IELTS IDP in Uzbekistan
18K subscribers
852 photos
326 videos
2 files
873 links
Official IDP IELTS TEST Centre in Uzbekistan 🇺🇿

Tel: 71-230-01-03 Bot: @idponline_bot
Website: www.exams.uz
Email: ielts@edu-action.uz
Bot for registration: @idpregbot

Instagram: examsuz
Download Telegram
Video Call Speaking haqida 15-dekabr kuni veb-seminar bo'lib o'tdi

🤩Biz veb-seminarning eng muhim qismlarini yoritdik:
Videomuloqot orqali gaplashishning afzalliklari nimada?
Test Sinov ishtirokchisi niqobsiz gapira oladimi?
Zoom orqali yuzma-yuz hamda an'anaviy tarzda yuzma-yuz muloqotning o'rtasidagi farqi nimada?
Nomzod videomuloqotga boshqacha tarzda tayyorlanishi kerakmi?

Agar siz hali ham ko'rmagan bo'lsangiz, tomosha qilishni tavsiya etamiz👍

Hamma do'stlaringizga ulashing!

🔻🔻🔻🔻🔻
https://youtu.be/aaaKC6pooec

Telegram | Instagram | Facebook
​​Speaking testi hali ham yuzma-yuz bo'lib qoladimi?
Ha, sizning Speaking testingiz yuzma-yuz bo'lib qoladi, ammo imtihon qabul qiluvchi imtihon jarayonida video qo'ng'iroq orqali sizning imtihoningizda ishtirok etadi.
Siz imtihon qabul qiluvchi bilan yuzma-yuz ko'rishishingiz, ularning savollarini eshitishingiz va ular bilan jonli suhbatlashishingiz mumkin.

Speaking testimga boshqacha tayyorgarlik ko'rishim kerakmi?
Yo'q, sizga boshqacha tayyorgarlik ko'rish kerak bo'lmaydi. Spekaing testining barcha jihatlari, shu jumladan savol turlari, o'tkazilish vaqti va baholanishi bir xil bo'lib qoladi.

Sinov kuni boshqacha yo'l tutishim kerak bo'ladimi?
Sinov kuni IELTS xodimi sizning shaxsiy guvohnomangizni odatdagidek to'ldiradi va sizni Speaking test xonasiga kuzatib qo'yadi.
IELTS xodimi sizning videoqo'ng'irog'ingizni o'rnatadi, siz hech qanday uskunaga tegishingiz yoki qo'ng'iroqni amalga oshirishingiz kerak emas.

Speaking testim boshqacha tarzda baholanadimi?
Yo'q, sizning IELTS Speaking testingiz sertifikatlangan imtihon qabul qiluvchi tomonidan baholanadi. Sizning nutq mahoratingiz ‘fluency and coherence’, ‘lexical resource’, ‘pronunciation’, ‘grammatical range’ va ‘accuracy’ ga qarab belgilanadi.

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Urgench shahrida IELTS topshirishni istaganlar uchun navbatdagi imkoniyat

🔜Yangi o’quv yili yaqinlashgani sayin IELTS imtixonlariga talab keskin ortib bormoqda. Har bir talabgor o’z vaqtida imtixon topshirishlarini ta’minlash uchun Urgench shahrida navbatdagi IELTS imtixoni tashkil etiladi.

Agar:

— Chet elda nufuzli ta’lim olishni istasangiz
— Yurtimizdagi Xalqaro Universitetlarga kirishni xohlasangiz

siz uchun IDP IELTS in Uzbekistan yangi imkoniyatni taqdim etadi.

😉Endi Toshkent shahriga kelib o’tirishning hojati yo’q. O’zimiz oldingizga boramiz. Hoziroq ro’yxatdan o’tib o’z o’rningizga ega bo’ling👇

👉Ro’yxatdan o’tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot
📆Imtixon o'tkazilish sanasi: 21-yanvar
📞To’liq ma’lumot:
+998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Cambridge Exams
​​⚡️Samarqand shahrida ingliz tilidan CEFR B2 imtihoni bo’lib o’tadi

💁‍♂️Keling, avvalo CEFR imtihonining afzalligi haqida aytib o’tamiz. Ingliz tili darajasini belgilab beruvchi CEFR imtihonining boshqa imtihonlardan (masalan, IELTS) farqi shundaki, test sinovlaridan so’ng olingan sertifikatning yaroqli muddati mavjud emas.

