* * * * *
Vatan, to tanda jonim bor ,
Seningdirman, seningdirman ,
Tanim xok o‘lsa ham sen yor ,
Seningdirman , seningdirman.
Jahon kengdir, falak kengdir,
Yurak kengdir, chi sen borsan
Seningsiz ikki dunyo tor ,
Seningdirman, seningdirman.
Menga begona ellarda
Nasib gar o‘lsa yuz rohat ,
Chekay bag‘ringda ming ozor
Seningdirman, seningdirman.
Agar shodliklaring ozdir ,
Meningdirsan, meningdirsan
Magarkim g‘amlarim bisyor
Seningdirman, seningdirman.
Bugun Bor, erta yo‘q jismim
Va lek ruhim uchun mangu
Sening manguliging darkor,
Seningdirman, seningdirman.
Sening ishqing bilan yondim
Ketar jonimda bu otash ,
Seningdirman , yana takror ,
Seningdirman, seningdirman.
1992-yil
Erkin_Vohidov_sherlari @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Vatan, to tanda jonim bor ,
Seningdirman, seningdirman ,
Tanim xok o‘lsa ham sen yor ,
Seningdirman , seningdirman.
Jahon kengdir, falak kengdir,
Yurak kengdir, chi sen borsan
Seningsiz ikki dunyo tor ,
Seningdirman, seningdirman.
Menga begona ellarda
Nasib gar o‘lsa yuz rohat ,
Chekay bag‘ringda ming ozor
Seningdirman, seningdirman.
Agar shodliklaring ozdir ,
Meningdirsan, meningdirsan
Magarkim g‘amlarim bisyor
Seningdirman, seningdirman.
Bugun Bor, erta yo‘q jismim
Va lek ruhim uchun mangu
Sening manguliging darkor,
Seningdirman, seningdirman.
Sening ishqing bilan yondim
Ketar jonimda bu otash ,
Seningdirman , yana takror ,
Seningdirman, seningdirman.
1992-yil
Erkin_Vohidov_sherlari @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
VATAN SO‘G‘INCHI
Chet ellarda xizmat qilayotgan o‘zbek birodarlarimga.
Qay oliy makonga safar qilmayin
Qay yiroq sohilga etmasin qismat ,
,, Assalomu alaykum ! " deya jilmayib
Bir o‘zbek qardoshim qarshilar albat .
Bizlar Kolomboga qo‘nganda sahar ,
Ilk bor u qarshilab parvona bo‘ldi.
Shunda rutubatli, badbo‘y bu shahar
Ko‘zimga charaqlab Farg‘ona bo‘ldi .
Madorastda tilmoch ul o‘zbekzoda
Barobar so‘zlardi sakkiz tilda ham.
U oq xalat qiyib dorushshifoda
Afg‘on bolasiga qo‘yardi malham.
Nur qasrini tiklab Furot uzra u
Arab xonasiga yoqardi quyosh
Paxta o‘stirardi nildan olib suv
Qalbida Afriqo filicha bardosh.
Misrda Yusufdek bo‘lib ko‘rindi
Yamanda u menga tuyildi Hotam.
Bu ayon tuyg‘udir-na qilsa endi
Olovdek tashlanar ko‘zda o‘z odam.
Bukun olis yo‘ldan qaytganim chog‘da
Ilk satrimda sizni qildim mukarrar-
Ey, siz, jondoshlarim, yurtdan yiroqda
Yurtning xizmatiga bog‘langan kamar !
Bilaman, ne azob yuki hijronning,
Ne darddur oy-yilar bo‘lmoq intizor.
Bilaman, so‘g‘inchi O‘zbekistonning
Ko‘zingiz tunida hamisha bedor.
U jahon ichida bitta jahondir,
Bir ko‘rgan umrbod qilgusi havas.
Yerning tortish kuchin yengmoq osondir,
Ona-Yer mehridan uzilib bo‘lmas.
Do‘stlarim, har qayda bo‘ling salomat,
Omon qayting uyga olis makondan.
Tilagim, hech qachon, hech qismat
Bizni ayirmasin O‘zbekistondan
1986-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Chet ellarda xizmat qilayotgan o‘zbek birodarlarimga.
