Eng Yaxshi Ummat
1.12K subscribers
1.31K photos
871 videos
5 files
76 links
Bismillah | 🫀


كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz [3:110]
Download Telegram
Чучук сув ҳам, шўр сув ҳам тиниқ кўринади. Унинг шаффоф кўринишига алданма. Яратилиш жиҳатидан ҳамма ҳам одам бўлиши мумкиндир, аммо ҳақиқий инсон аҳли муҳаббат бўлганлардир.

Жалолиддин Румий

@Eng_yaxshi_ummat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Garvard universitetining bitiruv marosimida talabalar Falastin bayroqlarini ochib qo‘llab-quvvatladilar.

Tramp ma’muriyati talablari qondirilmasa, milliardlab dollar mablag‘ni qisqartirish bilan tahdid qilganiga qaramay, universitetdagi Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi birdamlik davom etmoqda.

@Eng_yaxshi_ummat
Din ilmga qarshi deyishadi..
Dinimiz Qur’ondan nozil bo‘lgan birinchi oyatdayoq "O‘qi!", deb ilmga buyuradi. Samoviy ta’limotimiz nozil bo‘lgan ilk harfdayoq o‘qish va o‘rganishga ochiq amr etgan.

Bizning nazdimizda ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Qur’onda esa ahli ilm farishtalar bilan barobar ko‘riladi:

"Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o‘zga iloh yo‘qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham" (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Din va ilm o‘rtasida ziddiyat ko‘rgan kishi, din nima va ilm nima ekanini bilmaydigan kishidir.

Mustafo Mahmud, "Shayton hukmron" kitobidan

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev mamlakatimizga kirib kelayotgan xitoyliklar oqimining keljakda ro‘y berishi kutilayotgan salbiy oqibatlari haqida haqqoniy fikr bildirib chiqdi. Xitoyga qulluq qilayotgan tili qisiq hukumatimiz professorning tagiga suv quymasa yaxshi edi.

Zotan Xitoy biror davlatni egallashi va uni qaram qilish yo‘lida kuch, qurol ishlatib o‘tirmaydi. Aksincha iqtiosdiy ko‘mak va turli dimlomatik o‘yinlar orqali mahalliy hukumatni xalq orasida obro‘ga ega, so‘zi o‘tadigan faollar, ziyolilar, din vakillari va vatanparvar siyosatchilarni yo‘q qilishni maqsad qiladi. Bunday tajribani Sharqiy Turkiston misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

@Eng_yaxshi_ummat
- Qalb insonga sev degan yoki yolg‘izlikmi unga uchqun bo‘lgan? Nima o‘zi sevish? Bir shamga otash bo‘lishmi yoki yonib turgan otashga tegishmi?
- Ey inson! Qof tog‘idek yuqorida bo‘lsang ham kafanga sig‘adigan darajada kichiksan. Unutma, hamma narsaning hisob kitobi bor. Kimni qanchalik xafa qilsang, o‘zing ham xuddi shunday xafa bo‘lasan.

Jaloliddin Rumiy.

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
НАФС ВА ШАЙТОН ВАСВАСИ ОРАСИДАГИ ФАРҚ

Нафс агар сендан бир нарсани талаб қилса сени (ўша ишга) ундайди ва қайта қайта келаверади бу ҳол токи сени ўзи истаган нарсани бажартирмагунича давом этади. Aллоҳим бундан паноҳ берсин, бундай ҳолатдан фақатгина нафсини тарбиялаш йўлида ҳақиқий кураш қилганлар омонда қолур. Нафс бир гуноҳга қайта қайта чорлайверади.

Шайтонга келадиган бўлсак, у сени бир ёмонликка васваса қилса-ю сен унга қарши чиқиб буни рад қилсанг у энди сени бошқа ёмон ишга васваса қилади, чунки шайтон учун ёмонликлар ҳаммаси баробар (яъни қайсидур гуноҳ ишни қилдирса кифоя). Шайтон ҳар доим сени қайсидур гуноҳ иш билан машғул қилишни истайди, унинг фақат бир гуноҳнигина васваса қилиш деган мақсади бўлмайди.


ЖЎНАЙД БАҒДОДИЙ ҚУДДИСА СИРРУҲУ

@Eng_yaxshi_ummat
Дарҳол қайта бошловчи

Қуръонни хатм қилиб, сўнг уни бошидан тезлик билан дарҳол қайта бошловчи кишига жаннатлар бўлсин, кўзи қувончга тўлсин!

✍️ Шайх Оиз Қарний ҳафизаҳуллоҳ

📚 "Қалб тубидан" китоби

Ғиёсиддин Ҳабибуллоҳ

P/S. Изоҳ: Қуръони Каримни хатм қилиб бўлгандан кейин дарҳол "Фотиҳа" сурасини ва "Бақара" сурасидан ҳеч бўлмаганда бир варақ ўқиб қўйиш керак. Шунда шайтонга жуда катта зарба берган бўласиз...


