FactStellar
1.34K subscribers
277 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Brandenburg darvozasi (Brandenburger Tor) — Germaniyaning Berlin shahridagi mashhur meʼmoriy yodgorlik. U Berlin markazida, Pariser Platz maydonida joylashgan bo‘lib, 18-asr oxirida Germaniyaning klassik uslubida qurilgan.

Darvoza 1788–1791-yillarda qurilgan boʻlib uning me'mori
Karl Gotthard Langhans hisoblanadi.
Darvoza avvaliga tinchlik ramzi sifatida barpo etilgan. Uning tepasida "Kvadriga" haykali, ya'ni to'rt otli jang aravasi va unda Tinchlik ma'budasi haykali joylashgan.

Sovuq urush davrida Brandenburg darvozasi Berlin devorining bir qismi bo‘lib, Sharqiy va G‘arbiy Berlini ajratgan.

1989-yilda Berlin devori qulaganidan so‘ng, darvoza Germaniya birlashuvining ramziga aylandi.
Hozirda u Berlinning eng muhim sayyohlik joylaridan biri va milliy ramzi hisoblanadi.
👍4
Leviafan – qadimiy dinga oid ulkan dengiz maxluqi, ko‘pincha kuch va tartibsizlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Bibliyada u Xudoning qudratini va insonning ojizligini namoyon qiluvchi mavjudot sifatida tasvirlangan. Leviafan haqida Yahudiy, Xristian va Islom afsonalarida uchratish mumkin.

Zamonaviy madaniyatda Leviafan tushunchasi quyidagicha qo‘llaniladi:

Falsafa va siyosatda: Tomas Xobbsning "Leviafan" asarida davlat kuchining ramzi sifatida.

San’at va adabiyotda: Dahshatli va ulkan kuchlarni tasvirlashda ishlatiladi. Masalan, 2014-yilda chiqqan "Leviafan" filmi insoniy adolatsizlik va halokatni ko‘rsatgan.


Leviafan bugungi kunda ham ko‘plab ramziy ma'nolarga ega bo‘lib, qudrat va tartibsizlikning timsoli sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
👍2
Charls Maykl "Chak" Palanik - 1962-yilda tugʻilgan AQSHlik yozuvchi. U oʻzining Transgressiv asarlari bilan nom qozongan. U 19 ta roman, 3 ta badiiy boʻlmagan roman, 2 ta grafik roman va bir qancha qisqa hikoyalar chop ettirgan.

Palanik Vashingtonda tugʻilgan. 1986-yil Oregon Davlat Universitetini jurnalistika fakultetini tamomlagan. U oʻzining karyerasini mahalliy gazetada hikoyalar yozish bilan birga Freightliner Trucks nomli yuk mashinasi ishlab chiqaruvchi korxonada dizel mehanigi vazifasida boshlagan. Uning birinchi romani boʻlmish Koʻrinmas Maxluqlar(Invisible Monsters) ni chop etish koʻplab chop etuvchilar tomonidan rad qilingan. Shundan soʻng Palanik oʻzining shoh asari boʻlmish "
Jang Klubi" (The Fight Club)

ni yozadi. "Jang Klubi" Palanikning dastlabki chop ettirgan romani hisoblanadi. 1999-yilda rejissor Devid Fincher tomonidan asar asosida film suratga olinadi va tezda ommalashadi. Xozirda ushbu film IMBD reytingida 10 ballik shkalada 8.8 reytingni qoʻlga kiritgan.
👍6
Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873–973) - islom olamining mashhur muhaddislaridan biri hisoblanadi. U Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarini to'plash va saqlash borasida katta hissa qo'shgan.

Tabaroniy 873-yilda Shomdagi Tabariya qishlog'ida tug'ilgan. U ilm talabida Suriya, Iroq, Hijoz, Yaman va Misr kabi hududlarga sayohat qilib, hadislarni to'plagan. Tabaroniy kuchli xotiraga ega bo'lib, Payg'ambarimizning 3000 dan ortiq hadislarini yoddan bilgan.

At-Tabaroniyning eng mashhur asarlari quyidagilardir:

"Al-Mu'jam al-Kabir" — sahobalar va ularning rivoyatlari haqida keng qamrovli ma'lumot beradi.

"Al-Mu'jam al-Awsat" — o'rtacha hajmdagi hadislar to'plami.

"Al-Mu'jam as-Sag'ir" — kichik hajmdagi hadislar to'plami.


At-Tabaroniy hadis ilmi rivojiga ulkan hissa qo'shgan va uning asarlari hozirgacha islom ulamolari tomonidan qimmatli manba sifatida foydalaniladi.