Qay oliy makonga safar qilmayin
Qay yiroq sohilga etmasin qismat ,
,, Assalomu alaykum ! " deya jilmayib
Bir o‘zbek qardoshim qarshilar albat .
Bizlar Kolomboga qo‘nganda sahar ,
Ilk bor u qarshilab parvona bo‘ldi.
Shunda rutubatli, badbo‘y bu shahar
Ko‘zimga charaqlab Farg‘ona bo‘ldi .
Madorastda tilmoch ul o‘zbekzoda
Barobar so‘zlardi sakkiz tilda ham.
U oq xalat qiyib dorushshifoda
Afg‘on bolasiga qo‘yardi malham.
Nur qasrini tiklab Furot uzra u
Arab xonasiga yoqardi quyosh
Paxta o‘stirardi nildan olib suv
Qalbida Afriqo filicha bardosh.
Misrda Yusufdek bo‘lib ko‘rindi
Yamanda u menga tuyildi Hotam.
Bu ayon tuyg‘udir-na qilsa endi
Olovdek tashlanar ko‘zda o‘z odam.
Bukun olis yo‘ldan qaytganim chog‘da
Ilk satrimda sizni qildim mukarrar-
Ey, siz, jondoshlarim, yurtdan yiroqda
Yurtning xizmatiga bog‘langan kamar !
Bilaman, ne azob yuki hijronning,
Ne darddur oy-yilar bo‘lmoq intizor.
Bilaman, so‘g‘inchi O‘zbekistonning
Ko‘zingiz tunida hamisha bedor.
U jahon ichida bitta jahondir,
Bir ko‘rgan umrbod qilgusi havas.
Yerning tortish kuchin yengmoq osondir,
Ona-Yer mehridan uzilib bo‘lmas.
Do‘stlarim, har qayda bo‘ling salomat,
Omon qayting uyga olis makondan.
Tilagim, hech qachon, hech qismat
Bizni ayirmasin O‘zbekistondan
1986-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
SADOQAT
Keksa qarag‘ayning
Ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi
Ungan yeridan...
Nihoyat ,gurs etib yerga quladi,
Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar ,
biroq-
U o‘z panjasida olib jo‘nadi
Yashagan yeridan
Bir siqim tuproq .
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Keksa qarag‘ayning
Ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi
Ungan yeridan...
Nihoyat ,gurs etib yerga quladi,
Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar ,
biroq-
U o‘z panjasida olib jo‘nadi
Yashagan yeridan
Bir siqim tuproq .
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
TURKISTON BIR,
VATAN BIR
Qadim ona tuproq
Turkiston bir , Vatan bir .
Bizga jondan azizroq
Turkiston bir, Vatan bir.
Al-Beruniy yodi bor,
Yassaviy faryodi bor,
Qoshg‘ariy ijodi Bor,
Turkiston bir,Vatan bir .
Farobiy cholg‘usida ,
Navoiy orzusida ,
Shoh Bobur qayg‘usida
Turkiston bir ,Vatan bir.
Temur bobom tug‘ida
Shermuhammad ruhida ,
Istiqlol shukuhida
Turkiston bir ,Vatan bir.
Tojik - yuksak Pomirim,
Turkman- tutash tomirim
Qirg‘iz, qozoq - bovurim -
Turkiston bir , Vatan bir.
Mustafo Cho‘qay joni
Cho‘lponning shahid qoni
Qodiriyning armoni -
Turkiston bir , Vatan bir.
Yovlar pora qilgan tan,
Xomtalash bo‘lgan Vatan.
Oh, bo‘lurmi qaytadan
Turkiston bir, Vatan bir.
Ona yerga quloq tut ,
Nidolar bo‘lmas unut .
Ruhlar aytar :ona yurt
Turkiston bir, Vatan bir
1992 -yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
VATAN BIR
Qadim ona tuproq
Turkiston bir , Vatan bir .
Bizga jondan azizroq
Turkiston bir, Vatan bir.
Al-Beruniy yodi bor,
Yassaviy faryodi bor,
Qoshg‘ariy ijodi Bor,
Turkiston bir,Vatan bir .
