Esse Cho'lliyeva bilan
4.45K subscribers
167 photos
32 videos
27 files
154 links
Asosiy kanal: https://t.me/Chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot
Bu kanalda:
esse yozishni o'rganasiz;
yuqori balli esselardan namunalar o'qib borasiz.
Download Telegram
Yuqori balli esse yozish uchun aniq "ishlaydigan" tavsiyalar:

1️⃣ Yuqori balli esse yozish uchun 3 tavsiya 👉 Bu yerga bosing.

2️⃣ Savol: oʻzbekcha boʻlmagan soʻzlarni ishlataylikmi (tepada aytilganlari kabi) yoki oʻrniga oʻzbekcha muqobilini ishlatish kerakmi? 👉 Bu yerga bosing.

3️⃣ Essega ko‘p vaqt sarflab yubormaslik uchun nima qilish kerak? 👉 Bu yerga bosing.

4️⃣ Xulosa qismi qanday yoziladi? 👉 Bu yerga bosing.

5️⃣ Esse yozishni endi boshlaganlar uchun foydali maslahatlar. 👉 Bu yerga bosing.

6️⃣ Savol: “Ustoz, men esseda dalil yozishga qiynalaman. Nima qilay?” Javob1 👉 Bu yerga bosing.

7️⃣ Savol: “Ustoz, men esseda dalil yozishga qiynalaman. Nima qilay?” Javob2 👉 Bu yerga bosing.

8️⃣ Savol: Esseda "Xo'sh" soʻzini ishlatsa boʻladimi? Javob 👉 Bu yerga bosing.

9️⃣ Essening kirish qismida tezis berish kerakmi? Javob1 👉 Bu yerga bosing.

🔟 Essening kirish qismida tezis berish kerakmi? Javob2 👉 Bu yerga bosing.

1️⃣1️⃣ Quyidagi 3 holatda essega "0" ball qo'yiladi. 👉 Bu yerga bosing.

1️⃣2️⃣ #esse feedback loyihasining oldingi sonlari bilan tanishing. 👉 Bu yerga bosing.


@esse_Cholliyeva
7
Forwarded from Iroda
8
Forwarded from Iroda
7🔥6
Natijalar qanday bo'ldixay? 🥰

Bizniki audioda aytilganidek. 🧿😎
Hali ertaga "shedevr" natijalarimiz bilan tanishtiraman.
2🥰2
Xayrli tong!

Esse kursi so'rayotganlar diqqatiga!

Kurs yanvar oyidan boshlanadi.
18👍9
31-yanvar, 1-fevralda imtihonga kiradigan talabgorlar uchun esse kursi

Boshlanish sanasi: 22-dekabr

1 oy dars
15 ta yangi mavzularda esse yozish
50 ta numunali esse yozilgan bepul qo'llanma
50 ta yangi mavzu yozilgan "check-list"
esselarga induvidual tahlil (15 taning har biriga)

Darslarni ham, tahlillarni ham shaxsan Cho'lliyeva Gulchehra olib boradilar.

Kursga ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot uchun:


@pinnacle_onlayn ga yozing.
👍86👏5💘2
⁉️ NEGA ARGUMENTLI ESSEDA DALILLAR BILAN YOZISH TALAB ETILADI?
✍️ Esse yozishda dalillash, ya’ni fikrni isbotlab berish eng muhim unsurlardan biridir.
1️⃣ Fikrni ishonchli qilish uchun

Oddiy fikr bildirish yetarli emas.
📝 Masalan: “Kitob o‘qish foydali” deyishning o‘zi kam.
📊 Agar dalil qo‘shsak: “Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam kitob o‘qiydigan yoshlarning lug‘at boyligi 30 foiz ko‘proq bo‘ladi” — gapimiz ancha kuchli va ishonchli eshitiladi.
2️⃣O‘quvchini ishontirish uchun

Esse — bu shunchaki fikr emas, balki kimnidir ishontirish san’ati.
🔎 Tekshiruvchi: “Nima uchun sen shunday deb o‘ylaysan?” degan savolni beradi.
💡 Agar dalil bo‘lmasa, u ishonmaydi. Dalil esa hatto o‘quvchining sizning fikringizga o‘zi bilmagan holda ergashishiga sabab bo‘ladi.
3️⃣ Fikrni chuqurroq ifodalash uchun

Dalil keltirish orqali muallif mavzuni yuzaki emas, balki chuqur tushunganini ko‘rsatadi.
📚 Statistikalar, hayotiy misollar, turli tadqiqotlar — bular essega ilmiy va hayotiy asos beradi.
4️⃣ Baholash mezonlari uchun

📌 Milliy sertifikat imtihonlari yoki ijodiy tanlovlarda esse yozishda “dalillar bilan asoslash” albatta baholash mezonida o‘rin egallaydi.
Dalilsiz fikr esa faqat shaxsiy mulohaza va farazlardan nariga o‘tmaydi.

