Ertaklar.uz
14.7K subscribers
397 photos
113 videos
39 files
159 links
Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

ENG QIZIQARLI

📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoyil ee. Epchillik va dovyuraklik to`qnashgan joy👍👍👍
@ertaklar_uzz
📱: Audioertaklar.1-qism

💾: Hajmi: 38 MB

🌐: Internet:

📌: Bolajonlarning sevimli audioertaklari endi offline ko`rinishda.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
Audio Ertaklar 1-qism.apk
38 MB
📬Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞: Senimi,shoshmay tur! (Ну, погоди)
8-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
BU QIZIQ

Elektr toki qanday qilib uyga keladi?

Shaharlar, uylarimizni kecha-yu kunduz yorug‘ bo‘lishi uchun elektrostansiyalar muntazam ishlab turadi. Ular har xil bo‘ladi. Ba’zilari, elektr tokini olish uchun qozonxonalarda suv qaynatilib, uning bug‘i katta parraklarni aylantiradi. Bu holat esa o‘z navbatida generatorni ishga tushiradi. Generator esa elektr toki ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, daryolarga ham elektrostansiyalar qurilar ekan. Daryo oqimidan kelayotgan suv generator parraklarini aylantirib, yuqoridagi jarayon takrorlanadi ya’ni generator elektr tokini sihlab chiqaradi. Toklar simlar orqali kichik kuchlanishli elektrostansiyalarga bo‘linadi. Shundan so‘ng elektr toki uyimizga keladi.

@ertaklar_uzz
Ortiqcha harajatlarsiz uy sharoitida kichkintoyingiz uchun qiziqarli o`yinchoqlarni yasashni xohlaysizmi? Unda bu aynan siz uchun.
@ertaklar_uzz
Qushcha va olmaxon ertagi

O‘rmondagi daraxtda olmaxon bilan kichkina qushcha qo‘shni bo‘lib yashar edi. Ular bir-birlariga xalaqit bermay, har biri o‘z ishi bilan band bo‘lardi. Olmaxon ertadan-kechgacha yong‘oq, qurigan mevalarni yigib qishga zaxira tayyorlar edi.Qushcha esa shu atrofdagi daraxtlarga oralagan zararli hasharotlarni terib yerdi. Olmaxonni har kuni ertalab to‘q-to‘q etgan ovoz uyg‘otardi. Bu — daraxt po‘stlog‘i tagida yashiringan hasharotlarni topib yeyayotgan qushchaning ovozi ekanligini bilardi.

Bir kuni olmaxon qushchaga qarab:

— Qushcha, sening isming nima? — deb so‘radi.

— Otim qushcha.

— Qushcha ekanligingni bilaman. Qanday qushsan, deb so‘rayapman.

Qushcha o‘ylanib qoldi. Bu haqda hech o‘ylamagan ekan.

— Men oddiy qushchaman. Qanday qushcha ekanligimning nima ahamiyati bor?

— Bor, hamma o‘z ismini bilishi kerak. Masalan, mana men olmaxonman, anavi quyon. Sen-chi chittakmisan, chumchuqmisan, zag‘izg‘onmisan, nimasan?

Qushcha g‘amgin bo‘lib boshini egdi va:

— Men o‘zimni doim oddiy qushcha deb hisoblar edim, boshqa narsani bilmayman,—dedi. — Bu ishni shunday qoldirib bo‘lmaydi. Tezda o‘rmon majlisini yig‘ib sening qanday qush ekanligingni aniqlash kerak, — dedi olmaxon. Olmaxon ayiqning oldiga borib fikrini aytdi va ular birgalashib o‘rmon hayvonlari majlisini chaqirishdi. Majlisda ular bilan yashayotgan qushchaning qanday qush ekanligini aniqlash masalasini hal qilish lozim edi. Majlisga yig‘ilgan jonivorlar baqirib- chaqirib o‘z fikrlarini ayta boshlabdilar. Qushcha maydoncha o‘rtasidagi to‘nka ustida boshini egib turar, hayvonlarning baland ovozlaridan qo‘rqib titrar edi. Bahs- munozara shu darajaga yetdiki, endi qushchaga hyech kim e’tibor bermay ham qo‘ydi. U esa to‘nka ustida «chiq-chiriq, chiq-chiriq», deb yig‘lab turar edi. Ordan bir oz vaqt o‘tgach, qushcha qanotlarini yozib osmonga ko‘tarildi. Lekin shovqin-suron solayotgan jonivorlar buni sezishmadi. Qushcha ularning tepasida bir- ikki aylandi-da uchib ketdi. Oradan bir yil o‘tdi, o‘rmon hayoti o‘z yo‘nalishida davom etar edi. Bir kuni olmaxon zaxira uchun to‘plagan yong‘oqlariga qurt tushganini ko‘rib qoldi. Avvallari hyech bunday bo‘lmagan edi, chunki qushcha daraxtga yaqinlashgan zararli hasharotlarni terib yer va shu atrofdagi daraxtlarning salomatligiga mas’ul edi. Endi u anchadan beri bu yerlarga kelmaydi. Olmaxon buni tushundi va o‘zining qilgan ishidan qattiq afsuslandi. Bir kuni tong saharda inida uxlab yotgan olmaxon to‘q-to‘q etgan tanish ovozni eshitdi. Qushcha qaytib kelgan bo‘lsa kerak, deb sevingancha shoshib inidan tashqariga chiqdi. Qarasa, bir notanish qush u yashayotgan daraxtdagi zararli hasharotlarni terib yeyayotgan ekan. Olmaxon qushga salom berib so‘rashdi, lekin uning qanday qush ekanligini so‘ramadi. Qush ham ortiqcha gapirmay o‘z ishini davom ettirdi. Olmaxon daraxt shoxida o‘tirib xayol surdi. O‘rmonda yong‘oq terib yurganida tanish qushchasini ko‘rsa, undan qilgan ishi uchun, albatta, uzr so‘rashni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Qush esa ish orasida unga qarab qo‘yar ekan, olmaxonning g‘amginligini sezdi. O‘zining ulg‘ayib iniga qaytib kelgan o‘sha qushcha ekanligini, oti esa qizilishton ekanligini aytgisi keldi, lekin uni tanimagan olmaxonni xijolat qilishni istamay indamay qo‘ya qoldi.