Farobiy cholg‘usida ,
Navoiy orzusida ,
Shoh Bobur qayg‘usida
Turkiston bir ,Vatan bir.
Temur bobom tug‘ida
Shermuhammad ruhida ,
Istiqlol shukuhida
Turkiston bir ,Vatan bir.
Tojik - yuksak Pomirim,
Turkman- tutash tomirim
Qirg‘iz, qozoq - bovurim -
Turkiston bir , Vatan bir.
Mustafo Cho‘qay joni
Cho‘lponning shahid qoni
Qodiriyning armoni -
Turkiston bir , Vatan bir.
Yovlar pora qilgan tan,
Xomtalash bo‘lgan Vatan.
Oh, bo‘lurmi qaytadan
Turkiston bir, Vatan bir.
Ona yerga quloq tut ,
Nidolar bo‘lmas unut .
Ruhlar aytar :ona yurt
Turkiston bir, Vatan bir
1992 -yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
O‘ZBEGIM
Qasida
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, O‘zbegim
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim
So‘ylasin Afrosiyob-u
So‘ylasin O‘rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, O‘zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Farob avlodidan ,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon,O‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin ,
Necha qoon , necha sulton
Necha ming xon,O‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon,o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘ ,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, O‘zbegim.
Yo‘g‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingda tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj
Yurti vayron, O‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen- Muqanna,sarbador-sen
Erksevar qon, O‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy
Senga na otash sanam ,
Odamiylik dini birla
Toza imon , O‘zbegim .
Ma'rifatning shu'lasiga
Talpinib zulmat aro ,
Ko‘zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, O‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin ,
Sirli osmon toqiga ilk
Qo‘ydi narvon, O‘zbegim.
Bir Alisher na'rasiga
Aks sado berdi jahon ,
She'riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton, O‘zbegim.
Ilm-u she'rda shoh-u sulton
Lek taqdirida qul ,
O‘z elida chekdi g‘urbat ,
Zor-u nolon, O‘zbegim.
Mirzo Bobur -sen,fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon o‘zbegim.
She'riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira ,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh
Ko‘mdi armon,O‘zbegim.
Yi‘gladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym
Nolishingdan Hind-u Afg‘on
Qildi afg‘on, O‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim
Mingta Firdavsiy kerak
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, O‘zbegim
Ortda qoldi ko‘hna tarix ,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming
Topdi darmon ,O‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan ,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu'la afshon, O‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam
Sensan unda bitta gul ,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam
Bitta mujgon, O‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon o‘zbegim .
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin !
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon , O‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon
Lek Navoiydek bobom bor
Ko‘ksi osmon, O‘zbegim .
Qayga bormay boshda do‘ppim
G‘oz yurarman , gerdayib
Olam uzra nomi ketgan O‘zbekiston, O‘zbegim .
Bu qasidam senga,xalqim
Oq sut-u tuz hurmati ,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et
O‘zbegim , jon o‘zbegim
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Qasida
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, O‘zbegim
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim
So‘ylasin Afrosiyob-u
So‘ylasin O‘rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, O‘zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Farob avlodidan ,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon,O‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin ,
Necha qoon , necha sulton
Necha ming xon,O‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon,o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘ ,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, O‘zbegim.
Yo‘g‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingda tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj
Yurti vayron, O‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen- Muqanna,sarbador-sen
Erksevar qon, O‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy
Senga na otash sanam ,
Odamiylik dini birla
Toza imon , O‘zbegim .
Ma'rifatning shu'lasiga
Talpinib zulmat aro ,
Ko‘zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, O‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin ,
Sirli osmon toqiga ilk
Qo‘ydi narvon, O‘zbegim.
Bir Alisher na'rasiga
Aks sado berdi jahon ,
She'riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton, O‘zbegim.
Ilm-u she'rda shoh-u sulton
Lek taqdirida qul ,
O‘z elida chekdi g‘urbat ,
Zor-u nolon, O‘zbegim.
Mirzo Bobur -sen,fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon o‘zbegim.
She'riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira ,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh
Ko‘mdi armon,O‘zbegim.
