FactStellar
1.34K subscribers
276 photos
26 videos
1 file
125 links
Namangan Zakovat klubi Professional ligasi Pentagon jamoasi aʼzosi Yodgorbek Ohunovning turli xil maʼlumotlar ulashib boruvchi kanali.

Professional liga kuzgi mavsum 2024-yil - 3-oʻrin🥉
Professional liga qishgi mavsum 2025-yil 3-oʻrin 🥉
Download Telegram
Palembang - Janubiy Sumatra provinsiyasining poytaxti boʻlgan shahar. Shahar Janubiy Sumatradagi Musi daryosining ikkala sharqiy pastekisliklari bilan birgalikda 352.51 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. 2023-yilda aholi soni 1,772,492 tani tashkil etdi. Ulardan 887,101 tasini erkaklar, 885,391 tasini ayollar tashkil qiladi.

Palembang Sumatra orolidagi aholi gavhumligi boʻyicha Medan shahridan keyingi ikkinchi, Indoneziya shaharlari orasida 20-oʻrinda turadi. Shahar 2011-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlariga va 2018-yilda Jakarta bilan birgalikda Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

Ba'zilar Palembang etimologiyasi Malay tilidagi "limbang" soʻzidan kelib chiqqan deb ishonishadi. Soʻzning boshidagi pe qoʻshimchasi joy yoki joylashgan oʻrin ma'nosini bildiradi va "oltin va olmos izlaydigan joy" ma'nosini anglatadi.

Boshqa bir versiyaga koʻra shahar nomi Malay tilidagi lembang soʻzidan kelib chiqqan va pe qoʻshimchasi qoʻshilib, "suv oqadigan joy" ma'nosini anglatadi. Bu shaharning suvli hudud ekanligini anglatadi.
👍2
Cherrapunji — Hindistonning yomg‘ir poytaxti

Hindistonning shimoli-sharqida joylashgan Cherrapunji shahri (rasmiy nomi Sohra) dunyodagi eng nam hududlardan biri sifatida tanilgan. Bu yerga yil davomida o‘rtacha 11 777 mm yomg‘ir yog‘adi. Eng qiziq tomoni, ba'zan bir kunda 1000 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin!

Cherrapunji o‘zining ajoyib tabiati va yashil tog‘lari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa, "jonli ko‘priklar" (living root bridges) — daraxtlarning ildizlaridan tabiiy ravishda yaratilgan ko‘priklari juda mashhur. Bu ko‘priklar asrlar davomida mahalliy qabilalar tomonidan tabiiy texnologiyalar yordamida qurilgan.

Shahar quruq mavsumda (qishda) ham suv tanqisligini boshdan kechiradi, chunki yog‘ingarchilikdan keladigan suvni saqlash tizimlari yetarli darajada rivojlanmagan.

1856-yilda Cherrapunji bir oy ichida 23 000 mm yomg‘ir yog‘ishi bilan rekord o‘rnatgan!
Guadalkanal - (inglizcha: Guadalcanal) – bu Solomon orollari arxipelagida joylashgan vulkanik oroldir. Ma’muriy jihatdan u Melaneziya davlatlari boʻlgan Solomon orollarining Guadalcanal provinsiyasiga kiradi. Orolning mahalliy nomi Isatabu hisoblanadi.

Guadalkanal oroli Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan. Orolning shimoli-g'arbida Santa-Isabel oroli, shimoli-sharqida Malaita oroli, janubi-sharqida San-Kristobal oroli, janubida esa Rennell oroli joylashgan. Guadalkanal vulkanik orol bo'lib, ba'zi joylarda marjon rifi bilan o'ralgan.

Guadalkanal Solomon orollari davlatining eng yirik oroli hisoblanadi. Orolning uzunligi taxminan 150 km, kengligi esa taxminan 48 km ni tashkil etadi.

https://t.me/factstellar
Forwarded from Asilbek Muhammadiyev
🏆Zakovatga doir kanallar to'plami🏆