https://t.me/ertaklar_uzz
📱: Audioertaklar.2-qism

💾: Hajmi: 39 MB

🌐: Internet:

📌: Bolajonlarning sevimli audioertaklari endi offline ko`rinishda.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
Audio Ertaklar 2-qism.apk
38.9 MB
📬Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
📱: Alla qo`shiqlari to`plami

🌐: Internet:

📌: Mohirlik bilan ijro etilgan alla qo`shiqlari jamlanmasi endi bitta mobil ilovada.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
alla qoshiqlari 1.apk
25.4 MB
📬Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
BU QIZIQ

Savatchadagi koptok

To‘p bilan o‘ynaladigan har qanday o‘yinlarning barchasi qiziq. Kattagina sabzirang koptok sizga nimani eslatadi? Koptokning usti g‘adir budur va qora chiziqlari ham bor. Uni olgan o‘yinchining qo‘lida juda yaxshi sakraydi. Chaqqon o‘yinchi koptokni sakratib-sakratib, teshik savatga otadi. Savattda aylanib koptok yana pastga tushadi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Gap qaysi o‘yin haqida borayotganini angladingiz-a? Ha, bu — “basketbol” o‘yini.

Basketbol o‘yini, 1981-yilning qish fasllarida o‘ynala boshlangan. Amerika kollejlarining birida ishlaydigan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, talabalarning darsga yana ham qiziqishini orttirish maqsadida bu o‘yinni o‘ylab topgan. Zalning ikki tarafiga savat bog‘lab, o‘n sakkizta bolani ikki guruhga bo‘lgan. Keyin esa ularga o‘yin shartlarini tushuntirgan. O‘sha paytlarda o‘yin qoidasi biroz boshqacha bo‘lgan. Ya’ni, qatnashchilar bir joyda turib to‘pni sheriklariga uzatishgan. Qaysi bola savatga yaqin bo‘lsa, o‘sha koptokni savatga solgan. Savatcha esa teshik bo‘lmagan. Shuning uchun to‘pni qayta olishga alohida vaqt sarflangan. Bu holat anchayin noqulayliklar keltirib chiqargan. Vaqt o‘tishi bilan o‘yinga ko‘pchilik qiziqib, bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan. Hozirda basketbol eng ommabop o‘yinlar qatoriga kiradi.

@ertaklar_uzz
Ortiqcha harajatlarsiz uy sharoitida kichkintoyingiz uchun qiziqarli o`yinchoqlarni yasashni xohlaysizmi? Unda bu aynan siz uchun.
@ertaklar_uzz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞: Senimi,shoshmay tur! (Ну, погоди)
9-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
O`RGANAMIZ – O`YNAYMIZ, MASHG`ULOTDA QUVNAYMIZ!
BOG`CHA YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN QIZIQARLI MASHG`ULOTLAR

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy rivojlanishi, o`z-o`ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o`qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-muhit to`g`risidagi bilimlarga ega bo`lishlarida mashg`ulotlarda berib boriladigan bilimlarning tizimli, izchil olib borilishi, ma’lumotlarning tushunarli, bolaga qulay hamda sodda usullarda yetkazish tarbiyachidan mahorat va izlanishni talab etadi.
Tarbiyachi mashg`ulotlarda bolalarning o`zaro inoqligini yuzaga keltirishi, zerikishining oldini olish maqsadida har xil ta’limiy o`yin va mashqlar tashkil etishi, bu orqali bolalarning turli bilimlarni o`zlashtirishiga shart-sharoit yaratishi lozim.
Quyida mashg`ulotlar orasida bolalarning faolligini ta’minlaydigan, ularda bilishga qiziqishni oshiradigan mashqlar, ta’limiy o`yinlar tavsiya etiladi.