Yi‘gladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym
Nolishingdan Hind-u Afg‘on
Qildi afg‘on, O‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim
Mingta Firdavsiy kerak
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, O‘zbegim
Ortda qoldi ko‘hna tarix ,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming
Topdi darmon ,O‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan ,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu'la afshon, O‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam
Sensan unda bitta gul ,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam
Bitta mujgon, O‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon o‘zbegim .
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin !
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon , O‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon
Lek Navoiydek bobom bor
Ko‘ksi osmon, O‘zbegim .
Qayga bormay boshda do‘ppim
G‘oz yurarman , gerdayib
Olam uzra nomi ketgan O‘zbekiston, O‘zbegim .
Bu qasidam senga,xalqim
Oq sut-u tuz hurmati ,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et
O‘zbegim , jon o‘zbegim
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
16-FEVRAL 1999
-YIL
Bu dunyoda Yaxshi, yomon kunlar ko‘rdim,
O‘kinchim yo‘q, mayli, yillar qaddim egsin.
Men hamon bir askaringman, ona Yurtim,
Sen tomonga otilgan o‘q menga tegsin.
Hali komil atolmasman makonimni,
Bekam,odil sanolmasman zamonimni.
Lek kiprikda saqlayman bu davronimni,
Bu davronga otilgan o‘q menga tegsin,
Yurtim, olis yo‘lga chiqqan karvoning bor,
Karvoningga pospon- uyg‘oq sarboning bor.
El dardida halovatsiz o‘g‘loning bor,
Shu insonga otilgan o‘q menga tegsin.
Tong nurisan, Vatan qalbim osmonida,
Erking azal ajdodlarning armonida,
Mehring abad avlodlarning imonida,
Shu imonga otilgan o‘q menga tegsin.
1999-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
-YIL
Bu dunyoda Yaxshi, yomon kunlar ko‘rdim,
O‘kinchim yo‘q, mayli, yillar qaddim egsin.
Men hamon bir askaringman, ona Yurtim,
Sen tomonga otilgan o‘q menga tegsin.
Hali komil atolmasman makonimni,
Bekam,odil sanolmasman zamonimni.
Lek kiprikda saqlayman bu davronimni,
Bu davronga otilgan o‘q menga tegsin,
Yurtim, olis yo‘lga chiqqan karvoning bor,
Karvoningga pospon- uyg‘oq sarboning bor.
El dardida halovatsiz o‘g‘loning bor,
Shu insonga otilgan o‘q menga tegsin.
Tong nurisan, Vatan qalbim osmonida,
Erking azal ajdodlarning armonida,
Mehring abad avlodlarning imonida,
Shu imonga otilgan o‘q menga tegsin.
1999-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
ONA TUPROQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter
Mo‘tabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter
Mo‘tabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
O‘LKA
Bog‘laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda Vatanim
Bog‘ husniga she'r bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni so‘zlar
Bunda o‘sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‘zlar
Ko‘kdan sening husningga qarab.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan
1960 yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Bog‘laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda Vatanim
Bog‘ husniga she'r bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni so‘zlar
Bunda o‘sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‘zlar
Ko‘kdan sening husningga qarab.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan
1960 yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
ONA TILIM O‘LMAYDI
Notiq dedi:
,,Taqdir shul,
Bu Jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda".
,, Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, SHiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
,, Va'zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi"
Barcha dedi barobar:
,,Ona tilim o‘lmaydi " .
- Hey, bu qanday aqida!-
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
-Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
-Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga !
Fuzuliy yondi :
-Ozar tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
,, Ona tilim o‘lmaydi ".
Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san'at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat !
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat !
,, Faust " yondi gurillab,
,, Xamsa " o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi .
Bu sado yangrar hamon
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi !
1976 yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Notiq dedi:
,,Taqdir shul,
Bu Jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda".
,, Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, SHiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
,, Va'zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi"
Barcha dedi barobar:
,,Ona tilim o‘lmaydi " .
- Hey, bu qanday aqida!-
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
-Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
-Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga !
Fuzuliy yondi :
-Ozar tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
,, Ona tilim o‘lmaydi ".
Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san'at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat !
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat !
,, Faust " yondi gurillab,
,, Xamsa " o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi .
Bu sado yangrar hamon
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi !
1976 yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
KEL, EY BOBUR, VATANGA...
Kel, Ey Bobur, Vatanga,
Elda yoding qadr-u shoning bor
Tabarruk bul zaminingda
Hayoti jovidoning bor.
Sog‘inching, orzuying,
Ko‘zyoshing, armonlaring bunda,
Jahonga sig‘magan
Shoir xayoling, bir jahoning bor.
Bu yurtning lolazoriga
Sochilgandir yurak qoning,
Shafaqlarda falakni
O‘rtagan o‘tli fig‘oning bor.
Zamonikim, nizolardan
To‘yib tarki Vatan qilding,
Muroding endi hosildir,
Zamoni al'amoning bor.
Eling, alhamdulillohkim,
Asoratdan xalol bo‘lgan,
Go‘zal yurt Andijoning,
Anda ruhing, anda joning bor.
KEL,Ey Bobur, g‘azal yoz,
Ot minib kez shoh Boburdek
Necha Bobur kabi nasling
Bahodir, pahlavoning bor.
1993-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Kel, Ey Bobur, Vatanga,
Elda yoding qadr-u shoning bor
Tabarruk bul zaminingda
Hayoti jovidoning bor.
Sog‘inching, orzuying,
Ko‘zyoshing, armonlaring bunda,
Jahonga sig‘magan
Shoir xayoling, bir jahoning bor.
Bu yurtning lolazoriga
Sochilgandir yurak qoning,
Shafaqlarda falakni
O‘rtagan o‘tli fig‘oning bor.
Zamonikim, nizolardan
To‘yib tarki Vatan qilding,
Muroding endi hosildir,
Zamoni al'amoning bor.
Eling, alhamdulillohkim,
Asoratdan xalol bo‘lgan,
Go‘zal yurt Andijoning,
Anda ruhing, anda joning bor.
KEL,Ey Bobur, g‘azal yoz,
Ot minib kez shoh Boburdek
Necha Bobur kabi nasling
Bahodir, pahlavoning bor.
1993-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
BOQIY XOTIRA
O‘ylayman, ochilsa har yil navbahor
Moviy kengliklarda alvon lolalar
Bular lola emas, yot ellarda zor
Lolaga aylangan askar bolalar.
O‘ylayman, oftob uyg‘onib sahar
Kunchiqar ustiga tikkanda yalov
Bu gulgun shafaqmas , osmonga qadar
Bevalar ohidan tutashgan olov
O‘ylayman, har kech shams yetsa zavolga,
Borliqning tugamas motami rostdir.
Tun emas, onalar egnida qolgan
To mahshar yechilmas qora libosdir.
Yur, bolam, Maydonga boraylik bugun ,
Qo‘lingda dona gul yanog‘ingdek ol.
Bu gul sening baxting,shod kulging uchun
Fido bo‘lgan bobong qalbiga timsol.
Yo‘q, sen o‘zing gulsan, vataning-chaman,
Ulg‘ay, asl zoting unutma sira
Bilki, qadr bilmak aslida-Vatan
Vatanning ma'nosi boqiy xotira.
1998-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
O‘ylayman, ochilsa har yil navbahor
Moviy kengliklarda alvon lolalar
Bular lola emas, yot ellarda zor
Lolaga aylangan askar bolalar.
O‘ylayman, oftob uyg‘onib sahar
Kunchiqar ustiga tikkanda yalov
Bu gulgun shafaqmas , osmonga qadar
Bevalar ohidan tutashgan olov
O‘ylayman, har kech shams yetsa zavolga,
Borliqning tugamas motami rostdir.
Tun emas, onalar egnida qolgan
To mahshar yechilmas qora libosdir.
Yur, bolam, Maydonga boraylik bugun ,
Qo‘lingda dona gul yanog‘ingdek ol.
Bu gul sening baxting,shod kulging uchun
Fido bo‘lgan bobong qalbiga timsol.
