“FACTOR BOOKS” nashriyoti
1.12K subscribers
2.68K photos
479 videos
7 files
1.04K links
"Factor books" nashriyotining telegramdagi rasmiy sahifasi 🤩

Badiiy, tarjima va ilmiy adabiyotlarning eng saralari📚

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

Kitob do'konimiz: https://t.me/factor_books
Download Telegram
Forwarded from Kitobxo‘r ona
"Azizim po‘rtaxol"

Bu kitob Joze Mauro de Vaskonselisning o‘z bolalikdagi ba'zan quvonchli, ba'zan qayg‘uli, ba'zida beg‘ubor, ba'zida esa juda ayanchli xotiralari haqida yozilgan asar. Bu kitobni o‘qish davomida jajji Zezening sho‘xliklari, beg‘ubor orzulari, kuchli zehni yordamida boshidan kechirgan sarguzashtlariga, asar so‘ngida esa eng mehribon do‘stining o‘limiga guvoh bo‘lasiz. Zeze oilasidagi nochorlik, otasining ishsizligi, qilgan sho‘xliklari uchun ayovsiz jazolanishlar, aybsiz ayibdor deb do‘pposlanishlar sababli meni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, hech kimga keragim yo‘q deb o‘zini o‘ldirishga ham qaror qiladi. Mangaratiba ya'ni poyezdning tagiga tashlamoqchi bo‘ladi. Xatto onasiga ham meni tug‘maganingizda yaxshi bo‘lardi deb aytadi. Zeze hayotdan bezigan vaqtida do‘sti Portuga joniga oro kiradi. Unga mehr berib, so‘zlarini tinglab, sen bu dunyodagi eng aqlli bolasan va men seni yaxshi ko‘raman. Seni yaxshi ko‘ruvchilar ko‘p masalan opang Gloriya, onang, qirol Luis (ukasi), po‘rtaxo‘l daraxting bo‘lgan Minguinya(Ksururuka), o‘qituvching Sesilya Paim xonim va boshqa ko‘plab insonlar. Sen shu insonlarni yodingdan chiqarmagin chivinjon deb aytadi. Zeze o‘zini poyezd tagiga tashlamasin deb bir kun poyezdning o‘tib ketishini kutadi. Zeze bu inson bilan uning mashinasiga osilib uchmoqchi bo‘lib poylab yurib, so‘ngra bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan paytida tanishadi. Avvaliga bu insonni o‘ldiraman deb tahdid qiladi. So‘ngra esa bu insonga mehr qo‘yadi. Do‘sti Portuganing asl ismi Manuel Valadares bo‘ladi. Zezedan janob Valadares sen meni o‘ldirmoqchi eding hali ham shu fikrdamisan deb savol berganda endi bunday qilmasligini ayta turib, Portuga men ko‘p insonlarni o‘ldiraman, lekin bu rosmana o‘lim deb tushunma, bu shunchaki qalbimda ularga nisbatan mehrning tugaganligi bo‘ladi. Zeza mehribon Portugaga o‘g‘il bo‘lgisi keladi. Janob Valadaresning ham niyati shunday, ammo bu bolani oilasidan olgan taqdirimda ham baribir oilasidan uzoqlashtira olmayman deb bu fikridan qaytib uni do‘sti sifatida qabul qiladi. Yaxshi kunlarning birida Zezening hayotida katta yo‘qotish bo‘ladi ya'ni mehribon Portugani Mangaratiba poyezdi bosib o‘ldiradi. Bu yo‘qotish 5 yoshli bola uchun katta ruhiy jarahat edi. Ma'lum bir muddatdan so‘ng Zeze ya'na doimiy hayotiga qaytadi, lekin endi u yanada ulg‘aygan edi.
Kitobni chiroyli tarjimasi uchun tarjimon va "Factor_books" nashriyotiga katta rahmat.

@kitobxor_ona.
#tabriklang🥳 #qutlang 💥

Bugun biz 10 oylikmiz!🥰

Ha, bugun nashriyotimizning tashkil topganiga o‘n oy bo‘ldi. Katta-kichik xatolar qildik, yaxshi yutuqlar, yaxshi e'tirof va olqishlar ham oldik. Yaxshi odamlarni tanidik, yaqin bo‘ldik, yaxshi ustozlarni tanidik, maslahatini, duosini oldik, Alhamdulillah! 🤲

Biz kechagi biz emasmiz, biz islohdamiz, intilishda, izlanishdamiz, Alhamdulillah!

