#haqida
⛓ Cho‘pon yigit Santyagoning sarguzashtlari, Kichkina Shahzodaning boshdan o‘tkazganlari, oqcharloq Jonatan
Livingstonning ko‘rgan-kechirganlari yodingizdadir? Biz yana bir o‘zni va o‘zgani anglash haqida g‘aroyib asarni tavsiya qilmoqchimiz.
🕯 Kitob muallifi – taniqli turk yozuvchisi Serdar O‘zkan, yosh bo‘lishiga qaramay, dunyo kitobxonlari ko‘nglidan joy olib ulgurdi. Serdar O‘zkan millionlab nusxalarda nashr etilayotgan asarlarida madaniyatlar to‘qnashuviga urg‘u bersa-da, o‘z qahramonlariga inson o‘laroq yondashadi, turli mintaqa vakillarining farqli va o‘xshash jihatlarini har xil rakurslarda ko‘rsatadi, ularning iztiroblari-yu tashvishlarini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi.
🪄 Mazkur asar kishining xayoliga ham kelmaydigan chuqur kechinmalar hamda nozik ruhiy tasvirlar ila, nafis afsona, teran hikmat va go‘zal ertak qorishiqlarida hikoya qilinadi. Kitob qalb amriga quloq solish va vahima-yu xavotirlar changalidan xalos bo‘lish haqida.
@Factorbooks – eng yaxshilari! ❤️

🥰4👍2🔥1🌚1
#kayfiyat_uchun
KOʻZINGIZNI SINAB KOʻRING 😄
😰 Mutolaadan toliqdingizmi? Keling, bir chalgʻib olamiz.
🤔 Koʻzingizni qancha qisib qarasangiz, shuncha tiniq koʻrinadigan surat.
@Factorbooks – kitobxonlar tomondamiz!
🫣 *Aytgancha, sinab koʻrdingizmi? Kimni koʻryapsiz?

👍5🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoqimli_mutolaa🤗
💞 “Albatta, qalb hammada bor, biroq buni hamma ham anglamaydi; ko‘pchilik odamlar tug‘ilganidan to so‘nggi nafaslariga qadar o‘z ichki olamining chuqurligi va boyligi to‘g‘risida hatto shubha ham qilishmaydi... Bu ichki olam faqat ruhiy jihatdan o‘zimizga o‘xshagan odamni uchratganimizdagina ochiladi va aynan shunda bizning boshqa – ma’naviy hayotimiz boshlanadi. Barcha shubhalar, qo‘rquvlar chilparchin bo‘ladi va
ikki qalb, to‘siqlarni supurib, bir-biri tomon intiladi”.
Muallif: Sabohaddin Ali
Kitob nomi: “Moʻynali mantodagi madonna”
Muqovasi: Yumshoq
Narxi: 29 ooo so‘m
Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998950359511
✉️ @Factorbooks_info
🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
@Factor_books — eng yaxshilari! ❤️

👍5❤1👏1🌚1
#jiddiy_soʻrovnoma
🤓 “Dominant” loyihasi yangi formatda faoliyat boshlash arafasida!
Yangi formatni qaysi asar muhokamasi bilan boshlashimizni istaysiz 👀
👇

#kitob_bayrami 🎊
TALABALAR KUNINI SHU YERDA NISHONLAYMIZ! 🎓
🥰 Kitob koʻrgazmalarimiz, ulgurji yarmarkalarimiz talabalar orasida tilga tushib ulgurgan, yana koʻplab oliy taʼlim muassasalari tashrifimizni kutishmoqda!
🤗 Biz esa 17-noyabr – Talabalar kunini takliflarga binoan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida nishonlashga qaror qildik.
Bu yerda:
🔹Nashriyot kitoblarining arzonlashtirilgan narxdagi yarmarkasi;
🔹Bosh sovrin avtomobil boʻlgan Ikar kitoblari taqdimoti;
🔹Yangi nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi;
🔹Chop etilishi kutilayotgan kitoblarimiz haqida suhbat va boshqa qiziqarli syurprizlar sizlarni kutmoqda!
👌Barchangizni 17-noyabr soat 9:00 dan 17:00 gacha institutning oʻquv teatriga kiraverishda kutamiz! Albatta keling.
*Postni sanʼat va madaniyat institutiga aloqador tanishlarga yuborib qoʻying!
@Factorbooks – kitoblar bilan har kuni bayram!