⭐️Mantiqiy va shaxsiy o'yin savollari beriladigan kanallar⭐️


Milliy savollar / @milliy_savollar

Bingo shpora / @bingo_shpora

DzenWiki / @DzenWiki

Zakomaniya / @zakomaniya

Eski savollar / @Eski_Savollar_Bazasi

Kunlik baza savollar kanalı / @kunlik_baza

Svoyak City / @svoyakcity

Своя игра⚡️ / @shaxsiy_svoya_igra

ZAKOVAT 2024 / @bilimzakovatda

Urfon intellektual klubi / @urfonklubi

⭐️İjtimoiy-ommaviy kanallar⭐️


WikiZen / @WikiZenn

Best facts / @Best_facts1

Piramidascience / @PiramidaScience

Fenomen / @Fenomen_123

ZakoWiki / @bilimdon_zakovatchi

Bibliosmia / @b1bliosmia

Toponimika / @toponimika_zakovat

De facto / @de_facto_zkvt

WikiTarjima / @wikitarjima

NoPoisk / @NoPoisk

Xyuston bizda muommo bor / @Xyuston

Tarix va toponomika / @toponomik

1000 ta mashhur ayollar / @Buyuk_ayollar

Valkiriya / @Valkiriya_qizlari

Statistikalar | Faktlar / @jahon_statistikalar

Eng Eng Eng... / @engengeng888

FaktStellar / @factstellar

🎮✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷 Marselyeza – Fransiya milliy madhiyasi boʻlib, u Fransiya inqilobi davrida, 1792-yilda Kapitan Rouget de Lisle tomonidan yozilgan. Dastlab "Rhein armiyasining marshi" deb nomlangan qoʻshiq inqilobchi askarlar va xalqni birlashtiruvchi kuch boʻlib xizmat qilgan.

Madhiyaning nomi Fransiyaning Marsel shahridan kelgan askarlar bilan bogʻliq. Ushbu qoʻshiqni ular Parijga kirganida kuylaganlar. Shu sababli, qoʻshiq "Marselyeza" deb ataladi.

Marselyeza mazmuni kurash, erkinlik va vatanparvarlik gʻoyalariga asoslangan. Unda zulmga qarshi kurash va xalqning mustaqillik yoʻlidagi matonati madh etiladi.

1795-yilda Marselyeza rasmiy milliy madhiyaga aylangan. Garchi Napoleon davrida va Burbonlar sulolasi hukmronligi paytida taqiqlangan boʻlsa-da, 1879-yilda yana milliy ramz sifatida tiklangan.
Sakkizoyoq Paul - (Paul the Octopus) 2008–2010 yillarda yashagan va Germaniyada joylashgan akvariumda saqlangan sakkizoyoq bo‘lib, o‘zining futbol o‘yinlari natijalarini oldindan bilishi bilan mashhur bo‘lgan. U 2010-yilgi Jahon chempionati paytida yirik shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Paulning bashoratlari quyidagicha ishlagan: uning akvariumiga ikkita oziq-ovqat bilan to'ldirilgan idish qo'yilgan, har bir idishga o'yin ishtirokchilarining bayroqlari joylashtirilgan. Paul ovqatlanish uchun biror bir idishni tanlagan va bu uning "bashorati" deb qabul qilingan.

Paul 2010-yilgi Jahon chempionatida 8 ta o‘yindan 8 tasini to‘g‘ri bashorat qilgan.
U, xususan, Ispaniyaning g‘olib bo‘lishini ham bashorat qilgan.

Paul 2010-yilning oktabrida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi. Uning sharafiga ko'plab haykallar o'rnatilgan.
🤣5😱21👍1
200 subscribers🫠😍❤️
3👍1
Brandenburg darvozasi (Brandenburger Tor) — Germaniyaning Berlin shahridagi mashhur meʼmoriy yodgorlik. U Berlin markazida, Pariser Platz maydonida joylashgan bo‘lib, 18-asr oxirida Germaniyaning klassik uslubida qurilgan.

Darvoza 1788–1791-yillarda qurilgan boʻlib uning me'mori
Karl Gotthard Langhans hisoblanadi.
Darvoza avvaliga tinchlik ramzi sifatida barpo etilgan. Uning tepasida "Kvadriga" haykali, ya'ni to'rt otli jang aravasi va unda Tinchlik ma'budasi haykali joylashgan.

Sovuq urush davrida Brandenburg darvozasi Berlin devorining bir qismi bo‘lib, Sharqiy va G‘arbiy Berlini ajratgan.

1989-yilda Berlin devori qulaganidan so‘ng, darvoza Germaniya birlashuvining ramziga aylandi.
Hozirda u Berlinning eng muhim sayyohlik joylaridan biri va milliy ramzi hisoblanadi.
👍4
Leviafan – qadimiy dinga oid ulkan dengiz maxluqi, ko‘pincha kuch va tartibsizlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Bibliyada u Xudoning qudratini va insonning ojizligini namoyon qiluvchi mavjudot sifatida tasvirlangan. Leviafan haqida Yahudiy, Xristian va Islom afsonalarida uchratish mumkin.

Zamonaviy madaniyatda Leviafan tushunchasi quyidagicha qo‘llaniladi:

Falsafa va siyosatda: Tomas Xobbsning "Leviafan" asarida davlat kuchining ramzi sifatida.