Yonimizda bo'lganingiz, kuzatganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

Hali oldinda Sizni hayratga soladigan, manfaat beradigan va ilm ulashadigan yaxshi yangiliklarimiz ko'p!🎊

Biz bilan birga bo'ling 👌🏻🤩
https://t.me/factorbooks
#tabrik

Bugun @factor_books nashriyoti ochilganiga 10 oy bo'libdi. Ushbu nashriyot qisqa vaqt ichida anchagina ishlarga ulgurdi.
Jahon adabiyotidagi ko'pgina kitoblarni o'zbek kitobxonlari uchun o'zbek tilida yetkazib berishmoqda. Nashriyotga bundan keyingi ishlariga omad tilab qolaman.

Rasmdagi kitob menga atalgan ekan. Men esa bu kitobni 3 kun oldin, kitob nashriyotdan chiqishi bilan olib qo'ygandim. Chaqqonligim o'zimga ba'zan ziyon keltiradi)
Mayli yaqinlarimga sovg'a qila qolaman

@doctorsmind📖
#diqqat #muhim #yangilik 🤩🥳🤲

Bugungi kunni mana shu chiroyli so‘z bilan ham eslab qoling: 🎉

Ikar
– ulug‘ yo‘lning ilk qadamlarini tashlaganlar
Ikar – katta jasoratni mamnuniyat bilan yelkasiga olganlar ☺️
Ikar – nurli manzillarga umid bilan intilganlar 🤲

IKAR ilk katta adabiy rezonans! 🔥

Sizni ajoyib yangilik kutmoqda 🤩🤲🥳

Biz bilan birga bo'ling 👌🏻🤩
https://t.me/factorbooks
🔥🔥🔥

🤔👇
#Tuhfamiz 🥳
#Kutib_oling

10 OY — 10-KITOB!

❗️Eslatma: Kursiga o‘tirib, devorga suyanib, xotirjam holatda o‘qish tavsiya etiladi!👇

💥 Yaxshilar, “Factor books” — sevimli nashriyotingizning navbatdagi qaynoq tuhfasini kutib oling! O‘n oyligimizda o‘ninchi kitob nashrdan chiqdi!

🎉 Tarjimon Komila Nosirovaga jamoamiz va kitobxonlar nomidan cheksiz minnatdorchilik izhor etamiz!

🥰 Siz sevgan muallifning yappa-yangi tuhfasi! “G‘amgin sarv” romani 7-fevral, dushanba kunidan boshlab sotuvda! Oldindan buyurtma qilsangiz, 25 ooo, keyin 29 ooo so‘mdan sotiladi!

Muallif: Agata Kristi
Kitob nomi: “G‘amgin sarv”
Muqovasi: Yumshoq, 256 bet
Narxi: oldindan buyurtma — 25 ooo so‘m, 7-fevraldan boshlab 29 ooo so‘m!

Shoshilamiz ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info

🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factorbooks — javoningizni boyitishdan baxtlimiz! ❤️
Forwarded from Ofiyatnoma
🎁 Kimdir Sizga sovg‘a bersa yaxshi, u kitob bo‘lsa undan ham yaxshi!

Bugun “Factor books” nashriyoti tashkil etilganiga 10 oy to‘libdi. Haqiqatdan ham, qisqa davr ichida nashriyot mahsulotlari kitob do‘konlaridan tortib, kitobxonlar qalbigacha “qadam qo‘ymoqda!”

Bugungi kun munosabati bilan nashriyotning eng so‘nggi kitobi D.Sultonovning “Qor odam xazinasi”ni tuhfa sifatida yuborishibdi! 🎉

“Factor books” jamoasidan kutganlarimiz hali ko‘p. Millat ziyosi yo‘lidagi mashaqqatli ishlarida omad tilaymiz! Alohida e’tibor bilan tayyorlangan sovg‘a uchun esa tashakkur! 😊
@narbayevich
​​KITOB ― RASHKCHI KUNDOSH

Odam ming aqlli boʻlmasin, kitob oʻqimasa, johilligicha qolaveradi. Aqlni Xudo beradi, oriflik esa kitob oʻqimaguncha kelmaydi.

Inson kitob oʻqir ekan, oʻzi bilan yolgʻiz qoladi, xulosalarini mushohada qiladi, haqiqatlarga oʻzi yetib boradi. Oʻzingiz yetib borgan haqiqatlar boʻlmasa, “ayqu” indeksingiz necha boʻlishidan qatʼi nazar, mustaqil, chuqur mushohadali inson boʻlolmaysiz.

Albatta, “ayqu”ni oshirishning kitobsiz iloji yoʻq. Lekin maʼlum darajaga yetgach, odam oʻqimay qoʻyishi ham mumkin. Aslida, oʻsha darajadan boshlab yoʻlingizdan haqiqiy kitoblar chiqa boshlaydi.