🔥4
#Ikar
#Bir_parcha_osmon
#Usmon_Azim
* * *
Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.
Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
© Usmon Azim
“Ikar” toʻplamidagi
“Bir parcha osmon” kitobidan
📲 BUYURTMA BERISH 👈
Murojaat uchun:
📞 +998950799511
✉️ @Factorbooks_info
Telegram | Facebook | Instagram
#Bir_parcha_osmon
#Usmon_Azim
* * *
Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.
Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
© Usmon Azim
“Ikar” toʻplamidagi
“Bir parcha osmon” kitobidan
📲 BUYURTMA BERISH 👈
Murojaat uchun:
📞 +998950799511
✉️ @Factorbooks_info
Telegram | Facebook | Instagram
❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Factor_iqtibos
📎 Yodingda boʻlsin, bandasi: “Tugab bitdim”, desa, Robbisi “Yetib keldim”, deydi...
©Mirach Chagʻri Oqtosh
“Oʻzingga xush kelding” kitobidan.
@Factorbooks – eng yaxshilari! ❤️
📎 Yodingda boʻlsin, bandasi: “Tugab bitdim”, desa, Robbisi “Yetib keldim”, deydi...
©Mirach Chagʻri Oqtosh
“Oʻzingga xush kelding” kitobidan.
@Factorbooks – eng yaxshilari! ❤️
❤5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos
📖 Chinakam oshiq va maʼshuqa koʻz bilan qoʻlga oʻxshaydi. Koʻzdan yosh silqisa, qoʻl uni artib siypalaydi. Agar qoʻl ogʻrisa, koʻzga yosh keladi...
©Iqbol Mirzo,
“Bonu” romanidan
@Factorbooks — kitobxonlar tomondamiz!❤️

❤10👍4🌚3😢2
#Bayram_muborak_erkaklar 🎊
ERKAKLAR KUNIDA KUN TAVSIYASI 💪
🥳 19-noyabr – butun dunyoda Xalqaro erkaklar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunday kunda otalar, akalar, erkak hamkasblar, kursdoshlar, doʻstlar tabriklansa, ayollarning baxtli yashashiga ular sabab ekani eslatib qoʻyilsa, nur ustiga nur!
😉 Kamiga, @Factor_books ularga mos kitoblarni tavsiya qilib turgan boʻlsa:
👌 Ortga yoʻl (Remark) – urushdan qaytgan askar oʻqituvchi boʻlib ishlarkan, notoʻgʻri taʼlim urushdan koʻra xavfli ekanini, urushda bir odam oshib borsa 5-10 kishini oʻldirishi mumkin boʻlsa, notoʻgʻri taʼlim bilan esa minglab buyuk insonlarni yoʻq qilib qoʻyish mumkinligini anglab yetadi.
👌 Qora haykal (Remark) – ikkita jahon urushi orasidagi turgʻunlik davri, qabrtosh yasaydigan erkakning psixologik holatlari.
👌 Gʻamgin sarv (Agata Kristi) – detektiv adabiyot ishqibozlari uchun Puaroning yangi voqealaridan tarjima. Tuhmatda qolgan ayolning yuksak salohiyatli erkak tomonidan oqlanishi.
@Factorbooks – kitob bilan har kuni bayram ❤️