CEFR’ning B2 darajasi IELTS 6.0-6.5 bilan teng.
Demak, imtihon muvaffaqiyatli topshirilsa O’zbekiston Universitetlarining Bakalavr va Magistraturaga kirish imtihonlarida belgilangan chet tili fanlaridan ozod etiladi va maksimal ball taqdim etiladi.

🔝Undan tashqari, ushbu sertifikat dunyoning ko’plab nufuzli Universitetlariga kirish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. CEFR’ning yana bir asosiy jihati shuki, qayta-qayta imtihon topshirmaysiz (istasangiz topshirasiz), bir martaning o’zi yetarli.

🤝Yurtdoshlarimizga mana shunday imkoniyatni yaratish maqsadida O’zbekistondagi Cambridge English Assessment markazi Fast Education bilan hamkorlikda Samarqand shahrida CEFR B2 imtihoni tashkil etiladi.

📆Imtihon o’tkazilish sanasi: 27-yanvar
📍Imtihon o'tkazilish manzili: Fast Education o'quv markazi

👉Imtihonga ro’yxatdan o’tish👈

📞Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
Buxoro shahrida IELTS topshirishni istaganlar bormi?

🙋‍♂️Agar bor bo’lsa siz uchun ajoyib imkoniyat. IDP IELTS in Uzbekistan Buxoro shahriga navbatdagi IELTS imtihonini tashkil etish uchun tashrif buyuradi.

💁‍♂️Imtihon yakunlangan kundan boshlab 13 kun o’tgach natijalar e’lon qilinadi. Sertifikatlar esa Buxoro shahriga yetkazib beriladi.

Hoziroq ro’yxatdan o’tishni tavsiya etamiz. Joylar soni chegaralangan👇

👉Ro’yxatdan o’tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot
📆Imtihon o’tkazilish sanasi: 21-yanvar
📞To’liq ma’lumot:
+998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan imtihon sanasini ma'lum qilamiz

🎓O'zbekistondagi Xalqaro Universitetlarda yoki Chet eldagi nufuzli Universitetlarda tahsil olmoqchisiz. Buning uchun esa IELTS sertifikati kerak, lekin Toshkentga kelib imtihon topshirish xarajat ustiga xarajat, shunday emasmi?

⚡️IDP IELTS in Uzbekistan siz, aziz yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatlarda imtihon kunlarini tashkil etib kelmoqda. IELTS imtihoni endi Samarqand shahrida ham o'tkaziladi.

🤩Ushbu xabarni Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi do'stlaringiz bilan ulashing. Endi Toshkentga kelishning hojati yo'q. Biz oldingizga boramiz. Imtihonga hoziroq ro'yxatdan o'tishni unutmang.

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot
📆Imtihon o'tkazilish sanasi: 23-yanvar
📞To’liq ma’lumot:
+998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
🙋‍♂️Aziz yurtdoshlar!

🤩Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan IDP IELTS in Uzbekistan chin qalbidan muborakbod etadi. Yangi yil sizga tinchlik va hotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik va oilaviy baxt olib kelsin. Hamisha oilangizda mehr oqibat, sevgi muhabbat, baxt va saodat hukm surishini tilab qolamiz. 2020-yilda erishmagan orzu-maqsadlaringizga 2021-yilda erishishingizni tilab qolamiz.

IDP IELTS in Uzbekistan ma'muriyati

Telegram | Instagram | Facebook
​​🔴 Video call Speaking imtihoni qanday o'tkaziladi?

COVID-19 kasalligi sababli, IELTS testida ham o'zgarish yuz berdi.

Endi IELTS Speaking imtihonlari video aloqa orqali ham o'tkaziladi. Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, bu o'zgarish Nomzodlardan hech qanday qo'shimcha tayyorgarlik talab etmaydi va u odatiy Speaking imtihoni kabi o'tadi. Xo'sh, u qanday tashkil etiladi, bu haqida quyida to'xtalib o'tamiz.