Kitob oʻqishni intizomga aylantirib olish hammaga nasib etmasligi mumkin, ammo shunday qila olganlar yutadi. Baʼzida kitob koʻp oʻqiganlar oʻz yoshidan katta koʻrinadi. Lekin olimlarning aniqlashicha, inson miyasi faqat kitob oʻqiganda va zinadan tepaga koʻtarilganda yosharar ekan. Demak, kitob oʻqib, yetuklikka erta erishgan miya bu holatini uzoq vaqt saqlab tura oladi, agar mutolaa intizomini buzmasa. 17 yoshida yetuk miya 80 yoshida ham qarimay tursa, mazza-ku.

Lekin kitob oʻzi uchun muhit va alohida jiddu-jahdni talab qilishi ham bor gap. Yugur-yugur, muammolar, chalgʻishlar ― mutolaaning dushmani. Bir kitobni boshlab, oxiriga yetkaza olmagan holatlarimiz shuning uchun.

Kitob ― eʼtibortalab rashkchi kundosh, ongning boshqaga chalgʻishini koʻtara olmaydi, javharini yashirib oladi, tarovatini ochmaydi. Natijada oxiriga yetolmagan kitoblarimizning oʻzi ham alohida kutubxonaga aylanib qoladi. Oʻqilmagan kitoblar kutubxonasi...

Yana 30 yoshgacha kitob oʻqishni odat qilib ulgurmagan insonga endi kech degan gap ham bor.

Xullas, mutolaaga kechikmang!

©Shahnoza Soatova

P.s. Bugun qaysi kitobni o‘qiyapsiz?🤔👇
#tez_kunda #muhim #yangilik 💥🤩

Abdulla Oripovning "Ikar" she'ri

Fazoga ilk bora qanot qoqqanni
Ikar deb atamish xayolan inson.
O‘zini beayb o‘tda yoqqanni
Unutmay yuradi abadiy jahon.

Ikar bitta emas, yo‘q, bitta emas,
Sanog‘i yulduzlar misoli katta.
Kimki ilk savolga iz ochdimi, bas,
Shu yo‘lning ikari bo‘lgay albatta.

Yarog‘im yo‘q deya ilk bora qo‘lin
Salomga cho‘zgan ham ikar atalgay.
Tark etib g‘ordagi asriy manzilin,
Ilk chayla tuzgan ham ikar atalgay...

Sizni ajoyib yangilik kutmoqda 🎉
https://t.me/factor_books
Forwarded from Xushnudbek's blog)
#J_M_de_Vaskonselos
#Azizim_Portaxol

Avvalo kitobning dizayni haqida gapiradigan bo'lsam, dizaynga gap yo'q. Kitob nihoyatda sifatli va kishini o'ziga jalb qiladi. Asarning muallifi esa zamonaviy Braziliya adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri bo'lib, "Azizm, Po'rtaxol" uning eng mashhur asarlaridan. (Po'rtaxol - apelsin degani. Zeze po'rtaxol daraxtini juda yaxshi ko'radi va boshidan o'tkanlarini har doim unga aytib beradi) Tarjimon esa hammamizga yaxshi tanish bo'lgan yosh shoir, @Bobil_kutubxonasi asoschisi, tarjimon Mirzohid Muzaffar.

Asar haqida gapiradigan bo'lsam, to'g'risi anchadan beri bunday miriqib mutolaa qilmagandim. Asar qashshoq oilada yashaydigan 5 yashar Zeze haqida hikoya qiladi. Asar voqealari Braziliyadagi kichik qishloqlardan birida, bolalar va ota-onalar, aka-opalar va uka-singillar orasidagi suhbatlar asosida ilgarilab boradi. Biz romanda qashshoqlik tomonidan bir bolalikning qanday yo'q qilinishi va bir bolakay besh yoshida qanday ulg'ayib qolishini, oilasidagi og'ir sharoitlarning farqiga borib, bu sharoitdan chiqish yo'llarini izlashini kuzatamiz.

Hayot sinovlari oldida ba'zan mag'rur, bazan tosh qotgan bolakay Zezening sarguzashtlari, kechinmalari sizni ba'zan yum-yum yig'latsa, ba'zan qah-qah kuldiradi.(Ammo oxiri baribir alamli yakun topadi).

Ma'lumotlarga qaraganda 12 kunda yozilgan mazkur romanni yozuvchi naqd 20 yil qalbining tub-tubida asrab kelgan. Romanning bugungi kunga qadar 32 tilga tarjima qilingani uning millionlab odamlar qalbidan joy olganidan dalolat beradi.