🌚5👍2
#Mundarija
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub “Bilga xoqon” kitobidan quyidagi asarlar joy olgan:
Roman:
“Bilga xoqon”.
Qissalar:
“Robiya Balxiy qissasi”;
“Toʻlinoy xayollari”.
Hikoyalar:
“Abdujabbor”;
“Yerniki yerga, suvniki suvga”.
Muqovasi: yumshoq
Narxi: 35 ooo soʻm
Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998950359511
✉️ @Factorbooks_info
🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
@Factor_books — eng yaxshilari! ❤️
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub “Bilga xoqon” kitobidan quyidagi asarlar joy olgan:
Roman:
“Bilga xoqon”.
Qissalar:
“Robiya Balxiy qissasi”;
“Toʻlinoy xayollari”.
Hikoyalar:
“Abdujabbor”;
“Yerniki yerga, suvniki suvga”.
Muqovasi: yumshoq
Narxi: 35 ooo soʻm
Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998950359511
✉️ @Factorbooks_info
🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
@Factor_books — eng yaxshilari! ❤️
👍4🔥1
Forwarded from Manzura Parvoz👩🏻💻
#Mutolaa
Erix Mariya Remarkning "Ortga yo‘l" asarini o‘qib tugatdim (yig‘lab🥺)
Odatda urush voqealariga oid asarlarni o‘qishga juda qiynalaman. Bunga asosan ta‘sirchanligim va o‘zaro o‘xshash syujetlardan tez zerikib qolishim sabab bo‘ladi. Ammo "Ortga yo‘l" menga urushni nafaqat jarayon davom etayotganida, balki tugaganidan keyingi holat orqali ham tahlil qilishni o‘rgatdi. Bu safar jamiyat yoki siyosat emas, asosan tirik qaytgan askarlar timsolida...
Aslida o‘lim changalidan omon qolganlarning har biri haqida alohida kitob yozish mumkin. Biroq muallif ularni bir nechtasini birlashtirib, Vatanga qaytganidan keyingi hayoti orqali tasavvur uyg‘otishga harakat qilgan.
Maktabni bitirar-bitirmas urushga olib ketilgan, u yerda qo‘liga qurol berib faqat dushmanni otish, portlatish, o‘ldirish haqidagi buyruqlar bilan miyasi to‘ldirilgan, ko‘z o‘ngida yaqinlari bo‘laklarga bo‘linib jon taslim qilganini ko‘rgan yigitlar urushdan qaytgach hech narsa bo‘lmagandek odamlar orasiga qo‘shilib keta oladi deb o‘ylaysizmi? Albatta yo‘q! Natijada kimdir yana urushga qaytib ketishni istaydi, kimdir o‘g‘rilik (talonchilik) yo‘lini tanlaydi, kimdir qotilga aylanadi, kimdir esa o‘zini ...
Afsuski juda ayanchli...
Albatta o‘qib ko‘ring. Asar ketgan vaqtingizga ham, yaqinlaringizga tavsiya qilishingizga ham arziydi.
_
"Nega hammasi chappa ketdi, Georg, nega? Chunki bizni aldashdi, shunday aldashdiki, bu yolg‘onlarning mag‘zini haligacha chaqolmayapmiz! Bizni sotishdi, laqqa tushirishdi. Vatan, deya qulog‘imizga quyishdi, aslida esa ochko‘z sanoatning bosqinchilik rejalarini nazarda tutishgan ekan; shon-sharaf, deyishdi, buning tagida esa bir siqim diplomat va knyazlarning hokimiyatga tashnaligiyu bir-birini g‘ajishi yotgan ekan; millat, deb ayyuhannos solishdi, aslida esa bekorchixo‘ja janobi Generallarning qo‘li qichib qolgan ekan".
📖 (asardan)
@ManzuraParvoz

👍5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qalb_harorati
OʻYLAB KOʻRING 💞
🧣 Oldinlari odamlar sovuq uylarda kitob bilan isinishgan. Shamchiroqlar atrofida oʻtirib bitta kitobni galma-gal mutolaa qilishgan.
😳 Hech eʼtibor berganmisiz, uylarimiz isigan sari kitob oʻqishga ishtiyoqimiz qolmayapti.
😢 Yoʻq, aslida, qalb haroratiga har doim ehtiyojimiz bor. Shunchaki qalbimizga quloq tutib koʻrmay qoʻydik. U mutolaaga juda muhtoj.
Qalbingizni qiynamang. 🥹 Unga kitob oʻqib bering.
@Factorbooks – yaxshilar uchun!

❤4😢2❤🔥1👍1
#buni_oʻqib_koʻring
“Mana, oyijon, kitobim ana shular haqida. Biroq tuzuk-quruq tushuntiroldimmi, bilmayman. Menimcha, bu qissani anglab yetishdan ko‘ra boshdan o‘tkazgan ma’qul. Zaynab xonimga birgina zaytunning ta’mini
tushuntirib berolmagan menday bir noshud gulzorning sehrini qanday ham aytib bera olardim?”
© Serdar Oʻzkan,
“Gʻoyib boʻlgan atirgul” kitobidan.