@Eng_yaxshi_ummat
#iqtibos

Hech kim irqchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jamiyat uning murabbiysidir. ©️

Ps:dinimizda mahalliychilik ham xuddi irqchilik va millatchilik kabi gunohi kabira sanaladi.

Shunday ekan:

“Men Shaharlikman” “Sen viloyatdansan”deb kibr qilma.
Tug‘ilgan joying seni ustun qilmaydi, yuragingdagi taqvo qiladi.

Alloh taolo aytadi:
“Albatta, Alloh huzurida sizlarning eng yaxshingiz — eng taqvodoringizdir.”
(Suratul Hujurot, 13-oyat)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Kibr — bu haqiqatni rad etish va odamlarga past nazar bilan qarashdir.”
(Muslim)

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Farzandlaringizga telefon olib berishdan ehtiyot boʻling !

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qalb kecha olishi kerak

Qurʼoni Karim xodimi, ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid

@Eng_yaxshi_ummat
• (Allohga)Oshiqlik o‘ylaganing kabi emas,
Yonganing qadardir.

© Jaloliddin Rumiy.

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
Аллоҳ аёлни уйга ва эркакни эса кўчага ихтиёр этган. Шу сабаб эркакка қуриш, бунёдкорлик ва пайдо қилишни топширган вақтда, аёлга бундан ҳам катта ва буюк омонат - инсоннинг ўзини пайдо қилишни ишонгандир.
Демак аёлга бундай омонат топширилиши, унинг шаънини улуғлашдир.
Ислом аёлга зулм қилибдими?!!

Мустафо Маҳмуд, "Исломнинг аёл билан қиссаси" китобидан

@Eng_yaxshi_ummat
“Фотиҳа сураси барча касаллик ва бактерияларга, ғазаб ва нафратга барҳам беради. Хонадонларингизни Фотиҳа сурасини ўқиш билан муаттар ҳидга тўлдириб юборинг! Уни тўшакларингизда ҳам ўқинг! Муҳими–такрор-такрор ва бардавом ўқинг!”


@Eng_yaxshi_ummat
Sizlarga bahosi qimmat bir haqiqatni aytib qo‘yay: "Agar bolangizga tarbiyani besh yoshida bermasangiz, o‘n besh yoshida berolmaysiz. Bundan keyin nazoratini qila olmaysiz. Hali kichik ekan, g‘ofil bo‘lmang. Fursatni qo‘ldan bermang".

Shayx Muhammad Rotib Noblusiy

@Eng_yaxshi_ummat
Yil surati: G‘azoda qo‘lidan ayrilgan 9 yoshli Mahmud Ajo‘r

📸 Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumida ikki qo‘lidan ayrilgan falastinlik 9 yoshli Mahmud Ajo‘rning surati "Yilning matbuot fotosurati" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

G‘azolik fotosuratchi Samar Abu Aluf tomonidan The New York Times uchun olingan suratda Mahmudning Dohada davolanish uchun olib ketilgani tasvirlangan.

"U qo‘llari yo‘qligini anglaganida, - deb eslaydi onasi, - birinchi bo‘lib aytgan gapi: " Men sizni endi qanday quchoqlayman? "

@Eng_yaxshi_ummat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Achinarli xolat…
Afsuski bunday propagandalar xozirgi kunda ham telekanallarimizda va ijtimoiy tarmoqdagi oʻzbek sigmentida davom etmoqda…

@Eng_yaxshi_ummat
Yaxshilikni qidir, go‘zallikni qidir, to‘g‘rilikni qidir ammo, kamchilikni qidirma!

Mavlono Rumiy

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu !

@Eng_yaxshi_ummat
Ибн Абдул-Барр раҳимаҳуллоҳ айтадилар:

“Султондаги энг ёмон хислат – тортишиш, ҳакимдаги энг ёмони эса – бесабрлик.

Олимдаги энг ёмони – ҳирс, фақиҳдаги эса – динга енгил қараш.

Бойдаги энг ёмони – бахиллик, камбағалдаги эса – кибр.

Ёшларда энг ёмони – дангасалик, қарияларда эса – ҳазил-ҳузул.

Жангчида энг ёмони – қўрқоқлик, жамиятда энг ёмони – ҳасаддир!”


@Eng_yaxshi_ummat
Ҳасан Басрий шундай деган эканлар: «Ғийбат уч хил бўлади: ғийбат, ифк ва бўҳтон. Уларнинг ҳар бири Аллоҳнинг китобида зикр қилинган:
Ғийбат–биродарингдаги бор нарсани гапиришинг.

Ифк –биродаринг ҳақида сенга етиб келган гапни гапиришинг.

Бўҳтон –биродарингда йўқ нарсани гапиришинг.(Имом Қуртубийнинг тафсиридан)

"Ҳикматлар-саодатга етаклар" китобидан.


@Eng_yaxshi_ummat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.

Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyatsiya qilib tashladi.

Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!

Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...

Vafo Moʻmin

@Eng_yaxshi_ummat