“FACTOR BOOKS” nashriyoti
980 subscribers
2.68K photos
490 videos
7 files
1.03K links
"Factor books" nashriyotining telegramdagi rasmiy sahifasi 🤩

Badiiy, tarjima va ilmiy adabiyotlarning eng saralari📚

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

Kitob do'konimiz: https://t.me/factor_books
Download Telegram
📘 O‘lim hujrasi — qisqa, lekin zarbasi kuchli triller

Agar sizni hali ham qiynayotgan savollar bo‘lsa — bu post aynan siz uchun.

Bu qisqa hajmli triller o‘qigan insonni darhol o‘ziga tortadi. Taliyaning o‘lim oldidagi kurashi, yashirin haqiqat va kutilmagan burilishlar — hammasi shu kitobda jam.

Va eng qiziq tomoni:
📚 Post oxirida bu kitobga ega bo‘lish imkoniyati ham sizni kutmoqda.
❤‍🔥3👍1
📚#sotuvda

🫠"Bir paytlar Kamron menga: “Choliqushi, vaqti kelib, o‘zingni yomon his qilganingda kundalik tutasan”, deganida, ustidan kulgandim. U haq ekan! Bu kundalikni birinchi navbatda Nejetga qoldiraman. Shuning uchun uning muqovasiga “Vafot etgan taqdirimda bu daftar quyidagi manzilga yuborilsin...” deb yozdim.”

📖 Badri Rahmiy Hametdin
“Feride
yoxud
Choliqushining baxti”

❗️ 😍 Bugundan kitobning lotin alifbosidagi nashrini xarid qilishingiz yoki buyurtma berishingiz mumkin


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
2👍1
#nimadeysiz😌

"🙄Mundoq tanlov-panlov qilib, biz kitobxonlarga sovg'a-povg'a bermaysizlarmi, avval zo'r edi" deb yozibdilar bir mijozimiz🫠


😇 Nima qilamiz, qanday qilamiz? So'ylangchi, aziz kitobxoooon?
🔥6👍2👌1
#yangikitoooob🥰😇

***
Boshqa uyga chiqib ketgan bo‘lishim, bu narsalarning hammasini bir umr ko‘rmaydigan odamga qoldirishim mumkin edi. Suratlarni titkiladi: nechta suratga tushganman-a, yo tovba! Ko‘pi yaxshi chiqmagan. Tabassum qildi: u zamonlar naqadar uzun edi etaklar. Xunuk uzunlik. Turishlar ham kulgili. Kim biladi, qaysi filmdan? Ketayotib birdan ortga qaragandekman. Kimga qaragan ekanman?
Xuddi o‘sha ko‘ylakda yana bitta surat. Yonimda kimdir bor. Surat juda chang bosgandi. Chang bo‘lsa ham odam taniydi o‘zini. Barmog‘ini namlatdi tili bilan, changlar avval loy bo‘ldi, so‘ngra…Birinchi erining tabassum qilgan yuzini ko‘rdi barmog‘i ostida. Ey Xudoyim! Men ham bir paytlar turmush qurgandim… keyin yana turmush qurdim. Axir inson bir kunda har joyga ham yetib borolmaydi, nima qilay? Qayerga?


📚 O‘g‘uz Atay
"Unutilgan" hikoyasi


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
3🥰1
#yangikitoooob🥰😇

***
– Qahva ichish, albatta, bir bahona xolos, aslida men siz bilan uzoq suhbatlashish, sizga barcha dardlarimni aytishni istardim. Aslida… Juda yolg‘iz insonman, afandim. “Do‘stlaring yo‘qmi?” dersiz. Agar ularga do‘st deyish kerak bo‘lsa, bor!

📚 O‘g‘uz Atay
"Maktub" hikoyasi


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sen bir olam, men o‘zga olam kitobi SOTUVDA!

