FactStellar
1.33K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
1883-yil avgust oyida Indoneziyada joylashgan Krakatau vulqoni portladi. Bu oddiy geologik hodisa emasdi — bu planetar miqyosdagi falokat edi. Portlash kuchi shu darajada kuchli ediki, u insoniyat tarixidagi eng baland tabiiy tovushni yaratdi. Portlash tovushi 3 000 km masofada ham eshitilgan.
Bu hodisa nafaqat fizika, balki geofizika va iqlimshunoslik fanlarining ham qarashlarini o‘zgartirdi:

36 000 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi, ko‘pchilikni kuchli tsunami yutib yubordi.

Portlash natijasida havoga chiqqan kul qatlami butun dunyo bo‘ylab yoyilib, yer atmosferasining optik xususiyatlarini o‘zgartirdi.
Quyosh botishlari yillar davomida g‘ayrioddiy qizg‘ish rangda ko‘rindi.

Yer sathidagi harorat o‘rtacha 1.2°C ga pasaydi — bu hodisa global iqlim o‘zgarishining tarixiy dalillaridan biridir.

1927-yilda esa dengiz tubidan yangi vulqon – Anak Krakatau (ya’ni "Krakatau farzandi") paydo bo‘ldi. U hali ham faol.


Bu voqea atmosfera va geologik jarayonlar o'zaro qanday bog'langanini tushuntirgan hodisadir.
#qiziqvoqea

Shanba kungi shaxsiy o'yin 1-guruh mavzu o'ylab topilgan toponimlar. 30 ballik savol.

Savol quyidagicha:
У ҳар томондан денгизлар билан ювилади: шимолда Совуқ денгиз, шарқда - тор денгиз, жанубда - Пешин денгизи ва ғарбда - Қуёш ботиши денгизи. У?

Javob: Westeros

Qizig'i hech kim topolmadi chunki o'sha guruhdagi 90 foiz odam Taxtlar o'yini serialini ko'rib tugatgan va ashshadiy muxlislari edi.. 😁😁
😁6
"Paternoster lift" — bu doimiy harakatda bo‘lgan, zanjirga ulangan ochiq kabinalardan tashkil topgan eski turdagi lift. U to‘xtamasdan yuqoriga va pastga harakat qiladi, odamlar esa yurish paytida unga chiqib-tushadi. U zamonaviy liftlarga qaraganda xavfliroq deb hisoblanadi, shuning uchun bugungi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda ishlatilmaydi.

T.me/Factstellar
🔥1
Ghibli studiyasi - (yaponcha: スタジオジブリ, Studio Ghibli) — Yaponiya animatsiya studiyasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan va ko‘plab klassik anime filmlarini yaratgan. Bu studiya 1985-yilda taniqli rejissorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata, hamda prodyuser Toshio Suzuki tomonidan tashkil etilgan. Studiyaning asosiy markazi Tokio yaqinida joylashgan.

Mashhur filmlari:

1. Spirited Away (Ruhlar o‘lkasida) – 2001-yilda chiqqan va 2003-yilda "Eng yaxshi animatsion film" uchun Oskar sovrinini qo‘lga kiritgan.


2. My Neighbor Totoro – 1988-yilgi film, Totoro obrazini studiya ramzi sifatida tanilgan.


3. Princess Mononoke – 1997-yilda chiqqan, tabiat va texnologiya to‘qnashuvi haqida epik hikoya.

4. Howl's Moving Castle – 2004-yilda chiqqan, urush, muhabbat va sehr haqidagi film.


5. Kiki's Delivery Service – Yosh jodugar qizning mustaqil hayoti haqida film.


Qiziqarli fakt:
Ghibli so‘zi italyancha “sirocco” (shamol) so‘zidan olingan. Ular bu bilan yapon animatsiyasiga yangi shamol olib kelmoqchi bo'lgan.
🔥4👍1
Biz baxtli bo'lamiz

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa, yoqmasa,
Ularga qoʻshilib
Yigʻlasharmidik.
Biz baxtli boʻlamiz
Xudo xoxlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik...


Rayhon hidlaringni
Yoʻllarimga sep,
Kut meni, har oqshom,
Koʻkka oy chiqqan.
Faqat, yigʻlamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing - onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring sohillaridan.
Oʻzing ayt, senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil, yayra jonim,
Oʻrtanma gʻamda.
Gʻiybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorugʻ olamda.

Men esa oshigʻing
Sening - eng gʻarib.
Tundan soʻz qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista, tiz choʻkaman
Hozir oldingda,
Sevdim, sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli boʻlamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

© Muhammad Yusuf
👍32
A'zamjon akani yangi kitoblari..
Forwarded from Al-Khwizard
💥🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Demak bizda 🎉MINI TURNIR🎉

Savollar mualliflik asosida.

🗓Sana: 01.05.2025
⏲️Soat: 21:00
✏️Savollar soni: 20 ta
📍Manzil: @Alkhwizard

✉️ Ro'yxatdan o'tish (jamoaviy / yakkalik): @Alkhwizard_bot

Yakkalik va jamoaviy hisobda yuqori oʻrinni egallagan ishtirokchilariga sovgʻalar va sertifikatlar taqdim etiladi:)
Bu haqidagi batafsil post turnir boshlanishidan avval kanalga joylanadi:)


Qatnashish uchun shunchaki
@alkhwizard_bot manzilida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kifoya.Jamoaviy roʻyxatdan oʻtish uchun telegram botda roʻyxatdan oʻtgandan soʻng /connect_team buyrugʻini yuborishingiz kerak.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun @Alkhwizard_admin

Barchaga turnirda omad

🔗 @Alkhwizard
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Forwarded from Asarcha📖 |
Masofa

Mening kitobimni o'qiydi bir qiz-
Jo'xorizor ichra ulg'aygan malak!
Ko'zlari kitobda,
Oyog'i suvda...
She'rim vujudini kuydirsa kerak.

