FactStellar
1.34K subscribers
277 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Sichqon ovi filmida bosh qahramonlardan biri juda koʻp talofotlar keltirgan sichqonni jahl ustida dumli U deb ataydi.

DS: Uning kimligini toping
Forwarded from JomgiRov
Gitler
Barselonadagi Sagrada Familia – dunyoning eng mashhur me'moriy obidalaridan biri bo‘lib, uning qurilishi 1882-yilda boshlangan. Bu sobor me'mor Antonio Gaudi tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, u tabiatdan ilhomlangan o‘ziga xos uslubda qurilgan.

Fasadlar: Soborning uchta asosiy fasadi bor:

1. Tug‘ilish fasadi – hayot va tabiatning go‘zalligini ifodalaydi.

2. Azob fasadi – dramatik va hissiy jihatdan ta’sirli.

3. Ulug‘vorlik fasadi – hali tugallanmagan.


Soborda 18 ta minora qurilishi rejalashtirilgan. Eng baland minoraning balandligi 170 metr bo‘lib, Barselonadagi eng baland inshoot bo‘ladi.

Qiziqarli faktlar:

Qurilish 140 yildan beri davom etmoqda va hali ham tugallanmagan.

2005-yilda UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Har yili bu soborga 4,5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.

Sagrada Familia nafaqat Barselonaning, balki butun Ispaniyaning ramzi hisoblanadi. Antonio Gaudi bu soborni "Xudoga bag‘ishlangan qo‘shiq" deb atagan.
1836 - yilda ochilgan Angliyaning Kent grafligidagi Dover shahrida joylashgan Dover Muzeyi – tarix ixlosmandlari uchun haqiqiy kashfiyot joyidir. Ushbu muzey asosan Doverning boy dengiz savdosi, tarixiy voqealari va madaniy merosini namoyish qilishga qaratilgan.

Dover Muzeyining eng qimmatbaho xazinasidan biri – Bronza davriga oid qayiq. Bu qayiq miloddan avvalgi 1500-yilga tegishli bo‘lib, insoniyatning dengiz sayohatlaridagi tarixiy qadamlaridan birini aks ettiradi.

Muzey Doverning qadimiy Rim davridagi ahamiyatidan tortib, Ikkinchi Jahon urushi davrida strategik port sifatida tutgan o‘rnigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Shuningdek, muzeyda mahalliy hunarmandchilik va san’at namunalari ham namoyish etiladi.

Muzeyning zamonaviy dizayni ko‘rgazmalarni jonli va qiziqarli qilishga yordam beradi. Interaktiv displeylar orqali tashrif buyuruvchilar tarixning turli davrlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandek his qilishadi.
👍1
Kosta Konkordiya kemasi - 2012-yil 13-yanvarda Kosta Konkordiya kruiz kemasi Italiyaning Jilio oroli yaqinida halokatga uchradi. 4200 dan ortiq yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan bu ulkan layner qoya bilan to‘qnashib, suvga gʻarq boʻla boshlaydi.

🔹 Kema kapitani Franchesko Skettino yo‘lovchilarga "shou" ko‘rsatish uchun kemani quruqlikka juda yaqin olib borgan.
🔹 21:45 da kema suv osti qoyasiga urilib, yonboshlay boshladi.
🔹 Evakuatsiya paytida kapitan kemani tark etgani uchun qattiq tanqid ostida qoldi.

💀 Fojia oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi.
⚖️ Kapitan Skettino 16 yilga qamaldi.
2014-yilda dunyodagi eng yirik kemani ko‘tarish operatsiyasi o‘tkazildi.

Bu halokat zamonaviy dengiz navigatsiyasidagi eng katta fojialardan biri sifatida tarixga kirdi.
👍2
U Beruniy Metro oldidagi binoga oʻz institutdoshlari bilan borishni hohlardi.😕😕💔💔

©Ikromjonov Muhammadqodir
😁5🤔4👍2
Shirin Ebadi (1947-yilda tug‘ilgan) – eronlik huquqshunos, inson huquqlari faoli va Nobel Tinchlik mukofoti (2003) sohibasi. U Eron tarixida sudya lavozimiga erishgan ilk ayol bo‘lib, Islom inqilobidan keyin (1979) ayollar sudyalik lavozimidan chetlatilgach, huquqshunos va inson huquqlari himoyachisi sifatida faoliyatini davom ettirdi.

