Ertaga Kech
957 subscribers
83 photos
13 videos
5 files
17 links
Download Telegram
Sun’iy intellekt sizga “paxta qo’yish” uchun yolg'on gapirishga ham tayyor ekanini bilasizmi?

Bu “sycophancy” — xushomadgo’ylik deb ataladi.



Xushomadgo’ylik nima?

Sun’iy intellekt sizga haqiqatni emas, eshitishni istagan narsangizni aytadi. Model aniqlikdan ko’ra sizning ma’qullashingizni ustun qo’yadi. Noto’g’ri g’oyalarni ma’qullaydi, taxminlaringizga e’tiroz bildirishdan qochadi va pozitsiyasini dalillarga emas — sizning xohishingizga qarab o’zgartiradi.



Nima uchun bunday bo’ladi?

① Modellar shunday "o'qitilgan"

Modellar inson baholari asosida o’rgatiladi. Odamlar yoqimli javoblarni yuqori baholaydi. Model shuni o’rganadi: rozi bo’lish = yaxshi baho, e’tiroz = yomon baho. Millionlab misoldan keyin — model haqiqat uchun emas, sizning ma’qullashingiz uchun ishlaydi.

② Foydalanuvchilar buni o’zlari rag’batlantiradi

Xushomadgo’ylik yomonroq natija bersa ham, foydalanuvchilar shu modelga qaytadi va uni ishonchliroq deb baholaydi. Kompaniyalar uchun xulosa oddiy: xushomadgo’ylikni kamaytirish = mijoz yo’qotish (OpenAI buni rasman hujjatlashtirgan).



Data bilan gaplashaylik, iltimos!

— SI foydalanuvchi fikrini odamlarga qaraganda 49% ko’proq tasdiqlaydi
— Hissiy qo’llab-quvvatlash: SI 72%, odam 22%
— To’g’ri maslahatdan qochish: SI 66%, odam 21%
— Fikr doirangizga e’tiroz bildirishdan qochish: SI 88%, odam 60%
— Jamiyat “nohaq” degan fikrni SI 51% holatda “haq” dedi
— Mojaroning ikki tomoniga ham “siz haqsiz” deyish — 48% holatda
— Mijozlarning xushomadgo’y modelga qaytish ehtimoli 13% ga yuqori (aytdimku, o'zimiz aybdor deb)

Aytgancha, bunday modellarning ijtimoiy zararlaridan biri, odam nohaq bo'lganda ham o'z fikrida qat'iy turishi va boshqalardan uzr so'ramasligi.

Manba: Sycophantic AI decreases prosocial intentions and promotes dependence, Science, Stanford University, March 2026


Xushomadgo'ylikning oldini olish haqida keyingi postimizda batafsil. Obuna bo'ling va kuzatib boring.

@ertagakech
6🔥4👍1👏1😁1🎉1
Sun’iy intellekt xushomadgo‘yligini qanday aniqlash va kamaytirish mumkin?

Avvalgi maqolada ushbu muammoni ko‘rib chiqqan edik. Endi esa amaliy tavsiyalarga o'tamiz.



Xushomadgo'ylik qachon boshlanadi?


Siz o‘z fikringizni bildirishingiz bilan. Model pozitsiyangizni aniqlab oladi va keyingi har bir javobini unga moslashtira boshlaydi. Suhbat qancha uzaygan sari, ahvol shuncha og'irlashadi — model siz eshitishni istagan narsa haqida tasavvur hosil qiladi va buni ifodalashda tobora mohirlashib boradi.



Buni qanday aniqlash mumkin?

Eng oddiy sinov: bitta savolni ikki marta, bir-biriga qarama-qarshi shaklda bering.

“Erta uyg‘onish samaradorlikni oshiradi, shunday emasmi?”

“Aslida, erta turishning foydasi bo‘rttirib yuborilgan, shunday emasmi?”

Agar model ikkala fikrga ham qo‘shilsa, demak, siz xushomadgo‘y model bilan ishlayapsiz.

