Expressively Ideation
56 subscribers
139 photos
42 videos
1 file
58 links
Personal blog.....)

Hammasiyam toʻgʻri emas!
•| Personal development
•| Critical thinking
•| Life experiences
•| @Expressively_Ideation_bot
Download Telegram
Va nihoyaaaaaaat Jahon chempionati.
Ichki hissiyotlarni tariflab berish juda qiyin.
Hammani tabriklayman.
❤‍🔥65
Ko‘proq piyoda yuring.
[Maqsadsiz yuring.]

Muammoni hal qilish uchun yuring. G‘azabni chiqarish uchun yuring. Comfort zonadan chiqish uchun yuring.
Tinglash, o‘qish va o‘rganish uchun yuring. Chalg‘ituvchi narsalardan qochish uchun yuring. Salomatligingizni yaxshilash uchun yuring.
Fikrlash uchun yuring. Oddiy yurish odati butunlay hamma narsani o‘zgartirishi mumkin.
Men doim yaqin olgan insonlarim bilan piyoda yuraman.


#mulohaza@expressively_ideation

⚜️ @Expressively_ideation
❤‍🔥33👍2
So'nggi turda Qatarni yanchib tashladik !

🌍 JCh-2026 saralash, 3-bosqich | 10-tur

🇺🇿 O'zbekiston 3:0 Qatar 🇶🇦

⚽️ Gollar: Turg'unboyev 28, Shomurodov 86, Igor Sergeyev 90+2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5❤‍🔥3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥44
Forwarded from same same but different
📍 Underground Home Sweet Home

Tucked quietly above the chaos of the metro, these little swallows have built a masterpiece of survival and serenity. No fancy materials. No blueprint. Just instinct, patience, and a lot of mud.

Yes, the photo isn't perfect.
Yes, the lighting's a mess.
But what you're seeing is *life finding a way* — raw, real, and unbothered by us rushing below.

This nest isn't just mud and straw.
It's a symbol of resilience.
A quiet reminder:
You don't need ideal conditions to build something beautiful.

#BeautyInUnexpectedPlaces #Resilience
❤‍🔥43💯3
Forwarded from  Kundalik
Har qanday holatda ham ogʻir(jiidiy) boʻlishni oʻrganish kerak. Aks holda oilalar ajrashaveradi, davlatlar bir biriga urush ochadi. Natija jamiyat zavolga yuz tutadi.

Hayotda oddiy qoida bor ogʻirroq boʻlish senga faqat foyda keltiradi.
Yengiltabiatlikdan koʻra.

@siyosiy_kundalik📗
💯6👍5🔥3
Forwarded from  Kundalik
Pulning jozibasi – juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning o‘zi yetarli emas.

@siyosiy_kundalik📗
💯6❤‍🔥43
Forwarded from  Kundalik
Din o'rgatyapmiz deb, savob yoki gunohlardan so'z ochdik. Makrux mubohlarni esa chetlab o'tdik. Oq yoki qorani o'rgatdik, qolgan ranglarni berkitdik. Bolani har tarafdan siqdik. Kulsa ham, yig'lasa ham aybdor sanadik. Boshqalar esa Allohning diniga zid ravishda rangin dunyoni ko'rsatdi.

📖 "Imomning maneken qizi" kitobidan

@siyosiy_kundalik 📗
5❤‍🔥3💯3
Forwarded from M.Imomov
❤‍🔥63💯3
Forwarded from Tahlil sahifasi
Nikoh pozitsiyani kuchaytiradi

To'ydan keyin boyib ketasan deyishadi.

Ko'zing to'siladi, hayo ortadi. Qanoat qilasan, baraka ortadi. Ruhiy bog'lanish bilan halovat ortadi.

Ungachachi? Pulni qayerdan oladi? Afsuski, bo'ydoqlar keragidan ortiqcha ishlatishadi. Talabalikdan bilardim: ba'zilar yillik xarajatiga to'yini qilsa bo'lardi. Ovqatlari aynirdi - birovning haqqi allaqachon uylarida bor edi.

