"La Carmagnole" - French...
Ingen
Yuqoridagi videoda aks etgan voqealardan soʻng Fransiyada teror davri tugaydi. Shundan soʻng 41 mingdan ziyod begunoh maxbuslar ozod qilinadi va ushbu voqea sharafiga Fransiyada ushbu xalq qoʻshigʻi yaratilinadi.
Fransuzlar oʻzi har bir siyosiy voqeaga atab qoʻshiq toʻqishni yaxshi koʻrishgan. Menda deyarli Fransuz revalyutsionerlari tomonidan aytilgan oʻndan ziyod qoʻshiqlar bor. :))
#my_playlist
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
#my_playlist
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SSSR qulaganidan soʻng Oʻzbekistondagi Kommunistik partiyaning "Xalq Demokratik Partiyasi"ga aylanish jarayoni:
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men bu odamning fikriga deyarli toʻliq qoʻshilaman.
Oʻzbekiston - koʻproq injenerlarga, koʻproq doktorlarga, koʻproq fiziklarga, umuman olganda har qanday sohadan koʻproq mutahasislarga favqulotda muxtoj.⛔️
Oliy ta'lim - Oʻzbekiston kabi mamlakatlar uchun biznes emas, kelajak uchun qaratilingan siyosat vazifasini oʻtashi zarur va agar siz rostan ham bu mamlakatni mutahasislarga toʻldirmoqchi boʻlsangiz, ulardan oliy ta'limi uchun pul olishingiz xato. Bu, ta'limga nisbatan qiziqishni ragʻbatlantirmaydi va aksincha, uni pasaytiradi. Bizga esa, koʻproq oliy ta'limga qiziqtirish zarur.‼️
Agar, siz Oʻzbekistonda rostanam oʻqimishli va bilimli odamlar koʻproq boʻlishini va inson resursidan chegaralanmagan miqdorda foyda koʻrishni istasangiz, bugunoq oliy ta'limni tekin qilishingiz shart.‼️
Men istardimki, Oliy ta'lim sohasida qiyin boʻlgan yagona narsa - bu oʻqish va imtihonlar boʻlishi zarur, qandaydir oʻqishga kirish yohud kontrakt toʻlash emas.
‼️ Koʻproq universitetlar quring va boshqalarga ham qurishga yengillik yarating.
‼️ Oʻqishga kirishni hayot-mamod darajasiga koʻtarmang, oson qilib qoʻying. Hamma kirsin oʻqishga, bu mutloq normal jarayon.
‼️ Siz isloh qilishingiz kerak boʻlgan yagona narsa bu universitetlardagi ta'lim jarayonidir. Oʻqitish sifatini oshiring, yangi tartib joriy qiling va semester yakunlarini qiyinlashtirib, rostanam kuchli dars beroladigan kadrlarni yarating va ularni ragʻbatlantiring.
‼️ Semester baholarini ketma-ket qoniqarli topshirolmayotgan talabalarni universitetlardan haydashni osonlashtiring. Talabalar qandaydir tartib-qoidalarni buzgani yohud kontraktini vaqtida toʻlayolmagani uchun emas, oʻqiyolmayotgani va imtihon natijalari qoniqarsiz boʻlgani uchun universitetdan haydalishi kerak.
Davlat Univeristetlariga kirish oson boʻlishi, oʻqish esa juda qiyin boʻlishi zarur. Shuningdek talabalar oʻqishdan boshqa jarayonlar, masalan kontrakt toʻlash uchun ishlash kabi muammolardan uzoq boʻlib, bor e'tiborini Fanga qaratishi kerak deb oʻylayman. Shunda ham ba'zilar imtihonlardan yiqilsa, ular uchun eshikni koʻrsatish jarayoni juda oson boʻlishi kerak.
Shunda bu mamlakatni qutqarolamiz. Siz aytasiz, unda diplomli ishsizlar koʻpayib ketadiku. Avvalo oʻqish jarayoni qanchalik qiyin boʻlsa, shunchalik kam odam bitiradi. Bitirganlar shunchaki diplom bilan emas, balki yuqori salohiyat va katta bilim bilan bitirishadi. Bilimli mutahasis esa, har qanday joyda ertami-kechmi oʻz oʻrnini topib ketoladi.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
Oʻzbekiston - koʻproq injenerlarga, koʻproq doktorlarga, koʻproq fiziklarga, umuman olganda har qanday sohadan koʻproq mutahasislarga favqulotda muxtoj.
