Esse Cho'lliyeva bilan
4.54K subscribers
167 photos
32 videos
27 files
153 links
Asosiy kanal: https://t.me/Chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot
Bu kanalda:
esse yozishni o'rganasiz;
yuqori balli esselardan namunalar o'qib borasiz.
Download Telegram
Esse topshirig'i vaziyat matni:

Bugun mehnat bozorida bir nechta kasbni egallash inson uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.
• ayrimlar ko‘p kasbli bo‘lish muvaffaqiyat kaliti, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa bitta kasbga chuqur ixtisoslashish muhimroq, degan fikrni ilgari suradi.

@esse_Cholliyeva
13🤩4
Esse topshirig'i vaziyat matni:

Globallashuv jarayoni dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni kuchaytirib, mehnat bozorida ham muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
• ayrimlar globallashuv yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va xalqaro tajriba almashuviga imkon beradi, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa bu jarayon mahalliy mehnat bozorida raqobatning keskinlashuvi va ayrim kasblarning yo‘qolishiga olib kelishini ta’kidlaydi.

@esse_Cholliyeva
10❤‍🔥1👏1
Esse topshirig'i vaziyat matni:

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar rivoji natijasida frilanserlik faoliyati tobora ommalashib bormoqda. Ko‘plab mutaxassislar an’anaviy ish shaklidan ko‘ra mustaqil ishlashni afzal ko‘rmoqda.
• ayrimlar frilanserlik ish vaqti erkinligi hamda daromad imkoniyatlarining kengligi bilan qulay, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa barqaror daromad va ijtimoiy kafolatlarning yo‘qligi bu faoliyatning asosiy kamchiligi ekanini ta’kidlaydi.

@esse_Cholliyeva
8🔥2👍1
😐117👏6🥱2😁1🤔1
Navbatdagi mavzu:

So‘nggi yillarda yurtimizda internet, ijtimoiy tarmoqlar, televideniye va onlayn nashrlar faoliyati keskin faollashdi.
• ayrimlar internet va ijtimoiy tarmoqlar axborot tezligi, erkin muhokama va keng auditoriya sabab jamiyat fikriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa televideniye va rasmiy OAV aholining katta qismi uchun hanuz asosiy va ishonchli axborot manbai bo‘lib qolayotganini ta’kidlaydi.

https://t.me/esse_Cholliyeva
👍32
Bugungi kunda yurtimizda ko‘plab fuqarolar axborotni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali olmoqda.
ayrimlar bu jarayon axborotga tezkor kirish va ochiqlikni ta’minlaydi, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa ishonchsizligini ta'kidlab, jamiyat fikriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytishadi.

https://t.me/esse_Cholliyeva
6👍1
Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va yangi media vositalari ommaviy axborot sohasini tubdan o‘zgartirmoqda.
• ayrimlar kelajakda raqamli va sun’iy intellektga asoslangan OAV ustuvor bo‘lishini taxmin qiladi;
• boshqalar esa an’anaviy OAV yangi shaklda bo‘lsa-da, jamiyatda o‘z mavqeyini saqlab qolishini ta’kidlaydi.


https://t.me/esse_Cholliyeva
5👍1
Esse mavzulari darsliklardan tuziladi. Doimiy emas, ammo darsliklar bilan oshno bo`lish arziydi!

Mana, isboti! Noyabrdagi smenalardan biridagi esse!
8👍4
🔰ARGUMENTLI ESSENING KIRISH QISMINI YOZISHDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN XATOLIKLAR

1️⃣ Kirish qismini mavzuga olib kiruvchi umumiy jumlasiz yozish;
📌 Xato mazmuni:
Kirish qismida mavzu mohiyati haqida umumiy axborot beruvchi, o‘quvchini muammo bilan tanishtiruvchi umumiy jumla berilmaydi. (1-2gapdan iborat)

Noto‘g‘ri:
Ayrimlar imtihonlarni o‘quvchilar bilimini baholashda samarali vosita deb hisoblagan bir paytda, boshqalar ularning ta'lim oluvchilarga kuchli ruhiy bosim yuklashini ta’kidlaydi.
*Izoh: Mavzu bayoni bo‘yicha umumiy axborot berilmasdan, matn to‘g‘ridan to‘g‘ri tomonlar qarashlarini bayon qilish bilan boshlangan.

To‘g‘ri:
Bugungi ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini baholash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, imtihonlarning samaradorligi borasida jamiyatda turli qarashlar shakllangan: ayrimlar ularni aqliy salohiyatni aniqlashda natijador usul sifatida ko'rsa , boshqalar sinov tizimi ta'lim oluvchilarga kuchli ruhiy bosim yuklashini ta’kidlaydi.


