𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
3.66K subscribers
648 photos
30 videos
4.85K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7651.

Ushbu qasr sobiq Avstriya imperatorlarining qarorgohi boβ€˜lgan boβ€˜lib, hozirda muzeyga aylantirilgan va 1996 yili Yunesko qaramogβ€˜iga olingan.
Diqqat Savol gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Shenbrunn
7652

Savol Cherchilning aytishicha uning chegaralari Baltikaning Shtettinidan Adriatikaning Triestigacha borar emish?

Javob: Β«Temir pardaΒ»
7653.

Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa ......
Jumlani to’diring?

Javob: Qizingdan ayrilasan
7654.

Barkarola-mayin va sekin templi italyancha qoβ€˜shiq turi boβ€˜lib, uni asosan ular ijro etishadi kimlar?

Javob: Gondolerlar
7655.

1370, 1562, 1679, 1718 yillari bu shahar aynan shunday falokatga yoβ€˜liqdi. Diqqat Savol qanday falokatga yo'liqdi?

Javob: Chuma epidemiyasi tarqagan
7656.

Tibbiyot mutaxassislari fikricha, u predmet sizni kundalik shok
holatiga tushiradi. Kundan-kun unga koxnikib, tabiiy zavq xissi sizni tark eta
boshlaydi. Asabiy va darg'azab bo'lishingizni tezlashtirar ekan. Hozir turli davlatlarda turli ko'rinishlari ishlab chiqarilmoqda. Ammo hammamizni ongimizda u serjahl koxrinishda saqlanib qolgan. Savol: nima u serjahl yo badjahl?

Javob: Budilnik
7657.

1978 yili aynan shu ingliz pop guruhi tuzildi?
Diqqat Savol qaysi pop guruhi tuzildi?

Javob: Dyuran-dyuran
7658.

Chexov yoshligida aynan shu taxallus bilan ijod qilgan. Savol qanday taxallus bilan ijod qilgan?

Javob: Ayatosha Chexonte
7659.

Qadimgi Hindistondagi qishloq xududlarida yashovchi dehqon
oilalari dalada hosil pishish oldidan ertalabdan kechgacha sholipoya atrofida qo'shiqlar aytib, raqslarga tushib, quvlamachoq, berkinmachoq o'yinlari o'ynab kunni kech
qilishgan. Hosilni yig'masdan oldin boshlanib ketgan bu bayramdan maqsad nima bo'lgan?

Javob: Qushlardan asrashgan
7660.

2011 yili suratga olingan β€œΠžΠ»ΠΈΠ²Π΅β€ (Olive) filmining rejissyori AQSHlik Xuman Xaliliy hisoblanadi. U bu filmni yaratish uchun 500 ming AQSH dollari miqdorida mablagβ€˜ sarflagan. Ekspertlarning fikricha film sifatli chiqqan. Endi biroz gβ€˜alatiroq savolni eshiting. Ushbu filmni yaralishida muhim rol oβ€˜ynagan vositani bitta lotin va bitta grek soβ€˜zlari bilan yozib bering?

Javob: Mobil Telefon
Izoh: mobil telefonda suratga olingan film
7661.

Diqqat qiling savolda oβ€˜zgarish bor.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Genrix Gimmler qoβ€˜l ostidagi Daxau lagerida NA’MATAK MEVALARI ustida tadqiqotlar olib borilgan. 1944 yilda Germaniya qurolli kuchlari 200 tonna NA’MATAK MEVALARIGA buyurtma bergan. Buyurtmaning 65 tonnasi neytral hudud hisoblangan Shveysariyaning Roche firmasi tomonidan yetkazib berilgan. Savol: NA’MATAK MEVALARI soβ€˜zlari bilan qaysi soβ€˜zlarni almashtirdik?

Javob: "C" vitamini.
Izoh: Eng koβ€˜p tabiiy C vitamini na’matak mevalarida uchrar ekan.
7662.

Afrika va Lotin Amerikasi, Osiyoning bir qancha xududlarida har yili yoz oylari
turli yuqumli kasalliklar qo'zg'alib turadi. Har bir davlat bu borada o'z
loyihalarini ishlab chiqqan. Braziliya bu borada juda katta mablag'li reja tuzgan.
Unga ko'ra uzun-uzun trassalarda har 50 metrni kavlab quvurlar yotqizish aytilgan.
Hurmatli bilimdonlar, yo'lga yotqiziladigan quvurlar orqali kasalliklar oldi qanday olinadi. Quvurlar nima uchun yotqiziladi?

