“FACTOR BOOKS” nashriyoti
1.09K subscribers
2.85K photos
522 videos
7 files
1.03K links
"Factor books" nashriyotining telegramdagi rasmiy sahifasi 🤩

Badiiy, tarjima va ilmiy adabiyotlarning eng saralari📚

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

✅Kitob do'konimiz: https://t.me/factor_books
Download Telegram
Bir savolga bir javob!
"FACTOR BOOKS" nashriyoti
🥰 Faoliyatimizga qiziqish bildirganingiz, fikr va takliflaringizni ayamaganingiz uchun tashakkur. Bizni kuzatishda davom eting, manfaatli bo‘lgan qiziqarli loyihalarimiz bilan sizni xushnud qilishdan baxtiyormiz!

@Factorbooks — har bir harakatimiz kitobxon uchun!
👍1🥰1😁1
Majlislardan hamma bezor. Tadbir, uchrashuv, qandaydir suhbatlar... allaqachon odamlarning bu kabi yigʻinlardan hafsalasi pir boʻlgan. Va men ular tomondaman. Inson umri juda qimmat turadi. Uni bekor sarflashiga sababchi boʻlib qolish juda achinarli. Tadbirlarda gapirsam, shu masʼuliyat yelkamdan bosib turadi. Va bunda yana bir muhim jihat – ustida gap borayotgan ishlarning ham ahamiyatli ekani. Ikar kitoblari eng yaxshi gaplarni aytishga arzigulik hodisa.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida boʻlib oʻtgan bugungi tadbirda berilgan savollarga qisqa javoblar:
– Manzillaringiz qayerda?
– Eng yaqini – telefoningizda. Ofisimiz Novza metrosidan 20 qadam.
– Tanlovda sanalarni yodlab chiqish kerakmi?
– Yoʻq. Mantiqan tushunib oʻqigan boʻlish kifoya.
– Shartlari qanday?
– Kitobni xarid qilish va oʻqish.
– 🗣
– 🤦‍♂

P.s. oxirgi suhbat hazil. Yaxshi savollar koʻp boʻldi...

T.me/katarsis_kundalik
👍3👏1
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚
🥳 Biz ertaga ham Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lamiz!

❗️ Bugun kitob olishga ulgurmaganlar bo‘lsa, ertaga ham imkoningiz bor. Siz do‘konga kelmasangiz, kitoblarimizning o‘zi yoningizga boradi. Universitetda ko‘rishguncha!

@Factor_books — biz bilan har kuni bayram!
Varrak
"FACTOR BOOKS" nashriyoti
#Orzu_va_dengiz_bilan_80_kun_40

🪶 Rohilabonu G‘o‘chchiyevaning “Varrak” hikoyasi  tahlili!

🎙 Dilshod Salomov(Bedil)ga hikoyani chiroyli o‘qib bergani va muhokamada bizga yelkadosh turgani uchun tashakkur!

📝 Eng faol kitobxonlar:

Mavluda Samariddinova
Charos Avazova
Sarvinoz Yo‘ldoshboyeva
Nafisa Karimova

Umar Zokirov
Xurshid Abdusaidov
Muhabbat Abdullayeva
Robiya Mustafayeva

🎊 Ishtirok uchun barchaga tashakkur! Keyingi muhokamalarda bundan-da faol bo‘lishingizni so‘raymiz!

@Factorbooks — siz kitob o‘qing, ota-onangiz dam oladi!
🌚2👍1
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from IKAR | FACTOR BOOKS
Diydoringizga oshiqyapmiz!

🔥 Diqqat! "Ikar" loyihasi doirasida ustoz ijodkorlar bilan bo'lajak maroqli hamda qaynoq suhbatni kutaverib sizning ham, bizning ham ko'zimiz to'rt bo'ldi. Biz siz bilan tezroq uchrashishga mushtoqmiz! 

⏳ Talab va takliflarga binoan, IKAR taqdimot marosimini 19-oktyabrga ko'chirdik. Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qilib qo'yish yodingizdan chiqmasin!

🗓 Sana: 19-oktyabr, soat 17:00

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
(“Mustaqillik maydoni” metro bekati yonida)

📚 Qaynoq atmosfera, tarixga muhrlanajak kitob bayramida ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Quyidagi havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 👇

https://forms.gle/uTZAtBDptzkxFYDZ7

❗️Eslatma
: Ishtirok etish BEPUL, joylar soni cheklangan!

Telegram | Facebook | Instagram
👍5🌚2
☺️ Ihm, ihm! Bu yerda chiroyli, noodatiy izoh yozsangiz, kitob sovg‘a qilisharkan. Ketdik!👇

https://t.me/ikar_factor/195
Attilaning tulpori
"FACTOR BOOKS" nashriyoti
#Orzu_va_dengiz_bilan_80_kun_41

🪶 Sanjarbek Ikromovning “Attilaning tulpori” hikoyasi  tahlili!

🎙 Dilshod Salomov(Bedil)ga hikoyani chiroyli o‘qib bergani va muhokamada bizga yelkadosh turgani uchun tashakkur!

