Esse Cho'lliyeva bilan
4.12K subscribers
160 photos
31 videos
27 files
151 links
Asosiy kanal: https://t.me/Chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot
Bu kanalda:
esse yozishni o'rganasiz;
yuqori balli esselardan namunalar o'qib borasiz.
Download Telegram
Tezis haqida suhbatlashdik.

24 ballik "Nizom" va "Yo'riqnoma" talablari bo'yicha tezis sharti mavjud emas. Demak, kirish qismda uni qo'llash shart emas. Ammo kirish qism sizning quyidagi qobiliyat va imkoniyatlaringizni ko'rsatishi kerak:

1️⃣vaziyat matnini (u qanday shakl va hajmda bo'lmasin) o'qib tushuna olish qobiliyatingizni;
2️⃣ muammoni anglay olish va dolzarbligini ko'ra olish imkoniyatingizni;
3️⃣ lug'at boyligidan foydalana olish qobiliyatingizni.

Demak, yuqoridagilarni inobatga olsak, tezis bu siz uchun - IMKONIYAT!


Uni qo'llash kerak! Ammo qo'llaganda ham nisbatan uzunroq va ma'nosi chuqurroq jumla bilan.

Qanday deysizmi? Quyida ularga namunalar keltirdim. Foydalaning.

@esse_Cholliyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Tezisga namunalar
16🥰2
Forwarded from Izamov Akmaljon 
Assalomu alaykum, ustoz!
Salomatmisiz?
Fikringizga biroz e’tirozim bor edi:

Tezis - Haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim boʻlgan hukm, mulohaza, fikr; Ilmiy asar, maqola, maʼruza va shu kabilardagi asosiy gʻoyalarning qisqa va loʻnda bayoni.

Essening kirish qismining oʻzini tezis desak mubolagʻa boʻlmaydi, nazarimda.
8
Esse Cho'lliyeva bilan
Assalomu alaykum, ustoz! Salomatmisiz? Fikringizga biroz e’tirozim bor edi: Tezis - Haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim boʻlgan hukm, mulohaza, fikr; Ilmiy asar, maqola, maʼruza va shu kabilardagi asosiy gʻoyalarning qisqa va loʻnda bayoni. Essening kirish…
Avvalo, ona tilimizning rivoji va taraqqiyoti uchun o'z hissasini qo'shib kelayotgan, yurtimiz yoshlariga ilm berishda faol ustozlar, jumladan, Izamov Akmaljon ga kanalimizda berilayotgan mulohazalarimizga bee'tibor bo'lmaganliklari, jonkuyarliklari uchun tashakkurlar aytamiz. Chunki ilm yo'li - mashaqqatli yo'l. Ilmni o'quvchilarga yetkazish esa san'at. Bu san'atni har kim ham egallay olmaydi. Egallasa ham, har doim mas'uliyatli bo'lib, rivoji uchun xizmat qilish ulkan sabr va davomiy izlanishni talab qiladi. Bu talabni bajarish esa har kimga emas!

Keyingi postlarimizda ustozning shu fikrlariga asosli javob berishga harakat qilamiz.
4🔥4
Tezis masalasidagi fikrlarga 1-mulohazam:

Akmaljon Izamov
ning kanallarida juda yaxshi suhbat bo`libdi. Suhbatni tinglasangiz, juda foydali bo'ladi.

Suhbat davomida Orif Tolibning essedagi "tezis nima"ligi haqida bildirgan fikriga (ta'rifiga) e'tibor bering. [40:25 daqiqasi]

Tezisning boshqa holatlarda kelishini ham inobatga olamiz.

@esse_Cholliyeva
9
Forwarded from Pinnacle || Ota-onalar uchun (Cho'lliyeva Gulchexra Toshpo'lot qizi)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh barchaning mehnatiga baraka bersin!

Imtihon yaqin!
36🔥11🥰6👏3😇1
Forwarded from Orif Tolib
Esseda ballni tushiradigan xato: qanday gapirsangiz, shunday yozmang!

Tasavvur qiling: essengiz tizimli, imlosi joyida, lekin baribir kutilgan baland ballni ololmadingiz. Nima uchun?

Chunki baholash mezonining publitsistik uslub va lugʻat boyligi bandlariga yetarlicha amal qilmagan boʻlishingiz mumkin.

Mezonda shunday qatʼiy talab qoʻyilgan:

Tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikmalardan unumli foydalanilishi kerak.