Oliy ta'lim - Oʻzbekiston kabi mamlakatlar uchun biznes emas, kelajak uchun qaratilingan siyosat vazifasini oʻtashi zarur va agar siz rostan ham bu mamlakatni mutahasislarga toʻldirmoqchi boʻlsangiz, ulardan oliy ta'limi uchun pul olishingiz xato. Bu, ta'limga nisbatan qiziqishni ragʻbatlantirmaydi va aksincha, uni pasaytiradi. Bizga esa, koʻproq oliy ta'limga qiziqtirish zarur.
Agar, siz Oʻzbekistonda rostanam oʻqimishli va bilimli odamlar koʻproq boʻlishini va inson resursidan chegaralanmagan miqdorda foyda koʻrishni istasangiz, bugunoq oliy ta'limni tekin qilishingiz shart.
Men istardimki, Oliy ta'lim sohasida qiyin boʻlgan yagona narsa - bu oʻqish va imtihonlar boʻlishi zarur, qandaydir oʻqishga kirish yohud kontrakt toʻlash emas.
Davlat Univeristetlariga kirish oson boʻlishi, oʻqish esa juda qiyin boʻlishi zarur. Shuningdek talabalar oʻqishdan boshqa jarayonlar, masalan kontrakt toʻlash uchun ishlash kabi muammolardan uzoq boʻlib, bor e'tiborini Fanga qaratishi kerak deb oʻylayman. Shunda ham ba'zilar imtihonlardan yiqilsa, ular uchun eshikni koʻrsatish jarayoni juda oson boʻlishi kerak.
Shunda bu mamlakatni qutqarolamiz. Siz aytasiz, unda diplomli ishsizlar koʻpayib ketadiku. Avvalo oʻqish jarayoni qanchalik qiyin boʻlsa, shunchalik kam odam bitiradi. Bitirganlar shunchaki diplom bilan emas, balki yuqori salohiyat va katta bilim bilan bitirishadi. Bilimli mutahasis esa, har qanday joyda ertami-kechmi oʻz oʻrnini topib ketoladi.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkinov Ollohyor
Oʻzbekistondagi universitetlar haqida yana bir boshqa postimni bu yerdan oʻqishingiz mumkin.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Erkinov Academy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkinov Ollohyor
Oʻquvchimi tabriklayman. Bundanam katta muvaffaqiyatlarga erishsin. Duo qilib qoʻyinglar.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu mening Twitterimga keladigan xabarlar. Har kuni kamida 3 ta Fox News chaqiriqlari keladi. Men Fox Newsni yomon koʻraman, hatto hazarlanaman va axborot agentligi sifatida koʻrmayman.
Ammo nega bu la'nati yolgʻonchilar uyushmasining xabarlari menga har kuni kelaveradi? Sababi bu nashr respublikachilarning eng katta propaganda nashri boʻlgani uchun ikkiyuzlamachi Elon Musk, ushbu nashrning media yangiliklarini dunyodagi deyarli hamma Twitter foydalanuvchilariga koʻrinadigan qilgan. U oʻz akkauntini ham butun dunyo boʻylab koʻrinadigan qilgan va nimaiki yozsa barcha Twitter foydalanuvchilarining oynasidan uning koʻngilni aynitar darajada yolgʻonlarga toʻla matnlari chiqib keladi. Xoʻsh, u Twitterda soʻz erkinligini oshirishga va'da bergandi va tabiiyki amalda teskarisini bajardi. U butun boshli milliardga yaqin foydalanuvchilari bor axborot platformasini oʻzining siyosiy maqsadlari yoʻlida faqat bir fikrli tashviqotlar berib boriladigan propagandiv platformaga aylantirdi.
Balki odamlarning sal boʻlsayam miyasi ishlab, soʻz erkinligini faqat soʻllardan soʻrashni, oʻnglarga kelganda bosh egib sigʻinishni toʻxtatishar... Ammo yoʻq, axir milliarddan ziyod odamlarning ongi - egallash mumkin boʻlgan eng oson qal'a. Hali hamon...

Bu mening Twitterimga keladigan xabarlar. Har kuni kamida 3 ta Fox News chaqiriqlari keladi. Men Fox Newsni yomon koʻraman, hatto hazarlanaman va axborot agentligi sifatida koʻrmayman. Ammo nega bu la'nati yolgʻonchilar uyushmasining xabarlari menga har…
Fox News - dunyodagi eng katta Propaganda nashrlaridan biri. Shunchaki oʻzingiz uchun bilib qoʻying deyapman.
Bu matbuot ishchilari, ertalabdan kechgacha "yana qanday yolgʻon toʻqisam ekan?" , "yana qaysi xabarni xato talqin qilib, disinformatsiya yaratsam ekan?" , "Soʻllarga qarshi yana qanday tuhmat-poʻxtonlar qilsam ekan?" , "Avliyo Trampning har kunlik ahmoqliklarini yana qanday qilib oqlasam ekan" deya bosh qotirib kun orttirishadi. Shu sabab bu nashrni Elon Mask kabi radikal oʻnglar odamlarga majburlab oʻqitmasa, birov oʻqimaydi.