❤4🔥3🤔2
#haqida
📚 Bonu bitiklari o‘z hayoti tarixiga misoli girdob, misoli sahro quchog‘i kabi olib kirib ketadi. Bir insonga bergan hayot, jon, tiriklik evaziga Xudo uni shunchalar ko‘p, chigal, og‘irdan og‘ir, mushkuldan mushkul sinovlarga tashlaydiki, “axir buning ma’nosi nima?” deb, kishi yana eng qadim “Ayyub nidosi”, Ayyub sabrini eslaydi va Odam Atodan qolgan ekan-da bu dard-u sinovlar, deb o‘yga toladi. Go‘zal Bonu Ayyubdan ham ko‘proq yengish, chidash, ko‘tarish, qariyb ilojsiz sinov-sinoatlarga duch keladi. Yengib o‘tish, omon qolish imkonsiz bo‘lib ko‘ringan holatlarda u favqulodda matonat ko‘rsatadi. Biz “Chol va dengiz”, “Oq kema”, “Qiyomat”da ham shunday favqulodda ruhoniy qudrat kasb etgan matonat – epik shoirona matonat hodisasiga duch kelganmiz. Bonu timsoli bu insoniy matonatni yana boshqa bir ulug‘ harakatlantiruvchi kuch – Oriyat favqulodda quvvatlantirib, favqulodda insoniy hodisaga aylantirib turadi.
©Ibrohim Gʻafurov,
Oʻzbeksiton Respublikasi sanʼat arbobi
@Factorbooks – eng yaxshilari

👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz
📹 Abdurahim Hayit – “Leylim Ley”
🎼 Oʻsha mashhur qoʻshiqning asl ijrochisi uygʻur dutorchi-hofizi, ziyolilar qatagʻoniga uchragan mashhur xonanda, uygʻuristonlik ijodkor Abdurahim Hayitdir.
✍ Sheʼri esa taniqli turk shoiri va yozuvchisi, “Moʻynali mantodagi madonna” romani muallifi Sabohaddin Ali qalamiga mansub.
👌 *Qoʻshiqni eshitib koʻring. Ilk ohanglaridanoq oʻziga rom qilib oladi. Tugagach, yana qayta eshitishga majbur qiladi!
@Factorbooks – yaxshilar uchun! ❤️

👍4❤1
#bu_juda_muhim
🤔 Suratdagi yozuvchi kim va uning qaysi kitobini oʻzbekchada oʻqishni istardingiz?
@Factorbooks – eng yaxshilari!

👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat
📺 Bolaligimizda koʻrgan koʻplab multfilmlarimizning asl maʼnosini anglamaganmiz. Ohangi, koloriti, musiqasi, tasvirlar, baʼzi soʻzlari yuzaki esda qolgan xolos.
⏳ Vaqt oʻtishi bilan esa, hayotimizda uchragan qaysidir voqea sabab oʻsha multiklardagi chuqur mazmun-mohiyatni anglab boramiz. “Haligi multfilmda boʻlardi-ku”, deb iqtibos keltiramiz beixtiyor.
📚 Baʼzi kitoblarni tushunmayotganimizdan hech xavotir boʻlish kerak emas. Ogʻir mazmunli asarlarni ham oʻqib qoʻyaverish kerak, magʻzini yillar davomida asta-sekin anglab boraveramiz.
*Ushbu qahramonlarga shu aktyorlar ovoz berganini bilarmidingiz?
@Factorbooks – kitobxonlar tomondamiz! ❤️

👍6❤1
#Mutolaa
🤲 “Quyosh faqat bir kishi uchun chiqmaydi, butun dunyo uchun chiqadi. O‘sha olamning ichida o‘zimiz ham bormiz. Xo‘sh, hamma uchun yetarli bo‘lgan quyoshdan nega biz faqat o‘zimiz uchun uchqundek kichik bir nur so‘rashimiz kerak? Agar duo qilinishi kerak bo‘lsa, hamma uchun birdek qilinishi kerak.
Agar duo quvonchlarimiz, tilaklarimiz, Allohga shukronalarimizni o‘z ichiga jamlagan holda ko‘ngil xotirjamligi, tabassum va ochiq chehra bilan amalga oshirilsa, nur ustiga nur.
🤲 Duo qilish uchun boshingga qandaydir musibat tushishini kutish duoning ruhiga ziddir. Duo – bu har nafasda yuragimizdan o‘tadigan quvvat. Xushnud damlarda qilingan duoning kuchi kengroqdir. Xuddi qandaydir xushxabar eshitganimizda darrov telefonlarni qo‘lga olib, yaqinlarimizga qo‘ng‘iroq qilganimizdek, ayni damda duo qilishimiz kerak. Shodliklar duolar bilan bezalsinki, mujdalar ko‘paysin”.
©Bilol Jivalek,
“Dard etma, sabr et” kitobidan

#fikringiz_muhim
Shunday ajoyib kitobga ushbu kitobning muharriri tomonidan yozilgan taqriz – haqiqiy bahoni o‘qishni istarmidingiz? ☺️
Yuzta 👍 bo‘lsa, shu yerda taqriz joylanadi
🤩

👍67🔥3