Ertaklar.uz
14.6K subscribers
397 photos
113 videos
39 files
159 links
Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

ENG QIZIQARLI

📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
Download Telegram
Audio
Audioertak: Ukki Bobo Ertaklari - Oqpanjaning Tug'ulishi 1-qism
Audioertakni Oybek Jo`rayev ijro etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Unutilmas ajoyib multfilm - Daydi to`tining qaytishi (Kesha)
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barchamiz sevib tomosha qilgan, har bir daqiqasi bolalikning unutilmas onlarini yodga soluvchi ajoyib multfilm - Qizcha va quyonlar multfilmi.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Bola injiq va qaysar bo‘lsa, nima qilish kerak?

Bolaga to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yaxshi-yomonni tushuntirish ota-onalarning eng birinchi vazifasidir. Shuning uchun ham farzandingizning huda-behudaga janjal qilib, injiq bola bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Tarbiyachi yoki bog‘chaning tez-tez almashtirilishi, oiladagi turli muammoli vaziyatlar ham bolada injiq va agressiv (tajang) kayfiyatni paydo qiladi. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim muassasalari va uning tarbiyachilariga ham e’tiborli bo‘ling. Negaki, bolaning shaxs sifatida shakllanishida bu muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, bolani 3 yoshgacha bo‘lgan vaqtidagi o‘zingiz bergan tarbiya ham bunda asosiy o‘rin tutadi. Uni ortiqcha erkalatib yubormagan holda, yaxshi ko‘rishingizni ham bildirib turing.

Bolaning urishqoq va qaysar bo‘lib qolishi ota-ona uchun muammoli holatdir. Bolalar agressivligi – ichki ruhiy notinchlik, negativ his-tuyg‘ular yig‘indisi deya baholanadi. Bunday bolalar tengdoshlari bilan chiqisholmaydi, ular bilan tez-tez urishadi, o‘yinchoqlarni buzib tashlaydi. Bu bilan u onasining, tarbiyachining e’tiborini tortmoqchi bo‘ladi. Ular e’tiborni tortish uchun atay sekin kiyinadi, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirmaydi, yaxshi gapirmaguningizcha gapga kirmaydi.

Hayotimizda yomon his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradigan, insonni bag‘ritosh, jahldor, qiziqqon qilib qo‘yuvchi holatlar ko‘p uchraydi. Bolalar esa atrofdagilar kayfiyatini tez ilib oladilar. Shu bois ota-onalar farzand­lar oldida yomon narsalarni muhokama qilmasliklari, o‘zaro janjallashmasliklari, halokatli yoki fojeaviy ko‘rsatuv va filmlarni ko‘rmasliklari lozim.

Farzandingizda shunday xulq-atvorni kuzatsangiz aybni faqat o‘zingizdan qidiring. Bunday xulq-atvorning sababi: oiladagi nosog‘lom muhitdir. Ushbu fe’l-atvorni tuzatish uchun avvalambor oilaviy munosabatlarni tartibga soling.

Agar bolangiz injiq va urish­qoq bo‘lsa, quyidagi o‘yinlar yordamida ham uning fe’l-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin.

Changni qoqamiz (4 yoshli bola uchun)

Har bir bolaga bittadan yostiq beriladi. Bolalar uni changini qoqayotgandek urishlari kerak. Mashqning foydali jihati shundaki, bola o‘zidagi yomon energiyani har bir zarbda, kuch orqali chiqarib yuboradi.

Minorani qulatish (5 yoshli bola uchun)
Yostiqlardan unchalik baland bo‘lmagan minora quring. Har bir ishtirokchining asosiy maqsadi – ushbu minoraga bor kuchi bilan sakrash, xursandchilikni bor ovoz bilan ifoda etish. Yostiqlarni ag‘darib yubormagan holda, minorani zabt etgan ishtirokchi g‘olib sanaladi. Albatta, har bir ishtirokchi yutuq uchun shirin so‘z bilan rag‘batlantiriladi.

Bu o‘yinlardagi asosiy maqsad boladagi agressiv va injiq kafiyatni kuch va harakat bilan chiqarib tashlashga e’tibor qaratilgan. Agar farzandingizning kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishishini istasangiz, uning ichki energiyasini ijobiy xislatlar shakllanishiga yo‘naltiring.

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkintoylarning betakror tabassumlari jamlanmasi.😊
Yaqinlaringizga ham ulashing:
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkintoylar uchun mevalarni ajoyib ko`rinishga keltirish. Sinab ko`ring!!🍏🍎🍋🍌🍇🍍
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
​​Pul haqida farzandlarga berilishi kerak bo’lgan eslatmalar

1. Pul tugaydi! Bir quvnoq sayt bu ogohlantirishni kupyuralarda chop etishni taklif qilgandi. Sog’liqni saqlash vazirligi sigareta qutilarida chekish zararligi haqida ogohlantirgani kabi.

2. Pulni kutilmaganda talab qilib qolmasliklari va o’zimiz ham qaytarishni cho’zib yurmasligingiz uchun har doim aniq muddatga qarzga olish kerak.

3. Reklama – odamlarni ko’proq pul sarflashga undash yo’li, hech qanday san’at va ayniqsa iste’molchi haqida qayg’urish emas.