Bu nashr kunlik berib boradigan oʻnlab maqolalardan atiga bitta maqoladagi yolgʻonlar sonini ikkiga boʻlsangiz, koinotdagi yulduzlar soni kelib chiqadi.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
Bu matbuot ishchilari, ertalabdan kechgacha "yana qanday yolgʻon toʻqisam ekan?" , "yana qaysi xabarni xato talqin qilib, disinformatsiya yaratsam ekan?" , "Soʻllarga qarshi yana qanday tuhmat-poʻxtonlar qilsam ekan?" , "Avliyo Trampning har kunlik ahmoqliklarini yana qanday qilib oqlasam ekan" deya bosh qotirib kun orttirishadi. Shu sabab bu nashrni Elon Mask kabi radikal oʻnglar odamlarga majburlab oʻqitmasa, birov oʻqimaydi.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8 ta final - 8 ta gʻalaba
Yunayted Realga judayam koʻp zoʻr futbolchilarini bergan, ammo hozircha Realning Yunaytedga bergan eng yaxshi futbolchisi bu shubhasiz - Kazemiro.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
Yunayted Realga judayam koʻp zoʻr futbolchilarini bergan, ammo hozircha Realning Yunaytedga bergan eng yaxshi futbolchisi bu shubhasiz - Kazemiro.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkinov Ollohyor
Let's Go, Manchester ❤️ 𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅 🔂 | Vote for channel
Manchester Yunayted muhlisi boʻlsam ham, bugun natijadan koʻra, chiroyli futbol uchun bu oʻyinni koʻrishni istayman. Muhimi ikkala jamoa kurashsin va muhlislarga chiroyli futbol koʻrsatib, oxirida munosib jamoa gʻolib boʻlsin. Mayli, Totenham boʻlsa ham, farqi yoʻq.
Sababi, albatta Yunaytedning kubok yutishi muhim, ammo har qanday kubokdan mening oʻyindan oladigan emotsiyalarim muhimroq. Man juda overthinking odamman, stressli holatlar tez-tez boʻlib turadi, shu sabab oxirgi vaqtlar yevropadagi eng yaxshi jamoalarning yorqin oʻyinlarini koʻproq koʻrishga urunyapman. Bu mendagi har xil fikrlar bilan chalkashib ketgan ongimga yengillik va tanaffus beryapdi.
Qisqasi, shunchaki hayotni oʻchiring va futbolni yoqing.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
Sababi, albatta Yunaytedning kubok yutishi muhim, ammo har qanday kubokdan mening oʻyindan oladigan emotsiyalarim muhimroq. Man juda overthinking odamman, stressli holatlar tez-tez boʻlib turadi, shu sabab oxirgi vaqtlar yevropadagi eng yaxshi jamoalarning yorqin oʻyinlarini koʻproq koʻrishga urunyapman. Bu mendagi har xil fikrlar bilan chalkashib ketgan ongimga yengillik va tanaffus beryapdi.
Qisqasi, shunchaki hayotni oʻchiring va futbolni yoqing.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkinov Ollohyor
Donald Tramp bilan Kreml matbuot kotibi oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Ikkovi ham bitta narsani gapirishadi va oʻylashadi.
Xatto men ham AQSHni Trampdan koʻra yaxshiroq boshqargan boʻlardim.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅🔂 | Vote for channel
Xatto men ham AQSHni Trampdan koʻra yaxshiroq boshqargan boʻlardim.
𝙴𝚁𝙺𝙸𝙽𝙾𝚅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Afsuski, neytral muhlis sifatida aytganimda ham, oʻyin kutganimdek tomoshabop boʻlmadi. Sababi butun oʻyin davomida, biz faqat bir jamoaning hujumini, ikkinchi jamoaning himoyasini koʻrdik.
Butun oʻyin davomida Yunayted dominantlik qildi, Totenham esa asosan qarshi hujumlardan payt poyladi va oʻyinning 95% ini himoya oʻtkazdi. 1 ta golni ham qarshi hujumdan urdi, ammo tan olish kerak yaxshi himoyalanishdi. Deyarli pastdan toʻp oʻtkazishmadi va xavodan kelgan toʻplarni ham qaytarishdi. Yunayted futbolchilarida butun ikkinchi taym davomida pichoqqa ilinarli 5-6 ta zarba boʻldi xolos. Shuning eng xavflilarini ham Totenham posponi qaytardi.
