English Quiz
675 subscribers
163 photos
31 videos
21 files
411 links
Xurshid Matnazarovdan

• grammatika
• writing
• IELTS
• test tahlil

🌱Donate: https://tirikchilik.uz/xurshid

💻Shaxsiy vebsaytim:
https://vividenglish.uz/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YouTube kanal obunachilar soni 15 ming nafarga yetdi.

Barchangizga kanal va undagi videolarni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

Tez kunda sizni ajoyib bir yangilik bilan xursand qilamiz!

@english_quiz_test
Ingliz tilidagi aynan qaysi so’zlarni yodlash kerak?

Hammasini desangiz adashasiz. Sababi ingliz tilida bir nechta o’ng mingtalab so’zlar mavjud va ularning deyarli har biri bir nechta ma’nolarga egaligini hisobga olsak, qanchaligini tasavvur qilavering.

Lekin ingliz tilida bemalol muloqot qilishni istaydigan odam o’rtacha qancha so’zni bilishi kerak? Javobi – 1000 ta so’zni.

Oksford universiteti o’tkazgan tadqiqotga qaraganda ingliz tilida eng ko’p uchraydigan 1000 ta so’z har qanday inglizcha matnning 74.1% qismini tashkil qilarkan. Bu nima degani? Agar siz o’sha eng ko’p ishlatiladigan 1000 ta so’zni yoddan bilsangiz, demak inglizcha matnning deyarli to’rtdan uch qismini tushuna olasiz degani. Albatta, bu yerda rasmiy, ilmiy yoki qandaydir soha bo’yicha yozilgan matnlar nazarda tutilmayapti. Shunchaki, umumiy ingliz tilida yozilgan har qanday matn ko’zda tutilgan.

Agar ushbu 1000 ta so’zga eng ko’p ishlatiladigan yana 1000 ta so’zni qo’shsak, o’sha matnni tushunish qobiliyatimiz 7.2% ga oshadi. Ya’ni, ingliz tilida eng ko’p ishlatiladigan 2000 ta so’zni yod olgan odam umumiy ingliz tilida yozilgan matnning 81.3% qismini tushuna oladi.

Unga yana 1000 ta so’zni qo’shsak-chi? Endi tushunish qobiliyatimiz 85.2% ga yetar ekan. Demak, ingliz tilida eng ko’p ishlatiladigan 3000 ta so’zni yod olsangiz, siz inglizcha yozilgan matnning 85% dan ko’proq qismini tushuna olasiz.

Endi savol tug’iladi: o’sha 3000 ta so’z aynan qaysi so’zlar ekanligini qayerdan bilamiz? Bunga ham Oksford universiteti tadqiqotchilari javob berishadi: the Oxford 3000 ro’yxati. Olimlar eng ko’p uchraydigan 3000 ta inglizcha so’zni CEFR darajalari bo’yicha ro’yxat qilishgan va siz-u biz kabi ingliz tilini o’rganayotganlarga taqdim etishgan. Kamina esa, Everbest ta’lim markazi hamkorligida, ushbu so’zlarni o’zbekcha tarjimalari bilan jamlab, sizga taqdim etmoqchiman.

Ammo ushbu ro’yxatdan foydalanish davomida bir nechta narsalarga e’tibor qaratishingizni istardim:

O’quvchi bo’lsangiz, bu ro’yxatni ushbu ketma-ketlikda qayta-qayta takrorlab yod olishni tavsiya etmayman. Chunki bu ish bermaydi, ishonavering. Siz ketma-ketlikni yod olishingiz mumkin, bir necha soatga va hattoki bir necha haftagacha hammasini yoddan aytib bera olarsiz, lekin so’z yodlash bundan iborat emas. Siz so’zni yod olganda, nafaqat uning tarjimasi, balki, to’g’ri yozilishini, gapda qanday o’rinlarda kelishi, qanday o’rinlarda kelmasligi, qaysi so’z turkumiga mansubligi va albatta, uning qanday talaffuz qilinishini ham yod olishingiz zarur.

Agar o’qituvchi bo’lsangiz, o’quvchilaringizdan ushbu so’zlarni muayyan ketma-ketlikda yod olishlarini so’ramang. Yuqoridagi sabablarni yaxshilab tushuntirgancha, o’quvchilaringiz bilan ishlash davomida ushbu so’zlar ko’p uchraydigan kitoblar, matnlar yoki videolar bilan o’rgating. Buning uchun Oksford universiteti tomonidan ishlangan bir nechta darsliklar mavjud va ular aynan mana shu Oxford 3000 ro’yxatiga asoslangan holda tayyorlangan.