Javob: Kasalliklar asosan chivin-hasharotlardan tarqaydi. Ularni
terib yeydigan jonzot bu qurbaka. Qurbakalar yo'lni kesib o'tayotib juda ko'plab nobud
bo'lib ketadi. Qisqa hayoti mobaynida qurbaka bir necha 10 minglab chivinlarni
quritadi. Qurbakalar trubadan o'tishlari uchun ularga yo'l ochib qo'yishni taklif
etishgan.
7663

Qadimdan Sharq tabiblari bemorni davolashda benazir bo'lishgan. Shunday
xalqona usullardan foydalanishganki, haligacha dunyo tibbiyotida bu usullar
qo'llaniladi. Savolimiz davolash usullari haqida emas. Davolanishga to'lanadigan haq to'g'risida. Sharqda xususan Xitoy, Xindiston, qisman bizda ham, davolaganlari
uchun kasal haqi emas, chiroq haqi olishgan. Nega davo haqi emas, chiroq haqi olingan?

Javob: Albatta og'ir kasaldan
tuzalgan bemor, chin dildan ataganini tabibga beradi. Tabib esa bu pulni chiroq puli deb oladi. Chunki ilgari chiroqlar yoxq paytida (el.energiyani nazarda tutayapman)
kechqurunlari odamlar tabib kerak bo'lganda uni uyini qidirib yurmasliklari uchun, tabibni uyi oldida doimo lampa-chiroq yonib turgan. Zimiston qishloqda shu tahlit
tabibni topish oson bo'lsin deb chiroq yoqib qo'yilgan. Lampa-chiroqlar esa qimmat bo'lgan.
7664.

Gapirsa yolg'on gapiradi, Va'da bersa bajarmaydi, Omonatga esa hiyonat qiladi .
Diqqat savol bu nimani alomati?

Javob: Munofiqlik
7665.

Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Fransiyada topildi. Keyinchalik u oβ€˜zining Yevropa boβ€˜ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetib boradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Hoβ€˜sh endi aytingchi, u AQSh ning qaysi shtatidan kelgan?

Javob: Kolorado.
Izoh: Bu yerda gap kolorado qoβ€˜ngβ€˜izi haqida ketmoqda.
7666.

⚠️Kunning oxirgi savoli
:

Yevropaning eng bahavo, mo’tadil, go'zal shaharlaridan biri
Madriddur. Yil 12 oy ilik, mayin ob-havo Madridda hukmronlik qiladi. Shu sababli XVII-XVIII-XIX asrlarda Yevropadagi ko'plab qirol oilalari muhim bir hodisa tufayli Madridga tashrif buyurib turishgan. Savol: nima sababdan ular Madridga kelishgan?

Javob: Madrid barcha qulayliklarga ega shahar bo'lgani uchun malikalar
shu yerda ko'zlari yorishni xohlashgan.
πŸ“Š Yakuniy natijalar

πŸ₯‡
@Samofarishta: 36 ball
πŸ₯ˆ ❕❗: 13 ball
πŸ₯‰
@Boburmirzo2: 10 ball
4.
@TIMFCBAYERN_TM: 5 ball
4. Π°Π±Π΄ΡƒΠ»Π»Π°Π΅Π²: 5 ball
4.
@Turdiyeva_Shohista: 5 ball
4.
@b_bekmurod: 5 ball
4.
@Abdulmajid8883: 5 ball
4. Feniks: 5 ball
4.
@Doston_1994UMK: 5 ball
4.
@Diyorbek2617: 5 ball
4. Umida: 5 ball
4. Abu Rayhon: 5 ball
4. Xayrullayev: 5 ball
15.
@nurullayev_behruz: 3 ball
15. Sh: 3 ball
15. _ Aishe_malak_: 3 ball
15. π•Šπ•™π•’π•©π•π• π•’π•«π•šπ•žπ• π•§π•’: 3 ball
15.
@bibliofil1: 3 ball
20.
@Bahriddin_Muhiddinov: 2 ball
20. RAIMKULOVNA: 2 ball
20.
@UmarovIlhom_14: 2 ball

πŸ†GΚ»oliblarni gΚ»alaba bilan tabriklaymiz!

OΚ»yinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boΚ»lsin!
Bugun:

πŸ’ Jami 22 ta savol o'ynaldi
βœ… 21 ta savol topildi

⛔️Grob savollar 7647

πŸ†Bugungi g'oliblarimiz:

@Samofarishta: 36 ball

πŸ“©Savol yuborgan bilimdonlar.

Buguncha yo'qπŸ€·β€β™‚

πŸ’― ancha ishtirokchi qatnashdi

πŸ‘β€πŸ—¨Eng ko'p ko'rilgan savol 7646 savol
584 ta obunachi ko'rgan

πŸ’ŒEng yaxshi savol qaysi bo'ldi sizningchi?
7645 dan boshlab 7666 gacha

πŸ’ŒAgar sizda ham savollar bo'lsa:

Manzil:
@TurnirlarZkBot yoki @Killer_Crazy007
Bugun o'qib qolgan go'zal satrim

Natijasi senga erishish bo'lsa,
Kutishdan charchamayman