Ertaga Kech
989 subscribers
83 photos
13 videos
5 files
18 links
Download Telegram
2
Bugun tunda Google I/O 2026 tadbiri boʻldi. Google bir dunyo yangiliklar eʼlon qildi, deyarli hammasi SI bilan bogʻliq.

SI endi hamma joyda, Youtube, Maps (xaritalar), Docs, Search (qidiruv).

Yangi va yanada kuchli modellar (3.5 Flash va Pro).

Gemini Omni (hamma narsadan hamma narsaga).

Antigravity 2.0.

Gemini Spark - sizning shaxsiy agentingiz (xayr Hermes, xayr Openclaw va boshqalar).

Antigravity in Google Search - Google qidiruv endi natijani web/mobil ilova koʻrinishida qaytaradi. Shunchaki ajoyib.

Dasturchilar va kod uchun bir dunyo yangi protocollar va xavfsizlik qurollari.

Gemini koʻz oynaklari (xayr chalasavod, chalajon Meta Ray Ban).

Xullas yangiliklar koʻp, batafsil keyingi postlarda.

Yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun obuna boʻling.

@ertagakech
🔥103👍1👏1🎉1
Google qidiruv endi SI

Ahamiyat bergan boʻlsangiz, oxirgi 1 yil Google qidiruvda "AI mode" paydo boʻlgan. Savolingizha SI javob beradi.

Kechagi taqdimotda esa Google qidiruvning kelajagini koʻrdik. Endi SI oddiy matn bilan emas animasiyalar, interaktiv grafiklar, chizmalar va hatto butun boshli web ilovalar bilan javob qiladi.

Tasavvur qiling Googledan matematika yoki biologiyaga oid savol soʻradingiz, engi Google sizga mavzuni tushuntirish uchun murakkab chizmalar yoki kerak boʻlsa dars rejasi tuzib beradi. Bu rejani ilova koʻrinishiga oʻtkazib berishni soʻrasangiz, marhamat sizg 1 haftalik web ilova ham tayyor.

Yana bir katta qoʻshimcha endi qidiruv agentlari. Endi siz Googlega murakkab qidiruv buyrugʻini berib, uni takrorlab turishni, kerakli narsa topilganida sizga xabarnoma yuborishni soʻrashingiz mumkin. Agentlar fonda doimiy ishlab turadi va sizga kerakli natijalarni doimiy yuborib turadi.

Bu bilan Google SIdan foydalanishni yanada oson qilmoqda.

@ertagakech
👍7🔥32🎉1