Koʻpchilik bu talabni yanglish tushunib, matnga maqol va matallarni oʻrinsiz tiqishtirishga harakat qiladi. Aslida esa bu mezon sizdan joʻn ifodalar oʻrniga salmoqli, publitsistikaga xos jumlalardan foydalanishni talab qiladi.

Qisqacha oltin qoida: Qanday gapirsangiz, shunday yozmang.

Keling, oddiy gaplarni qanday qilib essebop jumlalarga aylantirishni amalda koʻrib chiqamiz:

Soʻzlashuv uslubi: Hozirgi kunda bu muammo juda muhim boʻlib qoldi.

Publitsistik uslub: Bugun ushbu masala kun tartibidagi eng dolzarb muammoga aylandi.


Soʻzlashuv uslubi: Koʻp odamlar oʻylaydiki, telefon bolalarga zarar qiladi.

Publitsistik uslub: Keng jamoatchilik orasida smartfonlarning yosh avlod tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi haqida haqli xavotirlar bor.


Soʻzlashuv uslubi: Buning yomon tomoni ham bor…

Publitsistik uslub: Biroq ushbu qulaylik ortida jiddiy xavf-xatarlar yashiringanini ham unutmaslik zarur.


💡 Qanday iboralardan foydalanish kerak?

Har qanday esse mavzusiga tushadigan va matningiz saviyasini oshiradigan universal iboralar, bogʻlovchi jumlalar roʻyxatini shakllantirib oling. Masalan:

🔹 Hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi…

🔹 Muammoning ildiziga eʼtibor qaratsak…

🔹 Ijtimoiy tarmoqlar qamrovi kengaygan bir paytda…

🔹 Bu fikr munozaralarga sabab boʻlishi tabiiy…

Lekin meʼyorni unutmang. Bitta xatboshida 4–5 ta iborani qalashtirib tashlash matnni sunʼiylashtiradi. Yaxshi ibora taomdagi ziravorga oʻxshaydi: ozginasi yoqimli taʼm beradi, koʻpi ovqatni buzadi.


👇 Sizda esse yozishda holat qanday? Oʻzingizga mosini bosing:

✍️ – Odatda publitsistik uslubni saqlay olaman

🤔 – Soʻz boyligim kamligini his qilaman

😢 – Qanday gapirsam, shunday yozib yuboryapman

🔥 – Zarur mavzu! Shunday postlar yana boʻlsin

✈️ Esse imtihoniga tayyorgarlik koʻrayotganlarga ulashib qoʻying, balandroq ball olishsin.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
🤔32🔥2724😢4👍21
Yuqoridagi postda ko'pchilik "So'z boyligim kamligini his qilaman" ni tanlabdi.

Shu mavzu haqida gaplashamiz.
12🥰6
So'z boyligini qanday oshirish mumkin?

Avvalo, aytish kerakki, bu jarayon bir-ikki kun yoki bir oyda shakllanadigan holat emas.
So‘z boyligi — bu vaqt, izchil mehnat va ongli yondashuv mahsuli.

Ammo imtihonga oz qoldi, nima qilish kerak?😞

❗️Eng katta xato nima bilasizmi?
Namunali esse yoki qiziqqan mavzusidagi maqolani o'qiydi-yu, shuning o'zi yetarli deb o'ylaydi. Bu xatoni tuzatamiz:

🧠 1️⃣So‘zni alohida emas, gap ichida o‘rganamiz.

Masalan, publitsistik uslubda qo'llaniladigan istalgan bir so'zni ishlatib gap tuzamiz.

✔️ Bu masala bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir.
✔️ Mazkur mavzu jamiyat uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.


👉 Shunda so‘z sizning faol lug‘atingizga o‘tadi.

📚 2️⃣ O‘qimagan odam yozolmaydi.

Har kuni kamida 10–15 daqiqa:
— ilmiy-ommabop matn,
— publitsistik maqola,
— sifatli esse o‘qing.

❗️O‘qiyotganda taqlid qilishga harakat qiling:
unga o'xshatib siz ham yozing.

👉 Bu sizga tayyor leksik konstruksiya(tuzilish/tizim)lar beradi.

✍️ 3️⃣ Har kuni yozing (hatto kichik bo‘lsa ham).

So‘z boyligi shu jarayonda shakllanadi.

📌 Har kuni 1 esse yozing yozing:
— bir mavzu tanlang,
— kamida 5-8 ta yangi so‘zni ishlating.

👉 Shunda siz “biladigan” emas, “ishlatadigan” so‘z egasiga aylanasiz.