Yunaytedning hech bir futbolchisi, ushbu zich himoyani yorib oʻtolmadi va zarba bermadi. Umuman olganda, bunday vaziyatlarda qilinishi shart boʻlgan yagona narsa boʻlmish uzoqdan zarbalarni ham negadir MYU futbolchilari tepishmadi. Ehtimol Amorim ularga darvozaning ichigacha oʻynab kirib gol uringlar degandir. Markazdan hujum boʻlmadi, asosan qanotlardan markazga xavodan past berib bosh bilan gol urishga urunishdi va tabiiyki uddalayolishmadi.
Totenham yaxshi himoyalandi, MYU esa butun 98 minut davomida samarali hujum qilolmadi va oxirgi daqiqa boʻlgandagina xavf uyushtirishdi. Futbolchilarimiz, oʻyin tugashiga oz qolgani, tezroq gol urish kerakligini atiga yarim minut qolganida tushunib yetdilar.
Natijada oʻyin Totenhamning tarixiy gʻalabasi va MYUning davomiy magʻlubiyati bilan tugadi.
HAMMA OʻZIGA LOYIGʻINI OLDI. BUNAQA SAVIYADAGI RASVO FUTBOLCHILAR BILAN BUNDAY OʻYINNI YUTISH IMKONSIZ EDI.

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
O‘zbekistonda chet el universitetlari reytinglari atrofida qandaydir kult shakllanayotganini sezaman. Bu sohadan oz-moz xabardor inson sifatida aytishim kerakki, istalgan reytingda birinchi o‘rindagi universitet professorlari bilan yuzinchi o‘rindagi universitet professorlari o‘rtasidagi tafovut ko‘pchilik tasavvur qilganidek katta emas. Aksariyat holatlarda o‘rtacha professorlar orasida deyarli farq bo‘lmaydi. Professorlar mehnat bozori biroz g‘alati ishlagani uchun bu tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin.
Jahonning 200–300 ta universitetida yuqori darajada sifatli ta’lim olish mumkin; ular o‘rtasida katta tafovut yo‘q. Shuning uchun talaba bo‘lsangiz yoki bolangiz uchun universitet tanlayotgan ota-ona bo‘lsangiz, farzandingiz dunyodagi 75-o‘rindagi universitetga kirsin, 5-o‘rindagisiga kirsin — ikkala holatda ham u katta muvaffaqiyatga erishishi va yuqori sifatli ta’lim olishi mumkin. Balki jamiyatda biroz prestij farqi ko‘rinishi mumkin, biroq ilm olish nuqtayi nazaridan qaysi universitet yaxshiroq degan savolga aniq javob yo‘q. Hatto kimdir aytishi mumkin: nomdor universitetlarda domlalar anchayin band bo‘lib, iqtidorli talabalarga ham kamroq vaqt ajratishlari mumkin. Yoki u yerda ajralib turish ham qiyinroqdir.
Xullas, universitet reytinglariga biroz tuz qo‘shib qarashni xohlardim. To‘g‘risini aytganda, bakalavr paytlarimda men ham buni yaxshi tushunmagan edim; hozir esa sohaga anchadan beri yaqin bo‘lganim uchun shu fikrlarni yozayapman. Universitet tanlashda uning hayot tarzingizga mosligi, shaharning manzur kelishi, iqlimi va umumiy muhiti kabi omillar talabaning muvaffaqiyatiga ko‘proq ta’sir qiladi nazarimda.
Bir muddat oldin Stanford universitetining sobiq prezidenti bilan Markaziy Osiyoliklar guruhida suhbatda bo‘ldik. O‘shanda markaziy osiyoliklardan biri: «Bolalarimizni Stanfordga kiritish uchun yana nimalar qilishimiz mumkin?» — degan savol berdi. Sobiq prezident esa shunday javob qildi: AQShda yuzlab universitetlar bor, ularning ko‘pi sifati jihatidan Stanforddan aslo yomon emas; o‘zingizdan so‘rang, nega aynan Stanfordni xohlayapsiz? "Haqiqatdan ham ta'lim sifati haqida qayg'ursangiz - yuzlab alternativa bor" dedi. Stanfordga kirish kerak deb bolalarni qiynamaslikni va fokusni qiziqishlariga yo'naltirishni tavsiya qildi. Suhbat anchagina davom etdi, boshqa gaplar ham bo'ldi, lekin uning fikri menga to‘g‘ri tuyuldi. Lekin auditoriya baribir unga ishonmagandek tingladi shekilli.
Nazarimda, mintaqamizda ham reytinglarga nisbatan nosog‘lom bir obsessiya bor. Sababini bilmasligim mumkin, lekin oqibatlari uncha yaxshi emas.