FACTOR BOOKS 📚🤩
3.15K subscribers
3.43K photos
581 videos
9 files
1.16K links
📚Izlagan kitoblaringiz shu yerda!🎁

Buyurtma berish: @factorbooks_info

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

📞 + 998 95 035 95 11
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon💥

Yangi yil chegirmasi! 🥳
Arzonlashtirilgan kitoblar! 🤩
Qaynoq muhit! 🤓
Ikar avtomobili taqdimoti! 🚘

Jarayon davom etmoqda!

@factorbooks – eng yaxshilari ❤️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Taqriz

“Mo‘ynali mantodagi madonna”

Ishqiy romanlarni ko‘p o‘qimaganman. Biroq, Madonna juda ajoyib tarzda yozilganligi bilan ajralib turadi. Balki, uni ishqiy roman ham deya olmasmiz. Shunchaki ichki kechinmalar, hissiyotlar... hammasi nihoyatda sayqallangan va soxtalikdan yiroq.

Insonning ichidagi kemtiklari, yashirin ovozi, qo‘rquvlari va bular kelajakda nimalarga sabab bo‘lishi ham ajoyib tasvirlangan.

Doim insonlardan qochib yuraman. Ular ko‘p joyda o‘zimni yolg‘iz his etaman. Roman esa aynan menga atalgandek!

Hissiyot odamiman. Tayanish kerak bo‘lsa, hislarimga suyanaman. Bosh qahramon ham bir umr qidirgan baxtiga yetishish uchun oz muncha harakat qilmaydi. Biroq, uning insonlar bilan o‘rtasida katta bir jarlik mavjud. U go‘yo qahramonimizni yutib yuboradi va hammasi shu joyida tugaydigandek.

Bir insonning ichki dardlari, iztiroblari, muhabbati har turli hissiyotlari juda go‘zal tasvirlangan. Asarga sho‘ng‘ib ketasiz...

©Bookhnoor

@Factorbooks — eng yaxshilari!❤️
#Bu_ham_qiziq

BIR NAFASDA OʻQILADIGAN KITOB... 🤓

👉 Dam olish kunining oʻzidayoq oʻqib tugatish mumkin boʻlgan biror kitobni tavsiya qila olasizmi?

🫵 Esingizda boʻlsin, siz tavsiya qilayotgan bir nafaslik kitob kimlargadir katta naf keltirishi mumkin.

@Factor_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mazmunli_yakshanba

🥸 Puaro! Jahonga mashhur bu filmini ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak. Mazkur asar esa sizni haqiqatparvar Puaroning yangi sarguzashtlariga oshno etadi!

🕵‍♀ Agata Kristi ijodining shoh asarlaridan “G‘amgin sarv”ni ona tilimizda o‘qing. Kitob faqat detektiv, jinoyatni fosh etish haqida emas. Armonli muhabbat, beg‘ubor sevgi va inson hayotida duch keladigan turli qiyinchiliklar ham bir kitobda mujassamdir!

• • • • • • • • • • • • • • • • •

Muqovasi: Yumshoq
Narxi: 29 ooo so‘m

Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info

🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factor_books — eng yaxshisiga munosibsiz!🥰
Forwarded from Noshir qiz daftari 📚
#tez_kunda 👌📚

🏔 Ixlos yoxud Beshinchi tog‘»ning aksar qismi (asosiy qismi, desak ham bo‘laveradi) qayg‘u, yo‘qotishlar, umidsizliklar, ammo shu bilan birga, umr deb atalmish yo‘lda uzoq davom etadigan mashaqqat ila qo‘lga kiritilajak hayotning ma’no-mazmuni,
inson o‘z o‘zanini topishi haqidadir.

📔 Balki siz muallifning boshqa kitoblarini ko‘p marotaba mutolaa qilgandirsiz, balki siz kitobga asos bo‘lgan rivoyatlardan ham xabardor bo‘lib chiqarsiz, lekin shunisi aniqki, asarda tasvirlangan azob-uqubatlarga qaramay, muallifning ko‘ngilni tinchlantiruvchi, dil yarasiga malham berguvchi roman yoza olganiga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q.

📜 Gapning indallosini aytganda,
ko‘hna Akbar shahri, tilsimli
Beshinchi tog‘, qaddi bukilmas
Finikiya, alalxusus, inson
qudratiga, kelajakka ishonch
tuyg‘usi ila bitilgan kitob!

🤓 Ps: "Alkimyogar"ni o‘qiganmisiz?
Fikringiz, bahoyingiz... 👇
#Kimda_qaysi_kitob

Kunni mutolaa bilan boshlagan odamning kayfiyatini osonlikcha buzib bo‘lmas ekan. Xo‘sh, qadrli kitobxonlar, bugun qaysi kitob hamrohingiz?

@Factor_books – kitobxonlar tomondamiz! ❤️
Kitob yaxshi, yaxshi kitob undanam yaxshi!

