#herewego
Namangan Zakovat klubining kuchli bilimdonlaridan biri Baxtiyor Xabibullayev Brigada jamoasidagi chempionlikdan soʻng Kapitoliy jamoasi safiga qoʻshildi.
Welcome to Kapitoliy!

👍5🏆2
#herewego
Ikki mavsumda qadrdon insonimga aylangan Abdulaziz aka Gʻaniyev Kapitoliydan Namangan Zakovat klubining eng kuchli jamoasi Pentagonga transfer boʻldilar.
Yangi jamoada omad!🔥😢

Telegram
NZK Transfer
#Transfer
Kapitoliy jamoasida ajoyib mavsumlarni o’tkazgan Abdulaziz G’aniyev Pentagon jamoasiga transfer qilindi. Pentagon jamoasi chempionlik taxtini yana qaytarish harakatida.
Jamoaga va bilimdonga omad tilaymiz.
@NZK_Transfer

Toshkent Zakovat klubidagi faoliyatidan soʻng Joʻrabek Mehmonov Pentagon jamoasiga qaytmoqda.
Namangan Zakovat klubida Bahorgi mavsum kutilmagan transferlarga boy boʻlmoqda.

👍9
Yosir ibn Rashid al-Dosari - 1980-yilda tugʻilgan Islom ulamosi. 2019-yildan beri Masjid ul Haramda Imom vazifasida faoliyat olib boradi. U Ar Riyod shahridagi bir necha masjidlarda 1995-yildan beri Imomlik qilgan. 2015-yil boshlarida Masjid ul Haramda Taroveh va Tahajjud namozlariga boshchilik qilgan.
Al-Dosari poytaxt Ar Riyodning janubi-sharqiy qismidagi Al Harj nomli hududda dunyoga kelgan. U koʻplab ulamo va shayxlarning jumladan, Shayx Abdulaziz, Solih al-Favzan va Ibn Jibrinlarning oʻquvchisi boʻlgan. Qiroatni Al-Dosari Bakri Al-Tarabisyi va Ibrohim Al-Ahdar kabi qorilardan oʻrgangan.
Qirol Salmon ibn Abdulaziz buyrugʻi bilan U 2015-yil Ramazon oyida Masjid ul Haramda Taroveh va Tahajjud namozlariga imomlik qilgan. 2019-yilda Qirol uni Masjid ul Haramning Imomi etib tayinladi va 5 yillik shartnoma tuzildi. Uning shartnomasi 2023-yilda nihoyasiga yetdi biroq koʻpchilik odamlarning talablariga binoan Yosir Al-Dosari yana Imomlikka tayinlandi.

❤6👍2
FactStellar
Yosir ibn Rashid al-Dosari - 1980-yilda tugʻilgan Islom ulamosi. 2019-yildan beri Masjid ul Haramda Imom vazifasida faoliyat olib boradi. U Ar Riyod shahridagi bir necha masjidlarda 1995-yildan beri Imomlik qilgan. 2015-yil boshlarida Masjid ul Haramda Taroveh…
U bir kuni koʻchada doʻstlari bilan yurganida Masjid ul Haramdan aytilgan Azon ovozini eshitib qoladi va doʻstlariga: Menham bir kun kelib Masjid ul Haramning Imomi boʻlsam edi deb aytganida doʻstlari: Seni ovozing oynani sindiradiku deya uni ustidan kulishadi.
Alloh hohlasa har qanday imkonsiz tuyulgan narsa baribir amalga oshadi. Shuning uchun hech kimning ustidan kulmang!

❤7👍4🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kanal_mavzusidan_tashqari
Javohir Sindarov shaxmat qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan yurish amalga oshirdi. Ya'ni yurgan figurasini bir katak ortga qaytarib qoʻydi. Shaxmat qoidalariga koʻra birinchi yurilgan katak hisob va qoʻl donadan uzib boʻlingandan keyin qaytarib olish mumkin emas.
Hakam bu vaziyatni koʻrdi va Javohir yurishni allaqachon qilib boʻlganini aytdi biroq Magnus hammasi joyida dedi va oʻynashda davom etdi.
Bu menimcha sportchilarning bir biriga boʻlgan yuksak xurmatining belgisi va haqiqiy sportchi qanday boʻlishi kerakligining ham isbotidir.

👍12
Forwarded from IbtidoArt
Gernika
Pablo Pikasso, 1937-yil
Gernika Pikassoning eng mashhur kartinalaridan biri boʻlib, koʻplab tanqidchilar tomonidan kartina urushga qarshilikni oʻzida aks ettirgan eng yaxshi rasmlardan deya eʼtirof etilgan. Kartina xozirda Madriddagi Museo Reina Sofia muzeyida saqlanadi.
Pikasso Gernikani Parijdagi uyida Ispaniya shimolidagi Bask avtonom respublikasining shahri boʻlgan Gernikaning natsistlar Germaniyasi va Italyan fashistlari tomonidan 26-aprel 1937-yilda bombardimon qilishinishiga javoban chizgan.
Kartinada kulrang, qora va oq ranglar aks etgan boʻlib, kanvaning balandligi 3.49 metr, va uzunasiga 7.76 metrni tashkil qiladi. Kartinada zo'ravonlik va betartiblik keltirgan azob-uqubatlarni tasvirlangan. Shuningdek kompozitsiyada ko'zga tashlanadigan ot, buqa, qichqirayotgan ayollar, o'lik chaqaloq, parchalangan askar va alangalarni ham koʻrish mumkin.
T.me/IbtidoArt