Boshqa belgilar:

— Model zaif tomonlarni sanaydi-yu, lekin ularning har birini bartaraf etsa bo‘ladigan qilib ko‘rsatadi.
— Siz yangi dalillar keltirmasdan e’tiroz bildirsangiz ham, model baribir o‘z pozitsiyasini o‘zgartiradi.
— Har bir javob “a’lo savol”, “albatta”, “to‘g‘ri o‘ylabsiz” kabi iboralar bilan boshlanadi.
— Model hech qachon asosiy taxminlaringizni shubha ostiga qo‘ymaydi, faqat ular doirasida ishlaydi.



Oldini olish

Xushomadgo'ylikning oldini olishda eng muhimi — tizimli yondashuv: model sizning xohishingizni bilib olmasidan oldin suhbatni to'g'ri boshlash va davom etishda.




① Fikringizni birinchi emas, oxirida bildiring

Ko‘pchilik sun’iy intellektga allaqachon bir qarorga kelgan holda, shunchaki tasdiq izlab murojaat qiladi. Bu — xushomadgo‘ylikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil.

Avval SI tahlilni oling, keyin o‘z fikringizni ayting:

“[Mavzu/qaror/g‘oya]ni tahlil qil. Menga uning eng kuchli ijobiy va eng kuchli salbiy tomonlarini keltir. Mening fikrimni so‘rama.”

Tahlilni o‘qib chiqqach, agar qo‘shilmasangiz, bahslashing. Shunda siz o‘zingizga qarshi emas, xolis dastlabki nuqtaga qarshi dalil keltirayotgan bo‘lasiz.



② So‘rovdan o‘zingizni chetga oling

Uchinchi shaxs nomidan yondashish ma’qullash istagini butunlay yo‘qqa chiqaradi.

“Bir tadbirkor/o'qituvchi/talaba [aynan sizning vaziyatingiz]ni ko‘rib chiqmoqda. Bunda qanday real xatarlar bor? U eshitishni istamagan qanday haqiqatlarni aytgan bo‘lardingiz?”

Model bu siz ekanligingizni bilmaydi. Natijada xushomadgo‘ylik omili ishga tushmaydi.



③ Xushomadni boshidanoq bloklang

Buni har bir muhim suhbatga qo‘shib qo‘ying:

“Javobingni maqtov, “a’lo savol” yoki “albatta” kabi so‘zlar bilan boshlama. To‘g‘ridan-to‘g‘ri javobga o‘t.”

Bu o‘z-o‘zidan yuzaki o‘zgarishdek tuyulishi mumkin, lekin suhbatning qolgan qismida model ohangini o‘zgartiradi.



④ Ikkita model, bitta savol

Ayni bir so‘rovni Claude va ChatGPT’ga yuboring (yoki gemini, grok va hokazo). Javoblarni solishtiring. Ularning fikri bir chiqqan joylar, ehtimol, ishonchli. Fikrlari farq qilgan joylar esa — aynan siz chuqurroq o‘ylashingiz kerak bo‘lgan nuqtadir.



⑤ Muhim suhbatlar uchun meta-prompt

Suhbat boshida buni qo‘shib qo‘ying:

“Ushbu suhbat davomida: xato qilsam, to‘g‘rila; taxminlarimni shubha ostiga ol va mening ko‘nglimni olishdan ko‘ra aniqlikni birinchi o‘ringa qo‘y. Agar yangi dalil keltirmasdan biror narsaga e’tiroz bildirsam, shunchaki men qo‘shilmaganim uchun o‘z pozitsiyangni o‘zgartirma.”



So‘nggi so‘z: bularning barchasi bir narsaga — sun’iy intellektdan kutayotgan narsalaringizni o‘zgartirishga borib taqaladi. Model sizning ko‘nglingizni olishga o‘rgatilgan. Siz esa undan qiyinroq narsani qat’iy talab qilishingiz kerak.

Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun esa kanalga obuna bo'ling.

@ertagakech
🔥83
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥65
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Open Design - Claude Design dasturining muqobili yohud Gemini API kalitidan unumli foydalanish haqida.

Dasturni yuklab olish uchun link izohda 👇

@ertagakech
🔥72👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Codex yangi Sites degan funksiya chiqardi va kelajakni yana bir qadamga yaqinlashtirdi.


@ertagakech
🔥16👍52👏2🎉1
Internetdagi keyingi milliard foydalanuvchilar odamlar emas SI agentlar boʻladi.

Demak saytlarni va onlayn xizmatlarni ham agentlar foydalanishi uchun moslab boshlash kerak. Odatda odam bajaradigan vazifalarni endi agentlar uchun qulay qilish lozim. Oddiy misol, hozirda toʻlov tizimlari (uzcard, payme, visa, mastercard) faqat odamlar uchun qilingan, biror mahsulot sotib olishda albatta inson ishtroki kerak (sms kodni kiriting, tasdiqlash tugmasini bosing va hokazo), lekin kelajakda bu vazifalarni SI agentga yuklash imkoni boʻlishi kerak. "Menga taksi chaqirib qoʻy; tushlikka ovqat aytib yubor; uyda mahsulotlar tugabdi, buyurtma ber" kabi buyruqlarni agent bemalol tushunib, erkin harakat qila olishi kerak. Bu uchun hatto yangi termin ham topildi – Agentic Engine Optimization (AEO).

Albatta, bu bosqichga yana biroz vaqt bor, lekin hozirdan qilishingiz mumkin boʻlgan narsa bu mavjud saytingizni SI agentlar uchun oʻqishga qulay qilish. Bu saytingizni kamida ChatGPT, Gemini va shunga oʻxshash chatbotlat orqali topilishiga va barcha maʼlumotlarni toʻgʻri yetkazishiga sabab boʻladi.

Xullas biz ham shu yoʻnalishda birinchi qadamni qoʻyib, mohirdev.uz saytimizni agentlar uchun qulay koʻrinishga olib kela boshladik. Natijani rasmlarda koʻrishingiz mumkin. Bu boshlanishi, sekin asta 100% ga olib chiqamiz.

Agar siz ham oʻz (yoki boshqa) saytingizni SI uchun tayyorligini bilmoqchi boʻlsangiz, ushbu bogʻlama orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.

SI'ni esa haqiqiy mutaxassislardan oʻrganish uchun kanalga obuna boʻling.

@ertagakech
5👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Agentic Engine Optimization va Sun'iy Intellekt Kelajagi

Videoning qisqa mazmuni

Videoda AEO (Agentik qidiruv tizimini optimallashtirish) tushunchasi va sun'iy intellekt agentlarining kelajakdagi o'rni haqida so'z boradi. Google Gemini Spark, Microsoft Scout kabi shaxsiy agentlar va NVIDIA-ning RTX Spark chiplari misolida texnologik rivojlanish jarayonlari tushuntiriladi.

Asosiy fikrlar
• Agentic Engine Optimization (AEO) - saytlarni AI agentlari ma'lumot olishi uchun moslashtirish.
• Kelajakda internetning asosiy foydalanuvchilari milliardlab sun'iy intellekt agentlari bo'ladi.
• Google Gemini Spark va Microsoft Scout agentlari foydalanuvchi nomidan murakkab vazifalarni bajarishga qodir.
• AI tizimlari 'Copilot' (yordamchi) bosqichidan 'Autopilot' (avtonom ish bajaruvchi) bosqichiga o'tmoqda.
• NVIDIA RTX Spark chiplari superkompyuter quvvatini shaxsiy kompyuter va noutbuklarga olib kelmoqda.
• AI modellari (masalan, Google Gemma 4) hajmi kichrayib, samaradorligi va sifati oshib boryapti.

Tavsiyalar
☑️ SI agentlarining ishlash prinsiplarini chuqurroq o'rganish.
☑️ Yaqin vaqt ichida chiqadigan Microsoft Scout va Google Gemini Spark yangilanishlarini kuzatish.
☑️ Shaxsiy kasbiy faoliyatda (buxgalteriya, marketing, ta'lim) SI agentlaridan foydalanish strategiyasini ishlab chiqish.
☑️ Kanalda berib boriladigan SI bo'yicha o'quv qo'llanmalarini kuzatib borish.


@ertagakech
9👍4🔥2👏1🎉1
Microsoft SI agentlarni "co-pilot" (yordamchi) rejimidan "autopilot" - mustaqil ishlaydigan agentlar rejimiga o'tishini ta'kidladi. Anthropic esa (claude.ai) buni amalda ko'rsatayapti - claude.ai bugungi kunga kelib o'zini-o'zi dasturlash rejimiga tobora yaqinlashib borayapti. Post shu haqida.

@ertagakech
9👍5🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir varoq qoʻl yozmadan toʻliq interaktiv dashboard qurish.

Descriptive, Predictive va Prescriptive analitika haqida.

@ertagakech
🔥10🎉2
Screenshot 2026-06-10 at 18.53.36.png
213.5 KB
📊 Analitika (ma'lumotlar tahlili) keskin o'zgarayapti.

Statik (o'zgarmas) grafiklar va dashboardlar endi yakuniy bosqich emas. Aslida bu dashboardlardan maqsad nima edi? Minglab ma'lumotni (1) tizimli va tartibli ko'rish, (2) tahlil qilish, (3) qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish har doim rahbarlar zimmasida bo'lgan — lekin ulargacha ma'lumotni to'g'ri yetkazish uchun data analitiklar kerak edi. Analitiklar qurgan chiroyli, murakkab dashboardlarning yagona vazifasi — ma'lumotni ko'rsatish. Bu descriptive (tavsiflovchi) dashboard deyiladi.

Agar analitik kuchli bo'lsa, ma'lumot asosida prognoz qila oladigan tizim ham qurib beradi. Bu predictive (bashorat qiluvchi) dashboard. Bunda bashorat algoritmlari va hisob-kitoblarni analitik o'zi dasturlaydi.

SI mana shu ikkala bosqichni ham tortib olayapti.

Bugun minglab ma'lumotni SI chatbotlar yordamida bemalol tahlil qila olasiz. Misol uchun, OpenAI yaqinda Codex'ga oltita yangi plugin chiqardi — ulardan biri Data Analytics plugin. U bilan Snowflake, Databricks, Tableau kabi tizimlardagi ma'lumotni so'rab, metrikalar nega o'zgarganini tushuntirib beradigan dashboardlar qurish mumkin — kod yozmasdan.

Yana bir misol — o'zimdan. Bizda qo'ng'iroqlarni tahlil qiladigan maxsus dashboard bor edi, uni o'zim Claude Code yordamida qurganman. Sotuv bo'limi rahbari kundalik qo'ng'iroqlarni eshitib, SI bergan tahlilni o'qib xulosa qilardi. Bugun 20 daqiqa sarflab shu dashboardga MCP qo'shdim va uni Claude.ai'ga uladim. Endi rahbar qo'ng'iroqlarni to'g'ridan-to'g'ri Claude orqali tahlil qiladi, savol ustiga savol berib, ilgari ko'rinmagan insightlar oladi — va eng muhimi, "bu mijoz bilan keyin nima qilish kerak" degan tavsiyani ham oladi.

Facebook MCP'ni ulasangiz, butun jarayonni — mijoz target reklamani ko'rganidan to ariza qoldirib, bizga qo'ng'iroq qilib, kursni sotib olgunigacha — bir joyda nazorat qilib tahlil qilsa bo'ladi. Yoniga to'lov tizimi va Mohirdevdagi ta'lim jarayonini ulasangiz, manzara yana ham to'liqlashadi.

Xullas: avval alohida jamoa va bir necha oy talab qilgan ishni SI bir zumda qilib berayapti. Va bu hali oxiri emas.

Keyingi bosqich — prescriptive (tavsiya beruvchi) tizimlar. Bunda SI nafaqat ma'lumotni tavsiflaydi va tahlil qiladi, balki "endi nima qilish kerak"ligini ham aytadi. Yuqoridagi qo'ng'iroq misolida buni allaqachon ko'rdingiz — bu boshlanishi xolos.

Dasturchilar uchun: mahsulotingizni shunchaki interfeys emas, SI chaqira oladigan xizmat (agent-callable) sifatida loyihalashtiring — MCP aynan shu eshikni ochadi.

Foydalanuvchilar uchun: bitta jarayonni tanlang va uni bugun mavjud vositalar bilan SI'ga uzatib, tahlil qilib ko'ring. Murakkab tizim shart emas, 20 daqiqa yetadi.

@ertagakech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🤯4👍2🔥2