FactStellar
1.34K subscribers
278 photos
26 videos
1 file
126 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Namangan Zakovat klubi oʻz instagram sahifasini ochdi. Klubdagi mavsumiy yangiliklar va boshqa maʼlumotlar berib boriladi. Qiziqqanlar follow qilamiz..

Link: https://www.instagram.com/namangan_zakovat?igsh=MTZjaXhjcXViODBtaw==
👍2
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari (1921–1930)

1-qism 1901-1910
2-qism 1911-1920

1921 – Anatol Frans (Fransiya)
"Asarlarida insoniy idealizm va nafis uslubni yuksak darajada aks ettirgani uchun".


1922 – Xasinto Benevente (Ispaniya)
Dramaturgiyasida yuqori badiiy mahorat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada tasvirlagani uchun


1923 – Uilyam Batler Yeyts (Irlandiya)
"Irlandiya milliy ruhini ifodalagan nafis sheʼriyati uchun".


1924 – Vlodzimej Reymont (Polsha)
"Polsha qishloq hayotini haqqoniy tasvirlagan 'Dehqonlar' romani uchun".


1925 – Bernard Shou (Buyuk Britaniya)
"Dramalarida ijtimoiy satira va original g‘oyalarni uyg‘unlashtirgani uchun".


1926 – Gratsiya Deledda (Italiya)
"Italiya qishloq hayotini badiiy tasvirlagan asarlari uchun".


1927 – Genri Bergson (Fransiya)
"Adabiyot va falsafani uyg‘unlashtirgan asarlari uchun".


1928 – Sigrid Undset (Norvegiya)
"O‘rta asr Skandinaviyasini aks ettirgan tarixiy romanlari uchun".


1929 – Tomas Mann (Germaniya)
"'Buddenbroklar' romani orqali jamiyat va shaxs munosabatlarini chuqur tahlil qilgani uchun".


1930 – Sinkler Lyuis (AQSh)
"Amerika hayotini realistik va tanqidiy ifodalagan romanlari uchun".
👍1
Dunkan Makdugal (Duncan MacDougall) — 20-asr boshlarida yashagan amerikalik shifokor bo‘lib, u inson ruhining og‘irligini o‘lchashga harakat qilganligi bilan tanilgan.

1907-yilda Makdugal o‘z tajribasida o‘lim arafasida bo‘lgan bemorlarning vaznini maxsus tarozida o‘lchagan. U bemor vafot etganda tana vazni taxminan 21 grammga kamayishini aniqlagan. Shu sababli, Makdugal ruhning og‘irligi 21 gramm degan xulosaga kelgan.

Uning tadqiqoti ilmiy asosga ega emas, chunki tajribalar oz sonli bemorlarda o‘tkazilgan va natijalar barqaror bo‘lmagan.

21 gramm vazn yo‘qolishi organizmning tabiiy fiziologik jarayonlari (masalan, suyuqlik va gaz ajralishi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek zamonaviy ilm fan Makdugal xulosalarini tasdiqlamaydi.

2003-yilda suratga olingan "21 grams" filmi Makdugal nazariyasidan ilhomlanilgan holda suratga olingan.
👍3
Bayramilar muborak aziz ayol va qizlar. 🎉🎉
🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovat bizga...
Davom ettiraylikchi..

Namangan Zakovat Klubi Instagram rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/reel/DG59KX7IGy1/?igsh=MW5pMzI5eHd0MzE0bQ==
👍1
Uilyam Kamkvamba - Malavilik kashfiyotchi. U 14 yoshida Janubi-sharqiy Afrikaning Malavi nomli hududidagi Masitala qishlogʻini elektr toki bilan ta'minlovchi shamol tegirmonlari seriyalarini yaratgan. Uilyam maktab harajatlarini toʻlashga qurbi yetmasdi shuning uchun 2002-yilda Maktabni tashlashiga toʻgʻri keladi va otasi kabi makkajoʻxori va tamaki yetishtirish bilan shugʻullanadi.