Agar sizlarga Shaxsiy oʻyin savollari kerak boʻlsa ushbu kanaldan topishingiz mumkin.!
👍2
Bugun 120 ta savoldan keyin ishtirokchilarni holati
Telegram
ZakovArt
"Marafon askari"
Lyuk Olivye-Merson, 1869.
Fransuz rassomi ushbu kartinasida Fidippidning qahramonligini tasvirlagan. U Marafon jangida yunonlarning gʻalabasini yetkazish uchun 42 km masofani bosib oʻtib, Afinaga keladi va "Gʻalaba" deya jon beradi. Shundan…

#from_reading_passage
1863-yil 10-yanvarda dunyodagi birinchi yerosti temiryoʻli ochildi. Birinchi kundayoq, deyarli 40.000 passajirlar Paddington va Farrington oraligʻida sayohat qilgan va bu sayohat deyarli 18 daqiqa davom etgan. Metropolitenning birinchi yildagi faoliyatidayoq 9.5 million qatnovlar amalga oshirilgan.

Ada Lavleys – zamonaviy dasturlash asoschilaridan biri bo‘lib, u hali kompyuterlar mavjud bo‘lmagan davrda algoritmlar haqida ilmiy ishlar yozgan. U 1815-yil 10-dekabrda Angliyada tug‘ilgan va mashhur shoir Bayronning qizi bo‘lgan.
Onasi Annabella Milbanke uni matematika va mantiq ilmlariga yo‘naltirgan, bu esa keyinchalik uning ilmiy faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ada taniqli matematik Charlz Bebbidj bilan hamkorlik qilgan va uning "Analitik mashina" loyihasi ustida ishlagan. U ushbu mashina uchun birinchi algoritmik dastur yozganligi sababli "Dasturlashning onasi" deb eʼtirof etiladi.
Ada Lavleys kompyuterlarning faqat hisob-kitob uchun emas, balki murakkab muammolarni hal qilish va ijodiy jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatini ilgari surgan. Uning g‘oyalari keyinchalik zamonaviy dasturlashning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Afsuski, Ada Lavleys 1852-yilda, atigi 36 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Biroq uning texnologiyaga qo‘shgan hissasi hozirgacha e’tirof etib kelinmoqda.

❤3
#aura
Bugungi Shaxsiy oʻyin yarim finali. Mavzu - Valyutalarda tasvirlangan mavzusi. Adashmasam 20 yoki 30 ballik savol. Savol quyidagicha: Aqshning 50 Dollarlik kupyurasi old tarafida Ullis Grant va orqa tarafida USHBU obyekt tasvirlangan. Birinchi bosishga kech qoldim. Afzal aka bosdi va Pentagon deb javob berdi va - oldilar. Keyingisigayam ulgurmadim A'zamjon aka bosdilar. Tamom aka topadi deb tursam Oq uy dedilar va - boʻldi. Keyin Men Bosib Kapitoliy dedim va + oldim😁😁

Namangan Zakovat klubi oʻz instagram sahifasini ochdi. Klubdagi mavsumiy yangiliklar va boshqa maʼlumotlar berib boriladi. Qiziqqanlar follow qilamiz..
Link: https://www.instagram.com/namangan_zakovat?igsh=MTZjaXhjcXViODBtaw==
Link: https://www.instagram.com/namangan_zakovat?igsh=MTZjaXhjcXViODBtaw==
👍2
FactStellar
https://www.instagram.com/reel/DGvAuOCIH2f/?igsh=MWFkNno2eW5wcjAzYg==
Birinchi post ham chiqdi🔥🔥
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari (1921–1930)
1-qism 1901-1910
2-qism 1911-1920
1921 – Anatol Frans (Fransiya)
1922 – Xasinto Benevente (Ispaniya)
1923 – Uilyam Batler Yeyts (Irlandiya)
1924 – Vlodzimej Reymont (Polsha)
1925 – Bernard Shou (Buyuk Britaniya)
1926 – Gratsiya Deledda (Italiya)
1927 – Genri Bergson (Fransiya)
1928 – Sigrid Undset (Norvegiya)
1929 – Tomas Mann (Germaniya)
1930 – Sinkler Lyuis (AQSh)
1-qism 1901-1910
2-qism 1911-1920
1921 – Anatol Frans (Fransiya)
"Asarlarida insoniy idealizm va nafis uslubni yuksak darajada aks ettirgani uchun".
1922 – Xasinto Benevente (Ispaniya)
Dramaturgiyasida yuqori badiiy mahorat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada tasvirlagani uchun
1923 – Uilyam Batler Yeyts (Irlandiya)
"Irlandiya milliy ruhini ifodalagan nafis sheʼriyati uchun".
1924 – Vlodzimej Reymont (Polsha)
"Polsha qishloq hayotini haqqoniy tasvirlagan 'Dehqonlar' romani uchun".
1925 – Bernard Shou (Buyuk Britaniya)
"Dramalarida ijtimoiy satira va original g‘oyalarni uyg‘unlashtirgani uchun".
1926 – Gratsiya Deledda (Italiya)
"Italiya qishloq hayotini badiiy tasvirlagan asarlari uchun".
1927 – Genri Bergson (Fransiya)
"Adabiyot va falsafani uyg‘unlashtirgan asarlari uchun".
1928 – Sigrid Undset (Norvegiya)
"O‘rta asr Skandinaviyasini aks ettirgan tarixiy romanlari uchun".
1929 – Tomas Mann (Germaniya)
"'Buddenbroklar' romani orqali jamiyat va shaxs munosabatlarini chuqur tahlil qilgani uchun".
1930 – Sinkler Lyuis (AQSh)
"Amerika hayotini realistik va tanqidiy ifodalagan romanlari uchun".
👍1