FactStellar
1.34K subscribers
278 photos
26 videos
2 files
127 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.
Download Telegram
Kelajakda o'qituvchi bo'lsam agar qattiqo'l bo'mayman..)
💔1
Forwarded from Carpe Diem
"Carpe Diem" qanday omon qolmoqda?

Qiziq savol, shunday emasmi?

Odatda lov etib boshlangan loyihalar uzoqqa bormay, pov etib oʻchadi. Masalan, sayohatni rejalashtirgan kuchukchalar haqidagi memni eslang. Oxirida taklifni kiritgan kuchukni oʻzi qoladi. 😁

Loyihada ham shunday boʻlishi mumkin edi. Lekin uni birgalikda qat'iy qoidalar kiritib shu paytgacha asrab-avaylab kelmoqdamiz.

Qanday qoidalar deysizmi? Mana ular:

- Kitob tanlashda juda-juda ehtiyotkor boʻlishga harakat qilamiz. Bir safar jahon adabiyotidan, bir safar esa oʻzbek adabiyotidan tanlaymiz.

- Tanlov oldidan bir necha variantlar beriladi. Ulardan birini esa ovoz berish orqali aniqlaymiz.

- Tanlangan kitobning sahifasiga qarab unga muddat belgilaymiz.

- Ana shu muddat davomida oramizdan bir kishi (tasodifiy tanlanadi) tanlangan kitobdan 30 ta test (25 ta variantli hamda 5 ta yopiq) tuzib keladi. Test tuzgani uchun oʻsha a'zoga 50 ming soʻm pul mukofoti beriladi.

- Ana shu test natijasiga koʻra 60%dan kam ball toʻplagan a'zo kitobni yaxshi oʻqimagani uchun 50 ming soʻm jarima toʻlaydi.

- Test natijalariga koʻra eng yaxshi natija koʻrsatgan a'zo(lar) 140 ming soʻm mukofot oladi.

- Kitobni belgilangan muddatga qadar tugata olmagan a'zo esa 100 ming soʻm jarima toʻlaydi.

- Test jarayoni yakuniga yetgach, har bir a'zoga uch daqiqa atrofida vaqt beriladi va ular shu vaqt davomida kitob haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishadi. Kelolmaganlar onlayn ishtirok etishadi.

💰 Ishonasizmi, yoʻqmi, hozirgacha "Carpe Diem" fondida qariyb 1.5 mln atrofida summa yigʻilib qoldi.

Yashasin, kitob oʻqimaydigan puli koʻp boylar 😂

Albatta, bu qoidalarning barchasi bir kunning oʻzida shakllangani yoʻq. Asta-sekin mukammallashib hozirgi holatiga keldi.

Klubimiz boʻyicha sizda qanday savollar bor? Izohlarda ikkilanmay soʻrayvering. ✍️

📖 @CarpeDiemUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Carpe Diem
"Carpe Diem" qanday omon qolmoqda? Qiziq savol, shunday emasmi? Odatda lov etib boshlangan loyihalar uzoqqa bormay, pov etib oʻchadi. Masalan, sayohatni rejalashtirgan kuchukchalar haqidagi memni eslang. Oxirida taklifni kiritgan kuchukni oʻzi qoladi. 😁
Namangan viloyati Chortoq tumanida Intellektual loyihalarga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Ular o'zlarining Carpe Diem nomli kitobxonlik klubiga ham ega. Klubning qoidalari esa shunchaki🔥🔥

Undan tashqari har juma kunida doimiy shaxsiy o'yin va boshqa intellektual o'yinlarning trenkalari ham bo'lib o'tadi..
👍2
#fikr

Kechagi institutdagi asabbuzarlikdan keyin ertaga darsga bormasdan Talabalar ligasiga boraman deb ahd qilgandim. To'g'ri qaror qilgan ekanman. Keldik 1-tur o'ynolmagan bo'lsakda 2-tur yordik. Menga eng yoqqan narsa o'yindan keyin iftorlik uchun non va suv olib jamoadoshlar bilan avtobusda og'iz ochganimiz bo'ldi. Menimcha talabalikdan shunaqa xotiralar qoladi. 🔥😊😊🫠
❤‍🔥9
🇩🇪 Manfred fon Rixtgofen – Birinchi jahon urushining eng mashhur qiruvchi uchuvchisi bo‘lib, 80 ta havo jangida g‘alaba qozongan va urush tarixidagi eng samarali uchuvchilardan biri hisoblanadi.

U o‘zining qizil rangga bo‘yalgan Fokker Dr.I uchog‘ida jang qilgani uchun shunday nomlangan. Bu qizil rang dushmanlarni qo‘rqitish va o‘z guruhini ajratib ko‘rsatish uchun ishlatilgan.

Uning boshchiligidagi Jagdgeschwader 1 (JG1) deb atalgan jangovar eskadrilya harakatchanligi va samaradorligi bilan mashhur bo‘lgan.

Rixtgofen juda hurmatli raqib bo‘lgan, hatto uning o‘limidan keyin Britaniya va Avstraliya harbiylari unga faxriy dafn marosimi o‘tkazgan.

1918-yil 21-aprelda otib tushirilgan. Uni avstraliyalik askarlar yoki kapitan Roy Braun urib tushirgani haqida turli farazlar bor.