Bu so’zlarni yod olish iloji boricha tabiiy holda amalga oshishi lozim. Ya’ni, siz ingliz tilini o’rganish uchun ishlatayotgan kitobingizdagi siz uchun yangi bo’lgan so’zga qarang. Agar o’sha so’z Oxford 3000 ro’yxatida bo’lsa, demak siz shu so’zni o’rganishingiz lozim. Kitobingizga qaytib, o’sha so’zning qo’llanilishiga e’tibor bering. Fe’l bo’lsa qanday zamonda turibdi? Ot bo’lsa sanaladimi yoki sanalmaydimi? Sifat bo’lsa ijobiy ma’noda kelganmi yoki salbiy? Gapda joylashish o’rniga ko’ra qaysi so’zlar, predloglar yoki qo’shimchalar bilan yozilgan? Ushbu va shunga o’xshash savollarni bergancha yod olsangiz, ishontirib aytaman, bu so’zni nafaqat bir necha haftaga, balki bir umrga yod olgan bo’lasiz.

english_quiz_test.t.me
#english #vocabulary #oxford3000 #oxford #blog
3000 ta so'z edited.pdf
2.2 MB
Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan 3000 ta so'z o'zbekcha tarjimasi bilan

Ushbu ro'yxatdan foydalanish bo'yicha maxsus tavsiyalar va qo'shimcha ma'lumotlar mana bu yerda

english_quiz_test.t.me
#english #vocabulary #oxford3000 #oxford #blog
Kanalda qo'yilgan

👇barcha poll testlar:👇
https://t.me/english_quiz_test/2269

👇barcha QuizBot testlar:👇
https://t.me/english_quiz_test/1523

👇barcha grammatik qoidalar:👇
https://t.me/english_quiz_test/2243

Kanalga a'zo bo'ling:
@english_quiz_test
Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM)ning aytishicha, yangi namunaviy testlar bo'lmas ekan. Bunga imkoniyatimiz yo'q, deyishdi.

O'tgan yillardagi namunaviy testlarni ko'rib tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin:

DTM 2020

DTM 2021

Agar shunchaki bilimingizni sinovdan o'tkazmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanaldagi 1000 dan ortiq testlarni yechib ko'rishingiz va tushunmagan savollaringizni izohlarda so'rashingiz mumkin. Qo'ldan kelgancha yordam beraman!

Barchaga omad!
@english_quiz_test
#abituriyent
🔎 Abituriyentlar uchun onlayn jonli darslar!

👨‍🎓👩‍🎓2023-yilgi OTM imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun ingliz tilidan jonli test tahlili!

Xurshid Matnazarov tomonidan Telegramda bo'lib o'tadigan har bir ovozli chat so'ngida sizda savol berish imkoniyati ham mavjud.

💲Test tahlillarini jonli ko'rish va talaba bo'lish uchun pulli yopiq guruhga qo'shilishingiz lozim. Narx va shartlar bilan tanishish uchun @xurshidmatnazarov'ga yozing.

everbest_education.t.me
english_quiz_test.t.me
👆Shoshiling! Abituriyent-2023 Ingliz tilidan test tahlillarini 10-iyundan boshlaymiz.

❗️Test tahlillarini ko'rish uchun maxsus yopiq guruhga qo'shilishingiz lozim. Yopiq guruhga qo'shilish pullik – atigi 100 ming so'm.

📱 Test tahlillari jonli ko'rish bilan birga to'g'ridan-to'g'ri savol berishingiz ham mumkin bo'ladi. Guruhga qo'shilish uchun yozing: @xurshidmatnazarov

english_quiz_test.t.me
Abituriyentlar uchun ingliz tilidan test tahlilini izlayapsizmi?

O’rgangan bilimlaringizni sinab ko’rish uchun imkoniyat qidiryapsizmi?

❗️Imtihongacha oz qoldi, shunday ekan hozir grammar, vocabulary and reading qobiliyatlaringizni sinab ko’rish va mustahkamlashning ayni vaqti.

Men aynan siz uchun Telegramda video chat orqali 30 talik testlarni tahlil qilib beraman va har bir jonli darsdan so’ng sizning savollaringizga javob beraman.

📖 Shuncha vaqt davomida o’rgangan qoida va formulalarni faqat test yechish orqaligina mag’zini chaqish mumkin, shunday ekan bu ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Izohlarda qoldiring va men sizga batafsil ma'lumot jo'nataman.

https://youtu.be/LPEYdtcCLUM
Kanalda qo'yilgan

👇barcha poll testlar:👇
https://t.me/english_quiz_test/2269

👇barcha QuizBot testlar:👇
https://t.me/english_quiz_test/1523

👇barcha grammatik qoidalar:👇
https://t.me/english_quiz_test/2243

Kanalga a'zo bo'ling:
@english_quiz_test
-ed yoki -ing qo'shimchalari qo'shilganda oxirgi undosh harf yana bittaga ko'payishi, ya'ni ikkilanishi sababi quyidagicha:

- so'z oxiri undosh harf bilan tugab, undan oldingi harf unli bo'lsa, oxirgi undosh harf 2 ta bo'lib qoladi
Ex: sit - sitting, drop - dropped

Lekin agar oxirgi undosh harfdan oldin 2 ta unli kelgan bo'lsa, unda oxirgi undosh harf ikkilanmaydi
Ex: meet - meeting (meetting)


Oxirgi undosh harf 2 ta bo'lib ketishi uchun yana bir muhim sharti bor:

- so'zdagi urg'u oxirgi bo'g'inga tushishi kerak, boshqa bo'g'inga tushsa yuqoridagi qoida ish bermaydi
Ex: listen - listening/listened

Bu yerda listenning yoki listenned bo'lmaydi, chunki urg'u birinchi bo'g'inda

Lekin permit - permitting/permitted bo'ladi, chunki urg'u oxirgi bo'g'inda.

english_quiz_test.t.me
#grammar
🎓Abituriyent-2024 English

Talaba bo'lish uchun ingliz tilini o'rganishni hozirdanoq boshlang.