Hayotimda ilk bor bu dahshatli hisni tuydim. Seni tubsiz jarlikka tortib ketishi mumkin bo‘lgan bo‘shliq hissi. O‘zimga nisbatan nafrat, alamzadalik, so‘ng millionlab savollar: nega bularning bari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ydim? O‘zim aybdorman. Hech kim meni Eliasga ishonishga majburlagani yo‘q. Hech kim u bilan gaplashishga meni zo‘rlamadi. Hammasi yaxshilik bilan tugamasligi avvalboshdan ma’lum edi. Nima kutgandim o‘zi?
Tentak, tentak, tentak. Shunchaki tentakman.
Lek hamon og‘riq bor…

Feya Moran

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 320 bet

@factor_books
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚#yangikitob

🫠"Qayg‘u-alam odamni qanchalik o‘zgartiradi. Ba’zilar g‘amdan es-hushlarini yo‘qotib, yomon odamga aylanadi. Bir paytlar faqat aysh-ishratga berilgan, beg‘am Jemil esa mehribon, yaxshi insonga aylanibdi. Bunday holga duch kelganingdan keyin hayot paradokslardan iborat ekanini anglay boshlaysan...”

📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride
yoxud
Choliqushining baxti”


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
🔥2❤‍🔥1👍1
Ayni paytda sotuvda mavjud hamda tez kunlarda chop etilishi kutilayotgan bir nechta kitoblarimiz bilan tanishing

Factor books - sizga faqat yaxshilarini ilinamiz!
🔥5
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
#yangikitoooob😍

😢 Inson g‘azabini ichiga yutadi, yo‘q bo‘lib ketdi, deb o‘ylaydi, keyin to‘satdan noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri sabablar bilan, noto‘g‘ri odamlar uchun qahri yuzaga chiqadi..


❤️ Eng sara kitoblar olami:
@factor_books
🔥2👌2
Forwarded from PARVOZxonim (ayollar blogi) (Manzura)
***

“To'g'ri, har bir inson alohida dunyo, ammo biz ikkimiz chin ma'noda mutlaqo boshqa-boshqa olam edik. Bir-biridan qanchalik olis bo'lmasin, qalblarimiz topisha oldi. Va birlashib, yaxlit holga kela oldi.

Hozir qachonlardir o'zim hissiz deb bilgan bu qora koʻzlarga tikilarkanman, uni sevib qolganimga amin bo'ldim. Qanday bo'lsa,
shundayligicha sevishimga. Pirovardida, buning sodir bo'lishiga izn berdim, chunki ortiq qarshilik qilish aqldan bo'lmasdi”.


📖 “Sen bir olam, men oʻzga olam” asaridan (Feya Moran)
3👍3👌1
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Tez kunda o‘zbek tilida!

Mashhur “Kaisar” romani o‘zbek tilida kitobxonlar bilan uchrashishga tayyor.

Maxsus ishlangan ichki animatsiyalar va vizual elementlar orqali o‘quvchi voqealarni faqat o‘qibgina qolmay, ularni his qiladi, sahifalar orasida go‘yo yashaydi.

🔜 Yaqin kunlarda sotuvda.
Kuting. Bu safar siz kitobni o‘qimaysiz — uning ichida yashaysiz.
7🤩4👍2❤‍🔥1🔥1🥰1🎉1
Forwarded from XGROUP BOOKS
Dunyo bo‘ylab 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan, 30 dan ziyod tillarga tarjima qilingan mashhur asar — Good Vibes, Good Life tez kunda o‘zbek tilida nashr etiladi.

Muallif — Vex King
Asl nashriyot — Hay House

Asar uchun rasmiy mualliflik huquqi olindi.

Kitob nimani haqida?