U mahalliy kutubxonaga borishni boshlaydi va u yerda yirtilib ketgan aniq fanlar kitobini topib oladi. Boshlangʻich darajadagi ingliz tili bilimi bilan u oʻziga boshlangʻich fizikani oʻrgatadi. Keyinchalik u kutubxonadan shamol tegirmonlari haqida kitob topib oladi va bu kitob uni shamol tegirmonlari qurishga undaydi.

U qurgan narsa 12 volt ishlab chiqaradigan va to'rtta chiroqni quvvatlaydigan oddiy mashina edi. Uning tegirmonlari juda tez mashhurlikka erishadi. Uning bu ixtirosi haqida yangiliklar Malavi boʻylab tarqaladi. 2007-yilda u Tanzaniyada Global TED konferensiyasida nutq soʻzlaydi va olqishlarga sazovor boʻladi.
👍4
#artist

Fabian Peres (ispancha: Fabián Pérez) 1967-yil 2-noyabrda Argentinada tugʻilgan.
Argentinaning Buenos-Ayres shahridan tango va flamenko raqslari va tungi klublar hayotini aks ettiruvchi rasmlari, shuningdek, jahon mashhurlarining tan olingan portretlari bilan tanilgan vizual rassomdir. Peresning san'at asarlari xalqaro e'tibor va malakali manbalarning maqtoviga sazovor bo'ldi.

Rassom o'zining "Tirik afsonalar to'plami" ning bir qismini tashkil etuvchi dunyoning bir qancha nufuzli odamlarini suratini chizgan. Seriyaga jumladan, Rim papasi Fransisk, Argentina prezidenti Maurisio Makri, aktyorlar Arnold Shvartsenegger va Al Pachino hamda tennis yulduzi Rafael Nadal kiradi. Uning argentinalik futbolchi Lionel Messining portreti FIFAning rasmiy manbalarida maqtovga sazovor bo‘ldi va FIFA News onlayn-art banneridan joy oldi.


From: https://t.me/belladonna_team
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2019-yilgi Talabalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Buyuk Britaniya Quiz finali.

Oxford vs Cambridge


Oʻyinlari svoyakni jamoaviy versiyasiga oʻxsharkan faqat qiziqroq va mavzulashtirilmagan formatda.

Ishtirokchilarni bilimiga gap yoʻq. Turli sohalardagi faktlarni oʻta oson uryapti..🔥
👍21🔥1
1905-yil shu kunda🔥🔥❤️❤️💙💙
3👍1
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari (1931–1940)

1-qism (1901-1910)
2-qism (1911-1920)
3-qism (1921-1930)

1931 – Erik Axel Karlfeldt (Shvetsiya)
"O‘zining she’riy ijodi bilan Shvetsiya adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" (Vafotidan keyin taqdim etilgan yagona adabiyot mukofoti).


1932 – Jon Golsuorsi (Buyuk Britaniya)
"Forsaytlar sulolasi" trilogiyasi orqali zamonaviy jamiyatni yuksak badiiy ifodalagani uchun".

1933 – Ivan Bunin (SSSR/Fransiya)
"Rus an’anaviy nasriy san’atini yuksak darajada aks ettirgan mahoratli ijodi uchun".


1934 – Luidji Pirandello (Italiya)
"Dramaturgiyadagi innovatsion uslubi va inson psixologiyasini chuqur tahlil qilgani uchun".


1935 – (Mukofot berilmagan.)

1936 – Yujin O’Nil (AQSh)
"Dramaturgiyasida chuqur his-tuyg‘ularni mahorat bilan ifodalagani uchun".


1937 – Roje Marten dyu Gar (Fransiya)
"Realistik romanlari, xususan, 'Tibo sulolasi' asari orqali inson ruhiy olamini chuqur tasvirlagani uchun".


1938 – Perl Bak (AQSh)
"Xitoy hayotini aks ettirgan epik romanlari uchun".


1939 – Frans Emeliy Sillanpää (Finlyandiya)
"Fin qishloq hayotini haqqoniy va badiiy tasvirlagan asarlari uchun".


