Sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalanish haqidagi uchrashuv videosini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin: havola
@ertagakech
@ertagakech
YouTube
Sunʼiy intellektga qanchalik ishonish mumkin? | Anvar Narzullayev – CEO Mohirdev
Sunʼiy intellekt katta ishlar qila oladi. Faqat buning uchun uni katta maʼlumotlar bilan “oziqlantirishingiz” kerak. Lekin bu qanchalik xavfsiz?
Videoda Anvar Narzullayevdan agentlarni ishlatganda maxfiylikni taʼminlashning 5 ta yoʻlini oʻrganishingiz mumkin.…

🔥7❤2🎉2
Qimmatroq model yaxshiroq va aksincha, arzonroq model yomonroq/sifatsizroq degani emas. Har bir modelninig o'z vafiasi, afzalligi va kamchiliklari bor. Boshimdan o'tgan misol bilan tushuntiraman.
Mening SI agentim bor, telegramda ishlaydi. Turli vazifalarni bajaradi: post yozish, emailga javob berish, kalendardagi turli uchrashuv va tadbirlar haqida eslatib turish, har kuni SI bo'yicha eng yaxshi maqolalarni saralab ertalab menga yuborish va eng muhimi bu bot mening ikkinchi xotiram (RAG).
Xullas shu bot har kuni ertalab menga kechagi kun qaysi modellardan foydalangani va bu menga qanchaga tushgani haqida hisobot yuboradi. Ahamiyat bersam, agent asosan Gemini Pro modelidan foydalanar ekan (arzonroq flash modelidan esa deyarli foydalanmas ekan):
Men agentga so'nggi 1 hafta davomida Pro modeldan foydalangan vazifalarni qaytadan Flash modelida bajarishni va natijani solishtirishni so'radim. Javob men uchun kutilmagan bo'ldi:
📈 Sifat: Flash Pro ga teng yoki undan yaxshiroq natija beradi — "xotiramdan" ko'proq sahifalarni topadi, batafsilroq javob qaytaradi.
⚡️ Tezlik: Flash o'rtacha 3.5× tezroq (12s → 3.5s).
💸 Narx: Flash 25× arzonroq (output tokenlar bo'yicha).
🤝 Ishonchlilik: Barcha 12 ta vazifani to'g'ri bajargan (post yozish, kalendarga tadbir qo'shish va hokazo).
Demak, ish uchun to'g'ri modelni tanlash nafaqat pulingizni tejaydi, balki samaradorlikni ham oshirar ekan.
Qaysi vazifa uchun qanday model tanlash haqida esa kelgusida yana gaplashamiz.