“Qalamdon” o`yini
O`yinning borishi: bolalar stullarga aylana shaklda o`tirishadi. Har bir bolaga qalamlar rangining nomi beriladi va rangli qog`ozlar bolaning kiyimiga ildiriladi. Masalan, Aziza – qizil qalam, Manzura – ko`k qalam, Madina – oq qalam, Sardor – yashil qalam… Bolalar soni 20–25 nafar bo`lsa, yetti xil qalam rangi bolalar soniga qarab teng bo`linadi va natijada bitta rang uch-to`rt nafar bolaga to`g`ri keladi. Masalan, qizil rangli qalamlar: Aziza, Komron, Otabek…
Ranglar taqsimlab bo`lingach, bolalardan diqqatni jamlash so`raladi. Tarbiyachi bolalarga “Qalamdondan ko`k qalamlar chiqsin!” deganida, ko`k rangli qalam berilgan bolalar o`rnidan turib, joylarini almashtirib olishi lozim. Tarbiyachi esa chaqqonlik bilan 3–4 boladan birining bo`shagan stuliga o`tirib oladi. Shunda bir bolaga stul yetmay, davrani olib borish unga o`tadi. Agar tarbiyachi “Qalamdondan hamma qalamlar chiqsin!” desa, barcha bolalar o`rnidan turib boshqa stulga o`tishi lozim. Tarbiyachi kimnidir joyiga o`tirib olsa, bir bola o`rinsiz qoladi va yetakchilikni davom ettiradi. Bolalar ham stullar soni kabi kamayib boraveradi.
Maqsad: bolalar diqqatini oshirish, ranglarni farqlashga o`rgatish.

“Qadrdon do`stlar” o`yini
O`yinning borishi: bolalar ikki qator bo`lib, bir-birlariga qarama-qarshi tarzda o`tiradi. Birinchi qatordagi bolalarga mevalarning o`zbekcha nomi beriladi. Masalan, olma, nok, anor, uzum, limon, ananas… Ikkinchi qatordagi bolalarga shu mevalarning inglizcha tarjimasi beriladi. Masalan, apple, pear, pomegranate, grape va h.k.
Mevalarning o`zbekcha va inglizcha nomlari bolalarga aytilgandan keyin, o`yinning sharti tushuntiriladi. Mevaning inglizcha nomi aytilganida, o`zbek tilidagi tarjimasi berilgan bola turib, o`zaro joy almashishadi. Masalan, “Apple” deganida, olma joyidan turib, sherigi bilan so`rashib, keyin o`rin almashishadi. Tarbiyachi tez-tez meva nomlarini almashtirib, goh o`zbekcha, goh inglizcha nomlarni aytadi. Bolalar o`zlariga tegishli meva nomini eshitib, sherigini topib, joy almashadi.
Maqsad: bolalar ziyrakligini, inglizcha so`z boyligini oshirish.

“Geometrik shakllar” o`yini
O`yinning borishi: tarbiyachi bolalarni gilam ustida ikki guruhga bo`ladi (uch-to`rtta guruh qilish ham mumkin). Guruhlarda bolalar soni teng bo`linadi. Bolalar gilam ustida aylana bo`lib o`tirib olishadi. Bolalar orasiga turli xil geometrik shakllar yig`ib qo`yiladi. Tarbiyachi tomonidan biror geometrik shaklning nomi aytiladi va bolalarga shaklni aytilgan joyga tezroq olib kelish topshirig`i beriladi. Masalan, kvadrat, aylana, uchburchak… Bolalar aytilgan shaklni topib, manzilga tezroq olib borishlari lozim bo`ladi.
To`g`ri va tez topgan jamoa har safar yulduzcha bilan taqdirlanadi. Musobaqa oxirida yulduzchalar soni sanaladi va g`olib jamoa aniqlanadi.
Maqsad: bolalarning geometrik shakllarga oid bilimlarini mustahkamlash, ziyraklik, chaqqonlikka undash.
“Ertaklar olami” o`yini
O`yinning borishi: tarbiyachi tayyorlov guruhidagi bolalarni uch-to`rt guruhga bo`ladi. Ularga ertak yoki multfilm qahramonlari aks etgan suratlarni tarqatadi. Bolalarga rasmga qarab ertak to`qish topshirig`i beriladi. Qaysi guruhning ertagi qiziqarli bo`lsa, ularga “besh” baho berilishini aytadi. Guruh bolalari o`zlariga berilgan topshiriqni jamoa bo`lib bajaradi. Tarbiyachi ularni rag`batlantirib, hikoyalarini so`zlashlarida yordam berib turadi.
Maqsad: bolalar nutqini rivojlantirish, so`z boyligini oshirish hamda jamoa bo`lib ishlashni shakllantirish.

Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
📱: Audioertaklar.3-qism

💾: Hajmi: 38 MB

🌐: Internet:

📌: Bolajonlarning sevimli audioertaklari endi offline ko`rinishda.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
Audio Ertaklar 3-qism.apk
37.8 MB
📬Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz