FactStellar
1.33K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
Bekhemmi bu Raysmi buuu...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
bu olam
Zakovat
To'g'ri Shohruxning Zakovat qo'shig'i yaxshi lekin Zakovatning asl qo'shig'i eng zo'ri.. ❤️❤️
👍4
Lev Davidovich Landau – XX asrning eng yirik nazariy fiziklaridan biri. U fizikaning deyarli barcha sohalarini qayta ko‘rib chiqqan olim edi.

1930-yillarda u kvant mexanikasi, supero‘tkazuvchanlik, kvant maydon nazariyasi, fazaviy o‘tishlar kabi murakkab mavzularda inqilobiy nazariyalarni ilgari surdi. Aynan Landau sovet fizikasini jahonga tanitganlar safida edi.

Uning o‘tkir aqli va chuqur bilimga bo‘lgan talabchanligi uni boshqalardan ajratib turardi. U mashhur "teoretik minimum" degan sinov tizimini yaratdi — bu sinovdan faqat eng zo‘rlar o‘ta olardi.

1962-yilda Landauga fizika bo‘yicha Nobel mukofoti berildi — suyuq geliyning ikkinchi turi (superfluid holati) ustidagi ishlari uchun. Bu ish moddalar fazalari haqidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirib yubordi.
👍2
Yaqinda Toshkent Zakovat klubining kuchli bilimdonlaridan biri Firdavs Bozorovning kanalida savollarni qiyinlashtirish uchun savol formasini o'zgartirish holatlarini tanqid qilib yozgan postini o'qigandim. Akani bu boradagi gaplari juda o'rinli edi savolni qiyinlashtirish uchun formani o'zgartirish bu g'alati narsa. Ayniqsa shaxsiy o'yin savollarida. Kecha o'zim shu narsani qurboni bo'ldim. Onlayn shaxsiy o'yin matritsali -FAK- mavzusi 40 ballik savol. Ushbu kitobda aholi yashash tarzi 4 xil usulga bo'lingan. + bosdim ishonch bilan sababi u kitobni aynan o'sha qismini o'qigandim. + bosib Faktfullness dedim va -oldim. Hayron bo'lib tursam savolni ikkinchi qismida: Agar siz kitobni topgan bo'lsangiz, bizga muallifini ayting deyildi. U kitobni muallifi Hans Rosling va tabiiyki Hans Rosling matritsali -FAK- ga to'g'ri kemaydi. Keyin hayron qoldim nimaga bunaqa qilingan savol. Mavzu Matritsa bo'lgandan keyin javoblar hammasi matritsaga mos bo'lishi kerakku. Yoki 40 ballik savol muallif savolga: Matritsa savolda ketadi degan jumla qo'shishi kerak edi. Meni san forma so'ramading deyishdi lekin matritsaga miyyamga kegan javob aniq 200 foiz tushib turgandan keyin formaga so'rashga xojat yo'q edi. Oramizda savol tuzuvchi redaktorlar yoki bo'lajak redaktorlar bo'lsa iltimos savolni qiyinlashtirish uchun formani o'zgartirmaylar.

Endi sizlarniyam savolni qiyinlashtirish uchun formani o'zgartirish haqida fikriylarni bilmoqchiman. Kommentga iltimos fikrilarni yozilar.
👍7🔥3
Forwarded from Zakovat: Namangan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
| Instagram sahifamizda navbatdagi video rolik.

Bu safargi lavhada bilimdonlarga Namangandagi eng kuchli 3 bilimdon kim savoli bilan murojaat qildik.

Siz ham muhokamada qoldiring, sizningcha dunyo qarashi keng bo’lgan 3 eng kuchli bilimdonlar kimlar?

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
Chust tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi Zakovat xonasi.

Namangan viloyati Chust tumanidayam Zakovatga e'tibor katta ekan. Respublika miqyosidagi turnirlarga Chust tumani jamoalari yo'l olmoqda. Dastlab Ayollar turnirida, Keyin esa Ixtisoslashtirilgan maktab repsublikaga yo'l oldi. Ixtisoslashtirilgan maktabdagi bu xonani ko'rib odamni ko'zi quvonadi.

Ushbu maktabning Zakovat Koordinatori Muazzamxon Nurdinova mashhur bilimdon Madina Mirzaraxmatovani ustozlari ekan.
5👍1
Menks mushugi (inglizcha: Manx, mencha: Kayt Manninagh yoki Stubbin) – Men orolida paydo bo‘lgan mushuk zoti. Menks mushuklarining ajralib turadigan xususiyati odatda dumining yo‘qligi hisoblanadi, garchi aslida bu zotning hamma vakillari ham dumsiz emas. Dumli Menks mushuklarida dum uzunligi qisqa "cho‘ltiq" dan deyarli normal uzunlikdagi dumgacha o‘zgarishi mumkin. Dumining yo‘qligi tabiiy mutatsiya natijasidir. Zoti kalta yungli: yarim uzun yungli turi kimrik mushugi deb ataladi.

