Portman squaregacha choʻzilgan. Beyker Strit bizga Sherlok Xolms asari tufayli yaxshi tanish chunki Xolms
221B Beyker Strit
da istiqomat qilgan. 1835-yilda u yerda Madam Tyusso muzeyi ochilgan.

FactStellar
Galateya-qadimgi yunon mifologiyasida san’at asaridan hayotga kirgan bir ayol sifatida mashhur bo’lgan obraz. Galateya haqidagi eng mashhur hikoya Kipr qiroli va haykaltaroshi Pigmalion bilan bog‘liq. Bu hikoyaga ko‘ra, Pigmalion o‘z idealiga mos keladigan mukammal ayolning haykalini yasaydi. Ushbu haykalni “Galateya” deb ataydi va unga o‘ta ko‘p mehr qo‘yib qoladi. Pigmalion Galateyaga nisbatan kuchli his-tuyg’ularni his etgani sababli, Afrodita (yoki Venera) iltimosi bilan Galateyaga hayot baxsh etadi. Shu tariqa, haykal tirik ayolga aylanadi va Pigmalion bilan muhabbatga yo‘liqadi.

Bu afsona san’at va adabiyotda ko‘plab talqinlarda namoyon bo‘lgan. Masalan, Bernard Shouning “Pigmalion” nomli dramasi ham shu g’oyani o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda insonning boshqa bir insonni o‘zgartirishga bo‘lgan intilishi, ideal qiyofa yaratish orzusi kabi mavzular yoritilgan.


Ma'lumot https://t.me/requiem_01 kanalidan olindi.


FactStellar
👍2
📌 Higgs Bozoni – Borliqning Sirli Zarrasi

Higgs bozoni yoki “Xudo Zarrasi” – koinotdagi massaning qanday hosil bo‘lishini tushuntiruvchi zarracha boʻlib bu maydonning zarracha ko‘rinishidagi vibratsiyasi, fizik olamni chuqurroq anglashimiz uchun kalit hisoblanadi.1964-yilda Peter Higgs va boshqa olimlar bu zarrachani nazariy jihatdan oldindan aytib o‘tishgan va 2012-yilda CERN’dagi Katta Adron Kollayderida tasdiqlashgan.


🔬 Nima uchun muhim? - Higgs maydoni zarrachalarga og‘irlikni beradi. Agar bu maydon bo‘lmaganida, zarrachalar yorug‘lik tezligida harakat qilgan bo‘lardi va hech qanday massa hosil qilinmas edi.Bu kashfiyot koinotni qanday paydo bo‘lganini va undagi barcha materiya shakllanishining asl sabablarini oydinlashtirishga yordam berdi. Higgs bozoni orqali fizik olimlar nega ayrim zarrachalar og‘ir, boshqalari esa yengil kabi savollarga javob topishmoqda.
Qaragʻay oʻrmonidagi tong
Ivan Shishkin, Konstantin Savitskiy - 1889


Ivan Shishkin va Konstantin Savitskiy tomonidan yaratilgan “Qaragʻay oʻrmonidagi tong” (ruscha: "Утро в сосновом лесу") kartinasi rus rassomchilik sanʼatining eng taniqli asarlaridan biridir. Ushbu mashhur asar 1889-yilda yaratilgan boʻlib, oʻzining tiniq va tabiiy ifodasi bilan tomoshabinlarni hayratga soladi. Rassomlar tabiatning goʻzalligini, ayniqsa, qaragʻay oʻrmonining sokin va tinch tongini yuqori darajada realistik tarzda tasvirlashga muvaffaq boʻlishgan.


Qaragʻay oʻrmonidagi tong” – sokin, serjilo o‘rmon manzarasi va to‘rt ayiq bolasi tasviri bilan tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. Ertalabki tong chog‘ida ayiq bolalari o‘rmonni kashf etmoqda, daraxt tagida esa ular o‘ynab, tabiatning jozibasidan bahramand. Kartina orqali rassomlar o‘rmonning tinch va osoyishta muhitini va hayvonlar hayotini jonli ifodalagan.


Kartinada rassomlar tabiatning sofligini, kuchini va jozibasini yuqori aniqlikda tasvirlay olgan.
Mulen Ruj (Moulin Rouge) — Parijning markazida joylashgan mashhur kabare klubi, san'at va zamonaviy madaniyatning yorqin timsoli. 1889-yilda ochilgan bu klub o'sha davrda yangi turdagi ko'ngilochar maskan sifatida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Mulen Rujning yorqin qizil shamol tegirmoni va mo'jizaviy atmosfera unga “Parijning yuragi” maqomini olib keldi. Bu yerda chiqish qilgan artistlar orasida mashhur raqqosalar, xonandalar va akrobatlar bor edi.


Klubning mashhur raqsi — kankan raqsi bo'lib, u nafaqat tomoshabinlarni lol qoldirgan, balki Mulen Ruj madaniyatining ajralmas qismiga aylangan. Mulen Ruj haqida filmlar, kitoblar va ko'plab san’at asarlari yaratilgan, u madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan.


Bugungi kunda ham Mulen Ruj sayyohlar uchun eng mashhur joylardan biri bo‘lib qolmoqda. Agar Parijga boradigan bo‘lsangiz, tarixiy kabare va uning sirli muhitini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni unutmang!