Yo‘q, sen o‘zing gulsan, vataning-chaman,
Ulg‘ay, asl zoting unutma sira
Bilki, qadr bilmak aslida-Vatan
Vatanning ma'nosi boqiy xotira.
1998-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
CHIN DOʻST
Kechib ketdi chin doʻst degan koʻp doʻstlarim,
Uvol boʻldi gʻazallar-chun koʻp soʻzlarim.
Bu dunyoda sadoqatli doʻst izladim,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Minnat qilar, ulfatim ham goh mayini,
Orom bermas hijron chalib tun nayini
Derlar: shoir deganining yoʻq tayini,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Bemor boʻlib yotganimda keldi oʻlim,
Shunda hamki, tilimdagi boʻldi gulim.
Otam boshim silab qoʻydi dedi: "oʻgʻlim",
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Oʻzlaricha egmoq istar magʻrur boshim,
Quvonarlar koʻringanda koʻzda yoshim.
Otam borki soʻnmas sira baxt quyoshim.
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Xabar kelsa boshginamga balolardan,
Yiqilganda nogoh toyib xatolardan,
Duo qilar, asrasin deb yomonlardan,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Otasi bor boshidadur omad qushi,
Yovlarining unga sira oʻtmas tishi.
Yurar ishi, tushlarida tushmas tishi,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Boshim yerga tekkunicha qilay ta'zim,
Otam borki, doʻstga sira zor boʻlmadim
Bu dunyoda sadoqatli doʻst izladim,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim!!!
Muhammad Ibrohim
https://t.me/joinchat/AAAAAE0JGXo3Mf5OBhfeRQ
Kechib ketdi chin doʻst degan koʻp doʻstlarim,
Uvol boʻldi gʻazallar-chun koʻp soʻzlarim.
Bu dunyoda sadoqatli doʻst izladim,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Minnat qilar, ulfatim ham goh mayini,
Orom bermas hijron chalib tun nayini
Derlar: shoir deganining yoʻq tayini,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Bemor boʻlib yotganimda keldi oʻlim,
Shunda hamki, tilimdagi boʻldi gulim.
Otam boshim silab qoʻydi dedi: "oʻgʻlim",
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Oʻzlaricha egmoq istar magʻrur boshim,
Quvonarlar koʻringanda koʻzda yoshim.
Otam borki soʻnmas sira baxt quyoshim.
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Xabar kelsa boshginamga balolardan,
Yiqilganda nogoh toyib xatolardan,
Duo qilar, asrasin deb yomonlardan,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Otasi bor boshidadur omad qushi,
Yovlarining unga sira oʻtmas tishi.
Yurar ishi, tushlarida tushmas tishi,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim.
Boshim yerga tekkunicha qilay ta'zim,
Otam borki, doʻstga sira zor boʻlmadim
Bu dunyoda sadoqatli doʻst izladim,
Otamdayin chin mehribon doʻst topmadim!!!
Muhammad Ibrohim
https://t.me/joinchat/AAAAAE0JGXo3Mf5OBhfeRQ
Telegram
MUHAMMAD IBROHIM § HAMID IKROM
Qalbim hamon eslaydi shodon,
Yoshligini unutgan dema.
Kõz oldimda bõlar namoyon,
Men qamishdan yasagan kema...
Yoshligini unutgan dema.
Kõz oldimda bõlar namoyon,
Men qamishdan yasagan kema...
BIR NIHOL
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol 🌱 qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul 🌷 ekib qo‘y.
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gul-u niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga 🌊Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, Ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
2000 - yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol 🌱 qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul 🌷 ekib qo‘y.
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gul-u niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga 🌊Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, Ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
2000 - yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
UZOQQA BORMADIK ANDISHA BILAN...
Uzoqqa bormadik andisha bilan
Til topa olmadik hamisha bilan.
Odamzodga do‘st ham yov bo‘larkan til,
Ko‘prik bo‘larkan ham g‘ov bo‘larkan til.
Olisga yetmasdan o‘chdi unimiz,
Chunki begonaga qoldi kunimiz
Gul bo‘l, tikanak bo‘l- chamaningda bo‘l,
Bulbul bo‘l, qarg‘a bo‘l-vataningda bo‘l.
1989 - yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Uzoqqa bormadik andisha bilan
Til topa olmadik hamisha bilan.
Odamzodga do‘st ham yov bo‘larkan til,
Ko‘prik bo‘larkan ham g‘ov bo‘larkan til.
Olisga yetmasdan o‘chdi unimiz,
Chunki begonaga qoldi kunimiz
Gul bo‘l, tikanak bo‘l- chamaningda bo‘l,
Bulbul bo‘l, qarg‘a bo‘l-vataningda bo‘l.
1989 - yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
KUZATISH
Ma'sum ko‘zlaringda sevinch bir olam,
Murg‘ak ko‘ngling ichra dunyo hayajon.
Bugun qo‘ymoqdasan maktabga qadam,
Mustaqil yurtimga tengdosh bolajon.
Otang g‘ururlanar, onang bilmas tin,
Buving bo‘ylaringdan yuz bor aylandi.
Yangi hayot senga muborak bo‘lsin,
Ozod Vatanimning ozod farzandi.
Birinchi sentabr, birinchi nahor
Birinchi qo‘ng‘iroq,birinchi ta'lim
Osmoning beg‘ubor, diling beg‘ubor,
Baxtli kun dunyoga kelgan asalim.
Seni kuzatarkan, oyijon emas,
Farishtalar soching tarab turibdi.
Xayolimda shu bir xonadon emas,
Olam yo‘llaringga qarab turibdi.
Oydin istiqboling, iqboling bilan
Ko‘nglimning eng shirin xayolidirsan.
Niholsan ertangi kamoling bilan
Umidlar yurtining timsolidirsan.
Ko‘nglim to‘la senga havas va ziyo,
O‘zing o‘z, so‘zing soz, mutelik abas.
O‘zga til, begona maslag-u ma'vo
Endi senga aziz, mukarram emas.
Hur mamlakat sening, hur yurak sening,
Buyuk tarix sening, sening zamonang.
Inqilob zuryodi emas Vataning
Qulluqdan boshlanmas milliy taronang.
Shukr, shundoq kunga yetkazdi taqdir,
Yorug‘ peshonangdan, kel, bitta o‘pay.
Yuksaklarni ko‘zla, qarchig‘ay axir
Polopon bo‘lsa ham zoti qarchig‘ay.
1998-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Ma'sum ko‘zlaringda sevinch bir olam,
Murg‘ak ko‘ngling ichra dunyo hayajon.
Bugun qo‘ymoqdasan maktabga qadam,
Mustaqil yurtimga tengdosh bolajon.
Otang g‘ururlanar, onang bilmas tin,
Buving bo‘ylaringdan yuz bor aylandi.
Yangi hayot senga muborak bo‘lsin,
Ozod Vatanimning ozod farzandi.
Birinchi sentabr, birinchi nahor
Birinchi qo‘ng‘iroq,birinchi ta'lim
Osmoning beg‘ubor, diling beg‘ubor,
Baxtli kun dunyoga kelgan asalim.
Seni kuzatarkan, oyijon emas,
Farishtalar soching tarab turibdi.
Xayolimda shu bir xonadon emas,
Olam yo‘llaringga qarab turibdi.
Oydin istiqboling, iqboling bilan
Ko‘nglimning eng shirin xayolidirsan.
Niholsan ertangi kamoling bilan
Umidlar yurtining timsolidirsan.
Ko‘nglim to‘la senga havas va ziyo,
O‘zing o‘z, so‘zing soz, mutelik abas.
O‘zga til, begona maslag-u ma'vo
Endi senga aziz, mukarram emas.
Hur mamlakat sening, hur yurak sening,
Buyuk tarix sening, sening zamonang.
Inqilob zuryodi emas Vataning
Qulluqdan boshlanmas milliy taronang.
Shukr, shundoq kunga yetkazdi taqdir,
Yorug‘ peshonangdan, kel, bitta o‘pay.
Yuksaklarni ko‘zla, qarchig‘ay axir
Polopon bo‘lsa ham zoti qarchig‘ay.