San’at va adabiyotda: Dahshatli va ulkan kuchlarni tasvirlashda ishlatiladi. Masalan, 2014-yilda chiqqan "Leviafan" filmi insoniy adolatsizlik va halokatni ko‘rsatgan.


Leviafan bugungi kunda ham ko‘plab ramziy ma'nolarga ega bo‘lib, qudrat va tartibsizlikning timsoli sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
👍2
Charls Maykl "Chak" Palanik - 1962-yilda tugʻilgan AQSHlik yozuvchi. U oʻzining Transgressiv asarlari bilan nom qozongan. U 19 ta roman, 3 ta badiiy boʻlmagan roman, 2 ta grafik roman va bir qancha qisqa hikoyalar chop ettirgan.

Palanik Vashingtonda tugʻilgan. 1986-yil Oregon Davlat Universitetini jurnalistika fakultetini tamomlagan. U oʻzining karyerasini mahalliy gazetada hikoyalar yozish bilan birga Freightliner Trucks nomli yuk mashinasi ishlab chiqaruvchi korxonada dizel mehanigi vazifasida boshlagan. Uning birinchi romani boʻlmish Koʻrinmas Maxluqlar(Invisible Monsters) ni chop etish koʻplab chop etuvchilar tomonidan rad qilingan. Shundan soʻng Palanik oʻzining shoh asari boʻlmish "
Jang Klubi" (The Fight Club)

ni yozadi. "Jang Klubi" Palanikning dastlabki chop ettirgan romani hisoblanadi. 1999-yilda rejissor Devid Fincher tomonidan asar asosida film suratga olinadi va tezda ommalashadi. Xozirda ushbu film IMBD reytingida 10 ballik shkalada 8.8 reytingni qoʻlga kiritgan.
👍6
Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873–973) - islom olamining mashhur muhaddislaridan biri hisoblanadi. U Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarini to'plash va saqlash borasida katta hissa qo'shgan.

Tabaroniy 873-yilda Shomdagi Tabariya qishlog'ida tug'ilgan. U ilm talabida Suriya, Iroq, Hijoz, Yaman va Misr kabi hududlarga sayohat qilib, hadislarni to'plagan. Tabaroniy kuchli xotiraga ega bo'lib, Payg'ambarimizning 3000 dan ortiq hadislarini yoddan bilgan.

At-Tabaroniyning eng mashhur asarlari quyidagilardir:

"Al-Mu'jam al-Kabir" — sahobalar va ularning rivoyatlari haqida keng qamrovli ma'lumot beradi.

"Al-Mu'jam al-Awsat" — o'rtacha hajmdagi hadislar to'plami.

"Al-Mu'jam as-Sag'ir" — kichik hajmdagi hadislar to'plami.


At-Tabaroniy hadis ilmi rivojiga ulkan hissa qo'shgan va uning asarlari hozirgacha islom ulamolari tomonidan qimmatli manba sifatida foydalaniladi.

U 973-yilda Isfahonda vafot etgan. At-Tabaroniy ilmi musulmon ummati uchun yo'l-yo'riq bo'lib qolmoqda.
Barchaga kirib kelgan yangi yil muborak boʻlsin. Barchaga bu yil Zakovatda hayrli va yutuqlarga boy yil boʻlsin.
👍1🔥1🥰1
Etel Lilian Voynich - (1864-1960
Ingliz-irland yozuvchisi, publitsisti va musiqachisi. Inqilobiy harakatlarning qoʻllab quvvatlovchisi. U Irlandiyaning Kork shahrida tugʻilgan. Biroq u Angliyaning Lankashir shahrida voyaga yetgan. Uning otasi va onasi matematik boʻlishgan. Etel tugʻilganidan 6 oy oʻtgach uning otasi vafot etgan. Bu voqeadan keyin onasi oʻzining ona vatani Angliyaga qaytishga qaror qiladi.

18 yoshga kirganida Etel merosga ega boʻladi va u Germaniyada musiqadan bilim olish uchun imkoniyatga ega boʻladi. 1890-yilda u Sibirdan qochgan inqilobchi Mishel Habdank-Voynich bilan uchrashadi. Keyinchalik 1902-yilda ular turmush qurishadi.

1897-yilda U oʻzining xalqaro mashhurlikka erishgan "Soʻna" asarini yozadi. U keyinchalik 3 ta "Jek Reymond"(1901), "Oliv Letxem"("Olive Latham - 1904) va "Toʻxtagan doʻstlik ("An Interrupted Friendship - 1910) asarlarini yozadi biroq hech biri "Soʻna" kabi mashhurlikka erishmaydi.