4️⃣ Sinonimlar bilan ishlang.

Oddiy so'zlar ishlatmang:
"muhim" demang
✔️ "ahamiyatli, dolzarb, e’tiborga molik" deng

"yaxshi" demang
✔️ "samarali, ijobiy, maqbul" deng

👉 Bu esseyingizni darhol yuqori darajaga olib chiqadi.


🧩 5️⃣ Tayyor iboralarni to‘plang.

Esse uchun “oltin formulalar” bo‘ladi:

✔️ Ushbu muammo jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
✔️ Mazkur masala yuzasidan turli qarashlar mavjud.
✔️ Bu fikrni quyidagi dalillar bilan asoslash mumkin.


👉 Bu jumlalar sizga tez va ravon yozishga yordam beradi.

@esse_Cholliyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23❤‍🔥41👍1🥰1
Forwarded from Orif Tolib
❗️ Maksimal ballni “oʻgʻirlaydigan” xato

Esseni izchil, uslubiy jihatdan qoyilmaqom yozishingiz mumkin. Lekin imloda oqsoqlik bormi – maksimal ball haqida unutavering. Koʻpchilik “imloga katta ball berilmaydi” degan oʻy bilan aynan shu joyda qoqiladi.

Amaliyotchi ustoz Akmaljon Izamov talabgorlarni tayyorlashda bu ham muhim jihat ekanini aytib qoldi. Shundan kelib chiqib koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan nozik nuqta – imlo va uni yaxshilash haqida onlayn suhbat oʻtkazishga kelishdik. Nasib qilsa, ertaga siz bilan gʻoyibona koʻrishamiz.

Men repetitor emasman, lekin tilshunos va muharrir sifatida savodxonlik malakasini shakllantirish usullarini yaxshi bilaman. Ovozli suhbatda “Ibrat farzandlari”dagi tajribalarim va tez kunda nashrdan chiqadigan, imlo metodikasi uchun yangilik boʻladigan qoʻllanmam haqida ilk bor aytib beraman.

Ungacha xamir uchidan patir: qoʻllanmada Reymond Merfining “English Grammar in Use” kitobi metodikasini ishlatganman… Qolgani efirda.


🎙 Mavzu: Esse imlosi va imlo malakasini shakllantirish

Vaqti: 4-aprel (shanba), 20:30

📍 Manzil: @Onatili_Izamov kanali

Mavzu sizga qiziq boʻlsa – 🔥

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
15🔥12
Assalomu aleykum, yaxshimisizlar?

Ehtimoliy esse mavzulari rubrikasini boshlaymizmi?
13🔥9👏6😁5
Eslatma!

Esse mavzulari bilan tanishishdan oldin, albatta, buni o'qib chiqing!

Berilayotgan esse mavzulari sizga foydali bo`lishi uchun quyidagilarga amal qiling:

1️⃣"Aniq tushadi" deb qaramang! Mavzu sizga shu yo'nalishda "fikrlar bazasini" shakllantirishga xizmat qilsin.
2️⃣ Mavzularga mos dalillarni topib qo'ying.
3️⃣ Mavzular yo'nalishiga mos maqolalar bilan tanishing.
4️⃣Sizga qiyin tuyilgan, fikr topishga qiynalganlaringizni ajratib, esse yozib ko'ring.
5️⃣ Ehtimoliy esse mavzusining shakliga bog'lanib qolmang, umumiy g'oyasini esda saqlang.

@esse_Cholliyeva
Alloh barchamizga imtihonda o'tkir qalam (ruchka) va teran fikrlay olish qobiliyatini bersin! 🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34🙏10👍8👏1
#texnologiya

Bugungi kunda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan munosabati turlicha:
ayrimlar zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarni bilim olishdan chalg‘itmoqda deb hisoblaydi;
boshqalar esa ular ta’lim sifatini oshiradi deb ta’kidlaydi.


@esse_Cholliyeva
10😍1
#ta'lim

Xususiy o‘quv markazlari soni ortib bormoqda.

ayrimlar bu ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi deb hisoblaydi;
boshqalar esa bu tengsizlikni kuchaytiradi deb ta’kidlaydi.


@esse_Cholliyeva
14🔥5🕊1
#yoshlar va ijtimoiy hayot

Yoshlar orasida mashhur kasblarni tanlashga intilish kuchli.

ayrimlar bu muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi;
boshqalar esa inson o‘z qiziqishiga mos kasb tanlashi kerakligini ta’kidla
ydi.

@esse_Cholliyeva
16