Zotlarining tarixi: Menks – Irlandiya yaqinida joylashgan Men orolida tabiiy ravishda paydo bo‘lgan mushuk zotidir. Menkslarning XIX asrdayoq o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda qatnashganligi haqida dalillar mavjud. XX asr boshlariga kelib Menks Yevropa va AQShda allaqachon tan olingan zotga aylangan edi. Aslida, bu zot hatto Mushuksevarlar Assotsiatsiyasi (CFA) ro‘yxatiga kiritilgan birinchi zotlardan biri bo‘lgan.

Bu mushuklar ko‘p e’tibor talab qiladi va ularni uzoq vaqtga yolg‘iz qoldirish mumkin emas.
Forwarded from ZakoWhat?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😍 Turnirni ham boshlab oldik

🔥 Goʻzal ijro boʻldi

ZakoWhat?
👍2🤯1
ZakoWhat?
😍 Turnirni ham boshlab oldik 🔥 Goʻzal ijro boʻldi ZakoWhat?
O'ta Go'zal ijro🔥🔥

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'rtasida Zakovati musobaqasi respublika bosqichidan.
👍2
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'rtasidagi Zakovat musobaqasi respublika bosqichi natijasi.

Namangan shahar 1-Ixtisoslashtirilgan maktab internati 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Tolibjon uka Malades! 🔥🔥
👍4🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
1883-yil avgust oyida Indoneziyada joylashgan Krakatau vulqoni portladi. Bu oddiy geologik hodisa emasdi — bu planetar miqyosdagi falokat edi. Portlash kuchi shu darajada kuchli ediki, u insoniyat tarixidagi eng baland tabiiy tovushni yaratdi. Portlash tovushi 3 000 km masofada ham eshitilgan.
Bu hodisa nafaqat fizika, balki geofizika va iqlimshunoslik fanlarining ham qarashlarini o‘zgartirdi:

36 000 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi, ko‘pchilikni kuchli tsunami yutib yubordi.

Portlash natijasida havoga chiqqan kul qatlami butun dunyo bo‘ylab yoyilib, yer atmosferasining optik xususiyatlarini o‘zgartirdi.
Quyosh botishlari yillar davomida g‘ayrioddiy qizg‘ish rangda ko‘rindi.

Yer sathidagi harorat o‘rtacha 1.2°C ga pasaydi — bu hodisa global iqlim o‘zgarishining tarixiy dalillaridan biridir.

1927-yilda esa dengiz tubidan yangi vulqon – Anak Krakatau (ya’ni "Krakatau farzandi") paydo bo‘ldi. U hali ham faol.


Bu voqea atmosfera va geologik jarayonlar o'zaro qanday bog'langanini tushuntirgan hodisadir.
#qiziqvoqea

Shanba kungi shaxsiy o'yin 1-guruh mavzu o'ylab topilgan toponimlar. 30 ballik savol.

Savol quyidagicha:
У ҳар томондан денгизлар билан ювилади: шимолда Совуқ денгиз, шарқда - тор денгиз, жанубда - Пешин денгизи ва ғарбда - Қуёш ботиши денгизи. У?

Javob: Westeros

Qizig'i hech kim topolmadi chunki o'sha guruhdagi 90 foiz odam Taxtlar o'yini serialini ko'rib tugatgan va ashshadiy muxlislari edi.. 😁😁
😁6
"Paternoster lift" — bu doimiy harakatda bo‘lgan, zanjirga ulangan ochiq kabinalardan tashkil topgan eski turdagi lift. U to‘xtamasdan yuqoriga va pastga harakat qiladi, odamlar esa yurish paytida unga chiqib-tushadi. U zamonaviy liftlarga qaraganda xavfliroq deb hisoblanadi, shuning uchun bugungi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda ishlatilmaydi.

T.me/Factstellar
🔥1
Ghibli studiyasi - (yaponcha: スタジオジブリ, Studio Ghibli) — Yaponiya animatsiya studiyasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan va ko‘plab klassik anime filmlarini yaratgan. Bu studiya 1985-yilda taniqli rejissorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata, hamda prodyuser Toshio Suzuki tomonidan tashkil etilgan. Studiyaning asosiy markazi Tokio yaqinida joylashgan.

Mashhur filmlari:

1. Spirited Away (Ruhlar o‘lkasida) – 2001-yilda chiqqan va 2003-yilda "Eng yaxshi animatsion film" uchun Oskar sovrinini qo‘lga kiritgan.


2. My Neighbor Totoro – 1988-yilgi film, Totoro obrazini studiya ramzi sifatida tanilgan.


3. Princess Mononoke – 1997-yilda chiqqan, tabiat va texnologiya to‘qnashuvi haqida epik hikoya.

4. Howl's Moving Castle – 2004-yilda chiqqan, urush, muhabbat va sehr haqidagi film.


5. Kiki's Delivery Service – Yosh jodugar qizning mustaqil hayoti haqida film.


Qiziqarli fakt:
Ghibli so‘zi italyancha “sirocco” (shamol) so‘zidan olingan. Ular bu bilan yapon animatsiyasiga yangi shamol olib kelmoqchi bo'lgan.
🔥4👍1