To'rtinchi betdanoq boshlanib ketar:
"Jonim, Xudo seni qalbimga ekkan!"
Oyog'ini suvdan tortadi shartta-
"Sevgani bor ekan!!!"

Qishloqcha yig'laydi (qishloqichamas):
Yuzlarini yuvar qayta va qayta.
Yig'laydi..
goh mening, goh u "jonon"ning
Sha'niga sharafli qarg'ishlar ayta!

"Olifta", "yalmog'iz", "voy, jodugar qiz..."
Qarg'ar sho'rlik qizni yuz-xotir qilmay.
Bilmam, qachongacha ko‘z yosh to‘kadi
"Jodugar qiz" o'zi ekanin bilmay!

Rashid Xo'jamov
2019-yil, 1-dekabr

| @asarcha
🔥21
Nik Vuychich qo‘l va oyoqlarsiz tug‘ilgan bo‘lsa-da, millionlab odamlarga umid, kuch va ijobiylik tarqatgan dunyoga mashhur motivatsion ma’ruzachidir.

Nik 1982-yil 4-dekabrda Avstraliyada tug‘ilgan. U tetra-amelia sindromi — ya’ni to‘rt a’zoning yo‘qligi bilan dunyoga kelgan. Dastlabki yillari og‘ir kechdi: o‘zini yakkalangan, kerakmasdek his qilgan. 10 yoshida hattoki hayotiga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lgan ammo oilasining qo‘llab-quvvatlashi va ruhiy kuchi tufayli Nik o‘zida motivatsiya topdi.

U 17 yoshidan boshlab omma oldida chiqish qila boshladi.

65+ mamlakatda millionlab odamlarga nutq so‘zlagan.
2005-yilda “Life Without Limbs” (Qo‘l-oyoqsiz hayot) nomli nodavlat tashkilotiga asos solgan.

“Attitude is Altitude” deb nomlangan ta’lim loyihasi orqali yoshlarni ruhlantiradi.

Bestseller kitoblar muallifi: Life Without Limits, Unstoppable va boshqalar.

Nik yozadi, kompyuterda ishlaydi, suzadi, hatto surfing bilan shug‘ullanadi — bularning barchasini bir dona “kichik oyog‘i” yordamida bajaradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Kichik Savolcha?

Bugun TL da jamoadoshlarim bergan passlar orqali faktbazam bilan 2 ta savolni grobdan qutqarib qoldim. Jamoadoshlarim fikricha bunday holatda savolni javobini topmagan bo'larkanman😄😁😂

Shu rostmi😂
😁2
Kapitoliy❤️🔥🫠
👍2
Mavzu: Qadimgi shaharlar

10. Bu shahar miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kul ostida qolib, saqlanib qolgan holatda arxeologlar tomonidan topilgan. Bu qaysi shahar?

20. Bu yunon shahrining aholisi spartaliklar tomonidan har doim kam baholangan bo‘lsa-da, ularning harbiy qobiliyatlari Sokratning shogirdlari tomonidan e’tirof etilgan. Bu qaysi shahar?

30. Bu shahar Rim imperiyasining eng muhim portlaridan biri bo‘lib, Ostiya nomi bilan mashhur edi. Ammo aslida u qanday daryoning og‘zida joylashgan?

40. Afsonaga ko‘ra, bu shaharni qadimgi yunon qahramoni Kadm asos solgan. Bu shahar keyinchalik Oidipus haqida mashhur tragediyalarga sahna bo‘lgan. Bu qaysi shahar?

50: Bu boy va hashamatli yunon shahri krоtonliklar tomonidan bosib olingan. Strabonning yozishicha, ular daryoni shaharga burib yuborgan va u cho‘kib ketgan. Garchi bu shaharning aholisi odatda sustkash deb tasvirlansa-da, Filеt ismli yosh yigit 41-Olimpiadada mushtlashuv jangida g‘olib chiqqan. Bu shahar nomini ayting.

Javoblar kommentariyaga!

Muallif: ChatGPT))
Yana ChatGPT dan topib kemayla)))
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri eng zo'r fantastik dunyoni yaratgan?

Joan Rouling - Garri Potter dunyosi
Klayv Stepls Lyuis - Narniya saltanati dunyosi
Jon Ronald Ruyel Tolkin - Uzuklar hukmdori dunyosi
.
Aktyorning mahorati shu darajada kuchli bo'lishi kerakki aynan o'zi oynagan rol uni kinoni tark etishga majbur qilishi kerak.

Jek Glison "Taxtlar o'yini" serialida Joffrey Barateon (Lannister) rolini o'ynagan aktyor o'zining rolini shu darajada zo'r o'ynaganki, muxlislar real hayotdaham uni heyt qilishdan to'xtashmagan va bu uni yosh, kelajagi porloq kinoyulduz holida kino sanʼatini tark etishga majbur qilgan.
👍4
Jamshid aka: Bo'ldi rasmga oboldim endi bemalol nafas olaver😂😂
🤪5🗿2