Ebadi asosan bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan. U Eron hukumatini ochiq tanqid qilgani uchun bir necha bor tahdid ostida qolgan va 2009-yilda mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. U hozirda Londonda yashaydi va xalqaro miqyosda inson huquqlari bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan ilk musulmon ayol sifatida tarixga kirgan Ebadi, o‘z faoliyati davomida demokratiya, huquqiy adolat va erkinlik tamoyillarini himoya qilishga intilib kelmoqda.
👍41
Javlon Umarbekov - Oʻzbekiston xalq rassomi. 1946-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1961-1966-yillarda P.P Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida ta'lim olgan. Talabalik yillarida u Toshkent shahrida otkazilgan korgazmada qatnashib (1965 y.) “Hosil” nomli asari bilan birinchi mukofotga sazovor bolgan. J.Umarbekov “Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning yoshligi”ga bagishlangan, 1968 yilda yaratilgan asarida ikki doʻstning sharqona obrazini tasvirlaydi.

Javlon Umarbekov oʻz ustozi Chingiz Ahmarovdan nafaqat talim oladi, balki sanatga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va muhabbatni ham organadi.

San'atkor rang barang kompozitsyalar, portretlar, boy mazmunli manzara va natyurmortlarning muallifidir. Uning asarlarida tarixiy shaxslar qiyofasi kompozitsiyalar qamrovida gavdalanadi. Bu oʻrinda ayniqsa Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur kabi tarixiy shaxslar obrazlarining toʻlaqonli gavdalanishi diqqatga sazovordir. Javlon Umarbekovni «Sharq kuychisi», «Oʻzbek Pikassosi»deb ham atashadi.
👍1
Farqni toping 😂

Shukrullo Ahmedovning Uzum market versiyasi 😂😂

Rasm muallifi: Muhammadqodir Ikromjonov
😁4👏21👍1🔥1
#oʻzbek_rassomlari

Ortiqali Qozoqov - Taniqli oʻzbek rassomi Ortiqali Qozoqov 1960-yilda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Atoqli ijodkor yuksak mukofot - Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin medali” (1997 yil) hamda Vatan ravnaqi yoʻlida qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi” faxriy unvoni sohibidir.

Rassomning shaxsiy koʻrgazmalari nafaqat yurtimizda, balki Vashington (1991), Moskva,(1994), Izmir (1995), Nagano (1999), Lyubek (1997), kabi qator shaharlarda namoyish qilingan. Ortiqali Qozoqovning asarlari Kipr, AQSH, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Turkiya, Yugoslaviya, Marokash, Kanada, Niderlandiya, Janubiy Koreya va koʻplab boshqa xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereyalari va xususiy toʻplamlaridan oʻrin olgan.
👍1
"Moviy paypoq"

"Moviy paypoq" - adabiyot va tarixda intellektual ayollarni tasvirlash uchun ishlatiladigan ibora. Ibora istehzoli ravishda ayollik jozibasidan biroz yiroqlashgan, ilmiy va jangovar faoliyatga singib ketganlarga nisbatan ishlatiladi.

Masalan: Jorj Sand, Virjiniya Vulf, Ada Lavleys;
Adabiy misollar: Jeyn Eyr, Enola Xolms, Elizabet Bennet, Jo March, Brienna Tart



@wikiadabiyot - reklama emas!
👍7
🔥36 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda!🔥

❤️Siz har kuni yangi ma’lumot o‘rganishni yoqtirasizmi? Qiziqarli faktlar, mantiqiy jumboqlar va ilmiy kashfiyotlarni kuzatishni istaysizmi

🏆Endi bu ma’lumotlarni uzoq izlashga hojat yo‘q! Biz zakovat, mantiq va ilm olishga ixtisoslashgan eng yaxshi 40 ta Telegram kanalini bir joyga jamladik. 🚀

🟠 Har kuni miyani charxlashni istaydiganlar
🔵 Qiziqarli ma’lumotlar izlaydigan bilimdonlar
🔴 Zakovat musobaqalarida qatnashuvchilar
🟡 IQ va mantiqiy fikrlashni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun

👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi!