Video call Speaking testida xonada nima bo'ladi:
Xona ichida aloqa uchun yetarli darajada kattalikda (32") kompyuter monitori, ust qismida web-kamera va quloqchinlar bo'ladi;
yuzma-yuz testdagi kabi stol ustida testning 2-qismi (Part 2) uchun qog'oz hamda qalam ajratailgan. Sizdan — uni imtihon oluvchi sizdan undan foydalanishni so'ramaguncha tegmaslikni va 2-qism (Part 2) tugagach, uni joyiga qo'yishni so'rab qolamiz.

Video call Speaking testi qanday o'tadi:
Nazoratchi sizni imtihon xonasiga yo'l boshlaydi va xonada Nomzod shaxsini ID hujjatdagi raqamlarni o'qib berish orqali Imtihon oluvchiga tasdiqlaydi;
Test davomida ID hujjat stol ustida turishi kerak bo'ladi;
Nazoratchi foydalanish uchun quloqchinlarni taqdim etadi;
Imtihon oluvchi mutaxassis Sizdan tovush sifati haqida so'raydi;
Siz, barchasi joyida ekani va tovush sifati sizni qoniqtirshini tasdiqlashingiz bilan Nazoratchi xonani tark etadi va Speaking imtihoni boshlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook
Farg’ona viloyatida bo’lib o’tadigan IELTS imtihoni 6-fevral kuni o’tkaziladi

🙋‍♂️Barcha Farg’ona viloyatida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun ajoyib yangilik. Endi IELTS imtihonini Toshkentga kelib topshirishingiz shart emas. IDP IELTS in Uzbekistan Farg’ona viloyatida ham o’tkaziladigan imtihon sanasini ma’lum qiladi.

🤩Yurtimizdagi Xalqaro Universitetlarga kirish uchun ilk qadamni biz bilan boshlang. Yaqinlashib kelayotgan yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rishning hozir ayni vaqti. 6-fevral sanasida IELTS imtihonida ishtirok eting va kerakli natijani qo’lga kiriting.

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot
📆Imtihon o'tkazilish sanasi: 6-fevral
📞To’liq ma’lumot:
+998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
​​Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va "Action Group" (Edu-Action) NNT o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida ta'lim va axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar hamda istiqbolli loyihalar yo'lga qo'yilishi eng oliy maqsad etib belgilandi. Xususan, o'qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro imtihonlarni tashkil etish va o'tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu hamkorlik doirasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi maktablarda o'quvchilar va o'quvchilarning chet tillari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Quyidagi yo'nalishlar orqali o'zaro hamkorlik faoliyati yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan:

- Agentlik qoshidagi maktablarda IELTS, Cambridge English Assessment xalqaro imtihonlarini tashkil etish va yo'nalishlar bo'yicha malakali o'qituvchi-mutaxassislarni tayyorlash;

- O'zaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatish;

- Agentlik maktablarini Cambridge, Oxford Universiteti nashrlari, Macmillan va HarperCollins tashkilotlarining o'quv materiallari bilan ta'minlash;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'zaro foydali loyihalarni ishlab chiqishda ko'maklashish;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'quvchi va o'qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish;

- Agentlik va Edu-Action vakillari o'rtasida forumlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, brifinglari tashkil etish va o'tkazish;

- Maktab o'qituvchilariga Cambridge English Assessment (CELTA, TKT, CEFR) sertifikatlarini taqdim etuvchi xalqaro o'quv kurslarni tashkil etish;

Fursatdan foydalanib Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab agentligi vakillariga hamda ushbu memorandumni imzolashda yaqindan yordam bergan turli tashkilot vakillariga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩Watch the video and check out the advantages of CD IELTS 🤩

💁‍♂️Paper-Based tests were conducted on certain days and dates, and candidates could not always retake the test if needed at the desired time, whereas the CD IELTS could be taken almost daily.

✔️Main features of CD IELTS:

• The results of the exam are ready in 3-5 days.
• You take all parts of the test in 1 day.

✔️What remains unchanged:

• Grading system: You are awarded points from 0 to 9 for each of the modules.
• The certificate will not contain information about which form of the exam you have chosen.