📌Dalil — bu essedagi argumentlarning tayanchi.
🏛 U bo‘lmasa, esse devorsiz uyga o‘xshaydi.
💎 Dalil bilan esa har bir g‘oya mustahkam, ishonchli va ta’sirchan bo‘ladi.
🔑 ARGUMENTLI ESSEDA har bir tomon uchun 1-2 yangacha dalil keltirish shart!
♦️Dalillar bo'lsa-yu, vaziyat matniga mos bo'lmasa ham ballingiz tushadi! Shu bois doim mavzuga mos hamda o'zidan avvalgi argumentni ochib beruvchi dalil keltirish shart va zarur.

Noto‘g‘ri (mavzuga mos kelmagan dalil):
Argument: Sport bilan shug‘ullanish sog‘liq uchun foydalidir.
Dalil: “JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining 10 foizigina sport bilan shug'ulllanadi.”
👉 Bu dalil ilmiy haqiqat bo‘lsa-da, argumentga mutlaqo aloqasi yo‘q. Shuning uchun bahoga ta’sir qilmaydi, aksincha, uni pasaytiradi.
To‘g‘ri (mos dalil):
Mavzu: “Sport bilan shug‘ullanish sog‘liq uchun foydalidir.”
Dalil: “Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy mashq qiladigan insonlarda yurak-qon tomir kasalliklari 30% ga kamayadi.”
👉 Bu dalil mavzuga bevosita mos keladi va fikrni kuchli asoslaydi.

‼️Xulosa: Dalilning o‘zi yetarli emas, u mavzuga mos va fikrni qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lishi zarur.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti
23👍5👏5🔥1
Bugundan esse kursimiz boshlanadi.


Dars shakli: onlayn
Dars vaqti: 20:30

Hali ham ro'yxatdan o'tishga ulgurasiz.

Biz bilan bog'lanish uchun:

@pinnacle_onlayn
7👍4
Esseda so'z qo'llashda mantiqiy xatolikka yo'l qo'ymang!


“Bugungi zamonaviylashib borayotgan dunyoda insonlarning texnikaga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshdi”.

Keling, bu gapni birgalikda tahli qilsak!

🔴 1. So'zlarning mantiqiy takrori (ortiqcha so‘z) gapdagi mazmuniy-mantiqiy buzilishga sabab bo'lgan.

“bugungi” va “zamonaviylashib borayotgan” bir-birini takrorlaydi.
• Ikkalasi ham hozirgi davr ma’nosini beradi.

To‘g‘rilash yo‘llari:
Bugungi dunyoda yoki
Zamonaviylashib borayotgan dunyoda

🔹 Ikkalasini birga ishlatish uslubiy yukni og‘irlashtiradi.


🔴 2. Umumiylik (abstraktlik)

Gap juda umumiy: qanday texnika? qaysi soha? aniq emas.

Essedagi umumiy fikrlar uning uning qiymatini tushiradi.

To'g'rilash yo'llari:
• texnika → zamonaviy texnologiyalar
• yoki raqamli vositalar


🟢 Uslubiy jihatdan to‘g‘ri variantlar

1️⃣ Eng soddalashtirilgan:

Zamonaviy dunyoda insonlarning texnologiyaga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda.

2️⃣ Kuchliroq:

Bugungi kunda texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat hayotida tobora muhim o‘rin egallamoqda.

3️⃣ Yuqori ballga mos:

Texnologik taraqqiyot sharoitida insonlarning raqamli vositalarga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada ortdi.

@esse_Cholliyeva
TAVSIYA:
❗️ Bitta gapda bir ma’noni ikki xil so‘z bilan aytmang.
❗️ Umumiy so‘zlarni aniqlashtiring.
❗️ Ortiqcha qo‘shimcha va so‘zlardan qoching.
36👍5🔥3
Qanday yoziladi? @esse_Cholliyeva
Anonymous Quiz
39%
xakker
21%
xaker
41%
hakker
🤨15🤯118🔥2👏2🥰1
Asosiy qism II xatboshini boshlab olishda quyidagi barqaror birliklardan foydalansa bo'ladi:

1. Har to'kisda bir ayb.
2. Har kim o'z qarichi bilan o'lchar.
3. Har boshda bir aql.
4. Tanganing ikkinchi tomoni bor.
5. Tarozining ikki pallasi bor.
6. Har kim o‘zicha fikr yuritar.
7. Besh qo'l barobar emas.
8. Bir boshning o'n, yuz boshning yuz fikri bor.