Uylanib boy bo'lmaganlarchi? Xiyonat qilib yurganlarchi? Halovatini yo'qotganlar yo'q ekanmi? Albatta, bor.

Nikoh o'zidan avvalgi pozitsiyani kuchaytiradi. Shundoq ham kamxarj insonlarni boy qiladi. Hayo qilib yurganlarni biryo'la ko'zini to'sadi. Dinda mustaqimligini ta'minlaydi. Axir, shayton ikki kishidan uzoqroq yuradi.

Ilm izlab yurganlarni ilmini yuksaltiradi. Haqni izlab yurganlarni haqqa yaqinlashtiradi. Maishat istaganlarni iste'molini kuchaytiradi. Odam o'ziga o'xshaganlarga rozi bo'ladi. Bizga o'xshamagan bilan do'st bo'lolmas ekanmiz, teskari jinsdagi bilan qanday yashab bo'ladi?

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
🔥2👍11
Forwarded from Tahlil sahifasi
Nikoh pozitsiyani kuchaytiradi

To'ydan keyin boyib ketasan deyishadi.

Ko'zing to'siladi, hayo ortadi. Qanoat qilasan, baraka ortadi. Ruhiy bog'lanish bilan halovat ortadi.

Ungachachi? Pulni qayerdan oladi? Afsuski, bo'ydoqlar keragidan ortiqcha ishlatishadi. Talabalikdan bilardim: ba'zilar yillik xarajatiga to'yini qilsa bo'lardi. Ovqatlari aynirdi - birovning haqqi allaqachon uylarida bor edi.

Uylanib boy bo'lmaganlarchi? Xiyonat qilib yurganlarchi? Halovatini yo'qotganlar yo'q ekanmi? Albatta, bor.

Nikoh o'zidan avvalgi pozitsiyani kuchaytiradi. Shundoq ham kamxarj insonlarni boy qiladi. Hayo qilib yurganlarni biryo'la ko'zini to'sadi. Dinda mustaqimligini ta'minlaydi. Axir, shayton ikki kishidan uzoqroq yuradi.

Ilm izlab yurganlarni ilmini yuksaltiradi. Haqni izlab yurganlarni haqqa yaqinlashtiradi. Maishat istaganlarni iste'molini kuchaytiradi. Odam o'ziga o'xshaganlarga rozi bo'ladi. Bizga o'xshamagan bilan do'st bo'lolmas ekanmiz, teskari jinsdagi bilan qanday yashab bo'ladi?

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
❤‍🔥654
Forwarded from Tahlil sahifasi
Emotsiyalar lug'ati yoki u nima demoqchi?
(1-qism)

— Meni hech kim eshitmaydi.

Ayollar tilidan tarjima qilinganda: Siz mendan zerikkanga o'xshaysiz, janob. Yaqinda menga bo'lgan qiziqishingizni butunlay yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Bugun men biroz his-tuyg'ularga berilib ketganga o'xshayman. Sizdan qandaydir e'tiborga umid qilsam bo'ladimi?

Bugun men juda qiyin kunni o'tkazdim va hech kim menga nima deyishimga parvo qilmaydi. "Bugun nima bo'ldi? O'zingizni qanday his qilyapsiz?" deyishingizni xohlayman. Qo'shimchasiga: "Menga batafsilroq ayting" kabi qiziqishish bildirishingizni istayman. Soqovdek hech narsa demasangiz ham, ba'zan (to'xtab qolganimda) "oh", "um", "uh-uh", desangiz bo'larmidi?!

— Siz ortiq meni sevmaysiz.

Tarjimada bu tanbeh quyidagicha talqin qilinadi: "Bugun menga yetarlicha e'tibor bermadingiz. Meni ortiq sevmaysiz chog'i... Aslida meni chindan ham sevishingizni va men uchun ko'p ish qilishingizni yaxshi bilaman. Ammo bugun men o'zimni qandaydir ishonchsiz his qilyapman. Iltimos, sevgimga bo'lgan ishonchimni yana bir bor tasdiqlagan holda "Men seni sevaman" kabi sehrli so'zlaringizni ayting. Bu menga yangi ishonch baxsh etadi.