U 973-yilda Isfahonda vafot etgan. At-Tabaroniy ilmi musulmon ummati uchun yo'l-yo'riq bo'lib qolmoqda.
Barchaga kirib kelgan yangi yil muborak boʻlsin. Barchaga bu yil Zakovatda hayrli va yutuqlarga boy yil boʻlsin.
👍1🔥1🥰1
Etel Lilian Voynich - (1864-1960
Ingliz-irland yozuvchisi, publitsisti va musiqachisi. Inqilobiy harakatlarning qoʻllab quvvatlovchisi. U Irlandiyaning Kork shahrida tugʻilgan. Biroq u Angliyaning Lankashir shahrida voyaga yetgan. Uning otasi va onasi matematik boʻlishgan. Etel tugʻilganidan 6 oy oʻtgach uning otasi vafot etgan. Bu voqeadan keyin onasi oʻzining ona vatani Angliyaga qaytishga qaror qiladi.

18 yoshga kirganida Etel merosga ega boʻladi va u Germaniyada musiqadan bilim olish uchun imkoniyatga ega boʻladi. 1890-yilda u Sibirdan qochgan inqilobchi Mishel Habdank-Voynich bilan uchrashadi. Keyinchalik 1902-yilda ular turmush qurishadi.

1897-yilda U oʻzining xalqaro mashhurlikka erishgan "Soʻna" asarini yozadi. U keyinchalik 3 ta "Jek Reymond"(1901), "Oliv Letxem"("Olive Latham - 1904) va "Toʻxtagan doʻstlik ("An Interrupted Friendship - 1910) asarlarini yozadi biroq hech biri "Soʻna" kabi mashhurlikka erishmaydi.

Yozuvchi 1960-yil 96 yoshda vafot etgan.
👍2
#part1

Shaxsiy oʻyinlarda koʻp uchrayotgan mavzu: Mashhur Oʻzbek kinorejissyorlari va ularning filmografiyasi.


1. Ali Hamroyev: (19-may 1937-yil)

"
Yor-yor" (1964)

"Laylak keldi, yoz boʻldi" (1966)

"Qizil qum" (1969)

"Shijoat" (1970)

"Yettinchi oʻq" (1972)

"Soqchi" (1979)

"Inson qushlar ortidan boradi" (1975)

"Vodillik kelin" (1984)

"Bo Ba Bu" (1998)

"Samarqandda qovun ifori" (2021)
2. Melis Abzalov: (18-noyabr 1938-yil, 25-oktyabr 2016-yil)

"Chinor ostidagi duel" (1979)

"Suyunchi" (1982)

"Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984)

"Armon" (1986)

"Maysaraning ishi" (1989)

"Oʻtgan kunlar" (1997)

"Chimildiq" (1999)

"Meshpolvon" (2000)

"Baribir hayot goʻzal" (2004)

"Sirli sirtmoq" (2008)


3. Shuhrat Abbosov: (1931-yil 16-yanvar, 25-aprel 2018-yil)

"Mahallada duv-duv gap" (1960)

"Sen yetim emassan" (1962)

"Oʻtgan kunlar" (1969)

"Dilbarim" (1972)

"Abu Rayhon Beruniy" (1974)

"Olovli yoʻllar" (1978)

"Qalbingda quyosh" (1980)

"Suyunchi" (1982)

"Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984)
"Toshkent Non shahri" (1968)
4. Yoʻldosh A'zamov: (1909-yil 10-may, 16-iyun 1985-yil)

"Abu Ali ibn Sino" (1956)

"Maftuningman" (1958)

"Tohir va Zuhra" (1961)

"Chinor ostidagi duel" (1965)

"Oʻtgan kunlar" (1969)

"Qush uyasi" (1972)

"Furqat" (1974)

"Ona" (1977)

"Ogʻir qadamlar" (1980)

"Sevishganlar" (1986)
5. Damir Salimov: (19-iyul 1937-yil, 28-mart 2019-yil)

"Oltin devor" (1976)

"Alpomish" (1979)

"Boy ila xizmatchi" (1986)

"Mashrab" (1988)

"Oʻgʻri" (1989)

"Yulduzli tunlar" (1990)

"Tohir va Zuhra" (1994)

"Dil ichra dil" (1996)

"Buyuk Amir" (1998)

"Qoʻrgʻon" (2002)

"Shum bola" (1977)
👍4🔥1
#savol

Galen to'rt yil davomida ULARNING maktabida jarroh bo'lib ishlagan va jarohatlar, dislokatsiyalar va sinishlarni davolash san'ati bilan mashhur bo'lgan.‌‌

DS: ULARNI ayting
Forwarded from ʀᴀʜᴍᴏɴᴏᴠ
Gladiator
Mujaddid - (arab. مجدد) – islom diniga oid atama boʻlib, dinga “yangilanish” (tajdid) olib keluvchi kishini anglatadi. Islom ta’limotiga koʻra, har hijriy asrning boshida islomni qayta tiklash, uni yot unsurlardan tozalash va uning sof aqidasini tiklash vazifasiga kirishgan shaxs mujaddid deyiladi. Hozirgi zamonda mujaddid deganda zamonaning eng buyuk musulmoni tushuniladi.