1940 – (Mukofot berilmagan.)
#fakt

Butanda davlat qadriyatlari, urf odatlari oʻz xolicha saqlanib qolingan buning sababi Butan davlati boshqa davlatning koloniyasi boʻlmagan kamdan kam Osiyo davlatlaridan biridir.
👍5
Forwarded from Asilbek Muhammadiyev
👍NEWS

🎁Ramazon sovg'asini kutib oling🎁

🔋 Zakovatga doir YANGİ 45 ta kanal🤔

✈️Darajangiz qanday bo'lishidan qattiy nazar o'zingizga mos kanal topishingiz aniq💯

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomas Sankarainqilobchi, sotsialist va Burkina Fasoning milliy qahramoni. U 1983-yilda Gʻarbiy Afrikadagi Yuqori Volta Respublikasida hokimiyat tepasiga kelib, mamlakatni yangi yo‘nalishda rivojlantirishga kirishdi va unga "Burkina-Faso" – "Halol odamlar yurti" nomini berdi.

Sankara korrupsiyaga qarshi kurashib, byurokratlarni oddiy hayot kechirishga majbur qildi. O‘zi esa prezident bo‘lishiga qaramay, oddiy avtomobilda yurdi, qimmatbaho hayot tarzidan voz kechdi.

U Ayollar huquqlari uchun kurashdi – ko‘pxotinlik va majburiy turmush qurishni taqiqladi.

Kambag‘allikka qarshi kurashdi – ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qildi.

Ekologik islohotlar qildi – millionlab daraxt ekish tashabbusini boshladi.

Mustamlakachilik merosiga qarshi chiqdi – xalqni o‘ziga ishonch hosil qilishga undadi.


1987-yilda Sankara yaqin safdoshi Blez Kompaore tomonidan to‘ntarish natijasida o‘ldirildi.

Odam oʻlishi mumkin, lekin uning gʻoyalari oʻlmaydi (A man will die, but not his ideas)

©Tomas Sankara
👍21
Real Madrid Atletiko 55-daqiqa
20 minut otdi oradan oyindagi vaqt 60😂😂 Shunchalik sekin o'tyaptiye vaqt
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhammadjon Rustamov (Domla Hindistoniy) 1892-yilda Qo‘qon yaqinida tug‘ilgan. U Buxoro va Hindistonda tahsil olgan, urdu va hind tillarini o‘rgangan. Sovet davrida bir necha bor qamoqqa olinib, surgun qilingan.

1928-yilda Haj safarini amalga oshirgan. 1932-yilda "sinfiy dushman" sifatida bir yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Qamoqdan chiqqach, fitnalardan yiroq boʻlish uchun yashash joyini tez-tez oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Shunga qaramay, 1933-yilda "xorijiy davlatlarda oʻqigan" degan ayb bilan uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan va Sverdlovsk viloyatidagi mahbuslar lagerida ishlashga yuborilgan.
1943-yilda armiya safiga chaqirilib, Minsk yaqinida yaralangan. 1949-yilda "mavjud siyosiy tuzumga qarshi" aybi bilan qamalgan.

1949-yilda "siyosiy jinoyatchi" sifatida 25 yilga qamaldi, ammo to‘rt yil o‘tib ozodlikka chiqdi. Keyinchalik Dushanbeda yashab, Qur’on tafsirini yozdi va diniy asarlarni tarjima qildi. 1989-yilda 97 yoshida vafot etdi.

Uning eng katta ilmiy merosi – olti jildlik Qur’on tafsiridir.
👍4🔥3
https://t.me/Alkhwizard

Yaxshi kanal ekan. Har kuni kun savoli joylab borilarkan. To'g'ri javob berganlar kanalda e'lon qilinadi va oylik reyting jadvali qilib yuritib borilarkan.
👍2🔥2
#futfakt

Chelsining afsonaviy darvozaboni Petr Chex Chelsida 11 mavsum davomida oʻz darvozasi tomon yo'llangan 1241 ta xavfli zarbadan 1000 tasini qaytargan va 241 ta gol o'tkazib yuborgan.🤯

Kimlardir Noyerni Goat deyishadi.. Menimcha Chex har qanday holatda Noyerga dam beradi..
👍3