Shunday charchadimki, hech narsa qila olmayman.

Tarjima: Bugun qilishim kerak bo'lgan juda vazifalar bor edi. Biroq hozir tanaffus qilishim kerak. Sizning qo'llovingizdan naqadar baxtiyorman! Iltimos, meni bag'ringizga bosing va yolg'ondakam bo'lsa ham "Bugun qattiq ishlading, biroz mizg'ib ol" deng.

Xulosa: Ayollar shikoyat qilganda bizni aybdor qilmoqchi emas, aksincha kech bo'lsada qo'llovdan umid qilishayotgan bo'ladi. Har qanday achchiq iboralar ortida hissiy kechinmalar va yashirin qo'shimcha ma'no bor.

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
4💘3❤‍🔥2💯2
Forwarded from Tahlil sahifasi
Emotsiyalar lug'ati yoki u nima demoqchi?
(2-qism)

— Hammasini unutishni xohlayman.

Ayollar tilidan tarjima qilinganda: Siz bilan vaqt o'tkazganda o'zimni yaxshi his qilishimni bilishingizni xohlayman, lekin bugun men juda toliqdim. Men yana mas'uliyatni zimmamga olishimdan oldin, menga bir oz muloyimlik va iliqlik kerak.

Nega: "Sizga nima bo'ldi, azizim?" deb so'ramayapsiz va hech qanday yechim taklif qilmasdan, jimgina meni tinglamaysiz? Bu menga hamma narsani ko'nglimga olmasligimga, tashvishlardan biroq chalg'ishimga yordam beradi va ertaga men yangi kuch bilan qaytgan bo'lardim.

— Biz doim qayergadir shoshamiz.

Tarjimada bu tanbeh quyidagicha talqin qilinadi: Bugun haqiqiy poygalar kuni va bu menga umuman yoqmaydi.

Hayotimiz yanada tartibli bo'lishini istardim. Bunga hech kim aybdor emasligini bilaman va sizni ayblamoqchi emasman. Bilaman, biz o'z vaqtida yetib borishimiz uchun hamma narsani qilasiz va tashvishingizni juda qadrlayman. Siz menga hamdard bo'lib, "Bugun haqiqatan ham aqldan ozgan kun" deng sababi ba'zan men ham shoshqaloqliksiz tinchroq yashashni xohlayman.

Hech kim meni payqamaydi.

Tarjima: Bugun hech kim menga g'amxo'rlik qilmayotgandek his qilyapman.

Ishonchim komilki, ba'zilar meni payqashyapti, lekin bor-yo'qligim ularga umuman ahamiyatsiz chog'i... Ehtimol, bu juda band bo'lganingiz uchundir. Men juda qattiq mehnat qilayotganingizni, ikkalamiz uchun juda ko'p harakat qilayotganingizni qadrlayman, biroq gohida men borligim yoki yo'qligim sizni endi qiziqtirmasligini his qila boshladim. Sizning ishingiz siz uchun mendan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega ekanligini his qilaman va men qo'rqaman.

Xulosa: Ayollar shikoyat qilganda bizni aybdor qilmoqchi emas, aksincha kech bo'lsada qo'llovdan umid qilishayotgan bo'ladi. Har qanday achchiq iboralar ortida hissiy kechinmalar va yashirin qo'shimcha ma'no bor.

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
1💘42🏆2❤‍🔥1
Forwarded from Tahlil sahifasi
Emotsiyalar lug'ati yoki u nima demoqchi?
(3-qism)

— Bugun hech narsa o'xshamayapti.