Mujaddid soʻzi borasida muhaddislar orasida ixtilof mavjud. Zahabiy va Ibn Hajar al-Asqaloniy kabi olimlar mujaddid atamasini ko‘plik ma’nosida ham anglash mumkin, deb talqin qilganlar va shu tariqa bir guruh odamlarni nazarda tutganlar.

Mujaddidlar qatoriga taniqli olimlar, taqvodor hukmdorlar va harbiy sarkardalar kirishi mumkin.

Manba: Wikipedia
👍3
FactStellar pinned «Kanal mundarijasi 4 1. Les Pol gitarasi 2. Akira Kurosava 3. Lyudimila Pavlyuchenko 4. Yunko Tabei Everestga chiqqan birinchi ayol alpinist 5. Praskovya Gagarina 6. Shon Konneri 7. Yevgeniy Leonov 8. Parfenon ibodatxonasi 9. Isaak Levitan 10. Rotterdamlik…»
Zakovatda, xususan Shaxsiy oʻyinlarda aktual boʻlgan Nobel mukofoti sovrindorlari haqida ochilgan yangi kanal. Hamma yoʻnalishdagi Nobel mukofoti sovrindorlari haqida maʼlumot berib boriladi.

https://t.me/Nobelogiya
Vaterlo vazasi (Waterloo Vase) – tarixiy ahamiyatga ega marmar asar bo‘lib, Vaterlo jangidagi g‘alabani nishonlash uchun yaratilgan. Ushbu vaza asosan quyidagi voqealar bilan bog‘liq:

Vazani dastlab Napoleon Bonapart uchun buyurtma qilishgan. U qadimiy Rim marmaridan yasalgan va ulug‘vor dizaynga ega bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Napoleon mag‘lub bo‘lgach, vaza ishlarini to‘xtatishdi. Keyinroq, vaza Angliya qiroli Jorj IV tomonidan sotib olindi va Vaterlo jangidagi g‘alabaga bag‘ishlandi.

Vaza 4 metr balandlikda va 15 tonna og‘irlikka ega bo‘lib, unda qadimiy yunon va Rim madaniyatining uslublari aks ettirilgan.

Vaterlo Vazasi hozirda Londonning Bukingem saroyi bog‘ida saqlanadi. Bu katta san’at asari qirollik oila kolleksiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
👍3
Forwarded from Asilbek Muhammadiyev
🔥 36 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda! 🔥

📚 Bilim doirangizni kengaytirishga tayyormisiz? Endi 36 ta eng qiziqarli va foydali Zakovat kanallari bitta platformada!

🎯 Nima uchun bizga qo‘shilish kerak?
10 000+ savollar va javoblar bazasi
Har kuni yangi faktlar, qiziqarli ma'lumotlar.
Intellektual musobaqalar va mukofotlar.

🌐 Bir joydan turib 36 ta kanal materiallariga ega bo‘ling – ortda qolmang, aqlingizni charxlang!

🏆 Hoziroq obuna bo‘ling va bilim olamiga sho‘ng‘ing!

👉 Barcha kanallar obuna bo'lish
👉
Barcha kanallar obuna bo'lish
👉 Barcha kanallar obuna bo'lish


👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
300 subscribers ❤️❤️
3😁3
Terri Pratchett (1948–2015) ingliz yozuvchisi bo‘lib, asosan Discworld (Disk dunyo) seriyalari bilan tanilgan. U o‘zining o‘tkir hazil-mutoyibasi, satirik uslubi va o‘ziga xos fantastik dunyosi orqali millionlab kitobxonlar qalbidan joy olgan.

Uning Discworld seriyasi 41 ta kitobdan iborat boʻlib, ushbu seriya o‘zining qiziqarli va noodatiy dunyosi bilan mashhur. Seriya o‘ziga xos hazil va ijtimoiy muammolarni yoritadi.

2009-yilda Terry Pratchett ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan.
U 85 milliondan ortiq kitob nusxasini sotib, eng ko‘p o‘qiladigan yozuvchilar qatoridan joy olgan.

Pratchettning kitoblari hazil va fantaziya bilan uyg‘unlashgan. U odatda inson tabiati, din, siyosat va madaniyat kabi murakkab mavzularni soddalik va hazil bilan ochib beradi.
👍3
#savol

Jon Ronald Ruyel Tolkin ULAR haqidagi maʼlumotlarni qadimgi shimoliy Yevropa sheʼriyati va tillarida eslab oʻtilgan manbalardan olgan. Shuningdek Tolkin ULAR uchun Sindarin va Kvenya tillarini yaratgan.


DS: ULARni ayting.
👍1
Forwarded from ʀᴀʜᴍᴏɴᴏᴠ
Elf
👍1