O'zМMA /rasmiy/
130 subscribers
4.24K photos
369 videos
3 files
4.21K links
O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasining rasmiy telegram kanali

Telegram: @uzmilliymedia
Instagram: instagram.com/uzmilliymedia/
Facebook: facebook.com/uzmilliymedia/
Download Telegram
JURNALISTLIK FAOLIYATNI HIMOYA QILISHGA QAYSI DAVLAT ORGANLARI MAS’UL?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida shu masala ham o‘rtaga tashlandi.

Unda qonunlarning ijrosi holati, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini takomillashtirish maqsadida qonunlarning ijrosi holati, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, Senat qo‘mitalari tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda 20 ga yaqin O‘zbekiston Respublikasining qonunlari o‘rganib chiqildi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/378

#Uzbekistan #OAV
TEXNIK VOSITALAR BILAN SAVDO QILUVCHI TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI DIQQATIGA!!!

O‘zEOAVMA texnik vositalar xarid qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Media Hall”ini tashkil etish bo‘yicha quyidagi texnik vosita va jihozlarni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
1. Televizorlar 65d – 18 dona
2. Televizorlar 43d – 4 dona
3. Led ekranlar to‘plami va uskunalari – 900 kv.m
4. Projektorlar to‘plami Led watch va uskunalari -40 komplekt
5. Ovoz uskunalari - 1 komplekt

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/379

#Uzbekistan #OAV
Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
E’LON!

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) loyihalari doirasida quyidagi buyumlarni sotib oladi:
1.Chinni idishlar (idish tovoqlar) – 20 komplekt
2. Stakan va fujerlar – 200 dona
3. Qoshiqlar va sanchqilar (Zepter firmasi oshxona jixozlari) – 20 komplekt
4. oshxona stol stullari – 50 dona
5. Boshqa oshxona jixozlari – 1 komplekt
6. Tortma soyabonlar – 5 kv.m
7. Xamir qorish uchun nerjaveykali qozon (Deja (kazan) dlya testomesa nerjaveyka) 160 L – 1 dona
8. Cho‘yan qozon 80 kg 300 litr – 1 dona
9. Qozon-o‘choq – 1 dona
10. HGO-39A pishiriq pechi– 1 dona
11. Goodwell GWC-9402X3 kombinatsiyali plitasi– 1 dona
Mazkur ro‘yxat bo‘yicha tijorat takliflarini joriy yilning 5 avgust kuniga qadar taqdim etishingiz so‘raladi.
To‘lov pul o‘tkazish yo‘li bilan 90 foiz oldindan, 10 foizi texnik vositalar taqdim etilgach, 3 ish kuni ichida to‘lab beriladi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/380

#Uzbekistan #OAV
Adliya vazirligi: shaxsning qadr qimmati qonun himoyasida

O‘zbekistonda so‘z va fikr erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar bo‘layotgani bugun inkor etib bo‘lmas haqiqatga aylandi. Biroq barcha sohalarda bo‘lgani kabi so‘z va fikr erkinligidan foydalanish ham qonun doirasida amalga oshirilishi lozim. Shu kunlarda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning davolanish ta’tilida bo‘lib turganligi bilan bog‘liq vaziyat fonida media-makonda boshqa asossiz ma’lumotlar ham tarqatildi.

Xususan, “Bugun.uz” nashri Farg‘ona viloyati hokimi “tadbirkordan 400 ming dollar pora olgani aytilmoqda” deb nomlagan xabar e’lon qilib, unda atayin axborotni manipulyatsiya qilgan holda asossiz ma’lumot tarqatgan. Xuddi shunga o‘xshash material “Effect.uz” saytida ham e’lon qilindi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/381

#Uzbekistan #OAV
O‘zbekiston – barchamizga yagona Vatan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan “Xalqlar do‘stligi kuni” ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizda keng qamrovda, yuksak saviyada, ko‘tarinki ruhda ilk bor nishonlanmoqda. Respublikamizda ilk bor bayram qilinayotgan ushbu sana munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoniga asosan bir guruh hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari – orden va medallari, nishonlar bilan taqdirlandi. Poytaxtimizda ana shu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali tarzda topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga yurtimizda millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz taklif etildi. Tadbirni onlayn tarzda ham yurtimizning turli hududlaridan kuzatish imkoniyati yaratildi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/382

#Uzbekistan #OAV
Gretsiyada joylashgan "Sarsetakisning O'zbekiston galereyasi"ga bag'ishlangan kitob-albom nashr etish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

2018 yildan beri Gretsiyada "Sarsetakisning O'zbekiston galereyasi" nomli doimiy ekspozitsiyasi faoliyat olib bormoqda, unda 300 dan ortiq eksponatlar namoyish etilgan — shu paytgacha Elladaning hech qanday muzeyida O'zbekiston san'ati bu qadar to'liq namoyish etilmagan.

Hozirda O'zbekistonning noyob madaniy merosi to'plami ellin tomoshabinlari e'tiboriga taqdim etilgan. Galereyada Buxoro, Samarqand, Farg'ona va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilgan 19 -asrga oid rang -barang so'zana kashtalari, gilamlar, zargarlik buyumlarini uchratishingiz mumkin.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/383

#Uzbekistan #OAV
1 avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.


Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/384

#Uzbekistan #OAV
Senatda emlash jarayonlari bilan bog‘liq muhim qonun ma’qullandi

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/385

#Uzbekistan OAV
BILASIZMI? Chig‘anoqlar, kakao loviyalari "pul" sifatida ishlatilgan

Pul xalq xo‘jaligiga qaraganda ancha kech paydo bo‘lgan. Dastlab qadimgi qabilalar tovar ayirboshlash vositalaridan foydalanishgan. Masalan, qoramol, baliq, bezaklar, non, go‘sht, matolarga almashtirilgan. Meksikada kakao loviyalari "pul" sifatida ishlatilgan, Okeaniya orollarida marvarid va chig‘anoqlar, Alyaskada va Kanadada qimmatbaho hayvonlarning terilari ayriboshlashda ishlatilgan.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/386

#Uzbekistan #OAV
O‘zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi

O‘zbekistonga fuqarolik aviatsiyasi uchun Airbus vertolyotlari olib kelinishi bo‘yicha ko‘p marta xabar berilgandi. Joriy yil fevral oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse prezidenti Jak Garrig o‘rtasida Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi to‘rtta vertolyot xarid qilinayotgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/387

#Uzbekistan #OAV
O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyada Prezident simfonik konsert saroyi faoliyati bilan tanishdi

Turkiya davlatining Anqara shahrida xizmat safari bilan bo‘lib turgan o‘zbek delegatsiyasi yangidan barpo etilgan Prezident simfonik konsert saroyining asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mazkur saroy hududida joylashgan savdo do‘konlari, ovqatlanish va hordiq chiqarish maskanlarida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/388

#Uzbekistan #OAV
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkmanistonga boradi

Bugun, 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifingi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/389

#Uzbekistan #OAV
Gretsiyadagi "Sarsetakisning O‘zbekiston galereyasi"ga bag‘ishlangan kitob-albom nashr etish bo‘yicha muzokaralar bo‘lmoqda

2018 yildan beri Gretsiyada "Sarsetakisning O‘zbekiston galereyasi" nomli doimiy ekspozitsiyasi faoliyat olib bormoqda, unda 300 dan ortiq eksponatlar namoyish etilgan — shu paytgacha Elladaning hech qanday muzeyida O‘zbekiston san’ati bu qadar to‘liq namoyish etilmagan. Hozirda O‘zbekistonning noyob madaniy merosi to‘plami ellin tomoshabinlari e’tiboriga taqdim etilgan. Galereyada Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilgan 19-asrga oid rang -barang so‘zana kashtalari, gilamlar, zargarlik buyumlarini uchratishingiz mumkin.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/390

#Uzbekistan #OAV
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi

Prezident matbuot kotibi Prezidentning koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi.

«Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi. Zf-Uz Vac, Astrazeneka va Sputnik V. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar», dedi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

https://oav.uz/uz/news/392

#Uzbekistan #OAV
“Jangovar hamdo‘stlik – 2021”: O‘zbekiston – Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabariga ko‘ra, Sharqiy harbiy okrugga qarashli “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydonida joriy yil 26 – 30 iyul kunlari O‘zbekiston – Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida “Jangovar hamdo‘stlik – 2021” deb nomlangan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/393

#Uzbekistan #OAV
O‘zEOAVMA rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Kuni kecha O‘zEOAVMA media-xollida “Yoshlar multimedia studiyalari” loyihasi qatnashchilarining O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Xabaringiz bor, O‘zEOAVMA tomonidan assotsatsiya a’zolarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi asosida 60 tadan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri hozirda izchil amalga oshirilayotgan “Yoshlar multimedia studiyalari” loyihasidir.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/394

#Uzbekistan #OAV
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi: xabarlarning rost yoki yolg‘onligini aniqlash qiyinmi?!

Bugun yurtimizda so‘z va matbuot erkinligiga alohida e’tibor qaratilayotgani, ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani sir emas. Shu sababdan ham nafaqat har bir jurnalist, kerak bo‘lsa, har bir yurtdoshimiz o‘z fikr-mulohazasini OAVda bemalol, hech qanday moneliksiz bildirmoqda. Chunki matbuot erkin minbardir. Ammo so‘z va matbuot erkinligidan foydalanish ham so‘zsiz qonun doirasida bo‘lishini taqozo etadi.
Bir oy avval kasb bayramimiz kuni Prezidentimiz farmonlariga binoan o‘nlab jurnalistlarga Davlat mukofotlari topshirildi, “Yilning eng faol jurnalisti" tanlovi g‘oliblari ham taqdirlanib, respublikamizdagi yuzlab kasbdoshlarimiz mehnati rag‘batlantirildi. Davlat rahbarining jurnalistlarga bo‘lgan bunday munosabati va yuksak g‘amxo‘rligini, ochig‘i, hamma mamlakatlarda ham ko‘ravermaysiz.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/395

#Uzbekistan #OAV
Qoraqalpoq milliy madaniyati va san’ati xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri Turkiyaning Trabzon shahrida bo‘lib o‘tgan XXI xalqaro «Qoradengiz» teatrlar festivalida, «Ayqulash» qoraqalpoq milliy folklor ansambli jamoasi esa Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan VI jahon folklori festivalida ishtirok etib qaytdi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/396

#Uzbekistan #OAV
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/397

#Uzbekistan #OAV
Kushon podsholigi xazinasi: O'zbekiston va Afg'oniston madaniy merosiga bag'ishlangan nashrni tayyorlash rejalashtirilmoqda

Ma'lumki, Afg'oniston hududida insoniyat tarixidagi eng katta va qimmatbaho xazinalardan biri - Kushon oltinlari topilgan. Bugungi kunda xazina Milliy muzey to'plamida saqlanmoqda.

O'zbekiston madaniy merosini saqlash, o'rganish va ommalashtirish bo'yicha butunjahon jamiyati doktor Rahimiy bilan bo'lib o'tadigan muzokaralar davomida Afg'oniston va O'zbekistonning umumiy madaniy merosi bo'lgan topilmalarga bag'ishlangan kitob-albom nashr etish to'g'risida kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.

Batafsil:👉https://oav.uz/uz/news/391

#Uzbekistan #OAV