📌E'tibor bering!
Maqol qo'llaganda u:
1) mavzuga va yozilayotgan fikrga(vaziyatga) mos bo'lishi shart;
2) berilayotgan fikrga qarshi bo'lmasdan, uni kuchliroq qilishi, izohlashga, to'ldirishga yordam berishi kerak;
3) izohlanishi, ya'ni gapingizga "yopishishi" shart;
4) salbiy bo'yog'i kuchli (ya'ni disfemizm) bo'lmasligi kerak;

5) qo'shtirnoq ichida yoziladi.


@esse_Cholliyeva
18🕊3❤‍🔥1👍1🔥1🤝1
Onlayn esse kursida A+ kutayotganlar bormi?

Esse kursimizda darslar oʻz faoliyatini boshlagan.

Guruhimizda viloyatlilar ham bor. Siz ham boshqa viloyatdan boʻlsangjz qoʻshilishingiz mumkin. Endigina 2ta darsi boʻldi.

Vaqtni boy bermang. Kursga qoʻshilish uchun @pinnacle_onlayn ga yozing.

https://t.me/Chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot
20🔥4👍3👏2
USHBU IMKONIYATNI ASLO QO‘LDAN BERMANG!

31-yanvar va 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihonlar uchun milliy sertifikat formatidagi testlar asosida maxsus darslar tashkil etiladi.
Darslar davomida test ishlash texnikasi, imtihondagi eng katta “dushmanlar” — vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va shoshqaloqlikni yengish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar beriladi.

🗓 Darslar boshlanish vaqti: 12-yanvar
🗓 Darslar davomiyligi: 30-yanvargacha

📌 Guruhimizda ikkita rad etib bo‘lmaydigan taklif mavjud:
💎 1. Imtihongacha 3 marta milliy sertifikat qolipidagi test beriladi va batafsil tahlil qilinadi;
💎 2. 3 ta yangi mavzuda esse yozasiz va har bir esseyingiz individual tarzda tekshiriladi.

Darslarimiz professional ustozlarimiz: Gulchehra Choʻlliyeva va Mohinur Farmonova tomonlaridan oʻtib beriladi.

💰 To‘lov:
Bir martalik 200 000 so‘m evaziga imtihongacha biz bilan to‘liq tayyorgarlik ko‘rasiz.

Murojaat uchun: @pinnacle_onlayn
13👍4
Sizni ham shunday savollar qiynayaptimi?
Esse yozishda qiynalayapsizmi?

Aynan sizlar uchun maxsus esse guruhi ochilmoqda!

📌 Kurs davomida siz nimalarni o‘rganasiz?
• Esse yozishda yo‘l qo‘yayotgan xatolaringizni aniqlash
• Esseni 70+ ballga yozish usullari
• 50 ta bepul qo‘llanmalarga ega bo‘lish

🎓 Eng asosiysi, darslar Cho‘lliyeva Gulchehra ustoz tomonidan o‘tiladi.
Har bir yozilgan esse tekshiriladi, tahlil qilinadi va batafsil izoh beriladi.

Oldingi esse kursimizda joylar juda tez to‘lib ketgan edi.
Bu safar ulgurib qoling — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!👇🏻
@pinnacle_onlayn
16
Assalomu aleykum. Yaxshimisizlar?
👍93
4
Bu safargi imtihonlarda ham quyidagi yo'nalishlarda esse mavzulari shakllantiriladi:

ta'lim
ijtimoiy hayot
iqtisodiy va moliyaviy masalalar
ilm-fan va texnika, texnologiyalar

@esse_Cholliyeva
14
Kasblar taraqqiyoti, texnikaning kasblar rivojiga ta'siri haqida ham mavzular tushishi mumkin.Bu savollarga javob topib, tayyorlanib qo'yavering.

@esse_Cholliyeva
👍11🔥62🤪2
Esse topshirig'i vaziyat matni:

Hozirgi davrda mehnat bozori jamiyat rivojida muhim bo‘lib, mehnat munosabatlari va malaka talablari kuchayib bormoqda.
• ayrimlar bu jarayon mutaxassislar salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa mehnat bozoridagi raqobat ish o‘rinlarining beqarorlashuviga olib kelishini ta’kidlaydi.

@esse_Cholliyeva
13🤩5🔥2
Esse topshirig'i vaziyat matni:

Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda kasblar va mehnat sharoitlari yangilanib bormoqda. Shunga ko'ra, bu mavzuga oid turli munosabatlar yuzaga kelmoqda:
• ayrimlar bilim va texnik ko‘nikmalar asosiy omil deb hisoblasa;
• boshqalar mas’uliyat, halollik, muloqot madaniyati kabi shaxsiy fazilatlar ustuvor, deb ta’kidlaydi.

@esse_Cholliyeva
13🤩4🔥2👍1