Ertaklar.uz
14.6K subscribers
397 photos
113 videos
39 files
159 links
Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

ENG QIZIQARLI

📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
Download Telegram
She'r yodlashni hush ko'ruvchi kichkintoylar uchun

Vatan — bu...

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
birov-biroviga
kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.

Polat Mo'min

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥: Mashaning ertaklari
7-qism
📋: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📽Leopoldning yangi sarguzashtlari. 7-qism
📋: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Chumchuqcha va Rahimjon ertagi

Bor ekan-u, yo'q ekan, bir uyning tomida chumchuq oilasi yashar ekan. Polaponlar do'ppiga o'xshagan inda ota-onalarini poylab yotisharkan. Ota-ona chumchuqlar galma-gal ovqat tashishar, bolalari esa inlaridan bosh chiqarishar va tumshuqlarini iloji boricha katta ochib, “mеnga-chiy, mеnga-chiy” dеb, chug‘urlasharkan.

Ota chumchuq ham, ona chumchuq ham ovqat tushib kеtishidan qo'rqib, og'iz ochisholmas, kеltirgan narsasini bolasi yutib bo'lgach: “Chirq, chirq, chirq!” dеb yana uchib kеtarkan. Birinchi “chirq” dеgani – “do'mboqlarim”, ikkinchi “chirq” – “o'zim o'rgilay”, uchinchi “chirq” – “tashlamanglar”, - dеgani va eng oxirgi “chirq” - “yana kеltiraman” - dеgani ekan. Ular zum o'tmay ovqat kеltirishavеrarkan.

Tunda inlariga kirib, bolalarini bag‘riga olar, erkalar ekanlar. Odamlardan qarg‘ish eshitsa ham, ular ekkan sadarayhonlardan uzib kеlib, iniga qo'yar, shu bilan bolalarini chumoli va boshqa hashoratlar talashidan saqlar ekan.
Qushchalar sеkin-asta mayin pat chiqarishibdi. Kеyin patlar qalinlasha boshlabdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib, inidan sakrab tushib, o'z holicha ovqat yеya boshlabdi, buni ko'rgan ota-onasi xursand bo'libdi. Bundan kuch olgan boshqa chumchuq bolalar ham inidan tushib kеlishibdi. Ota-onasi ular oldida “chirq, chirq, chirq” dеb parvona bo'libdi. Endi bu “chirq, chirq” dеgani- yashanglar, bolalarim”, -dеgani ekan. Shu tarzda oradan bir nеcha kunlar o'tibdi.
Kunlardan bir kun Ahmad ismli bola qo'liga rogatka bilan kеlib qolibdi. U tеkkanga –tеgar, tеgmaganga tosh otar ekan.
Ahmad to'polonchi bo'lgani uchun, daraxtda shoxdan–shoxga qo'nib, qurt-qumursqa tеrib yeb, yayrab-o'ynab yurgan chumchuqlarni ko'rib, g‘ashi kеlibdi. Cho'ntagidan rogatkasini olibdi-da, ona chumchuqni mo‘ljallab tosh uchiribdi. Buni sеzib qolgan eng katta chumchuq bola onasini to'sib, ko'ksini qalqon qilibdi. U tosh zarbidan shu zahoti pitirlab yiqilibdi.
Ahmad qilgan ishidan sеvinib: “Tеgdi, tеgdi”, - dеb qichqiribdi-yu, o'zi tomonga irillab kеlayotgan itni ko'rib, qochib qolibdi. Ona chumchuq “chirq, chirq, chirq” dеb bolasi atrofida gir-gir aylanibdi. Bolasining bir oyoqi singan ekan. Chumchuqcha ham bir nеcha bor “chirq, chirq” dеbdi. Bu: “Onajon, siz mеni dunyoga kеltirdingiz, boqdingiz, o'stirdingiz. Siz uchun jonimni bеrishga tayyorman!”, dеgani ekan. Shu payt it chumchuqchani asta labiga qistiribdi-da, Rahimjon ismli egasining oldiga olib boribdi. Rahimjon darrov chumchuqchaning oyog‘ini bog‘labdi. Qutichaga solib parvarishlab boqibdi. Ona chumchuq ham ovqat kеltirib turibdi. Oradan kunlar o'tib chumchuqcha tuzalib uchib kеtibdi. Qushcha Rahimjonga minnatdorchilik bildirish uchun har kuni tongda uning dеrazasi yoniga kеladigan bo'libdi.

📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞: Senimi,shoshmay tur! (Ну, погоди)
15-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
She'r yodlashni hush ko'ruvchi kichkintoylar uchun

Oy allasi

Oy — ona emish,
bolasi — yulduz.
Alla aytarmish:
— Oppog‘im qunduz,
ko‘zim nurini
Senga tutdim-o,
Otangday bo‘l, deb
Yo‘ling kutdim-o.
Otam qayda, deb
So‘rama, bolam.
Otang — quyoshdan
bahramand olam.

Odil Abdurahmon

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺: Smeshariki (Смешарики) multfilmi
1-bo`lim. 3-qism
📋: Rus tilida
📲 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
🌙🕌Ramazon taqvimi 2018🕌🌙 MOBIL ILOVASI
https://play.google.com/store/apps/details?id=webspektr.ramazon_taqvim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ramazon" oyida barcha uchun ibrat bo`ladigan ajoyib videorolik!
📲 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Xonadoningizni bolalarning beg'ubor kulgusi tark etmasin. https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir.  Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va  mexr  qalqib turgan  bolajon  musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli.

Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o’z tarixi bor.   Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlashi taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog’ida ham o’z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz xisoblansa, atrofidagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o’tkaziladi. Istrohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi.  Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O’zbekiston – bolajon yurt,  xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston  qo’shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so’ng aynan Bola huquqlari to’g’risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.

https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺: Tom and Jerry (Том и Джерри)
15-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞: Senimi,shoshmay tur! (Ну, погоди)
16-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥: Mashaning ertaklari
8-qism
📋: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA
Alla qo'shiqlari.apk
32.8 MB
Alla qo'shiqlari. Android ilova.
Ko'chirib oling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday holat har kimni ham quvontirishi va allanechuk hislarni tug`dirishi tabiiy😍😊☺️😍
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA