Ertaga Kech
978 subscribers
83 photos
13 videos
5 files
18 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍8👏2
Bir uhlab tursam, AQSh hukumati Anthropic 3 kun avval eʼlon qilgan Fable 5 modelini chet el fuqarolari uchun butunlay cheklab qoʻyibdi. Barcha chet el fuqarolari, hatto Anthropicning oʻzining chet ellik hodimlariyu, AQSh ichidagi chet el fuqarolariga ham.

Sabab: Milliy Xavfsizlikka tahdid.

SI modeli uchun bundan ortiq reklama boʻlmasa kerak, tasavvur sizning mahsulotingiz shunchalik kuchliki, hukumat unga taqiq qoʻyapti.

Ikkinchi tomondan esa bu biz avvaldan aytib kelayotgan bir fikrni ham tasdiqlaydi – SI bu suverenitet masalasi. Davlatlar endi yadroviy qurollar bilan emas, balki aynan kuchli SI modellar bilan jahon sahnasida oʻz oʻrnini egallaydi.

AQSh va Xitoy buni allaqachon tushunib yetgan, kuchli SI yaratishni davlat siyosati darajasiga olib chiqqan, SI kompaniyalariga barcha imkoniyatlar keng qilib ochib berilgan. Etik cheklovlar ham olib tashlangan.

Xullas, SI poygasi endi yangi bosqichga oʻtmoqda.

Sizning fikringiz qanday, izohlarda qoldiring 👇

@ertagakech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11🤯7
Сунъий интеллект энди шунчаки технология эмас, у стратегик қурол

Бир неча кун олдин Anthropic компанияси (Claude AI) ўзининг энг сўнгги модели – Fabel 5'ни АҚШ ҳукуматининг топшириғи асосида барча чет элликлар учун ёпиб қўйди. Бу – сунъий интеллект пойгаси энди технологик рақобат эмас, балки давлатлар ўртасидаги стратегик курашга айланганини кўрсатяпти.

Яқин келажакда ривожланган давлатлар энг кучли AI моделларини фақат ўзлари учун олиб қолиб, бошқа давлатларга кучсизроқ ва чекланган версияларини бера бошлайди, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев.

«Агар биз бу пойгадан ортда қолишни истамасак, ўз миллий сунъий интеллект стратегиямизни амалга оширишда маҳаллий AI маҳсулотларни кўпайтиришга ҳаракат қилишимиз лозим».


👉 https://kun.uz/kr/23722689

Kun.uz расмий канали
🔥72👍2👏2
Dasturlashni qancha tez boshlasangiz, dasturingiz shuncha sekin bitadi.

Mana shunday loyihalar har doim rejalashdan boshlanadi. Ajoyib g'oya kelganda hech qachon birdan uni yaratishga tushib ketmang. Eng avvalo qo'l ostingizdagi SI chatni oching va g'oyani muhokama qiling. Uni SIga obdon tushuntiring. SI ko'pincha oson va tez yechim qidirishi mumkin, bu har doim arzon va optimal bo'lmaydi. Masalan, meni holatimda eng birinchi muammo bu behayo profildan qoldirilayotgan xabarlar edi va men bunday profillarni aniqlaydigan yechim so'raganimda SI bu uchun Gemini 2.5 Pro modelini taklif qildi. Bu to'g'ri yechim, lekin qimmat. Sababi bu - guruhdagi yuzlab (minglab) izoh mualliflarining rasmlarini SI'ga yuborish degani. Ozgina tahlildan keyin bepul - NudeNet modeli topildi. Bu kichkinagina SI modeli ko'p resurs talab qilmasdan, lokal serverda ishlaydi xolos.

Ikkinchi muammo endi izohlarning o'zini tahlil qilish, bu yerda men avval bitta SPAM xabarlar degan guruh ochdim, va bir necha kun davomida spam xabarlarni yig'ib bordim. Natijada menda SI'ni "o'qitish" uchun dataset yi'gildi. Ko'p emas, lekin Gemini mendagi spamlarning mohiyatini tushunib olishi uchun yetadi. Yig'ilgan dataset yana bir muammo - to'g'ri model tanlashni ham osonlashtirdi. Sababi men dataset asosida Gemining turli modellarini sinab ko'rdim va orasidan eng arzonini tanladim.

Bot hozir sinov tariqasida ishlab turibdi. Natijalari bilan kanalda ulashaman. Kanalni kuzatib borsangiz mana shunday loyihalar qanday yaratilishini ham o'rganamiz.

Obuna bo'ling.

@ertagakech
🔥13👍95👏2
Сунъий интеллект ва билим иллюзияси: Нега ёш мутахассислар ўсишдан тўхтаб қолмоқда?

Сунъий интеллект ёш мутахассислар самарадорлигини 35 фоиздан зиёдга оширса-да, у таҳлилий фикрлаш, мулоқот ва масъулият каби муҳим кўникмаларнинг йўқолишига сабаб бўлмоқда.

Ёш мутахассис ҳар гал қийин вазифага дуч келганда мия зўриқиши, ечим излаши ва хато қилиши шарт эди — чунки айнан мана шу ҳақиқий ўсиш нуқтаси ҳисобланади, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев. AI'нинг тайёр жавоблари эса уларни комфорт зонасига жойлаштириб қўймоқда.