- O‘zini sevish va o‘z qadrini bilish
- Salbiy fikrlardan chiqish yo‘llari
- Ichki ishonchni mustahkamlash
- Hayotga ijobiy qarashni shakllantirish
- Maqsad sari intilish va shaxsiy o‘sish


Vex King o‘zining murakkab hayotiy tajribasidan kelib chiqib, juda sodda va amaliy tavsiyalar beradi. Kitob nazariya emas — real hayotiy yondashuvlarni jamlagan.

Bugungi tezkor va bosimli hayotda ichki barqarorlikni topish har qachongidan ham muhim. Shu sababli bu asar dunyo bo‘ylab keng ommalashdi va self-help yo‘nalishida eng ko‘p tavsiya etiladigan kitoblardan biriga aylandi.

Tez orada o‘zbek kitobxonlari ham ushbu bestseller bilan ona tilida tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
4🔥4😁1🎉1👌1
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
Hayden cho‘ntagiga qo‘l solib, yangi Obsidian dollaridan bir dasta chiqardi. Pullarni tartibli qilib bukladi va kosa ichiga, tangalar yoniga qo‘ydi. U hech narsa demadi. Bunga hojat ham yo‘q edi.
U qayta o‘rnidan turganida, ko‘ksida g‘alati bir his paydo bo‘ldi. U bu hisni nima deb atashni bilmasdi. Rahmdillikmi? Aybdorlikmi? Aniq ayta olmasdi. U faqat bir narsani – ichida nimadir biroz bo‘lsa-da o‘zgarganini his qildi.
Ehtimol, dunyo haddan tashqari shafqatsiz bo‘lib ketgandir.


Mustaqim Jiva
Tuz kunda
❤‍🔥4🔥31😁1😢1
#taqdim 🎊

🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩

"...bular siz biladigan narsalar, otajon, sizga endi biroz bilmagan narsalaringizdan aytib beraqolay: masalan, dafn marosimingiz qanday kechdi? Kimlar keldi? Janoza namozi qanday o‘qildi? Umuman olganda, kamchilik bo‘lmadi deyarli, otajonim. Men yig‘ladim. O‘sha kunlar maktabda “hurmatga sazovor” bo‘lganimiz tufayli avtobusda bir guruh o‘qituvchilar-u gulchambarlar yuborildi. Umringiz mobaynida siz biror marta ham ko‘rmagan ba’zi odamlar qo‘llarini oldida chalishtirib, boshlarini egib, go‘yo o‘limning anglab bo‘lmas haqiqatini o‘ylayotgandek mozoringiz boshida turishdi. Tobut chuqurga qo‘yilgach, ustiga katta beton bloklar joylashtirildi. (Bu an’anani uncha yoqtirmayman, ota, oshib bo‘lmas to‘siqlarga qarshiman axir). Sizni onam yotgan qabristonga ko‘mmadik, ba’zi yaqinlarimiz shuni ma’qul ko‘rishdi. Odamlar o‘zaro kelishmovchiliklar ular vafot etganidan so‘ng ham davom etishini istashadi. G‘am-u tashvishimdan foydalanib sizni qabrda onamdan ayirib qo‘ygan yaqinim aslida narigi dunyoga unchaligam ishonmaydi... Holbuki, menga “Onang shuni xohlardi”, dedi..."

📝 Rahmat Bobojon tarjimasi

📚Mashhur turk yozuvchisi O‘g‘uz Atayning mazkur hikoyalar to‘plami tez kunlarda nashr etiladi. U turk adabiyotida modernizm va postmodernizmning eng yorqin vakillaridan biri sifatida nom qozongan.
Uning asarlari o‘z davrida keng ommaga unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo keyinchalik 1980-yillardan boshlab qayta kashf qilindi. Bugungi kunda Atay Turkiyada “zamonaviy turk romanchiligining poydevor ustunlaridan biri” deb hisoblanadi.

😇 Shu bilan birga, yozuvchining yana ikki kitobi sevimli nashriyotingiz tomonidan chop etiladi. Bizni kuting, biz Sizga eng yaxshilarini ulashish harakatidamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👌1💯1🤗1