Agar bugun SI'dan toʻgʻri foydalanish haqida bitta narsa oʻrganaman desangiz, mana sizga maslahat: ChatGPT (Gemini, Claude) dan foydalanishda javoblarni quruq matn koʻrinishida emas, chiroyli grafiklar bilan asosiy tushunchalarni ranglar bilan ajratib tushuntirishini xohlasangiz javobni html koʻrinishida qaytarishni soʻrang.
Buning yana bir afzalligi, html faylni bemalol telegram/email orqali boshqalarga ham yuborishingiz va uni istalgan qurilmada brauzerda ochib koʻrishingiz mumkin.
Hatto prezentasiyalarni ham html koʻrinishida qilib berishni soʻrashingiz mumkin.
HTML koʻrinishida javob olish uchun tayyor promptni quyida qoldiraman.
@ertagakech

🔥5❤3👍3
Agar suhbat boshidan biror mavzuni html qilish kerak boʻlsa:
Agar suhbat yakunida (yoki davomida) suhbatni html koʻrinishida tushuntirib berish talab qilinsa:
p.s. ChatGPT va Geminida html toʻgʻri koʻrinishi uchun Canvas rejimini yoqing.
@ertagakech
I want you to act as a visual research assistant and explain any topic I provide in a visually rich, single-file HTML format using modern responsive design, colors, cards, tables, charts, timelines, diagrams, and infographics wherever appropriate; keep everything beginner-friendly, well-structured, practical, and easy to understand, with all CSS included in the same file and no unnecessary external libraries.Agar suhbat yakunida (yoki davomida) suhbatni html koʻrinishida tushuntirib berish talab qilinsa:
Create a visually rich, single-file HTML summary of the concepts discussed in this conversation so far; use a modern responsive layout, colors, cards, tables, charts, diagrams, timelines, infographics, and simple CSS in the same file wherever suitable, making the explanation clear, beginner-friendly, and easy to understand without adding unrelated topics.p.s. ChatGPT va Geminida html toʻgʻri koʻrinishi uchun Canvas rejimini yoqing.
@ertagakech
👍8🔥5❤2
SI uchun o'zbekcha gapirish bitta devorni qurishda 4 baravar ko'p g'isht ishlatishdek gap. Natijada o'zbekcha promptlar 15 baravar qimmatga tushadi. Tejamkorlik siri: ko'rsatmalarni (bepul tarjimonlar yordamida) inglizcha berib, yakuniy javobni o'zbekcha oling. Shunda xarajatni 70% gacha qisqartirasiz.
Koʻproq foydali tavsiyalar uchun albatta kanalga obuna boʻling.
@ertagakech
Koʻproq foydali tavsiyalar uchun albatta kanalga obuna boʻling.
@ertagakech
🔥9❤4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤5👏3🔥1
Sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalanish haqidagi uchrashuv videosini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin: havola
@ertagakech
@ertagakech
YouTube
Sunʼiy intellektga qanchalik ishonish mumkin? | Anvar Narzullayev – CEO Mohirdev
Sunʼiy intellekt katta ishlar qila oladi. Faqat buning uchun uni katta maʼlumotlar bilan “oziqlantirishingiz” kerak. Lekin bu qanchalik xavfsiz?
Videoda Anvar Narzullayevdan agentlarni ishlatganda maxfiylikni taʼminlashning 5 ta yoʻlini oʻrganishingiz mumkin.…
Videoda Anvar Narzullayevdan agentlarni ishlatganda maxfiylikni taʼminlashning 5 ta yoʻlini oʻrganishingiz mumkin.…
🔥7❤2🎉2
Qimmatroq model yaxshiroq va aksincha, arzonroq model yomonroq/sifatsizroq degani emas. Har bir modelninig o'z vafiasi, afzalligi va kamchiliklari bor. Boshimdan o'tgan misol bilan tushuntiraman.
Mening SI agentim bor, telegramda ishlaydi. Turli vazifalarni bajaradi: post yozish, emailga javob berish, kalendardagi turli uchrashuv va tadbirlar haqida eslatib turish, har kuni SI bo'yicha eng yaxshi maqolalarni saralab ertalab menga yuborish va eng muhimi bu bot mening ikkinchi xotiram (RAG).
Xullas shu bot har kuni ertalab menga kechagi kun qaysi modellardan foydalangani va bu menga qanchaga tushgani haqida hisobot yuboradi. Ahamiyat bersam, agent asosan Gemini Pro modelidan foydalanar ekan (arzonroq flash modelidan esa deyarli foydalanmas ekan):
Men agentga so'nggi 1 hafta davomida Pro modeldan foydalangan vazifalarni qaytadan Flash modelida bajarishni va natijani solishtirishni so'radim. Javob men uchun kutilmagan bo'ldi:
📈 Sifat: Flash Pro ga teng yoki undan yaxshiroq natija beradi — "xotiramdan" ko'proq sahifalarni topadi, batafsilroq javob qaytaradi.
⚡️ Tezlik: Flash o'rtacha 3.5× tezroq (12s → 3.5s).
💸 Narx: Flash 25× arzonroq (output tokenlar bo'yicha).
🤝 Ishonchlilik: Barcha 12 ta vazifani to'g'ri bajargan (post yozish, kalendarga tadbir qo'shish va hokazo).
Demak, ish uchun to'g'ri modelni tanlash nafaqat pulingizni tejaydi, balki samaradorlikni ham oshirar ekan.
Qaysi vazifa uchun qanday model tanlash haqida esa kelgusida yana gaplashamiz.

💸 AI spend yesterday: $0.57
pro $0.54 · flash $0.03 · gemini-3-flash-preview $0.00

❤7👍6😱4