Rixtgofen "Der Rote Kampfflieger" ("Qizil Jangchi Uchuvchi") nomli avtobiografik kitob yozgan bo‘lib, unda o‘z tajribalari va havo janglari haqidagi fikrlarini bayon qilgan.
👍3
Forwarded from FENOMEN 🌐
Assalomu alaykum barchangizni Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit ayyomingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Muqaddas oyda Qashqadaryo viloyati Zakovat klubi intelektual oʻyinlarga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida hayirli bir ishga qoʻl urmoqda. Yani klub uchun birlashib Knopka olishni
rejalashtirmoqda .🖲

Shunday ulugʻ kunlarda sizning ham yordamingiz bizga zarur qoʻlingizdan kelgancha quyiga koʻrsatilgan kartalarga moddiy qoʻllab quvvatlasangiz bundan bagʻoyat mamnun boʻlar edik. Ushbu postni yaqinlaringizga ham ulashib qoʻysangiz boʻladi.
Zero ilm yoʻlida birlashaylik 😇

5614682102521004
( Abdurahmon Xusanov )
👍6
Forwarded from Zakovat +
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 2-ligada Jamshidbek Maxsatovning eng so'nggi paketi o'ynalibdi.

Manba: ZakoWhat?

🦉Zakovat +
2
Forwarded from Alisher Sadullaev
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli yoshlar!

Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, yoshlarimiz azmu-shijoatli bo'lsin.
3
Kanalda ma'lumotlar kamayib ketdi. Xudo hohlasa bundan buyog'iga yaxshilab faoliyatni davom ettiramiz
🔥3
Andrey Saxarov – buyuk fizik, ixtirochi va inson huquqlari himoyachisi. U SSSRning vodorod bombasi loyihasini ishlab chiqqan inson edi.

U 1948-yilda Sovet yadroviy dasturiga qo‘shildi va 1953-yilda ilk sovet vodorod bombasi sinovdan o‘tkazildi. Bu ilmiy yutuq unga katta obro‘ keltirdi, lekin Saxarov bu qurollarning kelajakda insoniyat uchun katta xavfga aylanishini tushunib yetdi.

1970-yilda u inson huquqlarini himoya qilish harakatini boshladi va Sovet hukumati tomonidan dushman sifatida ko‘rila boshladi. 1980-yilda Saxarov Gorkiy shahriga surgun qilindi, u yerda uning harakati qattiq nazorat ostida bo‘ldi.

1975-yilda Saxarovning jasorati va inson huquqlari yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etilib, unga Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti berildi. Biroq, Sovet hukumati unga mukofotni qabul qilish uchun Norvegiyaga borishga ruxsat bermadi.

1986-yilda Sovet Ittifoqining yangi rahbari Mixail Gorbachev uni ozod qildi va Saxarov Moskvaga qaytib, inson huquqlari va demokratik islohotlar yo‘lida kurashni davom ettirdi.
Forwarded from Asilbek Muhammadiyev
👋 Assalomu aleykum hammaga 👋

So'ngi yillarda zakovat olami va ummuman xalq orasida qadryatlarga qaytish kuzatilmoqda. Milliy qadryatlar, o'zbekning qahramonlari va sizu bizga aytilmagan haqiqatlar haqida bilmoqchi bo'lsangiz sizni do'stimiz ochgan yangi @Milliynium kanalini tavsiya qilamiz.

@Milliynium🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from прокрастинатор
manchester faqat farzandlarimning pasportida emas, balki undan ham muhimi — yuragimizda abadiy qoladi.


(c) KDB 17
👍61
A'zamjon aka Isroilovni buyurtmasi ekan..
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatli oila❤️❤️

Otabek Hamzayev va Rushana Rajabova.

Rosa havas qildim.

Bundan tashqari quyidagi oilalargayam havas qilaman:

Dilshodbek Turdimamatov va Xosiyatxon Orifjonova
Murodjon Sultonov va Saida Boynazarova
Sohib Uzaqov va Muazzam Uzaqova
Fayzullo Isog'aliyev va Gulmira Nabijonova

Afzalbek Yigitaliyev va Muhayyo Abdurahmonova
Otajon Iskandarov va Madina Mirzaraxmatova

O'zingiz bilgan Zakovatli oilalarni yozib qoldiring!
👍82
O'xshaptimi..
😁7
#fakt

Maroning - biror kimsani atayin uzoq joyda, masalan kimsasiz orolda qoldirib ketish. Aleksandr Selkirk Mas-a-Tyerra oroliga tashlab ketilgan va u yerda 4 yil yashagan. Keyinchalik Robinzon Kruzoning prototipiga aylanadi.

Bizga mashhur bo'lgan Karib dengizi qaroqchilari filmidaham Jek 3 marta Maroning qurboni bo'ladi.
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Galley kometasi — insoniyat tarixida eng mashhur kometalardan biri bo‘lib, u Quyosh atrofini doimiy aylanishda davom etadi va taxminan har 76 yilda Yerga yaqinlashadi. Eng so‘nggi ko‘rinishi 1986-yilda bo‘lgan, navbatdagisi esa 2061-yilga to‘g‘ri keladi.

Ushbu kometa o‘z nomini ingliz astronomi Edmond Galley sharafiga olgan. U 1705-yilda bu kometaning harakatini hisoblab chiqib, uni qayta qaytib kelishini bashorat qilgan va bashorati to‘g‘ri chiqqan!

Galley kometasi Quyoshga yaqinlashganda, uning yuzasidagi muzlar erib, uzun yulduzsimon dumi paydo bo‘ladi. Aynan shu dumi bilan u boshqa osmon jismlaridan farq qiladi.

Bu kometa qadimdan insonlar e’tiborini tortgan: u Xitoy, Yevropa va Arab manbalarida miloddan avvalgi yillardan beri kuzatilgan. Ba’zida odamlar uni urushlar yoki tabiat ofatlarining alomati deb hisoblashgan.

NASA va Yevropa kosmik agentligi 1986-yilda kometani yaqinroqdan o‘rganish uchun maxsus kosmik apparatlar yuborgan. Bu insoniyat tarixidagi ilk “kometaga tashrif” bo‘lgan.
👍31