Ayollar tilidan tarjima qilinganda: Bugun men juda og'ir kunni boshdan kechirdim va his-tuyg'ularim va tajribalarimni siz bilan baham ko'rishdan minnatdorman. Men bugun hamma narsada muvaffaqiyatsizlikka uchragandek his qilaman. Ehtimol, oldinda yana juda ko'p ish borligi uchun ham, bu haqida o'ylash qo'rqinchli. Menga qanchalik kerakligingizni bilmaysiz. Meni quchoqlab, yaxshi ishlayotganimni ayta olasizmi?

— Uyimiz doim tartibsiz.

Tarjimada bu tanbeh quyidagicha talqin qilinadi: Men bugun bir oz dam olishni xohlayman, lekin uy juda tartibsiz ahvolda! O'zim charchadim, dam olishim kerak. Umid qilamanki, siz hamma narsani menga tashlab qo'ymaysiz. Agar tartibsizlik haqida men bilan hamfikr bo'lsangiz va tozalashda yordam berishni taklif qilsangiz nima bo'ladi?

Hayotimizda ko'proq sevgi bo'lishini istardim.

Tarjima: Azizim, siz oxirgi payt juda ko'p ishlayapsiz.
Keling, biroz o'zimizga vaqt ajrataylik. Yolg'iz, ortiqcha stress va muammolar haqida o'ylamasdan vaqt o'tkazish juda yoqimli. Siz juda romantik odamsiz! Nega shunday kunlarning birida meni hayratda qoldirmaysiz - menga guldasta sovg'a qilmaysizmi?

Xulosa: Ayollar shikoyat qilganda bizni aybdor qilmoqchi emas, aksincha kech bo'lsada qo'llovdan umid qilishayotgan bo'ladi. Har qanday achchiq iboralar ortida hissiy kechinmalar va yashirin qo'shimcha ma'no bor.

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
1💘5👍3🔥2❤‍🔥1
Forwarded from Aziz Rahimov
Nikohdan oldin gaplashib yurish kerak-mi?

Biz tengilar uylanganiga ancha bo’ldi. Birinchi mevalarni ko’rish mumkin deb o’ylayman.

Taniganlarim orasida uzoq gaplashib, sevishib, uylanganlar bor.

Dunyoqarashi, oilasini mosligini bilguncha gaplashib, sovchi bilan uylanganlar bor.

Ko’p xollarda ikkinchi toifa baxtliroq.

Tajribamga ishonmaganlar uchun, Robert Epshteynning 13 betlik tadqiqotini ham ko’rib chiqdim.

Sevgi ko’p hollarda mustahkam oilaga olib bormas ekan.

Mustahkam oila esa sevgiga bemalol olib borar ekan.

Demak, “Qirmizi olma” qo’shig’i haq bo'lib chiqdi:

Haqiqiy sevgi to’ydan keyin bo’larkan.
24🔥3❤‍🔥2💯2🆒2💘2
Forwarded from Tahlil sahifasi
IELTS so'zlashuv baholash tamoillari ayollar muloqotiga o'xshaydi: F&C - ravonlik, Pronounciation - talaffuz, LR - so'z boyligi, GRA - grammatik xilma xillik va aniqlik.

Writingdan farqli o'laroq, Task Response - vazifani bajarish darajasi bandi yo'q. Bu degani speakingda to'g'ri javob yo'q, tushunyapsizmi? Bir savolga javob berishning minglab usullari mavjud. Javoblar ravon va coherent (how your ideas make sence) bo'lishi kerak.

1. Fluency & Coherence - suhbat davomiy (ability of keep going) va uzlukli (relevant improvement) bo'lishini baholaydi. Ayollarda suhbat soatlab davom etadi, sabab ular yuqori ravonlik darajasiga ega.

Xato: Mendan nima xohlaysan o'zi?
Suhbatda bu jumla ravonlikni buzadi. Sizdan aynan ravonlik talab qilinadi, to'xtab qolish yoki jarayonning mantiqiy ildizlarini qidirish emas. Yuqori ravonlik darajasiga erishish uchun shunchaki davom et.