Bu asarni o'qish davomida hech tugashini xohlamadim. Sekin o'qidim, lekin baribir tugadi. Zezeni chin ma'noda yaxshi ko'rib qoldim. Uni tinimsiz do'pposlaganlarida, o'zi yaxshi ko'rgan yagona insonni yo'qotganda esa unga rahmim keldi. Shunday asarlar ko'p bo'lishini istayman. Asar men uchun chin ma'noda 2022-yilning eng yaxshi asari bo'ldi. Va shunday bo'lib qolsa ham kerak.

Romanni albatta o'qing. Shubhasiz ishonamanki, siz ham Zezeni yaxshi ko'rib qolasiz va dunyoda mehrga tashna bunday bolakay boshqa yo'qligiga amin bo'lasiz!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#Iqtibos

📝 “Anna Frank kundaligi” ikkinchi jahon urushining nihoyatda qimmatli hujjatli asarlaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, asardan o‘spirin qizaloqning samimiy va beg‘ubor hikoyalari, qo‘rquv va hayajonlari, quvonchlari o‘rin olgan.

📔 Anna o‘n uch yoshga to‘lganida, otasi kundalik daftar sovg‘a qiladi. Uning oilasi fashistlar boshpanasida yashirinib yurgan payti boshidan o‘tganlarni uch yil davomida kundalikka tushiradi.

📖 Kundalikda Annaning uyidagi muammolar, oilasi va do‘stlari bilan munosabatlari ham urush fonida tasvirlanadi. Anna Frank qisqa umri davomida go‘zal va yaxshi kunlar kelishiga, unda o‘zi ham bo‘lishiga umid qilib yashadi...

@Factorbooks - javoningizni boyitishdan baxtlimiz!🥰
Forwarded from Asaxiy Books
​​#book_review #китобхон_фикри

Мирач Чағри Оқтошнинг "Ҳаёт ютқазган жойингдан бошланар" асарини ўқиб чиқдим. Асар мавзуси ажойиб бир йўналишда. Китоб бошидан охирига қадар сизга таскин ва маслаҳатлар беради. Далда топа олмаётган ёки бирор дарддан қийнаётган бўлсангиз, албатта, бунга ечим топиш мумкин. Табиийки, бу ерда гап маънавий "дард" хусусида. Жисмоний дард бўлса – шифокорга мурожаат қилинг😅.

Кимдир сизни ранжитган бўлса, уни кечиришни тавсия қилади...

Кимдир сизни ерга урса, унга эътибор бермасликни тавсия қилади...

Сизга ишонишмаса, сиз ўзингизга ишонишингизни тавсия қилади...

Биров учун эмас, ўзингиз учун яшашни тавсия қилади...

"Кечаги кунни ўйлаб эзилма, бугунни чиройли яша", деб маслаҳат беради...

Бу китоб барча маҳзун қалблар учун. Айрилиқни бошдан кечирган барча-барча учун. "Йиқилиб, кейин эса тура олмаётганлар" учун. Ўзига ишонмайдиганлар учун. Ичида бир мусибатдан ўт ёнаётганлар учун....

Хуллас, китоб менга ёқди. Ўқиб кўришни тавсия қиламан.

© bookstagram__uz
#Iqtibos

✍️ Ko‘zing ko‘radi, eshita olasan, nafas olyapsan va sog‘liging joyidami, asl boylik shudir. Qolgani bir gap bo‘lar...

📗 Kitob nomi: “Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar”
🤓 Muallif: Mirach Chag‘ri Oqtosh
📖 Muqovasi: Yumshoq, 240 bet
💰 Narxi: 29 ooo so‘m

Buyurtma berish ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info

🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factor_books — yaxshi kitob o‘qishga haqlisiz! ❤️
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
🎊 14-fevral — Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni!

🎁 Kitob bejirim, hech qachon modadan qolmaydigan, insonga bir olam quvonch ulashadigan tuhfadir. Qolaversa, “o‘lcham”i hammaning didiga mos keladi. “Razmer” tanlamaydi☺️

📚 “Factor books” sovg‘a uchun olgan kitoblaringizni didingizga mos qilib o‘rab beradi. Ko‘nglingizdagidek o‘ram qog‘ozini tanlasangiz kifoya!

🔖 Sizga Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavalludiga aloqador kichik sovg‘amiz ham bor. Bu syurpriz! Zumraddek sabrli bo‘ling, Qimmatning holiga tushmaslik uchun sovg‘ani uyga borganingizdan keyin ochasiz🙃

O‘rab berish — 10 ooo so‘m

Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info

🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factor_books — yaxshi sovg‘aga hamma munosib!🥰