Eng Yaxshi Ummat
1.11K subscribers
1.3K photos
869 videos
5 files
76 links
Bismillah | 🫀


كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz [3:110]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Farzandlaringizga telefon olib berishdan ehtiyot boʻling !

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qalb kecha olishi kerak

Qurʼoni Karim xodimi, ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid

@Eng_yaxshi_ummat
• (Allohga)Oshiqlik o‘ylaganing kabi emas,
Yonganing qadardir.

© Jaloliddin Rumiy.

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
Аллоҳ аёлни уйга ва эркакни эса кўчага ихтиёр этган. Шу сабаб эркакка қуриш, бунёдкорлик ва пайдо қилишни топширган вақтда, аёлга бундан ҳам катта ва буюк омонат - инсоннинг ўзини пайдо қилишни ишонгандир.
Демак аёлга бундай омонат топширилиши, унинг шаънини улуғлашдир.
Ислом аёлга зулм қилибдими?!!

Мустафо Маҳмуд, "Исломнинг аёл билан қиссаси" китобидан

@Eng_yaxshi_ummat
“Фотиҳа сураси барча касаллик ва бактерияларга, ғазаб ва нафратга барҳам беради. Хонадонларингизни Фотиҳа сурасини ўқиш билан муаттар ҳидга тўлдириб юборинг! Уни тўшакларингизда ҳам ўқинг! Муҳими–такрор-такрор ва бардавом ўқинг!”


@Eng_yaxshi_ummat
Sizlarga bahosi qimmat bir haqiqatni aytib qo‘yay: "Agar bolangizga tarbiyani besh yoshida bermasangiz, o‘n besh yoshida berolmaysiz. Bundan keyin nazoratini qila olmaysiz. Hali kichik ekan, g‘ofil bo‘lmang. Fursatni qo‘ldan bermang".

Shayx Muhammad Rotib Noblusiy

@Eng_yaxshi_ummat
Yil surati: G‘azoda qo‘lidan ayrilgan 9 yoshli Mahmud Ajo‘r

📸 Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumida ikki qo‘lidan ayrilgan falastinlik 9 yoshli Mahmud Ajo‘rning surati "Yilning matbuot fotosurati" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

G‘azolik fotosuratchi Samar Abu Aluf tomonidan The New York Times uchun olingan suratda Mahmudning Dohada davolanish uchun olib ketilgani tasvirlangan.

"U qo‘llari yo‘qligini anglaganida, - deb eslaydi onasi, - birinchi bo‘lib aytgan gapi: " Men sizni endi qanday quchoqlayman? "

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Achinarli xolat…
Afsuski bunday propagandalar xozirgi kunda ham telekanallarimizda va ijtimoiy tarmoqdagi oʻzbek sigmentida davom etmoqda…

@Eng_yaxshi_ummat
Yaxshilikni qidir, go‘zallikni qidir, to‘g‘rilikni qidir ammo, kamchilikni qidirma!

Mavlono Rumiy

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
Ибн Абдул-Барр раҳимаҳуллоҳ айтадилар:

“Султондаги энг ёмон хислат – тортишиш, ҳакимдаги энг ёмони эса – бесабрлик.

Олимдаги энг ёмони – ҳирс, фақиҳдаги эса – динга енгил қараш.

Бойдаги энг ёмони – бахиллик, камбағалдаги эса – кибр.

Ёшларда энг ёмони – дангасалик, қарияларда эса – ҳазил-ҳузул.

Жангчида энг ёмони – қўрқоқлик, жамиятда энг ёмони – ҳасаддир!”


@Eng_yaxshi_ummat
Ҳасан Басрий шундай деган эканлар: «Ғийбат уч хил бўлади: ғийбат, ифк ва бўҳтон. Уларнинг ҳар бири Аллоҳнинг китобида зикр қилинган:
Ғийбат–биродарингдаги бор нарсани гапиришинг.

Ифк –биродаринг ҳақида сенга етиб келган гапни гапиришинг.

Бўҳтон –биродарингда йўқ нарсани гапиришинг.(Имом Қуртубийнинг тафсиридан)

"Ҳикматлар-саодатга етаклар" китобидан.


@Eng_yaxshi_ummat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.

Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyatsiya qilib tashladi.

Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!

Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...

Vafo Moʻmin

@Eng_yaxshi_ummat
Suriyaning deyarli barcha hududlarida katta islomiy da’vat ishlari olib borilmoqda!

Damashq, Baniyas va Tartus shaharlaridagi da’vat targ‘ibotlari sababli minglab muslimalar shar’iy xijobga kirmoqdalar. Bu mintaqalar Asad hukumati davrida ahloqiy jihatdan eng ko‘p buzilgan shaharlar edi.

@Eng_yaxshi_ummat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilasini yo‘qotgan g‘azolik jasur ota:

"Xotinim va uch farzandim vayronalar ostida. Ey Tramp va Netanyaxu, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz va yerlarimizni hech qachon tashlab ketmaymiz. Biz shu yerda o‘sganmiz, shu yerda oʻlamiz."

@Eng_yaxshi_ummat
Inson namozda Alif bo‘lar qiyomda turguncha.
Dol bo‘lar Rukuga egilguncha.
Mim bo‘lar Sajdaga borguncha.
Bu shaklda namozni tamomlaguncha Alif, Dol, Mim dan so‘ng adim bo‘lar- ya’ni odam bo‘lar.

Mavlono Rumiy

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
“Одамлар ичида яхшилик учун очқич ва ёмонлик учун ёпқич бўладиганлари бордир”, деб айтдилар.
Ибн Можа ривояти.

Одамлар бир бандага талпиниб, ундан ёрдам сўраб мурожаат қилиши, Аллоҳнинг ўша бандасига берган тавфиқининг белгисидир. Энди у одам ғамга ботганларнинг ғамини аритишга, муаммоларини кетказиш, қарзларини узишда кўмаклашади, изтиробга тушганларга ёрдам беради, мазлумга ёрдам қўлини чўзади, чалғиган одамга насиҳат қилади, гуноҳкорга тўғри йўлни кўрсатади.

Аллоҳим, бизларни ҳам яхшиликка очқич ва ёмонликка ёпқич қилгин.

@Eng_yaxshi_ummat
“Роҳат худди саробга ўхшайди. Унга қанчалик яқинлашсак, шунчалик йироқ бўламиз. Ҳақиқий роҳатга фақат жаннатдагина эришамиз. Роҳат қидиришни жаннатга қолдирақолайлик... “


@Eng_yaxshi_ummat
Tabassum ajoyib dori:
— uni do‘stingga bersang xursand bo‘ladi;
— dushmaningga bersang ichi zil ketadi;
— onangga bersang ko‘ngli yorishadi;
— farzandingga bersang mexri oshadi;
— tanimagan kishingga bersang sen uchun sadaqa ajri bo‘ladi;
— er ayoliga bersa sevgisi ortadi;
— ayol eriga bersa ishonchi ortadi.

• Bu dorining zararli asoratlari yo‘q va u hech qayerda sotilmaydi, balki uni Alloh taolo yuzingga joylab qo‘ygan.
• Sal jilmayib va samimiylashsang bo‘ldi, ajoyib dorini tekinga olasan.

@Eng_yaxshi_ummat