🙋‍♂️🙋‍♀️Onlayn sinfxonamizga qo'shiling va ingliz tili grammatikasi bilan birga, muntazam test yechib, bilimingizni mustahkamlab boring.

👨‍🏫 Onlayn darslarimiz Telegram yopiq guruhda Xurshid Matnazarov tomonidan olib boriladi va siz ustoz bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qila olasiz.

Oldingi yilgi onlayn darslarimizda ishtirok etgan abituriyentlarning fikrlari bilan mana bu havola orqali tanishib oling.

Qiziqayotgan bo'lsangiz, belgisini izohda qoldiring, aloqaga chiqamiz.

english_quiz_test.t.me
#abituriyent
❗️SHOSHILING, BUNAQASI BO'LMAGAN❗️

Abituriyent-2024 guruhida onlayn darslarimiz 30-oktabrdan boshlanadi! Ushbu sanadan kechikmasdan qo'shiling.

👇O'z bilim va imkoniyatingizdan kelib chiqib, quyidagi tariflardan birini tanlang:

1️⃣ Test 2023 — 2 oy, 150 ming so'm
Ushbu tarif orqali siz 2023-yilgi imtihon savollariga o'xshash 25 ta test va ularning javoblariga ega bo'lasiz. Test tahlillarisiz!

2️⃣ Test tahlil 2023 — 3 oy, 200 ming so'm
Ushbu tarif orqali sizga 2023-yilgi imtihon savollariga o'xshash 25 ta test, ularning javoblari va tahlillari ham beriladi. Bundan tashqari, ustoz bilan muloqot ham qila olasiz.

3️⃣ Grammatika — 2 oy, 400 ming so'm
Ushbu tarifda siz 2 oy ichida ingliz tili grammatikasini boshdan-oyoq o'rganib chiqasiz va testlarga tayyor bo'lasiz. Darslar haftasiga 3 kun va siz ustoz bilan muloqot ham qila olasiz.

4️⃣ Grammatika + Test tahlil 2023 — 5 oy, 500 ming so'm
Ushbu tarifda siz 2 va 3-tarif imkoniyatlariga to'liq ega bo'lasiz. 5 oy ichida ingliz tili grammatikasini o'rganib, testlar tahlil qilib, imtihonga to'laqonli tayyor holda kirasiz.

👨‍🏫 Barcha tariflarda darslar Telegram yopiq guruhda Xurshid Matnazarov tomonidan olib boriladi.

Oldingi yilgi onlayn darslarimizda ishtirok etgan abituriyentlarning fikrlari bilan mana bu havola orqali tanishing.

Qiziqayotgan bo'lsangiz, belgisini izohda qoldiring.

english_quiz_test.t.me
#abituriyent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Abituriyentlar uchun ingliz tili

30-oktabrdan boshlanadigan onlayn darslarning birida ishtirok eting va talaba bo'ling. O'zingizga qulay variantni tanlang:

Test va javob – 2 oy, 150 ming so'm
Test tahlil – 3 oy, 200 ming so'm
Grammatika – 2 oy, 400 ming so'm
Grammatika + Test tahlil – 5 oy, 500 ming so'm

Darslarni shaxsan o'zim olib boraman. Test yechishda o'zingizni qiziqtirgan va qiynayotgan savollaringizga to'liq javob olasiz!

english_quiz_test.t.me
#abituriyent
English Quiz
🎓Abituriyentlar uchun ingliz tili 30-oktabrdan boshlanadigan onlayn darslarning birida ishtirok eting va talaba bo'ling. O'zingizga qulay variantni tanlang: Test va javob – 2 oy, 150 ming so'm Test tahlil – 3 oy, 200 ming so'm Grammatika – 2 oy, 400…
Mabodo tushunmayotganlar bo'lsa, aniqroq tushuntiraman:

❗️Bu summalar har oy uchun emas!

Masalan, Grammatika guruhini tanlasangiz, 2 oy uchun 400 ming to'laysiz, har oygamas. Grammatika + Test tahlil guruhi uchun esa 5 oyga 500 ming to'laysiz, har oyigamas.

Hozircha shunday arzon, keyin bunaqasi bo'lmaydi. Foydalanib qoling!
❓️Ingliz tilida nechta zamon bor?

To'g'ri javobni keyinroq kanalda yozaman.
Anonymous Poll
2%
1
17%
3
5%
10
40%
12
15%
18
21%
24