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
👍1
Anusha Ansoriy - (Anousheh Ansari) – tarixga kosmosga chiqqan birinchi eronlik va musulmon ayol sifatida kirgan mashhur tadbirkor va astronavtdir. U 2006-yil 18-sentabrda Soyuz TMA-9 kemasi orqali Xalqaro Kosmik Stansiyaga (ISS) uchib, 10 kun davomida orbitada bo‘ldi.

Anusha bolaligidan osmon va yulduzlarga qiziqib, bir kuni kosmosga chiqishni orzu qilgan. U Eronda tug‘ilib, 1984-yilda AQShga hijrat qilgan va elektrotexnika sohasida tahsil olgan.

Anusha professional astronaut emas, balki xususiy kosmik sayyoh edi. U parvozni amalga oshirish uchun 20 million dollar to‘lagan va kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullangan.

Ansoriy o‘zining koinotga sayohati bilan butun dunyo ayollarini ilhomlantirdi. U texnologiya va fan sohalarida ayollarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratadi.
👍9
Profdan uyga kelib 7 yarimda uxlab qolib, Husanovning golini oʻtkazvoribman..)
😁3
#haqida

"Pashshalar hukmdori" ingliz yozuvchisi Uilyam Goldingning mashhur asari. Ushbu roman birinchi marta 1954-yilda nashr etilgan bo‘lib, insoniyat jamiyatining tub mohiyatini va insoniylikning qulashini ochib beruvchi chuqur falsafiy asar sifatida tanilgan.

Asarda bir guruh bolalar samolyot halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi. Dastlab ular birlashib, o‘zaro hamkorlik qilishga harakat qilishadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasidagi birlik yemirilib, o‘zaro kelishmovchilik, zo‘ravonlik va hayvoniy instinktlar kuchayadi.
Bolalar asta-sekin madaniyat va sivilizatsiya tamoyillaridan uzoqlashib, ibtidoiylikka yuz tutadilar.


Asarning nomi "Pashshalar hukmdori" (Lord of the Flies) — bu ibora «Belzebub» (iblis yoki shayton) uchun ishlatiladigan bir metafora bo‘lib, insonning ichki yovuzlik kuchini anglatadi.

Uilyam Golding "Pashshalar hukmdori" va boshqa asarlari orqali 1983-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.


From: https://t.me/QoraLama_emas
4
Bruklin Koʻprigi - Bruklin va Manhettenni bogʻlovchi bu koʻprik 1870-1883-yillarda nemis immigranti Jon Agustus Robling, uning oʻgʻli Vashington Robling va qaynisinglisi Emili tomonidan qurilgan. Oʻz davrida koʻprik dunyodagi eng baland osma koʻprik boʻlgan.

Bruklin Koʻprigi koʻplab rassom va shoirlarni ilhomlantirgan. Misol uchun Amerikalik modernist shoir Hart Kreyn 1930-yilda Bruklin Koʻprigiga bagʻishlangan qasidasini chop etgan.

Koʻplab odamlar suitsid yoki xavfli tryuk bajarish maqsadida koʻprikdan sakrashadi, bazilar koʻprikda turmush qurishadi. Koʻprik 2003-yilda Al Qoida terroristik guruhining amalga oshirmoqchi boʻlgan terraktining asosiy nishoni sifatida ham moʻljallangan.

Koʻprik koʻplab mashhur Gollivud filmlari jumladan, "Qora Ritsar, afsonaning qaytishi", "Men afsonaman" "Godzilla" va "Yangi oʻrgimchak odam 2" filmlarida koʻrinish bergan.

1884-yilda shoumen PT Barnum koʻprikning stabilligini tekshirish maqsadida koʻprik ustida 21 ta fildan iborat parad oʻtkazgan.
👍3
600 subscribers 😍❤️
🔥4😁1