2. Pronunciation - talaffuz aniqligi. Har bir tovushnu to'g'ri yetkazish (spelling) va yuqori intonatsiya (high level pronounciation features) talab qiladi. Ayollar suhbatida ohangni tez o'zgartirishadi, bu esa iroda etilgan ma'noni aniqroq yetkazishga yordam beradi. Talaffuz xatolariga bir tonda gapirish kiradi (robotic sound). Zarur paytda g'amxo'rlik, gumon yoki norozilik ohangini namoyish etish yuqori talaffuz darajasini ko'rsatadi. Women are generally speak more excitable.

3. Lexical resource - so'zlarni o'z o'rnida qo'llash (vocabulary) va kerakli ma'noni yuklash (word choice). Lug'at o'ta rasmiy yoxud ilmiy ko'rinishda ishlatilmasligi kerak. Kundalik hayotda hech kim bunday gaplashmaydiku! Xato: Binobarin, turqingiz juda ochilib ketibdi. Ma'no bir qarashda tushunarli - xushomad to'g'rimi? Shunga qaramay, "binobarin" va "turqingiz" so'zlari o'z o'rnida qo'llanilmagan. So'zlarni aralash ishlatish suhbatni dag'al qiladi va ravonlikni buzadi.

4. Grammar range & accuracy - gapdagi strukturalarni o'z o'rnida va xilma-xil qo'llash. "Men seni ..." (grammatik xato) fe'l ishlatilmadi - sevaman, uraman, chaqiryapman kabi fe'llar qo'ysa bo'ladi. O'zing topib ol deyish ketmaydi. Yuqori daraja olmosh va bog'lovchilarni qo'llashni o'z ichiga oladi. (1) Alisher telefonni ko'tarmadi. Alisher maqola yozyapti. Alisher nimalarnidir tushuntirmoqda. O'ta dag'al, tushunarsiz. (2) Alisher telefonni ko'tarmadi, chunki u maqola yozib nimalarnidir tushuntirmoqda. Endi ancha yaxshi.

Xo'sh, sizda speaking nechchi ekan?

📚 "Sevgi algoritmi" kitobi

@Tahlil_sahifasi
13❤‍🔥3💯3👍2💘2🤝1
Forwarded from Aziz Rakhimov | Mini
10% ni qidirib

Internetdagi kontentning 90%i axlatligiga hech kim shubha qilmasa kerak.

Negadur kitobga kelganda hech kim shunday o’ylamaydi. Kitob ham kontent. Kitoblarning ham 90% i befoyda (yoki zarar)

Kitob chiqishidan avval uni faqat nashriyot tekshiradi. Aksariyot nashriyotlarga faqat sotuv kerak. Ichkaridagi ma’lumotlar o’ninchi darajada.

Til o’rganing. Bo’ladigan mualliflarni o’qing. Kitob soni emas, qanday kitoblarni o’qiyotganingiz muhim.

Men uchratgan 10% ga kiradigan mualliflar ro’yxati:

Horis Muxosibiy, Ibn Xoldun, Jaloliiddin Rumiy, Shayximiz, Ibn Ataulloh Sakandariy, So’fi Olloyor

Nassim Taleb, Matt Ridley, David Deutch, Vaclav Smil, Fyodr Dostoevskiy, Viktor Pelevin, Richard Feynman

Seneka, Mark Avreliy, Aristotel

Biznesda:

Tony Fadell, Ben Horowitz, Ken Iverson, Andy Grove, Vladimir Mojenkov

Ta’limda:

Makarenko, Soloveychik, Barbara Oakley, Ushinskiy, Karol Dweck, Ken Robinson. Adam Gunesh

Yuqoridagi hamma mualliflarni umumiy ikkita xislati bor:

Gapirayotgan mavzusini o’zi yaxshi tushungan, amal qilgan. Tushunarli va sodda yozgan.

Tushunarli yozadigan amaliyotchilardan o’rganing.
1🔥2💘2❤‍🔥1👍1