Yozuvchi 1960-yil 96 yoshda vafot etgan.
👍2
#part1

Shaxsiy oʻyinlarda koʻp uchrayotgan mavzu: Mashhur Oʻzbek kinorejissyorlari va ularning filmografiyasi.


1. Ali Hamroyev: (19-may 1937-yil)

"
Yor-yor" (1964)

"Laylak keldi, yoz boʻldi" (1966)

"Qizil qum" (1969)

"Shijoat" (1970)

"Yettinchi oʻq" (1972)

"Soqchi" (1979)

"Inson qushlar ortidan boradi" (1975)

"Vodillik kelin" (1984)

"Bo Ba Bu" (1998)

"Samarqandda qovun ifori" (2021)
2. Melis Abzalov: (18-noyabr 1938-yil, 25-oktyabr 2016-yil)

"Chinor ostidagi duel" (1979)

"Suyunchi" (1982)

"Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984)

"Armon" (1986)

"Maysaraning ishi" (1989)

"Oʻtgan kunlar" (1997)

"Chimildiq" (1999)

"Meshpolvon" (2000)

"Baribir hayot goʻzal" (2004)

"Sirli sirtmoq" (2008)


3. Shuhrat Abbosov: (1931-yil 16-yanvar, 25-aprel 2018-yil)

"Mahallada duv-duv gap" (1960)

"Sen yetim emassan" (1962)

"Oʻtgan kunlar" (1969)

"Dilbarim" (1972)

"Abu Rayhon Beruniy" (1974)

"Olovli yoʻllar" (1978)

"Qalbingda quyosh" (1980)

"Suyunchi" (1982)

"Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984)
"Toshkent Non shahri" (1968)
4. Yoʻldosh A'zamov: (1909-yil 10-may, 16-iyun 1985-yil)

"Abu Ali ibn Sino" (1956)

"Maftuningman" (1958)

"Tohir va Zuhra" (1961)

"Chinor ostidagi duel" (1965)

"Oʻtgan kunlar" (1969)

"Qush uyasi" (1972)

"Furqat" (1974)

"Ona" (1977)

"Ogʻir qadamlar" (1980)

"Sevishganlar" (1986)
5. Damir Salimov: (19-iyul 1937-yil, 28-mart 2019-yil)

"Oltin devor" (1976)

"Alpomish" (1979)

"Boy ila xizmatchi" (1986)

"Mashrab" (1988)

"Oʻgʻri" (1989)

"Yulduzli tunlar" (1990)

"Tohir va Zuhra" (1994)

"Dil ichra dil" (1996)

"Buyuk Amir" (1998)

"Qoʻrgʻon" (2002)

"Shum bola" (1977)
👍4🔥1
#savol

Galen to'rt yil davomida ULARNING maktabida jarroh bo'lib ishlagan va jarohatlar, dislokatsiyalar va sinishlarni davolash san'ati bilan mashhur bo'lgan.‌‌

DS: ULARNI ayting
Forwarded from ʀᴀʜᴍᴏɴᴏᴠ
Gladiator
Mujaddid - (arab. مجدد) – islom diniga oid atama boʻlib, dinga “yangilanish” (tajdid) olib keluvchi kishini anglatadi. Islom ta’limotiga koʻra, har hijriy asrning boshida islomni qayta tiklash, uni yot unsurlardan tozalash va uning sof aqidasini tiklash vazifasiga kirishgan shaxs mujaddid deyiladi. Hozirgi zamonda mujaddid deganda zamonaning eng buyuk musulmoni tushuniladi.

Mujaddid soʻzi borasida muhaddislar orasida ixtilof mavjud. Zahabiy va Ibn Hajar al-Asqaloniy kabi olimlar mujaddid atamasini ko‘plik ma’nosida ham anglash mumkin, deb talqin qilganlar va shu tariqa bir guruh odamlarni nazarda tutganlar.

Mujaddidlar qatoriga taniqli olimlar, taqvodor hukmdorlar va harbiy sarkardalar kirishi mumkin.

Manba: Wikipedia
👍3
FactStellar pinned «Kanal mundarijasi 4 1. Les Pol gitarasi 2. Akira Kurosava 3. Lyudimila Pavlyuchenko 4. Yunko Tabei Everestga chiqqan birinchi ayol alpinist 5. Praskovya Gagarina 6. Shon Konneri 7. Yevgeniy Leonov 8. Parfenon ibodatxonasi 9. Isaak Levitan 10. Rotterdamlik…»
Zakovatda, xususan Shaxsiy oʻyinlarda aktual boʻlgan Nobel mukofoti sovrindorlari haqida ochilgan yangi kanal. Hamma yoʻnalishdagi Nobel mukofoti sovrindorlari haqida maʼlumot berib boriladi.

https://t.me/Nobelogiya