1998-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
* * * * *
G‘uncha ochilishin zo‘r kutib sahar-
Bulbul ko‘zlarini uyquga olarkan .
Oshiq yor vasliga intilib yillar,
Yetganda tili lol bo‘lib qolarkan.
Daf'atan chiqqanda tiyra go‘shadan,
Nurga ojiz ekan odamzod ko‘zi.
O‘sha bulbul- menman, oshiq -o‘shaman,
Men ko‘zi qamashgan insonning o‘zi...
1991- yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
G‘uncha ochilishin zo‘r kutib sahar-
Bulbul ko‘zlarini uyquga olarkan .
Oshiq yor vasliga intilib yillar,
Yetganda tili lol bo‘lib qolarkan.
Daf'atan chiqqanda tiyra go‘shadan,
Nurga ojiz ekan odamzod ko‘zi.
O‘sha bulbul- menman, oshiq -o‘shaman,
Men ko‘zi qamashgan insonning o‘zi...
1991- yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
SURAT
Qayerdadir ko‘rganman uni
Bir daqiqa bo‘lganman ulfat.
Eslolmayman, ammo qay kuni,
Qay daqiqa, Qay dam, qay holat.
Ko‘zlarida ajib muammo,
Tilsiz surat boqar menga jim.
E u o‘sha...
Topildi go‘yo
Unut bo‘lgan bir bo‘lak umrim.
Ko‘z oldimdan o‘tadi bir-bir
Allaqanday tumanli xira
Xayolimning qay burchidadir
Yo‘qolmoqchi bo‘lgan xotira.
U kunlarni tiklar xayolim,
Yodga kelar barcha, barchasi...
Odamlar,
Siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parchasi.
1961-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Qayerdadir ko‘rganman uni
Bir daqiqa bo‘lganman ulfat.
Eslolmayman, ammo qay kuni,
Qay daqiqa, Qay dam, qay holat.
Ko‘zlarida ajib muammo,
Tilsiz surat boqar menga jim.
E u o‘sha...
Topildi go‘yo
Unut bo‘lgan bir bo‘lak umrim.
Ko‘z oldimdan o‘tadi bir-bir
Allaqanday tumanli xira
Xayolimning qay burchidadir
Yo‘qolmoqchi bo‘lgan xotira.
U kunlarni tiklar xayolim,
Yodga kelar barcha, barchasi...
Odamlar,
Siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parchasi.
1961-yil
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
SHOIR
Elga faqat shodlik hadya etarman,
G‘amni o‘zim bilan olib ketarman.
Aytsam, ko‘tarolmay nogoh zaminning
Mehvari uzilib ketsa netarman.
@Erkin_Vohidov_sherlari https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Elga faqat shodlik hadya etarman,
G‘amni o‘zim bilan olib ketarman.
Aytsam, ko‘tarolmay nogoh zaminning
Mehvari uzilib ketsa netarman.
@Erkin_Vohidov_sherlari https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
SHERIYATNI ANGLASH
Men kimyogar bo‘lolmasdim,
Maktabdayoq bilardim.
Mendeleyev jadvalini
Yodlab nima qilardim !
Qani endi g‘azal o‘qib,
Aytib yursam yallani.
Nyutonning binomiga
To‘ldirmasdan kallani.
Besh baho deb Xo‘ja Hofiz,
Fuzuliydan kechibman.
Medal uchun bolxonador
Formulalar yechibman.
Barin bildim, hech bir darsni
Hech bir kanda qilmadim.
Shoir bo‘ldim oxir, lekin
She'r yozishni bilmadim.😉
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Men kimyogar bo‘lolmasdim,
Maktabdayoq bilardim.
Mendeleyev jadvalini
Yodlab nima qilardim !
Qani endi g‘azal o‘qib,
Aytib yursam yallani.
Nyutonning binomiga
To‘ldirmasdan kallani.
Besh baho deb Xo‘ja Hofiz,
Fuzuliydan kechibman.
Medal uchun bolxonador
Formulalar yechibman.
Barin bildim, hech bir darsni
Hech bir kanda qilmadim.
Shoir bo‘ldim oxir, lekin
She'r yozishni bilmadim.😉
@Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