📚 Kitobxonlar do‘konimizda bo‘lishini intizorlik bilan kutayotgan asarlarni topib keldik. Barchasi cho‘ntakbop narxlarda. Faqat soni cheklangan:

1. “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” – 45 ooo soʻm;
2. “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi” – 57 ooo soʻm;
3. “Oshiq ham bo‘lmaylikmi?” – 23 ooo soʻm,
4. “Tushun va bajar” – 40 ooo soʻm;
5. “Yonayotgan Buxoro” – 46 ooo soʻm.


Hoziroq buyurtma bering ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info
📍 “Novza” metro, “Makro” supermarketining yonida

🚛 Kitob viloyatlarga BTS pochta, Toshkent shahri ichida esa Yandex orqali yetkazib beriladi.

@Factor_books – nima xohlashingizni yaxshiroq bilamiz!❤️
#Qiziqarli

Cook&Book

Belgiyadagi bu kitob do‘koni mijozlariga bir vaqtning o‘zida ham mazali taom taklif qiladi, ham ming xildan ziyod kitoblarni topish imkonini beradi.

Narxlarmi? Mijozlarning “Отзыв”(fikr mulohazalari)ga ko‘ra, narxlar birmuncha arzon, cho‘ntakbop!

Kitob do‘konida bemalol mutolaa qilsangiz ham bo‘larkan. Muhit shunaqa ajoyib, tinch va sokinki, u yerda uxlayotgan odam ham shovqin solayotganday ko‘rinadi...

P.s. Siz O‘zbekistondagi qaysi kitob do‘konidan o‘zingiz xohlagan muhitni topa olasiz? Va javobingiz nega aynan “Factor books”? :)

@Factor_books – kitobxonlar tomondamiz!❤️
#Diqqat

“Dard etma, sabr et” kitobini xarid qilganlar, mutolaa qilayotganlar va allaqachon o‘qib bo‘lganlar bormi oramizda?

Shoshiling, nashriyotimiz sahifasida ushbu kitobdagi iqtiboslar bo‘yicha yutuqli viktorina ketyapti. Bugun oxirgi kun, g‘olib siz bo‘lishingiz mumkin!

👉 Tanlovda qatnashish 👈

@Factor_books
Dard etma, sabr et..pdf
4.6 MB
#Kitobxonlarga_yuboring
#Siz_uchun_tuhfa

“Dard etma, sabr et”

So‘ragan edingiz, taqdim etyapmiz, o‘qisangiz bo‘ldi!

🌼 Turk adabiyotining sabr, duo, shukronalik, halovat va xotirjamlik haqidagi saviyali hamda sermazmun kitoblaridan biri!

❗️ “Dard etma, sabr et” “yig‘loqi” asarlardan emas. Aksincha, hayotingizga mazmun kiritadi, dunyoga boshqacha nigoh bilan qarashingizga turtki bo‘ladi. Qiziqdingizmi, unda mutolaaga kirishing!

📚 Kitobxon do‘stlaringizga jo‘nating. Xursand bo‘lib qolishadi. Varaqlab, yangi kitob hididan zavq olib o‘qishni istaganlar uchun👇

Hoziroq buyurtma berish:
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info
📍 “Novza” metro, “Makro” supermarketining yonida

🚛 Kitob viloyatlarga BTS pochta, Toshkent shahri ichida esa Yandex orqali yetkazib beriladi.

@Factor_books – nima xohlashingizni yaxshiroq bilamiz!❤️
Forwarded from IKAR | FACTOR BOOKS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fikr

“Hammaniyam kitobxon qilib boʻlmaydi. Mana hozir juda koʻp ragʻbatlar chiqyapti. Mashina sovgʻa qilyapmiz, pul beryapmiz. Bu yaxshi. Lekin sotib olganday-da. Muhabbat emas-da bu! Muhabbat begʻaraz boʻladi...”

©Erkin Aʼzam,
“IKAR” to‘plamidagi “Anoyining jaydari olmasi” kitobi muallifi


Telegram | Facebook | Instagram
#Foydalaning

CHEGIRMA DAVOM ETMOQDA!

❗️ Qadrli kitobxonlar! Javoningizda “Factor books”da chop etilgan kitoblar nechta? Zudlik bilan bizning kitoblarni ajratib, chegirmalarga ega bo‘ling!

📚 1 ta kitob 1%, agar sizda 30 ta kitobimiz bo‘lsa, 30% chegirmani qo‘lga kiritasiz! Qolaversa, IKAR to‘plami uchun birdaniga 5% chegirma taqdim etyapmiz!

😉 Yangi yilga bir dunyo kitob bilan o‘ting va yil yakunigacha boshingiz mutolaadan chiqmasin. Shoshiling, vaqt oz qoldi...

P.s. Kitobxonlar 20%gacha chegirmalarga ega bo‘lishmoqda. Javoningizda kitoblarimiz bormi, foydalaning!

@Factor_books — kitobxonlar tomondamiz!❤️