«Бугунги ёшларда жиддий «билим иллюзияси» ва «когнитив қарз» (ақлий қарз) шаклланмоқда. Бу когнитив қарзлар эса йиғилиб, бора-бора мутахассиснинг пойдеворини бўшатиб қўяди. Илк жиддий, ностандарт ва AI жавоб бера олмайдиган реал муаммо чиққанда эса, бу пойдевор қулайди».


👉https://kun.uz/kr/78351853

Kun.uz расмий канали
🔥103🎉3👍1
Kecha Anthropic kompaniyasi bir nechta yangiliklarni, jumladan, Sonnet 5 taqdimoti va Fable 5 modelining ommaga qaytishini e'lon qildi. Lekin bularning ichida mening e'tiborimni eng ko'p tortgani yangi Science dasturi bo'ldi.

Kechadan beri bu dasturni o'rnatib, sinovdan o'tkazdim va uzoq yillik ilmiy izlanishlar olib borgan, ko'plab maqolalar chop etgan inson sifatida, to'g'risi, ko'zimga yosh keldi. "Qaniydi bu dastur bundan 10 yil oldin bo'lganida, balki yana ham ko'proq kashfiyotlar, ilmiy ixtirolar qilgan bo'larmidim", deb o'ylab qoldim. Dastur shunchaki ajoyib!

Bu dasturni yuklab olib, birinchi marta yoqqaningizda, u birdaniga onlayndagi o'nlab turli xil ilmiy ma'lumotlar omborlariga va ishonchli resurslarga bog'lanadi. Shuningdek, Anthropic kompaniyasi aynan ilmiy izlanishlar uchun taklif qilgan juda ko'plab maxsus ko'nikmalarni (skills) faollashtiradi. Natijada siz shu paytgacha tayyorlab qo'ygan natijalaringiz yoki boshlab qo'ygan ilmiy izlanishlaringizni shu yerning o'zida davom etishingiz mumkin.

Dastur birlamchi tahlillar va adabiyotlar sharhini (literature review) mukammal bajaradi; ya'ni sizning mavzungizga oid barcha maqolalarni o'zi topib kelib, tahlil qilib beradi. Ilmiy izlanish qilishda eng qiyin jarayon ma'lumot to'plash hisoblanadi, dastur esa sizga kerakli ma'lumotlargacha o'zi topib, ularni chiroyli grafiklar, jadvallar va formulalar ko'rinishida taqdim etadi.

Men ham qiziqib ketib, darrov o'zimning besh yil avval Malayziyada qilgan ilmiy izlanishimni yukladim va u bo'yicha savol-javob qildim. Keyin shu besh yil ichida sohada qanday o'zgarishlar bo'lganini ko'rsatishni so'raganimda, barchasini chiroyli grafiklar bilan ko'rsatib, tahlil qilib berdi.

Xullas, agar siz talaba, magistr, doktorant, aspirant, olim yoki professor bo'lsangiz hamda qandaydir ilmiy tadqiqot ustida ishlayotgan bo'lsangiz, bu dastur sizning asosiy sun'iy intellekt vositangizga aylanishi kerak. Uning ichida tayyor benchmarklar va maxsus ko'nikmalar mavjud. Ilgari eng qiyin vazifalardan biri sohadagi tadqiqotlar uchun dasturlar yozish edi, bu yerda esa dastur yozish qismi ham ancha osonlashgan.

Men sezgan yagona kamchilik — dastur limitining juda tez tugab qolishi bo'ldi. Misol uchun, men besh soatlik limitni bir soatning o'zida ishlatib qo'ydim. Sababi ilmiy maqolalar odatda murakkab, formulalar, jadvallar va grafiklarga boy bo'ladi. Tabiiyki, bularning hammasini yuklab olib o'qish sun'iy intellektdan juda ko'p resurs talab qiladi va shuning hisobiga tokenlar tez sarflanib ketadi. Shunga qaramay, barchaga foydalanib ko'rishni qattiq tavsiya qilaman.

Qolgan yangiliklar haqida hafta oxirida hafta dayjestida gaplashamiz.

Kuzatib boring.

@ertagakech
👍215🔥2
Bugun sizlarga ajoyib sovg'amiz bor. Kecha Anthropic claude code bilan ishlash uchun promptlar kutubxonasini taqdim qildi. Biz esa bu barcha promptlarni jamlab, sizlar uchun O'zbek tilida chiroyli qo'llanma tayyorladik.

Qo'llanma 13 ta kategoriyada 50 dan ortiq promptlarni o'z ichiga oladi. Bu yerda siz dastur yozishni rejalashdan boshlab, notanish kodlar bilan tanishish, dasturni to'g'ri yaratish, testlash, relizga chiqarish, baglarni to'g'rilash bo'yicha tayyor, ishlaydigan promptlarni topasiz.

👉 Marhamat, yuklab oling. Tanishlar bilan ulashing.

SI'ni esa haqiqiy mutaxassislardan o'rganing.

@ertagakech
🔥13🎉54👏3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzida SI ajoyib xatolar qiladida. Hafta dayjestini saralaydigan dasturim bor, shuyerda 🔄 "Yangilash" tugmasini bossam, ichidagi aylana qolib tugma aylanib yotibdi 😅.

Hafta yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻlishni unutmang.

Oʻtgan hafta yangiliklarini esa bu yerda koʻrishingiz mumkin: LINK

@ertagakech
😁293🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Agentik brauzer haqida.

@ertagakech
19🔥10👍4😱1