4. Aqliy mehnat evaziga jismoniy mehnat evaziga olinadigandan ko’ra ko’proq haq olsa bo’ladi. Bola XXI asrda qop tashish, ko’cha supurish yoki boshqa malaka talab qilmaydigan ish orqasidan tuzukroq pul topib bo’lmasligini tushunishi kerak.

5. Pul sarflash paytida tanlashni o’rganishdir. Bir paytning o’zida anavi ko’ylakni ham, mana bu sumkani ham, yana qo’g’irchoq va tuflini ham sotib olishni hammaning cho’ntagi ham ko’taravermaydi. Hamma narsada me’yor bo’lishi kerak.

6. Pulni aniq maqsad bilan (aniq bir narsa sotib olish uchun) yig’ish foydalidir. Agar maqsad bo’lmasa, bu ishdan ma’no qolmaydi. Bu keraksiz qog’ozlarni yig’ishdan farq qilmaydi.

7. Qimmat narsa sotib olishni maqsad qilgan bo’lsangiz, pul yig’ish jarayoni uzoq cho’zilib ketmasligi uchun ko’proq pul topishga harakat qilishingiz kerak.

8. Ko’p pul topish oson ish emas. Pulni osonlik bilan topib bo’lmaydi. Birinchidan, yengil yo’l uchun u
yoki bu tarzda to’lov to’lashga to’g’ri keladi. Ikkinchidan, oson va yengil yo’l bilan kelgan hamma narsa xuddi shunday osongina ketadi.

9. Boshqalarning qo’lida ko’p borligiga hasad qilmang. Bu hafsalangiz pir bo’lishiga bahona emas. Pul niyatning buzilishiga sabab bo’lmasligi kerak.

10. Agar biron ishga qattiq ishonsangiz, unga pul tikishga tayyor turing.

11. Sizdan pul so’rashganda, bu ishingiz bilan o’z yaqinlaringizga ziyon yetkazmasdan so’rovchiga yordam bera olishingizga ishonchingiz komil bo’lgandagina bering. Siz eng avvalo yaqinlaringiz uchun mas’ulsiz.

12. Yaqinlaringizga pul sarflashdan og’rinmang. Hayotingiz axir ular bilan ko’rkam.

13. Pul hayotingizning asosiy mazmuniga aylanib qolmasin. Pul maqsad emas, maqsadlarga erishtiruvchi vosita ekanligini yodingizda tuting.

Kanalga obuna bo'lish:
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Siz kanalni qanchadan beri kuzatib borasiz.
Anonymous Poll
69%
1 kundan kam
9%
1 hafta
6%
1 oy
4%
6 oy
12%
1 yildan ortiq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertalabki nonushta tayyorlash uchun nooatiy g'oya. Urinib ko'ring.😊

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Yangi yil archasiga

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

✍️Erkin Vohidov

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Forwarded from Bahodir Ahmedov (Bahodir)
ФАРЗАНДИНГИЗ илк бор музқаймоққа етарли ПУЛ ИШЛАБ ТОПГАНИДА, шундай қилинг:

1. У музқаймоқни паққос туширишидан олдин ундан музқаймоқни тортиб олинг ва 20 ФОИЗИНИ ЕБ ҚЎЙИНГ;
2. Фарзандингиз сизга ҳайрон бўлиб қараб турганида яна 30 ФОИЗИНИ ЕБ ҚЎЙИНГ.

Шундан кейин, қолган музқаймоқни унинг қўлига тутқазинг ва ДАВЛАТ ҳар бир кишининг ишлаб топган пуллари билан ШУНДАЙ ҚИЛИШИНИ, у топган пуллар билан ҳам шундай бўлишини унга ТУШУНТИРИНГ.

Агар ҳар бир ота-она шундай қилса, мамлакатда ДАВЛАТ ЎЗ ПУЛЛАРИГА ЭГА ЭМАСлиги, у фақатгина СОЛИҚ ТЎЛОВЧИЛАРНИНГ ПУЛЛАРИГА ЭГАЛИК ҚИЛИШИни тушунадиган авлод вояга етишига умид бор. Солиқ тўловчилар эса давлат амалдорлари уларнинг пулларини қандай сарфлаётганини кузатиб тура олади эмас, балки кузатиб туришлари ШАРТ.

© Маргарет Тетчер - Буюк Британиянинг бош вазири (1979-1990).

@Falsafiy_satrlar каналидан олинди

Шу ўринда бир гап: давлат ташкилотларини баъзи амалдорлари биз ундай қиляпмиз, биз бундай қиляпмиз деб мақтанаётганда шу гапни айтинг. Халқ пулидан ҳақ олиб, халқ хизматини қилганини миннат қилишса, шу гапларни албатта эслатинг!

Дўстларга улашинг👉 @tarixzarvaraqlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo`l mehnati bilan yasalgan telefon ham bolajonlar uchun ajoyib o`yinchoq bo`lishi mumkin. Urinib ko`ring😊
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar uchun eng foydali va qiziqarli ma`lumotlar jamlangan ilovalar

Birinchilardan bo`lib ko`chirib oling:

Yosh onalarga maslahatlar: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.yosh_onalarga.maslahatlar

Go`daklarni to`g`ri oziqlantirish: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.godaklarni.ovqatlantirish

Bolalar kasalliklari va ularni davolash: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bolalar.kasalliklari

Boshqa ko`plab kasalliklar va ularni davolash usullari haqidagi mobil ilovalar: https://play.google.com/store/apps/developer?id=Tibbiyot

Ushbu foydali ilovalarni yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA