"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
2.55K subscribers
6.37K photos
1.04K videos
902 files
3.11K links
Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda “Evrika” bilan hamkorlikda bo'ling

💬 @Muhammad_Mirsaidov
Download Telegram
#Kun_iqtibosi

– O‘qish yetarli emas, uqish kerak;
– Istash yetarli emas, bajarish kerak.


✍️Johan Wofgang
#Kun_iqtibosi

📚 Kitoblar biz sotib olishimiz mumkin bo‘lgan eng arzon ta’tildir.

✍Charlaine Harris
#Kun_iqtibosi

Kitob o‘qishdan ko‘ra arzonroq vaqtichog‘lik va davomiyroq rohat yo‘q.


✍️ Meri Uortli Montegyu
Эркинжон Турдимов бош вазирнинг биринчи ўринбосари – таълим ва илм-фан вазири этиб тайинланди. Саида Мирзиёевага соҳадаги янги вазифаларни самарали ташкиллаштириш юклатилди

Янги ташкил этилган Таълим ва илм-фан вазирлигига Эркинжон Турдимов раҳбарлик қилади, у бир вақтнинг ўзида Ўзбекистон бош вазирининг биринчи ўринбосари ҳисобланади.

Президент администрацияси раҳбари Саида Мирзиёевага янги вазирлик фаолиятининг самарали ташкил этилишини таъминлаш вазифаси юклатилди.

Эслатиб ўтамиз, Эркинжон Турдимов 2025 йил январидан буён Сирдарё вилояти ҳокими лавозимида ишлаётганди. У бундан аввал Навоий, Сурxондарё ва Самарқанд вилоятларини ҳам бошқарган.

Kun.uz расмий канали
O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?


🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi
joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.


🔷Ta’limni rivojlantirish markazi
ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.


🔷Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh
mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.


🔷Prezident Administratsiyasi
global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янги Таълим вазири Эркинжон Турдимов: “Калламиз ишламаса ҳам фарзандларимиз билан бирга дарс қилишимиз керак”.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maqsad yo‘lida hech qachon chalg‘ima!

Ota-onang ishonchini oqla! O‘qi!
#Kun_iqtibosi
 
Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o‘qidir.

                   
✍️Abulqosim az-Zamaxshariy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish boshlandi

Ayrim ma’lumotlar:

✅ Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

✅@Ruslan_Mahmudov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ?

"Evrika" bilan hamkorlikda bo'ling.

Murojaat uchun raqamlar :
📞
+998995259536
📞
+998997594798
❗️️️️️️️Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Amaldagi tartibga
ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

🗓 II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi.
#Kun_iqtibosi

Butun umringiz davomida orzuyingizga intiling va vaqtingizni behuda sarflamang. Chunki havoga uchgan vaqt sizdagi barcha yaxshi narsalarni tortib oladi.


✍️Aflotun
🧪 KIMYO + 🧬 BIOLOGIYA — “EVRIKA” O‘QUV MARKAZIDA!

Tibbiyot hamda pedagogikaga kirishni maqsad qilgan abituriyentlar uchun muntazam, tushunarli va natijaga yo‘naltirilgan tayyorgarlik. 📚

👨‍🏫 Tajribali ustozlar
📝 Mavzular + masalalar + testlar
📊 Doimiy nazorat va xatolar ustida ishlash

🎯 Bugungi tayyorgarlik — ertangi natija!

📞Ustoz Pardayev: +998 90 501 12 95
📞Ustoz Mirsaidov : +998 99 504 85 25

☄️EVRIKA — bilimdan natijagacha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.

Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.

Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.

Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.

Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5