💸 AI spend yesterday: $0.57
pro $0.54 · flash $0.03 · gemini-3-flash-preview $0.00
Men agentga so'nggi 1 hafta davomida Pro modeldan foydalangan vazifalarni qaytadan Flash modelida bajarishni va natijani solishtirishni so'radim. Javob men uchun kutilmagan bo'ldi:
📈 Sifat: Flash Pro ga teng yoki undan yaxshiroq natija beradi — "xotiramdan" ko'proq sahifalarni topadi, batafsilroq javob qaytaradi.
⚡️ Tezlik: Flash o'rtacha 3.5× tezroq (12s → 3.5s).
💸 Narx: Flash 25× arzonroq (output tokenlar bo'yicha).
🤝 Ishonchlilik: Barcha 12 ta vazifani to'g'ri bajargan (post yozish, kalendarga tadbir qo'shish va hokazo).
Demak, ish uchun to'g'ri modelni tanlash nafaqat pulingizni tejaydi, balki samaradorlikni ham oshirar ekan.
Qaysi vazifa uchun qanday model tanlash haqida esa kelgusida yana gaplashamiz.
@ertagakech
❤7👍6😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SI qayerga qarab ketayapti? Kompyuterlar va SI rivojlanishida qanday oʻxshashliklar bor?
Navbatdagi suhbat shu haqida.
@ertagakech
Navbatdagi suhbat shu haqida.
@ertagakech
🔥7❤3👏2
Qaysi sun’iy intellektdan foydalanish kerak?
Noto‘g‘ri savol.
Ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Har birining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Mening shaxsiy tajriba asosidagi tavsiyam:
🔧 Claude Code — asosiy ish qurolim.
Kod yozish, g‘oyalar ustida ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish. Matn va kod bilan bog‘liq fikrlash jarayonlarimning asosiy qismi aynan shu yerda kechadi. So‘rovlar limiti to‘lib qolganda (bu tez-tez sodir bo‘ladi), ochiq manbali modellarga o‘taman.
Afzalligi: Natijalarni istalgan formatda taqdim qila oladi: rasm, infografika, prezentasiya, jadval, excel, word va hokazo.
Kamchiligi: Qimmat, juda qimmat. Oxirgi paytlar tezligi ham tushib ketdi (bu haqida boshqalar ham nolib boshlagan), ehtimol bu yaqindaina hamma uchun kvotalar 2x oshirilgani bilan bog'liq.
📺 Gemini — har qanday multimodal vazifalar uchun, ayniqsa o‘zbek va rus tillarida.
Video, audio, tasvirlar bilan ishlash va katta hajmdagi hujjatlarni chuqur o‘rganish. Mintaqaviy tillardagi farq aynan shu yerda yaqqol namoyon bo‘ladi — Gemini hozirda o‘zbek va rus tillaridagi audio va videolarni ChatGPT yoki Claude’dan sezilarli darajada yaxshiroq tushunib, qayta ishlaydi. Agar mahalliy kontent bilan ishlasangiz, bu juda muhim.
Afzalligi: Google ekotizimi bilan integrasiya (google docs, sheets, gmail, calendar va hokazo)
Kamchiligi: Funksiyalari cheklangan, haligacha "loyiha" (project) tushunchasi yo'q. Chatlarni o'chirib bo'lmaydi. Xullas web dastur juda ortda qolgan.
📝 ChatGPT — matn yaratish va uni sayqallash uchun.
Suhbatlashish, rejalashtirish, g‘oyalarni tizimlashtirish, professional matnlarni — elektron xatlar, taqdimotlar, hujjatlarni yaratish. Biror matn silliq va ravon chiqishi kerak bo‘lganda, aynan shu modelga murojaat qilaman. Oxirgi paytlar dasturlash uchun Codexni juda maqtashayapti (sifat jihatdan ham narx jihatdan ham), lekin hali o'zim sinab ko'rmadim.
Afzalligi: Juda ko'p qo'shimcha tizimlar, ilovalar bilan integrasiya qilingan.
Kamchiligi: Funksionallik jihatdan ortda qolgan, ko'p o'tlab ketadi (gallyusinatsiya). Lekin oxirgi modellarida buni to'g'rilashid deyishdi.
⚙️ Qwen va DeepSeek — kod yozish uchun zaxiradagi ochiq manbali modellar.
Claude Code limiti to‘lganda, shu ikkisidan biriga o‘taman. Ular unchalik kuchli emas, lekin bepul yoki deyarli tekin va muammoning yechimi ustida ikkinchi marta ishlash uchun yetarlicha yaxshi.
Afzalligi: Juda arzon yoki bepul.
Kamchiligi: Dasturlashdan boshqa narsalarda juda cheklangan. Ayniqsa multimodallik (turli fayllar bilan ishlash) va tilni tushunishda ancha oqsaydi.
Xulosa shuki, “eng yaxshi sun’iy intellekt” haqidagi bahslarning o‘zi noto‘g‘ri. Qaysi birini tanlashingizdan ko‘ra, ulardan qanday ketma-ketlikda foydalanishingiz muhimroq. Har bir model o‘z yaratuvchisi ustuvor deb bilgan jihatlar asosida shakllantiriladi — barchasining eng yaxshi xususiyatlaridan unumli foydalanadigan ish jarayonini yo‘lga qo‘ying.
Siz qaysi SI'lardan foydalansiz? Sizning holatingizda qay biri yaxshiroq natija beradi?

🔥8❤3
Bitta prompt va tayyor jonli dashboard.
Google sheetsda burchakda "Create canvas" degan tugmaga ko'zim tushdi (avval yo'q edi). Bosdim, oddiy Gemini chat ochildi. Buni nimasi yangilik ekan deb, bitta prompt yozib ko'rdim. Kutuvim - jadvlaga birorta chiroyli grafik chizib bersa kerak edi. Kutilmaganda butun boshli yangi, interaktiv dashboard qo'shib berdi. Kompaniyadagi barcha raqamli obunalarni yuritadigan jadvalimizga juda qulay dashboard bo'ldi. Shunchaki ajoyib. Demak endi istalgan sheets (yoki excelga) bitta prompt bilan tayyor dashboard yasab olish mumkin.
Aytgancha, dashboardlar soni cheklanmagan, ma'lumotlar turiga qarab, istalgancha kerakli dashboardlarni yasab olish mumkin.
Sinab ko'ring, natijasini aytasiz.

🔥7😱6👍3❤1