📝 Eng faol kitobxonlar:

Mavluda Samariddinova
Charos Avazova
Sarvinoz Yo‘ldoshboyeva
Nafisa Karimova

Umar Zokirov
Robiya Mustafayeva
Xurshid Abdusaidov
Muhabbat Abdullayeva

🎊 Ishtirok uchun barchaga tashakkur! Keyingi muhokamalarda bundan-da faol bo‘lishingizni so‘raymiz!

@Factorbooks — siz kitob o‘qing, ota-onangiz dam oladi!
❤3👏2
Forwarded from IKAR | FACTOR BOOKS
#hozir_ikar_trendda 📚👌

‼️ Hozir "IKAR" loyihasi doirasida katta targ‘ibot ishlari avjiga chiqqan.

😌 Loyiha uchun o‘z hissasini qo‘shishni istagan, kitob blogiga ega bo‘lgan faol, targ‘ibotchi kitobxonlarni hamkorlikka taklif qilyapmiz ☺️

Buning uchun
1⃣ Ismi sharifingiz
2⃣ Blogingiz havolasi
3⃣ Yashash manzilingizni
@Factorbooks_tanlov ga jo‘nating 😊

Sizga qaynoq taklifimiz bor ☺️📚
🌚3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​#Tez_kunda
#Tuhfamiz
#Yangi_kitob

😇 Sabohaddin Alining boshqa asarlari singari bu romanning ham ayricha bir xususiyati bor — mutolaani boshlagan kishi 5-10 sahifadan keyin yuragida ajib titroq tuyadi.

💞 Bir zamonlar dunyoning narigi chetida xuddi o‘ziga o‘xshash, ruhi ruhiga uyqash inson yashab o‘tganini, u bilan o‘rtasida qil o‘tmas do‘stdek qadrdonlik borligini his etadi.

🥹 Bora-bora bo‘g‘zini taxir g‘ashlik achishtirgan kitobxon so‘nggi sahifani yopganda o‘kirib yig‘lashdan, xo‘rsiniq aralash ko‘z yosh to‘kishdan o‘zini arang tiyib qoladi. Agar eplay olsa...

@Factorbooks — eng yangilari!
👍1
Bir savolga bir javob!

Izohlarga kim birinchi bo‘lib yozsa, shu kitobxonning faoliyatimiz haqidagi istagan bitta savoliga javob beramiz. Audiochatda!

Ketdik👇
Live stream started
Live stream finished (29 minutes)
Bir savolga bir javob!
"FACTOR BOOKS" nashriyoti
🥰 Faoliyatimizga qiziqish bildirganingiz, fikr va takliflaringizni ayamaganingiz uchun tashakkur. Bizni kuzatishda davom eting, manfaatli bo‘lgan qiziqarli loyihalarimiz bilan sizni xushnud qilishdan baxtiyormiz!

@Factorbooks — har bir harakatimiz kitobxon uchun!
❤2👍2👏2🥰1
​​#Iqtibos

🧠 Kitobni elektron shaklda o‘qish — atirgulni protivogaz bilan hidlashdek gap!

©Husan Maqsud

P.s. Bu borada siz qanday fikrdasiz? 🤔

@Factorbooks — javonimizdan javoningizga!
💯12😁4👍3👏2❤1👎1🕊1🐳1
😱 O‘ylab qarasak, mavhumliklarimiz ancha to‘planib qolibdi:

1. “Orzu va dengiz” muhokamasi g‘olibi — ?
2. “Hikoyaga yozilgan eng yaxshi taqriz muallifi” — ?
3. “Kitobga yozilgan eng yaxshi taqriz” — ?
4. “Bonu” kitobi bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlar g‘oliblari — ?
5. “IKAR” suratiga yozilgan eng yaxshi izoh muallifi — ?
6. ...

💭 Yana qaysi mavhumliklarga javob kutyapsiz? Bugun aniqlik kiritamiz👇
😢5🔥2👎1
41 kunlik muhokama yakunlandi!

🌊 “Orzu va dengiz” to‘plamini bir maromda o‘qish imkonsiz. Undagi 41 ta hikoyani 41 holatda, 41 xil kayfiyatda mutolaa qilasiz!

😇 Muhokamalar fayzli, fikrlar har xil, qarashlar turfa bo‘ldi. Natijalarni tahlil qilishda kitobxonlarning muntazam ishtiroki bilan birga tosh bosadigan fikr ayta olgani, hikoyani asosli tahlil qila olgani ham hisobga olindi.

G‘oliblar bilan tanishing:

1⃣ - o‘rin — Nafisa Karimova, ota-onasi sanatoriyada 10 kun dam olishi uchun 2 kishilik yo‘llanma beriladi!
2⃣ - o‘rin — Charos Avazova, nashriyotimizda chop etilgan istalgan 5 ta kitobni tanlashi mumkin!
3⃣ - o‘rin — Robiya Mustafayeva, nashriyotimizda chop etilgan istalgan 5 ta kitobni tanlashi mumkin!

🎁 Muhokamalarda nisbatan kam qatnashib, asosli fikr ayta olgani uchun Zarina Tillayeva ham rag‘batlantiriladi. Siz ham nashriyotimizda chop etilgan istalgan 3 ta kitobni tanlashingiz mumkin!

@Factorbooks — kitobxonlar tomondamiz!
👏15❤2👎2🔥2🎉1