✔️Advantages of CD IELTS:

• A small number of people in the classroom, the ability to adjust the volume of the headphones.
• During the Listening module you can take notes, which will allow you to better remember the correct answer to a question.
• Ability to see questions and text at a glance without having to flip through the papers in the Reading module.

What are people saying about the CD IELTS? Watch the video
⚡️IELTS imtihonida muvaffaqiyat qozonishni xorijiy mutaxassislardan o’rganing

IELTS imtihonida katta natijaga erishishni xohlaysizmi? Yuqori ballni qo’lga kiritib nufuzli ta’lim olishnichi?
Unday bo’lsa, xalqaro ekspert bilan bo’lib o’tadigan suhbatga taklif etamiz.

✔️Onlayn vebinar savol-javob tariqasida o’tkaziladi hamda 1 soat mobaynida xorijlik mutaxassis bilan IELTS imtihoniga bog’liq barcha savollarga javob topasiz.

🤩Undan tashqari, vebinarni diqqat bilan kuzatib borgan tinglovchilar IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun muhim bo’lgan BEPUL video va darsliklarga ega bo’ladilar.

🙋‍♂️Barchani 12-yanvar, soat 20:00 da bo'lib o'tadigan onlayn seminarda kutib qolamiz. Savol-javob ingliz tilida bo’lib o’tadi.

👉Ro'yxatdan o'tish uchun👈

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️⚡️⚡️Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari uchun IELTS imtihoni tashkil etiladi

💁‍♂️Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari uchun Edu-Action IELTS test markazi hamkorligida maxsus imtihon kunlari tashkil etilishini sizlarga ma’lum qilamiz. Barcha imtihon bosqichlari TPUT o’quv binosida bo’lib o’tadi.

🤩Eng yuqori ballni qo’lga kiritgan 10 nafar talabaga Turin Politexnika Universiteti tomonidan imtihon to'lovi 100% qaytarib beriladi.

👇Quyidagi shartlarni bajargan talabalarga to'lov qaytarib beriladi:

• O’zbekistondagi Edu-Action IELTS test markazidan ro’yxatdan o’tish lozim;
• Imtihon sanasigacha belgilangan to’lov miqdorini amalga oshirish talab etiladi;
• IELTS 6.5 yoki undan yuqori natija qo'lga kiritilishi kerak;
• Sertifikat Turin rahbariyatiga 1-aprelga qadar taqdim etilishi kerak.

⚠️
Agar IELTS 6.5 yoki undan yuqori ballni qo’lga kiritgan talabalar ko’pchilikni tashkil etsa, RANDOM tizimi yordamida eng omadli 10 nafar talabalar aniqlanadi.

👉Ro'yxatdan o'tish joyi: 402-xona
Ro'yxatdan o'tish vaqti: 1 fevraldan-5 fevralgacha har kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha
📆Imtihon o'tkazilish sanasi: 4-mart | 13-mart
📞To’liq ma’lumot:
+998998088681

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️IELTS Speaking: Qanday qilib yuqori ball olish mumkin?

💁‍♂️Ko’pincha imtihonga tayyorgarlik ko’rayotgan yurtdoshlarimiz IELTS testining Speaking qismida his-hayajonga berilishlarini ta’kidlashadi. Xo’sh, bunga sabab nimada? Haddan ziyod ko’p qayg’urishdami yoki ravon gapira olmasligimizdami? Bizning javobimiz HAR IKKALASI.

👉Quyidagi link orqali esa yuqori ball olish uchun qimmatli maslahatlarga ega bo'lasiz:
https://bit.ly/3bxhuAm

Telegram | Instagram | Facebook
​​Video Call Speaking haqida hamyurtlarimiz qanday fikrda?

💁‍♂️Video Call Speaking imtihonini topshirgan barchaga jarayon haqida izoh qoldirish uchun maxsus blankalar beriladi. Hammamizga tanish bo’lib ulgurgan, ammo siz-u biz uchun yangilik bo’lgan Video Call Speaking haqida odamlar qanday fikrda?

Shu paytgacha anonim tarzda o'tkazilgan so’rovnomada ishtirokchilar faqat va faqat ijobiy fikr bildirishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, VCS bir xonada yuzma-yuz o’tirishdan umuman farqi yo’q. O’zingizga bo’lgan ishonch esa yanada ortadi.