2️⃣ Umumiy jumla va tomonlar parafreyzi (mavzudagi tomonlarning qayta ishlagan qismi) o‘rtasida mantiqiy bog‘lanishning yo‘qligi
📌 Xato mazmuni:
Kirishda berilgan umumiy jumla bilan keyingi qarama-qarshi tomonlar qismi o‘zaro bog‘lanmaydi, oqibatda kirish qismida mantiqiy izchillik buziladi.

Noto‘g‘ri:
Bugun yurtimizda ta'lim tizimi jadallik bilan rivojlanmoqda. Ayrimlar imtihonlarni ma’qullasa, boshqalar esa bunga qarshi fikr bildiradi.
*Izoh: Ta’lim tizimi rivojlanishi haqidagi fikr bilan imtihonlarga nisbatan turli qarashlar mantiqan ulanmagan.

To‘g‘ri:
Ta’lim tizimi takomillashib borar ekan, o‘quvchilar bilimini baholash masalasida ham turli yondashuvlar yuzaga kelmoqda. Ayrimlar bunda imtihonlarni samarali vosita deb hisoblasa, boshqalar sinov tizimining salbiy jihatlariga e’tibor qaratadi.
https://t.me/msozbektilivaadabiyoti
19👍4👏3❤‍🔥2🥰2
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Maxsus yangiligimizni qarshi oling!

Oramizdagi ko‘pchilik o'quvchilar shu yili ona tili bo‘yicha Milliy sertifikat olishni reja qilgani aniq. Shundaymi?

📌 Navbatdagi imtihonga esa bir necha kun qoldi. Shu sabab biz sizlar uchun 3-4-5-fevral kunlari jonli efirda Fevral imtihoni savollarini tahlil qilishga qaror qildik!

Jonli darsda siz professional ustozlardan:
Esse yozishda nimalarga e'tibor qaratishni;
G‘azal tahlilini qayerdan boshlashni,
Testdagi ko'plab murakkab savollarning tahlilini o'rganasiz.

Natijangizni oshiradigan real strukturalarni amalda qo'llashni bilib olasiz. 💯

Agar siz ham bu safar sertifikat uchun jiddiy niyat qilgan bo‘lsangiz, bu vebinarni o‘tkazib yubormang.

💙💙💙3-4-5-fevral kunlari 19:00 da shu kanalda onlayn formatda bo'lib o'tadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14❤‍🔥8👍6🥰32
Assalomu aleykum! Yaxshimisizlar?

1-smenada raqamli media haqida mavzu tushganligi aytilmoqda. Kirib-chiqqanlar bo`lsa, to`liq matnini yozsangiz.
35🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙
Darsimizga atigi 1 kun qoldi!

👆Yuqoridagi videoni diqqat bilan eshiting! Biz siz bilan 3 kunlik darsimizda ishlaydigan savollar endi imtihonda ham tushish ehtimoli 80 foizdan baland!

Bunday sababdan so'ng, ertangi darsni o'tkazib yuborsangiz bo'lmas-a?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
🩷🩷🩷🩷🩷🩷Endi esa sovg'alar bilan tanishing! 3 kunlik darsdan hech kim "quruq" ketmaydi!

3-4-5-fevral kunlari soat 19:00da bo'ladigan darsda siz nafaqat Bepul bilim balki ajoyib sovg'alarga ham ega bo'lasiz!
Oxirigacha o'qing va ularni nima ekani, qanday yutib olish kerakligi bilan tanishing!

🎁 1-kun sovg'asi : "G'azal tahlilida eng kerakli 15 tavsiya" nomli qo'llanma.

🎁 2-kun sovg'asi: Ona tilidan sintaksis bo'limiga oid mini yopiq testlar to'plamchasi.

🎁 3-kun sovg'asi: Essedan imtihonda tushishi mumkin bo'lgan, taxminiy 60 mavzuning cheklisti. Endi buning foydasini aytmasak ham bilasiz😉

Sovg'alarni olishda sizdan talab etiladigan birgina shart: dars oxiriga qadar bizni tinglash va faol bo'lish.


❤️❤️❤️ Endi ayting-chi, qaysi sovg'ani yutib olishni istayapsiz?!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7
Mana endi bunisi Bomba sovg'a!

Uni nima ekanini videoda aytib o'tdik! Diqqat qiling! Bu sovg'a keyingi imtihonga kiruvchilar uchun 💯 foiz foydali.

Shunday saxiy ustozni qayerda ko'rgansiz, axir

💜💜💜 Faqatgina ertadan boshlanadigan darslarni o'tkazib yubormasangiz kifoya! Sovg'a va bilimlar sizniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15👍91
Barchaga xayrli kech!

Darslarimiz boshlanguncha sizga bepul darslarimni taqdim qilib turaman. 👇
1