📑Undan tashqari, umumiy hisobda so'rovnomada ishtirok etganlarning 90%i VCS ancha sodda va oson kechishini tasdiqlashgan. IDP IELTS in Uzbekistan o’tkazilgan so’rovnoma natijalarining skaner nusxalarini e’tiboringizga havola qiladi.

👉Havola
: http://bit.ly/3nCx7ZC

VCS haqida sizning fikringiz qanday? Oramizda Video Call Speaking topshirgan hamyurtlarimiz bo’lsa o’z taasurotlaringizni izohlarda yozib qoldiring👇

YouTube | Instagram | Facebook
​​Har bir ishtirokchining IELTS natijalari 10ta Xalqaro Universitetlarga jo’natilish imkoniyati bo'r.

💁‍♂️IDP IELTS in Uzbekistan
barcha imtihon topshiruvchilarga ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Edu-Action test markazida imtihon topshirgan har bir shaxs IELTS test natijalarini dunyo bo’ylab o’zlari istagan 10ta Universitetga biz orqali jo’natishlari mumkin.

Bu jarayon qanday amalga oshiriladi? Imtihonga ro’yxatdan o’tayotgan paytda test natijalarini qaysi universitetlarga jo’natishni belgilaysiz. Test natijalari tayyor bo’lgach, belgilangan universitet qabul komissiyasiya sistemasiga kiritiladi.

Bu jarayonni markaz taqdim etgan shaxsiy akkaunt orqali ham amalga oshirish mumkin. IDP IELTS in Uzbekistan nomidan faqat 10ta universitetga test natijalari bepul jo’natiladi.

☝️Buni sinab ko’rishning faqat bir yo’li bor. Bizga murojaat qiling, universitetlarni tanlang va chet elda o’qish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo’ling.

📌Test natijalarini jo'natish uchun:
@idponlinebot or ielts@edu-action.uz
📞Murojaat uchun: +998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️⚡️⚡️Urgench shahrida navbatdagi IELTS imtihoni tashkil etiladi

Siz
:

— Chet elda nufuzli ta’lim olishni istaysiz
— Yurtimizdagi Xalqaro Universitetlarga kirishni xohlaysiz

ammo Toshkent shahriga kelib imtihon topshirish bir qator qiyinchiliklarga sabab bo'lmoqda. Shunday emasmi?

🤩Siz uchun IDP IELTS in Uzbekistan yangi imkoniyat taqdim etadi.

😉Endi Toshkent shahriga kelib o’tirishning hojati yo’q. O’zimiz oldingizga boramiz. Hoziroq ro’yxatdan o’tib o’z o’rningizga ega bo’ling👇

👉Ro’yxatdan o’tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot
📆Imtixon o'tkazilish sanasi: 20-fevral
📞To’liq ma’lumot:
+998781488686

Telegram | Instagram | Facebook
IELTS Master One Free Module - imtihonga tayyorlanish uchun bepul manba

📚IELTS Master One Free Module
- bu Avstraliyaning Macquarie Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus onlayn kurs bo’lib, IELTS testidan yuqori ball olish uchun kerakli o’quv materiallarni o’z ichiga oladi.

☝️7 xil tilga tarjima qilingan ushbu foydali manbadan faqat IDP IELTS imtihoniga ro’yxatdan o’tgan hamyurtlarimiz 30 kun davomida bepul foydalanishlari mumkin.

💁‍♂️Ushbu manba kimlar uchun foydali? O’z ustida ishlash orqali yuqori ball olishni ko’zlagan barcha uchun.

Ushbu manbadan qanday qilib bepul foydalanish mumkin? IDP IELTS imtihoniga ro’yxatdan o’tgan har bir hamyurtlarimiz elektron pochta orqali bepul foydalanish uchun maxsus linkga ega bo’ladilar.

📌Bepul manba haqida to’liq ma’lumot: https://ieltsonline.com.au/ielts-master
👉Imtihonga ro’yxatdan o’tish uchun: exams.uz yoki @idpregbot

📞To’liq ma’lumot: +998781488686

Telegram | Instagram | Facebook